Научная статья на тему 'MAKTAB O'QUVCHILARIGA TOPONIMLARNING TO'G'RI YOZILISH TARTIBLARINI O'RGATISH'

MAKTAB O'QUVCHILARIGA TOPONIMLARNING TO'G'RI YOZILISH TARTIBLARINI O'RGATISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

425
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
defis / toponim / morfologik. / hyphen / toponym / morphology.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Xurramova Zulxumor Ergashevna, Charos Ikramovna Ikramovna

Geografik nomlarning to’g’ri yozilishi juda muhim va murakkab masalalari, toponimlarning to’g’ri yozilishi masalasining murakkabligi shundaki, ular turli tillarda bo’lib, aslida o’sha tillar qoidalariga muvofiq yozilishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING SCHOOL STUDENTS THE CORRECT SPELLING PROCEDURES

The problem of correct spelling of geographical names is very important and complex, the complexity of the problem of correct spelling of toponyms is that they are in different languages and are actually written according to the rules of those languages.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O'QUVCHILARIGA TOPONIMLARNING TO'G'RI YOZILISH TARTIBLARINI O'RGATISH»

MAKTAB O'QUVCHILARIGA TOPONIMLARNING TO'G'RI YOZILISH

TARTIBLARINI O'RGATISH

Zulxumor Ergashevna Xurramova

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 18-umumiy o'rta ta'lim maktabi

Charos Ikramovna Maxmudova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Geografik nomlarning to'g'ri yozilishi juda muhim va murakkab masalalari, toponimlarning to'g'ri yozilishi masalasining murakkabligi shundaki, ular turli tillarda bo'lib, aslida o'sha tillar qoidalariga muvofiq yozilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: defis, toponim, morfologik.

TEACHING SCHOOL STUDENTS THE CORRECT SPELLING

PROCEDURES

Zulxumor Ergashevna Xurramova

18th general secondary schools of Chirchik city, Tashkent region

Charos Ikramovna Maxmudova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The problem of correct spelling of geographical names is very important and complex, the complexity of the problem of correct spelling of toponyms is that they are in different languages and are actually written according to the rules of those languages.

Keywords: hyphen, toponym, morphology.

KIRISH

Geografik nomlarning to'g'ri yozilishi juda muhim va murakkab masala. Muhimligi shundaki, geografik nomdagi biror harf noto'g'ri yozilib qolsa, fonetik o'zgarishlar oqibatida butunlay boshqa ma'noli toponimga aylanib ketishi mumkin. Toponimlarning to'g'ri yozilishi masalasining murakkabligi shundaki, ular turli

tillarda bo'lib, aslida o'sha tillar qoidalariga muvofiq yoziladi. Boshqa tillarga o'tganda talaffuzida ham, yozilishida ham o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

SHunga qaramay geografik nomlarning yozilishida chalkashliklar ko'p uchraydi. Joy nomlarini to'g'ri yozish juda nozik masala. Ularni nuqsonsiz to'g'ri yozish, xalqning umumiy imloviy savodxonligining uzviy bir qismi bo'lib, ma'lum darajada kishilarni bilim va madaniy saviyasini ham belgilaydi.

Kundalik matbuotda, xususan, gazeta va jurnallarda, radio va televideniyada, darsliklarda, badiiy adabiyotlarda respublika va chet mamlakatlar oid minglab geografik nomlar uchraydi. Bularning hammasini ham to'g'ri ekanligiga hech kim kafolat berolmaydi. Geografik nomlarning o'zbekcha yozilishi ma'lum bir qat'iy prinsiplarga asoslangan, mantiqli, bir-biriga bog'liq qoidalardan iborat bo'lishi va bugungi kun talabi darajasiga javob berishi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamizda tashkil etilgan Atamalar qo'mitasi, hamda toponimika komissiyalari geografik joy nomlarining grammatik jihatdan to'g'r i yozilishini kuzatib borgan. Chunki toponimlarning to'g'ri yozilishi ularning ma'no mazmun jihatdan o'zgarib ketishining oldini oladi va nomlanish jarayonini tartibga solib turadi. Nomlanishning nozik tomoni, uning bittagina tovushning yanglish yozilishi tufayli, toponim mazmunining tamoman o'zgarib ketishidan iboratdir. Natijada o'sha nom tamoman boshqa bir ma'no kasb etadi. Masalan: Yakkabog' tumanidagi Kaltaqo'l qishlog'ining birgina "q" harfi o'rniga "k" harfining qo'llanishi tufayli Kaltako'l tarzida yozilishini misol qilish mumkin. Bu yerda Kaltaqo'l ikkita ma'no-mazmun kasb etmoqda. Dastlabki Kaltaqo'l-qisqa ko'l kabi anatomik ma'no kasb etsa, ikkinchidan kaltaqo'l - qo'l uchida yashovchi, ya'ni faqirlikda yashovchilar kabi ijtimoiy ma'no kasb etadi.

Agar "q" o'rniga "k" harfi qo'llanilsa u kalta, qisqa yumaloq ko'l, ya'ni gidronimga aylanib qolganligini ko'ramiz. Bu birgina toponim misolida keltirilgan namuna. Aslida har kuni minglab, toponimlar radio, televidenie, gazeta, jurnal kabi vaqtli matbuot vositalari orqali tilga olinadi, darsliklar badiiy adabiyotlarda qayd etiladi. Ularning barchasini to'g'ri tarzda talaffuz etish juda yuqori sa'viya va savodxonlik talab qiluvchi yumushdir. Shu boisdan Atamashunoslik qo'mitasi zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklanganligini ko'ramiz. Bu dargohda ish yurituvchi mutaxassislar-lingvistlar, sharqshunos, adabiyotchilar, tarixchi, etnograflar bilan bir qatorda geograflar ham hamkorlikda nomlarning to'g'ri yozilishini ta'minlamoqda. Ya'ni toponimlarning ma'lum bir grammatik qonun-qoida asosida, bir xil, standartlashtirilgan holda ifodalanishiga erishmoqda. Chunki toponimlarning

yozilishini milliy standartlashtirish, rivojlangan davlatning suverenligini ko'rsatuvchi belgilardan biridir.

NATIJALAR

O'zbekiston geografik nomlari grammatik tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma toponimlarga ajratiladi. Sodda toponimlar o'z navbatida, qo'shimchasiz va qo'shimchali nomlarga bo'linadi. Joy nomi tarkibi birgina otdan iborat bo'lib, unga boshqa biron unsur qo'shilmasa bunday nomlar ko'shimchasiz toponimlar hisoblanadi.

S.Qoraev qo'shimchasiz toponimlarni tahlil qilib ularni bir necha xilga bo'lib ko'rsatgan:

a) oddiy geografik yoki ijtimoiy - iqtisodiy terminlar shaklidagi toponimlar: Anhor, Gaza, Yom, Supa, Uchma, Quduq va hokazo;

b) urug'-aymoq va boshqa etnik guruhlar nomlari bilan ataladigan geografik nomlar

(etnonimlar): Abdal, Burqut, Duglat, Mangit, Sayyod, Turk va boshqalar;

v) kishilarning ism-familiyalari, taxallus, laqablaridan iborat toponimlar: Abdukarim, Beruniy, Mustafo, Navoiy, SHodmon vahokazo;

g) o'simlik va hayvon nomlaridan kelib chiqqan joy nomlari: Bodom, Do'lta, Yong'oq,

Terak, CHinor, Yantoq va boshqalar;

Qo'shimchali toponimlar tarkibida otga qandaydir qo'shimcha - affiks qo'shib yasaladi. Bunday geografik nomlar tarkibida quyidagi qo'shimchalar (affikslar) ko'p uchraydi:

- goh - Jangoh, Namozgoh, Sayilgoh, SHamolgoh;

- zor - Bodomzor, Olmazor, Sangzor, CHilonzor;

- iston - Bahoriston, Bogiston, Turkiston, SHo'riston; -iya - Mingiya, SHohruhiya, Yuziya, Qodiriya;

-kor - Lalmikor, Paxtakor, SHolikor;

-lar - Arablar, Beklar, Boylar, SHayxlar;

-li - Anjirli, Alamli, Burganli, Betagali, Tolli;

-lik - Attorlik, Zargarlik, Jizzaxlik, Tepalik;

-loq - Sangloq, Toshloq, Qumloq;

-on - Mingon, Namatgaron, Sayidon, Telpakfuro'shon;

-ot - Bogot, Rabotot, Qishloqot;

-cha - Do'rmoncha, Naymancha, Qizilcha, Qo'rgoncha; -chi - Aravachi, Bo'yrachi, Taqachi, Temirchi;

Qo'shma toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan tashkil topadi:

Beshariq, Yangiqo'rgon, Yakkatut, G'ishtko'prik, Oqtepasoy va hokazo. Bunday geografik nomlar grammatik jihatdan bir necha turga bo'linadi. O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan (turdosh otlardan) iborat (murakkab) geografik nomlar qo'shib yoziladi. Masalan:

Ot + ot: Turkravot, G'aniqishloq, Qorovulbozor, Qumqo'rgon

Sifat + ot: Yomonjar, Kattaqishloq, Uzunquduq, Yetimtog, Uzunsoy

Son + ot: Beshbuloq, Yettikechuv, Mingchinor, To'qsonkamar, O'ttizadir

Ot + fe'l: Soykeldi, Qo'yqirilgan, Tangatopdi, Qumbosdi

Birinchi tarkibiy qismi sifatdan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo'lganda: Balandmachit, Balandravot, Otstso'rgon, Oqtepa, Ko'kbuloq, Ko'kgumbaz, Sarisuv, Sariqtepa, Qizilsuv, Qizilsoy, Qizilqum, Yuqoriovul, Etakovul, Quyimahalla, O'rtachek, O'rtasaroy kabi yoziladi.

MUHOKAMA

Birinchi tarkibiy qismi sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat bo'lganda: Beshariq, Beshayvon, Yolgizbog', Yolgizqutchi, Yakkasaroy, Yakkatol shaklida yoziladi.

Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi qismi geografik atamadan iborat bo'lganda: Ikkinchisolma, Yettinchiqo'tir shaklida yozish maqsadga muvofiqdir.

Ta'kidlash lozimki, qo'shma geografik nomlar tadqiqida ularning yasalish usullarini belgilash, aniqlash ayniqsa muhimdir. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, til taraqqiyoti jarayonida ma'lum tipdagi so'z birikmasi yagona leksik ma'no kasb etishi natijasida sintaktik birlikdan leksik birlikka aylanadi - qo'shma so'z yuzaga keladi. Masalan, Oqjar, SHo'rsuv, Yangiqo'rgon, Qoratepa kabi joy nomlari shu yo'l bilan paydo bo'lgan qo'shma so'zlar sirasiga kiradi.

Qo'shma geografik nomlar morfologik tarkibiga ko'ra kuyidagi tiplarga bo'linadi:

1. Ot + ot: Bu tipdagi ko'shma toponimlarning ikkinchi qismi ko'pincha geografik termindan (qishloq, ovul, tepa, cho'l, bog', buloq, quduq va hokazo) tashkil topgan bo'ladi. Ularning birinchi tarkibiy qismi esa kishi ismlari (familiyasi)dan (Abdiqishloq, SHofayziquduq, Hoshimdasht, Ismoiltepa), etnonimlardan (Naymanariq, Arabmozor, Afgonbog', Qozoqovul, Turkravot), fitonimlardan (Terakmozor, Jiydaqishloq, Tolqishloq) iborat bo'lishi mumkin. Har ikkala tarkibiy qismi terminlardan (geografik va ijtimoiy - iqtisodiy) tashkil topgan toponimlar ham mavjud. (Qorovulbozor, Toshbuloq, Qumquduq, SHarilloqsoy).

2. Sifat + ot: Bu qolipdagi qo'shma toponimlarning birinchi qismi rang-tus

bildiruvchi (Oqtepa, Ko'kjar, Qizilbuloq, Qoraqum, Qorasoy), ko'lam bildiruvchi (Kattaqishloq, Pastqishloq, Kichikqo'rg'oncha, O'rtaqo'rg'on, CHuqurqishloq, Etakmahalla), maza-ta'm ifodalovchi (Achchiqko'l, SHirinquduq, SHo'rsuv), ikkinchi qismi geografik atamalardan iborat bo'ladi.

3. Son + ot: Ushbu qolipda yasalgan qo'shma geografik nomlarning birinchi tarkibiy qismi sondan (uch, besh, olti, to'qqiz, qirq, ming va hokazo), ikkinchi tarkibiy kismi geografik atamadan (Beshbuloq, Uchariq, Yolg'izqum, Yakkasaroy, Uchtol, Oltihovuz, Beshqayrag'och) tashkil topgan bo'ladi.

4. Ot + fe'l va fe'l + ot: Bu qolipdagi qo'shma nomlar ot bilan fe'lning hamda fe'l bilan otning birikuvidan (Toshkesar, Qaynarbuloq, Oxunqaynar, Soykeldi, Qolgandaryo) tashkil topadi.

Geografik nomlar kuyidagi hollarda ko'shtirnoq ichiga olinadi:

Zavod - fabrikalar, shirkat xo'jaliklari, firmalarning nomlari qo'shtirnoq bilan yoziladi: «GM-O'zbekiston» qo'shma korxonasi, "Atlas" to'qimachilik kombinati, «Toshkent» shirkat xo'jaligi, «Zomin» jamoa xo'jaligi, «Malika» trikotaj fabrikasi, «Zilolateks» aktsiyadorlik jamiyati va hokazo.

Matbuot organlari nomi bilan atalgan geografik ob'ektlarning nomlari kartalarda qo'shtirnoqsiz yoziladi: O'zbekiston ovozi gazetasi ko'chasi, Turkiston ko'chasi, SHarq yulduzi suv iste'molchilari uyushmasi.

Geografik nomlarni sonlar bilan yozish tartibi:

Geografik nomlar tarkibiga kirgan tartib sonlar nomning oldingi qismida, birinchi o'rnida so'z bilan yoziladi: Yettinchi ko'tir, Beshinchi brigada, Sakkizinchi xo'jalik va hokazo.

Toponimlar tarkibidagi geografik terminlarni yozish tartibi:

Geografik ob'ektning turini bildiradigan so'zlar geografik terminlar hisoblanadi. Masalan, ko'l, cho'l, tog', adir, ariq, orol, quduq, muz, botqoq, qirg'oq, sharshara, kir, botiq, vodiy, soy, kanal, tekislik va hokazo. Geografik terminlar turdosh otlar bo'lganida geografik nomdan keyin kichik harflar bilan alohida yoziladi.

Geografik terminlar toponimlar tarkibiga kirganda qo'shib yoziladi va shu geografik nomlardan keyin yana takrorlanishi mumkin: Qoratog' tog'i, Oqtepa tepaligi, Sirdaryo daryosi, Kattaqishloq qishlog 'i, Issiqko 'l ko 'li, Tandirqum qumligi. Xaritalarda aholi punktlarining nomlari yonida ularning turlarini bildiradigan so'zlar (shahar, qishloq, ovul, shaharcha va boshqa) yozilmaydi.

Geografik nomlar tarkibidagi terminlar va boshqa so'zlarning talaffuz shaklidagi xilma-xillik.

Ayrim geografik nomlar tarkibida jonli tilda qo'llanib kelayotgan terminlar ham uchraydi. Ular ilmiy adabiyotlarda qabul qilingan terminlardan farq kilib, faqatgina

shevalarda qo'llanilishi mumkin. Bunday hollarda shevalarda foydalanadigan terminlar o'rniga adabiy til atamalari ishlatilmaydi, aksincha ularni asl shakli nomlar tarkibida saqlanib qolinadi. Mahalliy terminlar turli joylarda turlicha talaffuz qilinishi mumkin. SHu sababdan, jonli til so'zlaridan iborat terminlarning talaffuz shakli joy nomlari yozilishida saqlanib qoladi. Masalan: Jamonjar, Jellig 'uli, Suluvjo 'na va hokazo.

XULOSA

Geografik nomlar yozilishida defisning o'rni.

Birinchi tarkibiy qismi ot yoki sifatdan, ikkinchi komponenti atoqli otdan iborat bo'lgan nomlarning har ikki tarkibiy qismi katta harflar bilan yoziladi va bir-biridan defis (lotincha, divisio- "ajralish, bo'linysh") orqali ajratiladi. Defis - nomlarni qismga bo'lishda qo'llaniladigan belgi, chiziqcha (-). Toponimlar defis orqali ajratilganda, har ikki komponenti ham katta harflar bilan yoziladi: CHig'atoy - Oqtepa, Ko'kcha -Oqtepa, Ozod - Buxoro, Isori - O'roqli, Qo'shtepa - Saroy, Xaroba - Qulonchi, CHek -Nasriddin, CHo'ja-Arab, Loytsa-O'ray va boshqalar. Ba'zi qo'shaloq so'zlardan iborat toponimlar orasida defis qo'yiladi va nomning ikkinchi tarkibiy qismi kichik harf bilan yoziladi: Ana-muna, CHaqar-chuqur. Birinchi tarkibiy qismi fe'l, ikkinchi tarkibiy qismi toponim bo'lgan geografik nomlar: Qolgan-Sir, Qolgan-CHirchiq kabi yoziladi.

REFERENCES

1. Tojieva Zulxumor Nazarovna, Dusmanov Farhod Azamqulovich, Muhamedova Nazokat Jurayevna, & Haydarova Surayyo Abdusalomovna (2016). Mustaqillikdan keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining o'limi va umr ko'rish davomiyligi. Evropa ilmiy sharhi, (3-4), 24-27.

2. Shernayev Akbar (2020/1/30) Abstracts of V International Scientific and Practical Conference Osaka, Japan 29-31 January 2020,189-193.

3. Иброимов, Ш. И. У., & Болтаев, М. Ж. (2020). Узбекистан TOF-водийларининг экотуристик имкониятлари ва улардан фойдаланиш. Academic Research in Educational Sciences, (1).

4. Rajabov Furkat Turakulovich, Sattarov Abdisamat Umirkulovich (2020) FARMS OF UZBEKISTAN: DEVELOPMENT, SPECIALIZATION, GEOGRAPHY. Journal of Critical Reviews, 7 (6), 1189-1196.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2020). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARINI MUSTAQIL O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, (3), 1306-1312.

6. Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini о 'qitish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo 'llash. Academic research in educational sciences, (1).

7. Radjabov, F. (2020). Describe the Individual Food Industry Contents and their Role in the Delivery of Agricultural Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 19(1), 292-294.

8. Komilova, N. K., Haydarova, §. A., Xalmirzaev, A. A., Kurbanov, S. B., & Rajabov, F. T. (2019). Territorial Structure of Agriculture Development in Uzbekistan in Terms of Economical Geography. Journal of Advanced Research in Law and Economics, 10(8 (46)), 2364-2372.

9. Шерзод Иброим Угли Иброимов, Мансур Фарманович Бурибеков, & Максуда Анвар Кизи Сатторова (2020). ЁШ АВЛОДГА ЭКОЛОГИК ТУРИЗМНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИНИ ЕТКАЗИШ. Academic research in educational sciences, (3), 275-279.

10. Turakulovich RF (2020). Dynamics and Regional Features of Agricultural Production. In the Republic of Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (2), 1264-1269.

11. Фуркат Ражабов, Лобар Джураева, & Асрор Махмадалиев (2020). УЗБЕКИСТОН ФЕРМЕР ХУЖАЛИКЛАРИ: РИВОЖЛАНИШИ, ИХТИСОСЛАШУВИ, ГЕОГРАФИЯСИ. Academic research in educational sciences, (3), 674-686.

12. Шерзод Иброимов, Махмуд Болтаев, & Максуда Сатторова (2020). МАКТАБ УКУВЧИЛАРИ ОНГИДА РЕКРЕАЦИЯ ТУШУНЧАСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, (3), 146-151.

13. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АХДМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

14. Sharipov Shavkat Mukhamajanovich, Shomurodova Shahnoza Gayratovna, Gudalov Mirkomil Ravshanovich (2020) THE USE OF THE MOUNTAIN KARS IN THE TOURISM SPHERE IN CORT AND RECREATION ZONE OF CHIMGAN-CHARVAK. Journal of Critical Reviews, 7 (3), 475-481.

15. Шомуродова Шахноза Гайратовна Природные озера Тянь-Шаня в зоне отдыха Чимган-Чарвак // Европейское научное обозрение. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7the-natural-lakes-at-the-tianshan-mountains-covered-in-chimgan-charvak-recreation-zone (дата обращения: 15.12.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.