Научная статья на тему 'XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MA`NO KO`CHISH USULLARI'

XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MA`NO KO`CHISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

290
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik-semantik / tarixiy-etimologik / metafora / semantik usul / yupqa toʻqima / termin / leksik resurslar. / лексико-семантический / историко-этимологический / метафора / семантический метод / тонкая ткань / термин / лексические ресурсы.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muyassar Gaybullayevna Navrozova

Ushbu maqolada o`zbek tilshunosligiga oid tibbiy terminlarning kelib chiqish tarixi, etimologiyasi, uzoq tarixga ega boʻlgan ba‟zi birliklarning, hozirgi kunda tibbiyotda maxsuslashib, terminga aylanib, kishilarning kundalik turmushida faol qoʻllangani sababli, jonli tilimiz orqali bizgacha yetib kelganligini misollar orqali izlashga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДЫ ПЕРЕНОСА ЗНАЧЕНИЯ В НАЦИОНАЛЬНЫХ МЕДИЦИНСКИХ СОЮЗАХ

В этой статье мы попытались объяснить на примерах историю, этимологию, происхождение медицинских терминов узбекского языкознания, некоторые единицы с долгой историей, которые сейчас специализируются на медицине, стали термином и активно используются в повседневной жизни.

Текст научной работы на тему «XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MA`NO KO`CHISH USULLARI»

XALQONA TIBBIY BIRLIKLARDA MA NO KOCHISH USULLARI

Muyassar G'aybullayevna Navro'zova

Buxoro viloyati Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi oqituvchisi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tilshunosligiga oid tibbiy terminlarning kelib chiqish tarixi, etimologiyasi, uzoq tarixga ega bo'lgan ba'zi birliklarning, hozirgi kunda tibbiyotda maxsuslashib, terminga aylanib, kishilarning kundalik turmushida faol qo'llangani sababli, jonli tilimiz orqali bizgacha yetib kelganligini misollar orqali izlashga harakat qildik.

Kalit so'zlar: leksik-semantik, tarixiy-etimologik, metafora, semantik usul, yupqa to'qima, termin, leksik resurslar.

МЕТОДЫ ПЕРЕНОСА ЗНАЧЕНИЯ В НАЦИОНАЛЬНЫХ МЕДИЦИНСКИХ СОЮЗАХ

Аннотация: В этой статье мы попытались объяснить на примерах историю, этимологию, происхождение медицинских терминов узбекского языкознания, некоторые единицы с долгой историей, которые сейчас специализируются на медицине, стали термином и активно используются в повседневной жизни.

Ключевые слова: лексико-семантический, историко-этимологический, метафора, семантический метод, тонкая ткань, термин, лексические ресурсы.

METHODS OF MEANING TRANSFER IN NATIONAL MEDICAL

UNIONS

Abstract: In this article, we have tried to explain with examples the history, etymology, origin of medical terms of Uzbek linguistics, some units with a long history, which are now specialized in medicine, have become a term and are actively used in everyday life.

Keywords: lexical-semantic, historical-etymological, metaphor, semantic method, thin fabric, term, lexical resources.

O'zbek tilshunosligida terminlarni o'rganishga doir ko'pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko'plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug'atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug'atlaming nashr etilishi fanimizning katta yutug'i hisoblanadi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, "Lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosiga o'tish to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo'mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To'nyuquq, Kultegin, Bilga xoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg'ul bo'lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo'shiqlarida ham mavjud bo'lgan.

Tibbiyotga oid ilmiy asarlar Abu Bakr ar-Roziy, Ibn Sino davrlaridan XX asrgacha arab,qisman fors-tojik tillarida yozilgan bo'lib, ma'lum davrlar o'tgach, sharoit taqozosi bilan ular turk, o'zbek, tatar va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bu tarjimalarning aksariyati qo'lyozma holda turli ilmiy dargohlarda saqlanmoqda. Roziy, Ibn Sino, Zaynuddin Jurjoniy, Nasriddin Tusiy va boshqalarning tibbiyotga oid asarlari turli davrlarda turk tiliga tarjima qilingan [1;25].

Uzoq tarixga ega bo'lgan ba'zi fanlarning terminlari singari juda ko'p so'zlar hozirgi kunda tibbiyotda maxsuslashib, terminga aylanib, kishilarning kundalik turmushida faol qo'llangani sababli, jonli tilimiz orqali bizgacha yetib kelgan: bosh-kalla, qo'l, oyoq, panja, yelka, tovon, quloq, burun, o'pka, jigar, buyrak, taloq singari terminlar shular jumlasidandir. Tibbiy terminlarning asosiy qismi xilma-xil yozma manbalar, ilmiy, tarixiy badiiy asarlar hamda turli davrlarda tuzilgan lug'atlar orqali yetib kelgan. O'zbek tilining barcha leksik resurslarida bo'lgani kabi terminlarning ham o'z boyish yo'llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan so'z o'zlashtirmagan birorta ham til yo'q. Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o'zida mavjud bo'lgan so'z yoki termindan foydalaniladi, yoki yangi termin yasaladi. Shu jumladan, biz so'z yuritmoqchi bo'lgan tibbiy terminologiya ham o'zining ulkan taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Tibbiy terminlarni hosil qilishda xalq o'zining kuzatishlariga, dunyoqarashiga tayangan.

Ma'lumki, hozirgi o'zbek tilida so'z ma'nosining o'zgarishi,ma'noning ko'chishi, polisemantik so'zning ayrim ma'nolari orasidagi bog'lanishning yo'qolishi, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so'zning hosil bo'lishi semantik yoki leksik-semantik usul bilan so'z yasash deyiladi [1;22]. Tibbiy

terminlarning tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan tekshirish shuni ko'rsatadiki, undagi ko'pgina terminlar sof semantik usul bilan yasalgan. Masalan: bosh-gavdaning boshlanishi; oyoq-adoq-biror narsaning oxiri, so'ngi, tugallanish qismi ma'nolarini anglatib, keyinchalik odam organizmi nomi sifatida qo'llana boshlagan. Shuningdek, hozirgi kunda tamoman boshqa-boshqa so'z hisoblangan qovurg'a-qovoq, qopqoq (bosh qopqog'i), qop (o't qopi) kabi terminlarning barchasi qoplamoq fe'lidan hosil bo'lgan. Tomoq, tomir so'zlari esa "tomchi holatida tush" fe'lidan hosil qilinganligi haqida mulohazalar bor, soqol-saqoq (badiiy asarlarda "iyak") so'zlari esa "saq"-"past tomonga yo'nalmoq" [2;34] ma'nosini anglatib, asosdoshlik kasb etgan. Asliga ko'ra polisemantik bo'lgan ushbu so'zlar ma'nolari orasidagi ichki bog'lanish yo'qolgan. Ushbu misollardan semantik usulda so'z yasashning diaxronik xususiyatga ega ekanligi yaqqol ko'rinadi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, semantik usulda termin yasash boshqa sohalar terminologiyasiga nisbatan tibbiyotda keng qo'llanadi. Buning asosiy sababi tibbiy terminlarning o'tmish davrlarda xalq tili asosida yuzaga kelib, jonli so'zlashuv tili bilan mustahkam aloqada rivojlanganligidadir. Shuning uchun ularda xalq tiliga xos bo'lgan ko'pdan ko'p metaforik qo'llanishlar o'z aksini topgan. Masalan: bosh kosasi, ko'z kosasi, buyrak jomi, kalla qutisi kabi birikmalardagi kosa, jom , quti birliklari xalq tilida biror narsani solish uchun ishlatiladigan idish ma'nosini bildiradi. Tibbiyotda shu idishlar shakliga o'xshagan a'zolar yoxud ularning qismlari mavjudki, bu, o'z navbatida, metaforik o'xshatish asosida quyidagi terminlarning yasalishiga sabab bo'lgan. Chanoq-ko'sakning bir xonasi. Qadimgi turkiy tilda "yog'ochni o'yib ishlangan tuzluq va shu kabi idish, kosa.. "Ma'no taraqqiyoti natijasida bu so'zning "idish" ma'nosi asosida "ko'z kosasi va boshqa kosasimon narsa", shu jumladan, "ko'sakning har bir xonasi" ma'nosi yuzaga kelgan. Ko'z kosasi ma'nosi yuqoridagi ma'nodan oldin paydo bo'lgan [2;412]. Metafora ma'no ko'chishning o'xshashlikka asoslangan turidir. Tibbiyotdagi chechak, ko'richak, qoziq tish, quloq chig'anog'i, kiprik, ko'z soqqasi, turk egari, do'mboqcha singari terminlarni hosil bo'lishida metaforadan foydalanilgan. Ular tashqi hamda shakliy o'xshashlik asosida ma'nolari ko'chib, termin hosil bo'lishida ahamiyat kasb etgan. Chechak so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, bu termin Mahmud Koshg'ariyning "Devoni lug'otit turk"asarida "^ok" shaklida ham uchraydi. Tibbiyotda ushbu termin odam va hayvonlarning o'tkir yuqumli kasalligi. O'rta asrlarda Roziy "Chechak va qizamiq haqida kitob" nomli asar yaratib, tibbiyot tarixida ilk bor ushbu kasallikni ta'riflab beradi. Kasallik turli toshmalar bilan kechganligi sababli shu nom bilan ta'riflanishga asos bo'lgan.

Ko'richak-odam va sut emizuvchi hayvonlarda yo'g'on ichakning boshlanish qismi, o'ng yonbosh chuqurchasida joylashgan bo'lib, uning yonbosh ichakka qo'shilish joyida yarimoysimon burmalari, qopqog'i bor [6;25].

Terminga e'tibor qaratadigan bo'lsak, uning bir tarafi yopiq bo'lgani uchun shu nom bilan atalishiga sabab bo'lgan. Ba'zi bir umumiste'moldagi so'zlar o'xshashligigagina emas, balki vazifasiga ko'ra (vazifadoshlik asosida) ham yangi termin yasalishiga asos bo'lishi mumkin. Buni aksariyat semantik-sintaktik usulda termin yasashda ko'rishimiz mumkin. Xalta so'zi kichkina qop, qopchiq. Biror narsani solish, saqlash uchun mo'ljallanadigan buyum [3;403]. Tibbiyotda ham xuddi shu vazifani bajaruvchi inson a'zosi xalta nomi bilan yuritiladi. Masalan: ko'z yoshi xaltasi, o't qopi xaltasi,bo'g'im xaltasi kabi. Parda so „zi o'zbek tilida "xonani quyosh nuri,shamol va hokazolardan to'sish yoki bezash uchun deraza, eshik va shu kabilarga tutiladigan gazlama, mato"[3;220].

Tibbiyotda esa "organizmda ayrim a'zolarni qoplab, o'rab yoki bir-biridan ajratib turadigan yupqa to'qima" ma'nosida ishlatiladi: qorin pardasi, o'pkaning plevra pardasi, homila pardasi, diafragma pardasi, suyak usti pardasi, ko'zning shox pardasi singari. Yugan so'zining adabiy tildagi ma'nosi "ot, eshak kabi uy hayvonlarini boshqarish uchun ular boshiga solinadigan, suvliq, tizgin va qayish tasmalardan yasalgan abzal" [3;73]. Tibbiyotda esa bu termin - cha qo „shimchasi bilan birga qo'llanadi: til yuganchasi, lab yuganchasi singari. Qafas-qush yoki hayvonlarni saqlash uchun maxsus yasaladigan xonacha [4;267]. Tibbiyotda esa gavdaning qovurg'alar bilan o'ralgan joyiga ham shu so'zni ishlatamiz: ko'krak qafasi. Qop- "sochiluvchi narsalarni solib qo'yiladigan mato, chipta va shu kabilardan tikiladigan xaltadan katta qanordan kichik ro'zg'or buyumi [4;5;354]. Tibbiyotda, xususan, anatomiyada esa "odam va ko'pchilik hayvonlarda o't yig'iladigan a'zo [6;111]: o't qopi. Kiyim-kechakka aloqador, ayni chog'da, tibbiyot terminologiyasidan o'rin olgan yana bir leksik birlik kamardir. Uning asl ma'nosi "Suv qirg'og'ida, jar chetida yoki tog' yonbag'rida o'pirilish natijasida paydo bo'lgan g'orsimon o'piq joy , yo'l"[4; 305]. Tibbiyotda esa u odamning ayrim bo'g'inlarida, o'zaro tutash ikki suyakning birida bo'ladigan yarimshar shaklidagi o'yiq joy, ko'z ma'nosini ifodalaydi: yelka kamari, oyoq kamari singari. Darvoza - ona tilimizda "shahar va qo'rg'on, qal'a va shu kabilarga kiriladigan ikki tabaqali katta eshik, qopqa"[4; 60]. Xuddi shu so'zni tibbiyotda jigar darvozasi, o'pka darvozasi singari birikmalar tarkibida ko'rishimiz mumkin.

Tibbiy tushunchalarni ifodalashda xilma-xil qoliplar asosida yaratilgan birikma terminlar ham muhim o'rinni egallaydi. Birikma terminlar bilan biz yuqorida qisman tanishib o „tdik. Xulosa qilib aytganda, o'zbek tilining tibbiyot

terminologik tizimida semantik usul, ya'ni leksik birliklarning ma'nosini ko'chirish yo'li bilan ko'plab terminlarni hosil qilish mumkin. Bu jarayonda metaforaning o'xshatish tamoyili muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Мирахмедова З. Узбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. - Тошкент: Фан, 2010. - 127 б

2. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг этимологик лугати. - Тошкент , 2000. -600 б.

3. Узбек тилининг изохли лугати. - Тошкент, 2006.

4. ^осимов A. Тиббий терминлар изохли лугати. I жилд. - Тошкент, 2004.

5. Русча-лотинча-узбекча тиббий терминлар лугати. - Тошкент: Камалак -Хазина, 1996. 527б.

6. Khaydarova N. A., Islomov B. The Importance of Teaching English for Specific Purposes and its Origin // Достижения науки и образования. - 2017. - №. 5. - С. 46-47.

7. Sayfullayeva R. R., Gaybullayeva N. I. Classification of the structural groups of medical euphemisms in the uzbek language // International Journal of Control and Automation. - 2020. - Т. 13. - №. 1s. - С. 115.

8. Gaybullayeva N. I. (2019). Classification of thematic groups of medical euphemeralism //European Journal of Business &Social Sciences, ISSN: 2235-767X. - 2019. - Т. 7. - №. 05. - С. 1721.

9. Khaydarova Nodirabegim Ahtamjonovna, Khaydarova Hulkar Ahtamjonovna Peculiar features of alternative assessment in teaching English as a foreign language // Достижения науки и образования. 2018. №5 (27). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/peculiar-features-of-alternative-assessment-in-teaching-english-as-a-foreign-language

10. Khaydarova Nodirabegim Ahtamjonovna. (2021). Significance of Phraseological Units application in Medical Discourse of English and Uzbek Language. Middle European Scientific Bulletin, 11(1). https://doi.org/10.47494/mesb.2021.11.471

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.