Научная статья на тему 'Termin va terminologiya berilgan ta’riflar'

Termin va terminologiya berilgan ta’riflar Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6609
476
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Termin / terminologiya / definitsiya / atama / istiloh / maxsus leksika / professionalism / sinonimiya / omonimiya / fan tili / interpretatsiya / substansional / funksional / dervatsion / semantik va pragmatik prinsiplar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asror Abdullayevichsabirov

Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim qatlami xisoblangan termin va terminologiya haqida muhim ma’lumotlar hamda olimlarning ta’riflari tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Termin va terminologiya berilgan ta’riflar»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TERMIN VA TERMINOLOGIYA BERILGAN TA'RIFLAR

Asror Abdullayevich Sabirov

Ma'mun nomidagi jahon tillari NTM Roman - german filologiyasi kafedrasi nemis tili

fani o'qituvchisi [email protected]

Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim qatlami xisoblangan termin va terminologiya haqida muhim ma'lumotlar hamda olimlarning ta'riflari tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: Termin, terminologiya, definitsiya, atama, istiloh, maxsus leksika, professionalism, sinonimiya, omonimiya, fan tili, interpretatsiya, substansional, funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplar.

Mazkur maqolamda termin va terminologiyaga nafaqat ona tilimizdagi, balki boshqa tillardagi berilgan ta'riflar bilan sizlarni tanishtirmoqchiman. Bu bilan termin va terminologiyaning amaliy va nazariy xususiyatlarini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi degan umiddaman.

Husanov N.A., Dilmurodova N.A. "O'zbek tili" fanidan o'quv-uslubiy majmuasida quyidagicha fikrlarni uchratishimiz mumkin:

"Termin" tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste'moldagi so'zdan farqlash uchun yetarli deb o'ylaymiz:

1) termin - umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo'lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so'z yoki birikmadir;

2) termin - konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

3) termin uchun muayyan ta'rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma'lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo'l qo'yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko'rsatish mumkin.

Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o'zaro munosabatda bo'lgan terminlar jami sifatida ta'riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to'g'ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste'moldagi

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

so'zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo'llanishi ma'lum darajada nazorat ostida bo'ladi. "Terminlar paydo bo'lib qolmaydi", aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda "o'ylab topiladi", "ijod qilinadi" Masalan, bo'lajak

iqtisodchilarning yozma yoki og'zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag' ajratish, renta kabi tor doiradagina qo'llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O'z-o'zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.

Ta'kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya'ni yig'indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.

Termin grekcha terminus so'zidan olingan bo'lib, chek, chegara degan ma'noni bildiradi. U fan-texnika, qishloq xo'jaligi, san'at va madaniyat sohasiga xos soz' hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta'limot va terminlar majmui degan ma'nolarni anglatadi1.

Termin so'zi o'rnida ba'zan atama, istiloh so'zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to'g'ri emas. Atama bu to'g'ri emas. Atama termin so'ziga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. Istiloh so'zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo'lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug'aviy qatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to'g'ri anglash imkonini beradi.

Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo'lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.

A.Reformatskiy terminga ta'rif berar ekan, "... terminlar.- bu maxsus so'zlardir" degan xulosaga keladi.

A.V. Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so'zlarni "maxsus leksika" deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o'z fikrini davom ettirib, "Termin bilan professionalizmlar o'rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo'jaligi, texnikadagi

1 https://faYllar.org/til-va-terminologiva.html

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tamomila rasmiy bo'lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalism esa biror kasb, mutaxassislik, ko'pincha jonli tilde tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat'iy, ilmiy tavsifiga ega bo'lmagan yarim rasmiy so'zdir " - deydi.

R. Doniyorov bu fikrga e'tirozan, "Bunday qat'iy da'vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim "olim"larning qarashlari davomidir demak, xatoga yo'l qo'ymaymiz" deya munosabat bildiradi.

H. Jamolxonov terminga munosabatda bo'lar ekan quyidagicha yozadi: "Terminlar fan-texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shone (botanikada); to'rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi".

Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo'llari har xil: boshqa tillardan so'z olish, yangi so'z yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, so'z birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda o'zbek terminologiyasining boyish, asosan, boshqa tillardan so'z olish va ichki so'z yasash hisobiga ro'y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.

Terminologiyaning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko'p ma'nolilik tilning boyligi bo'lsa. Terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o'zbek tilida yarim o'tkazgich - chala o'tkazgich - nim o'tkazgich terminlari qo'llanmoqda. Bu, o'z navbatida, o'qish, o'qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiyasi ma'lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma'lum terminologik me'yorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lug'atlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.

Hamidulla Dadaboyevning "O'zbek terminologiyasi" kitobida ham quyidagicha ta'riflarni uchratishimiz mumkin:

V.P.Danilenkoning ta'kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil fimksional turi, ya'ni an'anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda tutiladi (Danilenko, 1977; 8). Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so'zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi.

Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi, so'z yasalishi va grammatikasi tashkil qiladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

X. Xyuellning qayd etishiga ko'ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar yoki texnika sohasida qo'llanadigan so'zlar yig'indisidir. Biz terminlar ma'nosini qayd etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalami ham qayd etamiz (Whewell, 1967).

Termin so'zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar) uchun termin-aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig'indisini nazarda tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi so'z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so'z termin bo'lishi mumkin.

Fan va texnikada termin sun'iy o'ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan maxsus so'z sanaladi. Bunday so'zlaming qo'llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umumtil tenninlaridan farqli o'laroq, ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik birliklar sifatida terminologik sistemalarga birlashadi, ular o'z ma'nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga mantiqiy (tushunchaga oid) terminologik may don mos keladi.

Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur.

Terminlarning qo'llanish, tarqalish ko'lami muayyan terminologik sistema bilan cheklangan bo'lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi, voqelanadi.

Terminologik leksika o'z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko'chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo'llanadidigan so'z va so'z birikmalarini qamrab oladi.

Umumadabiy til doirasiga o'tgan termin o'z terminologiyasi, terminologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi.

Termin ta'rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko'pdan-ko'p mulohazalar bildirilgan. Deyarli barcha ta'riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so'z yoki so'z birikmasi tarzida tavsiflanadi.

O.Vinokuming fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo boimaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi.

A.Gerdning mulohazasiga ko'ra, termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan bosqichida mavjud tushunchalaming asosiy xususiyatlarini aniq va to'laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma'noga ega tabiiy va sun'iy til birligi, ya'ni so'zyoki so'zbirikmasidir(Gerd, 1991; 1-4). O.Axmanovaning ta'kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o'z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya'ni termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so'ng tan olinadi. Terminni notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta'riflash mumkin emasligidadir. V.G.Gak terminning ta'rifini berish qatori, uning mohiyatini ochadi va terminning biror bir til so'z boyligidagi o'rnini belgilaydi. U ilmiy ishlarda terminga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

lug'aviy birliklaming alohida turi tarzida qaralishiga e'tiroz bildiradi hamda termin-funksiya, leksik birliklar o'llanishining bir qo'rinishi, degan g'oyani ilgari suradi (Gak, 1972; 68 -71).

V.P.Danilenkoning e'tirof etishicha, jamiyatda sodir bo'ladigan har qanday jarayonning in'ikosi dastavval terminologiyada o'z ifodasini topadi yoki muayyan terminlaming tranformatsion o'zgarishi oqibatida voqelanadi (Danilenko, 1971; 9).

D.Lottening ishlarida terminga alohida belgi sifatida emas, balki aniq sistemaning a'zosi shaklida qarash, munosabatda bo'lish zarurligi ta'kidlangan.

Uning fikriga muvofiq mazmun planidagi sistemli munosabatlar terminlaming sistem xarakterga egaligini belgilaydi. Terminlaming terminlar sistemasidagi o'mi, mavqei muayyan tushunchaning tushunchalar sistemasidagi o'mi, mavqei bilan aniqlanadi.

Terminologiya turli-tuman maktab, ilmiy yo'nalish va aniq fikrlarga xos ketegorial apparatni ifodalovchi, terminlar sistemasiga birlashgan maxsus tushunchalar yig'indisi, majmui tarzida qaraladi (Lotte, 1961).

Hozirgi tilshunoslikda yangi terminlaming paydo bo'lishi, ulaming hayotga tatbiq qilinishidagi to'siqlar, yasalish prinsiplari va usullari xususida turfa g'oyalar, nuqtai nazarlar ko'zga tashlanadi.

Termin so'zi interpretatsiyasining substansional, funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplari e'tirof etilmoqda.

Substansional nuqtai nazar vakillariga ko'ra, termin maxsus so'z yoki so'z birikmasi bo'lib, boshqa nominativ birliklarga nisbatan bir ma'noliligi, aniqligi, sistemliligi, kontekstdan xoliligi va emotsional jihatdan neytralligi bilan ajralib turadi.

Funksional nuqtai nazarga binoan terminlar maxsus so'z emas, balki maxsus funksiyaga ega so'zlardir; terminning o'mi(roli)ni istalgan so'z bosishi, o'ynashi mumkin.

Derivatsion nuqtai nazar terminlarning yasalish jarayonlari bilan chambarchas bog'langan. Ushbu g'oya tarafdorlarining fikricha, termin nafaqat oddiy so'zning varianti, shuningdek, yangi, o'ziga xos spetsifik belgilarga ega maxsus yasalgan birlik sifatida ham tan olinadi. Yangi terminlaming yuzaga chiqish sabablari yangi realiyalami ifodalash ehtiyoji bilan baholanadi.

Terminga muayyan talablar qo'yiladi, ushbu jihat uni umumtil va lahja hamda shevalardagi oddiy so'zlardan ajratib turadi.

Nomenklatura terminologiyaga nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi.

Har qanday soha nomenklaturasi shu sohaga oid barcha tur nomlarini o'zida mujassam etadi. Ulaming miqdori haddan ortiq darajaga yetganda, maxsus strukturani

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

taqozo etadi. Masalan, hozirgi kunda 200 mingdan ortiq o'simlik turlarining har biriga alohida nom qo'yishga urinish befoyda, buning imkoni ham yo'q.

Insoniyatning tabiatni bilish, anglash bosqichlarini o 'zida aks ettiruvchi tabiiy fanlar nomenklaturasidan inson tomonidan kashf etiladigan, yaratiladigan(ishlab chiqarish nomenklaturasi) texnik nomenklatura, shuningdek, xaridorbop tovarlar bilan ta'minlash, ularni sotish maqsadida mdxsus yuzaga chiqariladigan savdo-sotiq nomenklaturasini farqlash lozim bo'ladi.

Garchi har uchala nomenklatura ham manfaatdor subyektlar tomonidan yaratilsa-da, biroq ular turli asos, turli maqsad va turli prinsiplar negizida voqelanadi.

Xullas, terminlar umumadabiy so'zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o'zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o'zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalami ifodalaydi, ulaming har biri o 'z ma'nosiga ko'ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ulaming boshqa sistemaga xosligiga to'sqinlik qilmaydi); shakllanish yo'llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so'z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg'un modellami ishlab chiqishga bo'ysunadi) (Danilenko, 1977; 208).

Tepada biz o'zbek tilidagi termin va terminologiyaga berilgan ta'riflar hamda olimlarning mazkur mavzu yuzasidagi qarashlarini ko'rib chiqdik. Shu o'rinda aytishim joyizki, Hamidulla Dadaboyevning "O'zbek terminologiyasi" nomli kitobida ushbu mavzu yuzasidan ma'lumotlarni anchagina ko'proq va aniqroq ekanlikini uchratishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari.-T.: Fan, 1982.

2. Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического описания,- М.,: Наука, 1977.

3. Hamidulla D. "O'zbek terminologiyasi". Toshkent: Yoshlar Nashriyot uyi, 2019.

4. Husanov N.A., Dilmurodova N.A. "O'zbek tili" fanidan o'quv-uslubiy majmua. -Toshkent: TMI, 2018. 366 b.

5. Shoabduraxmonov Sh. O'zbek adabiy tili va xalq shevalari -Т.: 1960.

6. www. literature, uz

7. www. genhis philol.ru

8. www. library.ziyonet.uz

9. https: //fayllar. org/til-va-terminologiya.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.