Научная статья на тему 'HARBIY TERMINOLOGIYANI TARJIMA QILISHNING LEKSIK, SEMANTIK, GRAMMATIK JIHATI'

HARBIY TERMINOLOGIYANI TARJIMA QILISHNING LEKSIK, SEMANTIK, GRAMMATIK JIHATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
316
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
terminologiya / tushuncha / tamoyil / ilmiy / terminologik / yondashuv / matonat so’zlarning ma’nosi. / terminology / concept / principle / scientific / terminological / approach / determination / meaning of the words.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Musurmanova Shaxnoza

Ushbu maqolada harbiy soha terminlarini tarjima qilishning leksik semantik va grammatik xususiyatlari haqida so’z yuritilgan. Termin tushunchasi, olimlarning ilmiy qarashlari, so’zning ishlatilishi o’z ifodasini topgan.Terminologik lug’at, so’zning terminologik ma’nosi determinlashish kabi ilmiy yondashuvlar o’z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL, SEMANTIC, GRAMMATICAL ASPECTS OF TRANSLATING MILITARY TERMINOLOGY

This article describes lexical, semantic and grammatical features of translation military terms. Semantic and lexical features of the term, the scientific views of the scientific is reflected in the using of the words. terminological dictionary , which defines the scientific approaches such as determination of the terminological meaning of the words.

Текст научной работы на тему «HARBIY TERMINOLOGIYANI TARJIMA QILISHNING LEKSIK, SEMANTIK, GRAMMATIK JIHATI»

HARBIY TERMINOLOGIYANI TARJIMA QILISHNING LEKSIK, SEMANTIK,

GRAMMATIK JIHATI Musurmanova Shaxnoza

Chirchiq Oliy tank qo'mondon muhandislik bilim yurti, Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi.

O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6817188 Annotatsiya. Ushbu maqolada harbiy soha terminlarini tarjima qilishning leksik semantik va grammatik xususiyatlari haqida so'z yuritilgan. Termin tushunchasi, olimlarning ilmiy qarashlari, so'zning ishlatilishi o'z ifodasini topgan.Terminologik lug'at, so'zning terminologikma'nosi determinlashish kabi ilmiyyondashuvlar o'z aksini topgan.

Kalit so^zlar: terminologiya, tushuncha, tamoyil, ilmiy, terminologik, yondashuv, matonat so'zlarning ma'nosi.

ЛЕКСИЧЕСКИЕ, СЕМАНТИЧЕСКИЕ, ГРАММАТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ

Аннотация. В данной статье говорится о лексико-семантических и грамматических особенностях перевода военных терминов. Отражено понятие термина, научные взгляды ученых, употребление слова.

Ключевые слова: терминология, понятие, принцип, научный, терминологический,

LEXICAL, SEMANTIC, GRAMMATICAL ASPECTS OF TRANSLATING MILITARY

Abstract. This article describes lexical, semantic and grammatical features of

translation military terms. Semantic and lexical features of the term, the scientific views of the scientific is reflected in the using of the words. terminological dictionary , which defines the scientific approaches such as determination of the terminological meaning of the words.

Key words: terminology, concept, principle, scientific, terminological, approach,

Harbiy terminologiyani tarjima qilishda leksik, semantik, grammatik jihatini yaxshi o'rganish tarjimaning samarali bo'lishini ta'minlaydi. "Davlat tili haqida"gi Qonunning 7-moddasida ta'kidlanganidek, "Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiysiyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi". Mazkur vazifa yechimi filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini yana ham oshirish, pedagog kadrlarni zamonaviy bilim va amaliy ko'nikma hamda malakalar bilan qurollatirish, xorijiy davlatlar ilg'or tajribalarini o'rganish va ta'lim amaliyotiga tatbiq etish masalasini hal etishda ko'rinadi. "O'zbek terminologiyasi" kursi aynan mana shu yo'nalishdagi muammolarni hal qilishga qaratilgani bilan xarkterlanadi.

Jahon tilshunosligida soha terminologiyasida kasbga oid til birliklari tushunchasi bilan bog'liq leksiksemantik xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan bir qator muammolar ilmiy tadqiqot ob'ekti bo'lib kelmoqda.

ПЕРЕВОДА ВОЕННОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ

подход, значение слов.

TERMINOLOGY

determination, meaning of the words.

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Bugungi kunga kelib, kasbiy soha tilini o'rganish yangi bosqichga ko'tarildi.Biroq, kasbiy sohaga oid til birliklarini mavzu bo'yicha yoki boshqa kichik guruhlar asosida tasniflash tamoyillarini hamda ularga xos alohida tizimlararo munosabat turlarini aniqlash, shuningdek, ushbu til birliklarining o'ziga xos funksional xususiyatlarini belgilashga doir masalalar hanuz o'z yechimini kutmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu sohadamustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O'zbekiston tilshunoslari zimmasiga kasbga oid til birliklarini o'rganish va soha atamalarini tizimlashtirish, shuningdek, maxsus soha lug'atlarini tuzish bo'yicha bir qator vazifalar yuklatildi. Harbiy terminologiya mamlakatimizda endigina shakllanish va rivojlanish bosqichiga qadam qo'yayotgan bugungi kunda ingliz, rus va boshqa tillar harbiy terminologiyasini o'rganishga bo'lgan e'tibor yanada kuchaymoqda. Umuman olganda, harbiy ob'ektni atoqli otlar vositasida ifodalash jarayonida harbiy kasbga doir til birliklarining quyidagi kichik sinflarini alohida ajratib ko'rsatish mumkin:

Bunday tizimlashtirish kelgusida ularni yanada ko'plab mavzuli sinflarga ajratishga yordam beradi.Harbiy terminologiyaning semantik maydonini o'rganishga bunday yondashuv, avvalambor, ularning struktur xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

Mudofaa vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan bugungi kunda Qurolli Kuchlar akademiyasi negizida tuzilgan va o'z faoliyatini olib borayotgan "Harbiy olimlar assotsiatsiyasi" o'z faoliyati davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining buyurtmasiga asosan, O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlikda " Harbiy atamalarning yangi izohli lug'ati" va "O'zbek harbiy terminologiyasi" nomli ilmiy-uslubiy ishlarni tayyorladi . Bu ikkala ishda ko'rsatilgan harbiy terminologiyalar ingliz tiliga tarjima qilishda yuqorida aytib o'tilgan leksik, grammatik, semantik xususiyatlar yordamida amalga oshirilsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Nomenklatura va terminologiya o'rtasidagi printsiplar farqlaridan biri-nomenlar, odatda, terminologik lug'atlar qayd etilmaydi yohud o'ta cheklangan miqdorda lug'atlardan o'rin oladi. Ma'lumki rasmiy ilmiy nomenga ega atsetilsalitsil kislota dorisi tijoriy asperin nomi bilan ommalashgan va h.k. Fan turli sohalarining rivojlanishi jarayonida ayrim nomenlar terminlar tizimiga o'tishi, sof leksik nominativ birliklardan mantiqiy (logik) axborot, ma'lumot elementi, ya'ni ilm fan terminiga aylanishi mumkin.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Nomenklatura, garchi, tushunchaga aloqador bo'lsa-da, biroq u hisobsizdir.Muayyan fan terminologiyasining polisemiya va sinonimiya hodisalarining mavjud bo'lishi ma'qullanmaydi.Biroq qator terminologik sistemalarda muayyan narsa- buyum yoki tushunchani ifodalashda ba'zan ikki yoki undan ortiq sinonim (dublet)lardan foydalanish ko'zga tashlanadi. Chunonchi terminologiya masalalariga qaratilgan ayrim ishlarda termin-atama-istiloh so'zlaridan sinonimik uya tarzida foydalaniladi. Sir emaski, o'zbek tiliga davlat maqomi berilgandan keyin ba'zi sub'ektiv nuqtayi nazarlar natijasida termin o'rnida atama derivatini qo'llash faollashdi. Bir qaraganda, baynalminal o'zlashmaga har jihatdan mos tushgan o'z so'zining qo'llanishi ma'quldek tuyuladi. Lekin termin o'zlashmasining ta'rifi bilan atama yasamasi qamrovini qiyoslash har ikki leksemani sinonim tarzda ishlatishning maqsadga muvofiq emasligini ko'rsatadi.

XULOSA

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

O'z vaqtida A.Hojiyev termin so'zini atama yasamasi bilan almashtirishning noto'g'ri ekanligi, uning sabab va oqibatlari xususida jiddiy mulohaza yuritgan edi(Hojiyev,1996;2225).Shularni hisobga olgan holda, o'zlashmasini ilm-fan, texnika sohalari yoki tarmoqlarida qo'llanuvchi so'z va so'z birikmalari atama so'zini shartli ravishda qo'yilgan nomlar (nomenklatura,nomenlar),xususan ,geografik ob'ektlar, joy nomlari (toponimlar),arabcha istiloh o'zlashmasini esa tarixiy terminologiya aspektidagi izlanishlar,tarixiy manbalar matnidagi tushunchalarga nisbatan ishlatish (Madvaliyev,2017;28-30) o'zini oqlaydi. Xullas terminlar umumadabiy so'zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o'zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi:

- semiotic (terminlarda belgi va ifodalovchi o'zaro simmetrik munosabatga kirishadi);

- vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi);

- semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning har biri o'z ma'nosiga ko'ra unikaldir);

- tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umum-abadiy tilga kirishi ularning boshqa sistemega xosligiga to'sqinlik qilmaydi);

- shakllanish yo'llari va vositalari (terminologiyada umumabadiytil so'z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg'un modellarni ishlab chiqishga bo'ysunadi) (Danilenko,1977;208).

Ingliz tili harbiy soha terminlari orasidagi sinonimik qatorlar

1. Messenger-courier, express, go between, page,

2. Memorandum-directive, memo, notice.

3. Meridian-acme, apex, apogee, capstone.

4. Medal-medallion, order.

5. Mechanic-instinctive, instinctual, involuntary, knee, jerk.

6. Method-approach, form, methodology, strategy.

7. Marksman-sharpshooter, shooter, shit.

8. Margin-borderline, bound, boundary, brim.

9. Marsh-big, fen, swamp, marshland.

10. Marker-label, tag, ticket.

11. Maintenance-care, feeding, conversation, conserving, keep.

12. Loyalty-adhesion, allegiance, attachment, commitment.

1.

2.

3.

4.

REFERENCES

90. Grinev-Grinevich, S.V. Terminology: textbook, manual for students of higher study institutions/ Academy, 2008 - 304p.

91. Nelyubin J1.J1. Introduction to translation technique (cognitive theoretical and

rd

pragmatic aspect): textbook, allowance 3 edition. Nauka 2013 -216 p. 92 Sti'elkovski, G.M. Theory and practice of military translation. German language / Moskow: Military publishing, 1979.-272p.

Ходжиматова Г.М. Научные основи обучения терминологической лексике русского язика в неязиковом вузе. - Душанбе, 2011.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

5. Макурина И.Ю. Войенный текст. стратегии обучения переводу .ЛИНГУА МОБИЛИС. 2015, Н1 (52) C. 137-140.

6. Bovyor R. Harbiy terminlar lug'ati. Uchinchi nashr / 2004 - 262 b.

7. Inglizcha-ruscha avtomobil zirxli lug'ati. Moskva 1961

8. uz.wikipedia.org

9. 94. https ://ww w. yumpu .com

10. http://mv-vatanparvar.uz/7556/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.