Научная статья на тему 'DESTRUKSIYA TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINI'

DESTRUKSIYA TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
deformatsiya / destruksiya / inson omili / jismoniy ta'sir / leksiksemantik / sistem-struktur tilshunoslik / parchalanmoq / yemirilmoq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zamira Bo‘riyevna Amonova

Ushbu maqolada “destruksiya” tushunchasining leksik ma'nosi, uning turli fan va sohalarda qo'llanilishi bilan bog'liq yondashuvlar hamda lingvistik tadqiqot obyekti sifatida namoyon bo'lish tamoyillari ko'rib chiqildi. Destruksiya semali leksik birliklar, xususan, fe'llar jonli mavjudotlar hamda narsa-buyumlarga moddiy va ma'naviy (ruhiy) zarar yetishga qaratilgan ish-harakatni ifodalashi tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DESTRUKSIYA TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

DESTRUKSIYA TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINI

Zamira Bo'riyevna Amonova

O'zDJTU mustaqil izlanuvchisi Email: fata.morgana.zzzzz@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "destruksiya" tushunchasining leksik ma'nosi, uning turli fan va sohalarda qo'llanilishi bilan bog'liq yondashuvlar hamda lingvistik tadqiqot obyekti sifatida namoyon bo'lish tamoyillari ko'rib chiqildi. Destruksiya semali leksik birliklar, xususan, fe'llar jonli mavjudotlar hamda narsa-buyumlarga moddiy va ma'naviy (ruhiy) zarar yetishga qaratilgan ish-harakatni ifodalashi tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: deformatsiya, destruksiya, inson omili, jismoniy ta'sir, leksik -semantik, sistem-struktur tilshunoslik, parchalanmoq, yemirilmoq.

ABSTRACT

This article examines the lexical meaning of the concept "destruction" approaches associated with its application in various sciences and fields, as well as the principles of its manifestation as an object of linguistic research. It is analyzed that lexical units with the meaning of destruction, in particular verbs denote actions aimed at causing material and spiritual damage to living beings and objects.

Keywords: deformation, destruction, human factor, physical influence, lexical-semantic, system-structural linguistics, break, be destroyed

Inson hayotining ibtidosidan intihosiga qadar ro'y beradigan voqea-hodisalarni ifodalash, millat ruhiyatidagi, madaniyatidagi, turmush tarzidagi turli jihatlarni, shaxs ongida kechadigan - bunyod etish hamda vayron qilish, qurish hamda buzish, takomillashtirish va barbod qilish kabi biri ikkinchisiga zid bo'lgan g'oyalarni tasvirlash hamda hayotga tadbiq qilish, kishi ongiga, ruhiyatiga ta'sir etish va uni ma'lum harakatlarni bajarishga undash aynan so'zning mislsiz qudrati yordamida amalga oshiriladi. Aksariyat tillarda butun bir leksik tizimning tashkil qiluvchilari bo'lgan so'zlarning ma'no jihatini tadqiq qilish hozirgi kunda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Zamonaviy tilshunoslikning yangi sohalari, xususan, semasiologiyaning rivojlanishi har bir semaning ahamiyatini alohida yoritish, boshqa semalar bilan o'zaro paradigmatik hamda sintagmatik munosabatlarga kirishish qonuniyatlari, valentlik xususiyatlari, semantik maydonning turli leksik-semantik guruhlarida

469

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

tasniflanishi, pragmatika va diskursdagi mavqeini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Bularning barchasi so'zning nafaqat ichki, balki tashqi imkoniyatlarini ham inobatga olgan tarzda, leksik sistemani tadqiq qilishda tizimli yondashuvni taqazo etmoqda.

XX asrning o'rtalariga kelib leksik sistemani system-struktur tilshunoslik va maydon nazariyalariga tayangan holda tadqiq qilishning jadallashishi yangi yo'nalishdagi bir qancha tadqiqot ishlarining maydonga kelishiga zamin yaratdi. Xususan, qator so'z turkumlarining til va nutqdagi funksional jihatlari o'rganildi. Mazkur ilmiy izlanishlar orasida tilshunos olimlarning fe'l tadqiqiga bag'ishlagan ishlaridagi amaliy va nazariy natijalar qiyosiy tipologiya, leksikologiya, grammatika hamda stilistika taraqqiyotiga sezilarli darajada o'z hissasini qo'shdi. Darhaqiqat, fe'l boshqa so'z turkumlariga qaraganda eng murakkab, qo'llanilish ko'lami va semantikasi jihatidan rang-barang, gapning mazmunini ochib berishda „bosh rolni" o'z zimmasiga olgan yetakchi turkumlardan biridir. Fe'llarning lison lug'at boyligini oshirishdagi o'rnini ularning aksariyati frazemalar tarkibida turli shakllarda ifodalanishi bilan, yoki yaxlit bir gapni ifodalashi mumkinligi bilan ham dalillash mumkin.Turli tizimli tillarda fe'llarning ma'noviy va sintaktik jihatlari, ularning chog'ishtirma tadqiqida kuzatiladigan ayrim allomorf va izomorf xususiyatlari, qanday qonuniyatlarga ko'ra bir yoki bir necha semantik guruhlarda tasniflanishini aniqlash masalasi dolzarb bo'lib bormoqda. Fe'llar tarkibidagi semalarning o'ziga xos ifodalanish va funksional xususiyatlariga ko'ra murakkab strukturaga ega bo'lgan leksik-semantik maydonni tashkil qiladi. Hozirgi kunga qadar ko'plab tadqiqotlarda mualliflar tomonidan mazkur maydonlarning turli leksik-semantik guruhlari o'rganildi. Shunday leksik-semantik guruhlardan birini destruksiyani ifodalovchi fe'llar tashkil qiladi. Mazkur guruh fe'llarining semantikasi hamda valentligi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarda ularni semantik kategoriyalash, bir yoki bir nechta leksik-semantik guruhlarga mansublik qonuniyatlarini aniqlash to'liq yakun topmagani, komponent tahlil jarayonida duch kelinayotgan qiyinchiliklar, fe'l valentligiga oid bir va ikki tilli lug'atlarning ishlab chiqilmaganini e'tiborga olgan holda nemis va o'zbek tillaridagi ushbu guruh fe'llari maqolaning tadqiqot obyekti sifatida tanlandi. Bizning nazarimizda destruksiyani ifodalovchi fe'llar lug'atning katta qismini tashkil qilish bilan bir qatorda og'zaki va yozma nutqda kundalik hayotimizning bir qancha sohalarida qo'llaniladi. Ularning leksik semantikasi, ma'no ko'chish xususiyatlari, leksik-semantik guruhlari nemis va o'zbek tillarida bugungi kunga qadar chog' ishtirilmagan.

Destruksiyani ifodalovchi fe'llarning lisondagi mohiyatini anglash, ularni chog'ishtirma asnoda tadqiq qilish uchun, avvalo, "destruksiya" tushunchasining

470

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogika^niVii^^

lug'aviy ma'nosiga, turli fan va sohalarda qo'llanilishi bilan bog'liq yondashuvlarga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.

Destruksiya tushunchasi (lotincha - destruction "parchalanish") kimyo va politexnika sohalarida - barbod qilish, buzish, parchalanish [6;93]; molekulalarda polimerlanish darajasi yoki molekulyar massaning o'zgarishi bilan kechadigan jarayonlar, ya'ni jism agrégat holatining deformatsiyasini;

tibbiyotda - buzish, buzilish, yo'qotish; hujayra, to'qima va ta'na a'zolari tuzilishuning buzilishi[4;108], xususan, oftalmatologiya sohasida ko'zning normal holatiga zarar yetishi, unda xiralikning rivojlanishini, bir so'z bilan, ko'z shishasimon tanasining destruksiyasini;

binokorlikda - bino va inshootlarning muzlashi va sovuq harorat ta'sirida destruksiyaga uchrashi, ya'ni vayron bo'lishi, buzilishini;

fizikada - muayyan tuzilishga ega bo'lgan modda strukturasining buzilishini

[1;52];

huquqshunoslik sohasiga yangi yuridik atama sifatida kirib kelib, shaxsiy va jamoat manfaatlariga ijtimoiy zarar keltiradigan, mavjud hukumat va qonunga nisbatan bosim va norozilikni oshiradigan harakatlar majmuini ifodalaydi [2;72].

Psixologiyada "shaxs destruksiyasi" deb nom olgan destruktiv harakatlar majmui insonning tashqi olamga hamda o'zining jismi va ruhiyatiga qaratilgan buzg'unchi munosabatni - o'z joniga suiqasd qilish va o'z o'zini o'limga mahkum qilish istagi bilan bog'liq holatda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar borasida avstriyalik ruhshunos Z.Freyd o'zining kuzatuvlarida va ruhshunoslik bo'yicha qator tadqiqotlarida izchil bayon etdi. Destruksiya konsepsiyasi nemis jamiyatshunosi, faylasuflari M.Xaydegger, E.Fromm, fransuz faylasu J.Derrida tomonidan turli kontekstdagi ilk nazariy qarashlar asosida rivojlantirildi.

Zamonaviy falsafa qomusiy lug'atida destruksiya - insoniyatning g'oyalari va mafkuraviy qarashlari haqidagi farazlarni ilgari surgan holda, "... hozirgi davrning borliq haqidagi muhim konsepsiyalarini qadimgi davr tajribalari asosida qayta anglash va qayta ishlab chiqish [2;107], ...inson hozirgi mavjudligining o'zi yashayotgan davrga tegishli xos ma'noni izlab topish imkoniyatlaridan biri", deb qaraladi.

O'zbekiston milliy ensikplopediyasida destruksiyaga berilgan mukammalroq ta'rifni uchratish mumkin. Unda ushbu jarayonnining kimyoviy ko'rinishlari hamda destruksiyaga sabab bo'ladigan tashqi ta'sir omillari bilan birgalikda ayrim foydali funksiyalariga misol keltirilgan. "...polivinilatsetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, selluloza va kraxmalni gidrolitik D.dan foydalanib turli qandlar olinadi [5;211]."

471

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

Yuqorida keltirilgan ta'riflami tahlil qilgan holda aytish mumkinki, "destruksiya" tushunchasi keng ma'noda normal yoki turg'un holatdagi narsa-buyumlarning strukturasiga, shakli va ko'rinishiga, sifat va miqdoriga jismoniy ta'sirni ifodalash bilan bir qatorda, insonning umumiy holatiga ruhiy ta'sir etish jarayonini ham taqazo etadi. Ushbu kategoriyaga kiruvchi fe'llar ta'sir darajasiga ko'ra, narsa-buyum, hamda borliqning turli-tuman unsurlariga, shuningdek, insonning ruhiyatiga ma'lum darajada (kratzen - tirnamoq, yumdalamoq, verletzen -jarohatlamoq, hobeln - randalamoq,) yoki butunlay (aussterben - qirilib ketmoq, austrocknen - qurib qolmoq, ermordern - o'ldirmoq) zarar yetishini bildiradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, destruksiya va destruktiv jarayonlar atrof-muhit va tabiatda kechadigan hodisalarning natijasi yoki inson omili ta'sirida amalga oshirilgan harakatlarning aksi sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Misol tariqasida, beben -tebranmoq, silkinmoq, liqillamoq (zilzila haqida), tauen - erimoq, erib ketmq (Der Eis taut - muz eriyapti) [3;387]; verwittern - nuramoq, ya'ni tabiiy kuch (shamol, zilzila, atmosfera yog'inlari va sh.k) ta'sirida yemirilmoq; welken - so'limoq, so'lib qolmoq kabi fe'llarning semantikasida bevosita tabiiy harorat, bosim va kuchning ta'siri anglashilayotgani ko'rinib turipti.

Inson omilining bilvosita ta'siri natijasida sodir bo'ladigan ish-harakatlarni schneiden - 1. kesmoq, o'ymoq 2. kesib tashlamoq, kesib olmoq 3. (soch) olmoq 4. o't o'rmoq 5. jarrohlik qilmoq; schießen - 1. otmoq, o't ochmoq, 2. otib o'ldirmoq 3. otib tushirmoq; brechen - sindirmoq, sindirib yorib o'tmoq, zerfahren - (qatnayverib) buzmoq, ishdan chiqarmoq (yo'lni); verletzen - zarar (ziyon) yetkazmoq, shikast yetkazmoq kabi fe'llarning semalarida kuzatish mumkin.

Hozirgi kunga qadar destruksiyani ifodalovchi fe'llarning semantikasi, valentligi, funksional tavsifi, leksik-semantik tasniflari borasida F.K.Buraixi, F.G.Fatkullina, R.R.Galiyeva (rus tili), D.E.Gizatulin (rus va boshqird tillari), Ye.V.Razova (nemis tili), A.P.Sultanova (rus va ingliz tillari), Z.V.Todisenko (rus, ingliz va tatar tillari), G.L.Naxrachova (xanti tilining shurishkar lahjasidagi) olib borgan ilmiy izlanishlari fe'l so'z turkimining tadqiqi va tahlilining keyingi taraqqiyot bosqichi uchun xizmat qiladi. O'zbek olimalaridan S.Muhamedova o'zining o'zbek tilidagi harakat fe'llari semantikasi va valentligiga bag'ishlangan monografiyasida ijobiy ta'sir semali fe'llar qatorida destruksiyani ifodalovchi ayrim salbiy ta'sir semali fe'llarini ham borasida to'xtalib o'tgan. Yuqoridagi va boshqa bir qator tadqiqotlarda destruksiya tushunchasi bilan bog'liq jarayonlar inson hayotining va uni o'rab turgan olamning ajralmas tarkibiy qismi sifatida tavsiflangan. Destruksiyani ifodalovchi fe'llar guruhlarini lingvistik tadqiqot obyekti sifatida o'rganish, ularning boshqa semantik maydonlar bilan kesishish chegarasini aniqlash,

472

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Cjrchjq^avlat^edagogika^niVie

qardosh bo'lmagan tillarda leksik-semantik tahlilini amalga oshirish va bu yo'lda turli tahlil metodlaridan foydalanish sistem-struktur tilshunoslikning mavqeini yana bir pog'onaga ko'tarishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Bekjonov R.B. Fizikadan ruscha-o'zbekcha atamalar lug'ati. - Toshkent: "O'qituvchi", 1991.

2. Falsafa. Qomusiy lug'at. - Toshkent: "Sharq", 2004.

3. Gorodyanenko V. Социальная деструктивность: Виды, механизмы и факторы актуализации. Украинский социологический журнал, 2015.

4. Ismoilov Y., Karimov Sh. Nemischa-o'zbekcha, o'zbekcha-nemischa lug'at. -Toshkent: "Akademnashr" 2020.

5. Usmonxodjayev A., Abilov O'., Turaxonova M. Tibbiy atamalar lug'ati. -Toshkent: "Donishmand ziyosi" 2022.

6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2005.

7. Shokirova M., Nurullayev Sh. Inglizcha-o'zbekcha Ruscha kimyo terminlari lug'ati. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2013.

473

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.