FRAZEOLOGIZMLAR NEMIS OLIMLARI NIGOHIDA
Nilufar Achilova
Ozbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi E-Mail: nilufar [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada siz nemis tilshunosligida frazeologizmlarning tuzilishi, ularning organilganlik darajasi bilan bir qatorda frazeologizmlarning tildagi ahamiyati haqida kengroq ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
Kalit so'zlar: frazeologizmlar, turg'un birikmalar, turgunlik, takroriylik, frazeologik tasniflash, modelli shakl, juft so'zlar.
ABSTRACT
In this article, you will get more information about the structure of phraseology in German linguistics, the level of their study, as well as the importance of phraseology in this language.
Keywords: phraseologisms, idiom, polylexicality, stability, cliché, Phraseological classification, pair word.
Har bir tilning qo'llanishida frazeologizmlar juda muhim ahamiyatga ega. Atrofingizda muloqotga kirishayotgan insonlarga e'tibor qaratsangiz, ko'p mutolaa qilgan tanishlaringiz nutq jarayonida turli frazeologizmlar qo'llab gapirganiga guvoh bo'lasiz. Aniqroq qilib aytganda, ko'p mutolaa tilning leksik boyligini oshiradi. Dunyoda frazeologizmlar mavjud bo'lmagan tilning o'zi yo'q. Shuning uchun bo'lsa kerak, tilshunos olimlar frazeologiyani tilning durdonasiga qiyoslashadi. Frazeologiyani o'rganish o'ziga xos uslubni talab etadi, shuningdek, boshqa bir qator tilshunoslik fanlari - leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, tarix, mantiq va mamlakatshunoslik fanlari ma'lumotlariga tayangan holda o'rganishni taqozo etadi. Uning murakkabligi ham shundadir.
Dunyo tilshunosligida hozirgi kunga qadar frazeologiyaning sohasi keng va tor ma'noda tushunilmoqda. Frazeologiyani keng doirada tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqollar, matallar, aforizmlar va boshqa tipdagi turg'un birliklarni kiritadilar. Tor doiradagi frazeologiya tarafdorlari esa yaxlit ko'chma ma'noli turg'un birliklarni o'rganish bilan chegaralanadilar. Ular frazeologik tadqiqotlarida faqat birikmaga teng bo'lgan frazeologizmlarni tadqiqi etib, maqol va matallarni frazeologiya ob'ekti sifatida baholamaydilar1. Frazeologiyaning ob'ektini tor doirada tahlil qiluvchi olimlar o'z
1 Амосова Н.Н. Основы английской фразеологии. Ленинград : Изд-во ЛГУ, 1963
441 April 23-24, 2024
https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference
441
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim
asarlarida frazeologizmlarni o'z tabiati bilan so'z birikmasidir, degan dalilni keltiradilar va o'z navbatida maqol, matal va aforizmlarni fTazeologizmlardan chetda qoldiradilar. Shunday qilib, frazeologiyaning hajmini tor doirada tushunuvchi olimlar uni keng doirada tushunuvchi olimlarga fikran qarama-qarshi pozitsiyani egallab kelmoqda.
Keyingi davrda tildagi maqollarni o'rganish frazeologiyaning alohida sohasi hisoblanuvchi paremiologiyada (grekcha poromia-maqol, matal) o'rganilmoqda va hatto turli tillardagi maqollarni qiyosiy chog'ishtirish paremiologiyada tadqiq qilinmoqda. Demak, frazeologizmlarning asosiy xususiyatlari sifatida qo'yidagilarni ko'rsatish mumkin:
Frazeologizmlar tarkibida kamida ikkita so'z qatnashishi kerak, frazeologizmlardagi bir nechta mustaqil so'zlar bir gap bo'lagi yoki gap vazifasini bajarishi mumkin, frazeologizmlarda komponentlar butunligicha uzoq vaqt barqaror bo'ladi, shuningdek, frazeologizmlar o'zlarining ta'sirchanligi, buyoqdorligi bilan tinglovchiga ta'sir qiladi.
Nemiszabon mamlakatlar tilshunosligida frazeologizmlar XX asrning 30 yillarida mustaqil fan sifatida o'rganila boshlandi, - deydi nemis tilshunosi Harald Burger . Nemis frazeologik materiallarini chegaralash va tasniflashga intilgan olmon tilshunosi Klappenbax (1961), keyinchalik Agrikola (1962), Amosova (1963) va Chernesheva (1970) asarlariga taalluqlidir.
1978-1983 yillar nemis frazeologik tadqiqotlarida hal qiluvchi bosqich bo'ldi. Ilmiy munozaraga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatuvchi yakuniy tadqiqotlarning asosli xarakterga ega bo'lishi (Pils 1978 / Fleysher 1982 / Burger va boshq. 1982) bo'ldi. Ular frazeologik materialni chegaralash, tahlil qilish va tasniflash usullarini ishlab chiqdilar. Natijada, frazeologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oluvchi ko'plab monografiyalar, ilmiy maqolalar, amaliy qo'llanmalar, frazeologik lug'atlar yuzaga keldi.
Milliy tillarning frazeologik materiallarini tekshirishga ham alohida e'tibor berila boshladi. Frazeologiyaning chuqur tadqiq etilishi va taraqqiyotiga jahondagi mavjud tilshunoslik maktab va jamiyatlar ulkan hissa qo'shmoqda. Masalan, 1999-yilda asos solingan Yevropa frazeologiya jamiyati (EUROPHRAS) misol keltirishimiz mumkin. Nemiszabon olimlar tomonidan frazeologizmlar o'rganila boshlagach, ularni tasniflash, tizimlashtirish masalasiga e'tibor qaratildi. Nemiszabon tilshunoslar frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M.D.Stepanova hamda I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan bo'lsa, Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko'rsatgan, ya'ni frazeologik butunlik va turg'un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U.Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe'llar ma'nosining mos kelishi yoki
2 Burger H.Buhofer A. and Sialm A. (1982) Handbuch der Phraseologie, Berlin und New York: de Grüter
April 23-24, 2024
https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference
442
mos kelmasligiga ko'ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o'rganishga uringan.
Nemis tili frazeologiyasini muntazam tadqiq qilgan olim N.I. Chernisheva "Frazeologik birliklar - bu komponentlari bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan, turli struktural tipdagi va umumiy ma'nosi komponentlar tarkibining to'liq va qisman o'zgarishi natijasida paydo bo'ladigan turg'un so'zlar majmuasidir", -deb ta'kidlaydi . Harald Burger frazeologik belgilar sifatida polileksiklikni (ko'p so'zli belgi), idiomatiklik va qo'llanishni, keyinchalik barqarorlik mezonini ham alohida ta'kidlaydi4. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir gruppasi sifatida idiomalarni sharhlab o'tgan. X.Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma'nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko'rsatilgan ko'chma ma'noli so'z birikmalari yoki ularning umumiy ma'nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma'nosidan tushunilmaydi5.
Ma'lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning komponentlari orasida o'zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo'ladi. Frazeologizmlar komponentlarining semantik mustaqil bo'lgandagi farqlari avvaldan mavjud bo'lganlaridan frazeologizmlarning yasalishida ham muhim roF o'ynaydi.
Shunday qilib, leksik komponent o'zgarmas tarkibi bir frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib chiqaradi. Frazeologizmlarning tarkibiy qismlari sifatida so'zlar leksik-semantik paradigmadan kelib chiqadi va leksik-semantik sistemaning birligi sifatida so'zdan farq qiladigan struktur funktsiyaga ega bo'ladi6. Bu masalada A.I.Malotkov ko'proq shug'ullangan. Frazeologizm u uchun na yolg'iz bir so'z bilan, na so'z gruppalari bilan o'xshash, balki alohida leksik ma'noga, ko'plab komponentlar strukturalariga va o'ziga xos grammatik kategoriyalarga ega bo'lgan birlikdir.
Frazeologizmlarning komponentlari bo'yicha dastlab ba'zi lug'atlar va maxsus frazeologik materiallar jamlanmasi asosida ikki yoki undan ortiq tillarda tadqiqotlar olib borildi. Reyxshteynning aniqlashicha, nemis va rus tillarida quyidagi komponentlar frazeologizmlarning 15-20% ni tashkil etadi: Auge/glaz, Nase/nos, Wort/slovo, Ohr/uxo, Herz/serdtse, Tag/den, Teufel/chyort kabilar. Ushbu so'zlar hayvonlar, tabiat hodisalari, uy sharoitida ishlatiladigan va asosida darajalanadi.
Nemis tilida komponentlar ko'plab nominal kompozitaga ega. Ana shu turdagi frazeologizmlar orasida faol komponentlarning uchrashi nemis tilida 1,5 % ni tashkil etadi.
3 Чернишева Н.И. Фразеология современного немецкого языка. -М., 1970. - С29,200
4 Burger H. (1998): Phraseologie. Eine Einführung am Beispiel des Deutschen. (Grundlagen der Germanistik, 36). Berlin: Erich Schmidt Verlag.
5 Burger Harald. Idiomatik des Deutschen.,1973., S. 11.
6 Telija B.N.Phraseologie.1975., S.418.
443
Rus tilida esa bu holat ko'proqdir. Reyxshteynning ma'lumotlariga ko'ra, buning asosiy sabablaridan biri frazeologizmlarning ko'p qismi nemis tilidagi quyidagi fe'llarda faollashgan: sein, haben, machen, kommen, gehen, sitzen, bringen va ular nemis tilidagi fe'llarning 30%ni tashkil etadi.
Demak, yuqoridagi fikrlardan ayon bo'ladiki, nemis tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda hamda bu borada hali o'z yechimini kutayotgan masalalar ko'p, degan xulosaga kelish mumkin.
Xuddi Burgerga o'xshash nuqtai nazar bilan qaragan Fleysher uchun ham idiomatiklik, turg'unlik, lektsiklashtirish va takrorlanuvchanlik xususiyatlari birinchi o'rinda turadi. Mokienko, frazeologik belgilar sifatida turg'unlik, takroriylik, ifodalilik,
ko'p so'zli xarakter va idiomatiklikni qamrab oluvchi qo'shimcha va tugallangan ta'rifni
'1
taqdim etadi .
Alohida ta'riflar va frazeologik xususiyatlar talablari o'rtasidagi sezilarli farqlarga qaramay, frazeologik tadqiqotlarda ba'zi o'xshashliklarni aniqlash mumkin. Shuning uchun endi batafsilroq ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan quyidagi frazeologik xususiyatlarni ajratib ko'rsatish mumkin: ko'p so'zlilik yoki ularning xarakterlari, takroriylik, qat'iylik, idiomatiklik va ekspressivlik.
Bundan tashqari, frazeologiya bilan maxsus shug'ullangan Harald Burger frazeologizmlarni quyidagi maxsus sinflarga ajratadi: modelli shakl (Model: von X zu X von Stadt zu Stadt, u.a.), juft so'zlar shakli (klipp und klar), qiyosiy frazeologizmlar (frieren wie ein Schneider), kinegrammalar (die Achseln zucken) , qanotli so'zlar (Sein oder Nichtsein, das ist hier die Frage), muallifi aniq frazeologik birliklar (auf den Steinen sitzen von Th. Manns „Buddenbrooks"), onomastik frazeologizmlar (Das Wei?e Haus, der Ferne Osten, das Rote Kreuz), frazeologik terminlar (in Konkurs gehen, ein Tor schießen) va klishe o'zlar (Schritt in die richtige Richtung).
Frazeologiyaning lingvistik fan sifatida shakllanishining dastlabki davridanoq frazeologik birliklarni tasniflash va buning natijasida alohida sinflar o'rtasidagi farqni aniqlash bo'yicha ko'plab tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu tasniflash jarayonlari til fondini hisobga olish va tahlil qilishda yordam berish bilan birga frazeologik materiallarning tasnifi va tipologiyasi haqidagi turlicha qarashlarning mavjudligiga zamin yaratdi. Nemis olimi Pils ta'kidlaganidek, mumkin bo'lgan tasniflarning xilma-xilligini deyarli boshqarib bo'lmaydi .
Frazeologik birliklarni ko'plab mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin, ularning deyarli barchasi til birliklarini aniqlashda qo'llanilishi mumkin. Ularni turli jihatlardan tahlil qilish mumkin. Masalan, nemis olimlari Flaysher (1982) va Shemann (1983)
7 Fleischer W. (1997): Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 2., durchgesehene und ergänzte Auflage. Tübingen: Niemeyer.
8PILZ 1983b, S. 344
444
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiinillililili
tomonidan frazeologik birliklarning - formal-strukturaviy, semantik yoki pragmatik tasniflash uchun qanday mezonlardan foydalanish kerakligi haqidagi savollarga javob topildi. Tasniflash sxemasi asoslangan tashkiliy tamoyillarga qarab, turli xil tartibga solish variantlari mavjud.
Frazeologik so'z turkumlarining so'z turiga mansubligi va ularda so'z shakllarining yasalish qonuniyatlarini sanab o'tish mezoni sifatida belgilash formal tuzilma tasniflarini yaratishga olib keldi. Grammatik jihatlardan foydalanish bilan bir qatorda turg'unlik mezoniga asoslanib, frazeologik materialni yuzaga kelayotgan transformatsion nuqsonlar yoki toleranslar asosida tasniflaydigan boshqa turdagi sintaktik mulohazalarga Harald Burger (1973) va Rayxshtayn (1973) kabi olimlarning tadqiqotlarida o'z yechimini topdi.
Semantik uyg'unlik, ya'ni frazeologik birlikning umumiy ma'nosi va uning tarkibiy qismlarining shaxsiy semantikasi o'rtasidagi munosabatlar nuqtai nazaridan frazeologik birliklarni 4 guruhga bo'lish mumkin: frazeologik birikma, frazeologik chatishma, frazeologik birlik va frazeologik iboralar. Birinchi ikki guruh semantik jihatdan bo'linmaydigan so'z birikmalarini tashkil qiladi. Uchinchi va to'rtinchi guruhlar allaqachon semantik jihatdan farqlangan iboralardir.
Frazeologik birikmalar, V.V.Vinogradovning fikriga ko'ra, erkin va bog'langan so'zlar mavjud bo'lgan iboralardir. Agar frazeologik birikma ikki so'zdan iborat bo'lsa, u holda bir so'z erkin qo'llanishga ega bo'lib, bir qancha boshqa so'zlar bilan qo'llanishi mumkin, ikkinchi so'z esa, go'yo asosiy so'zga bog'lanib, faqat u bilan qo'llanishi mumkin.
Frazeologik iboralar tarkibi va qo'llanilishi jihatidan barqaror bo'lgan, nafaqat semantik jihatdan farqlanadigan, balki butunlay erkin ma'noli so'zlardan tashkil topgan frazeologik birliklardir. Frazeologik iboralarni erkin birikmalardan ajratib turuvchi asosiy o'ziga xos xususiyat shundan iboratki, ular muloqot jarayonida ikkinchisi kabi so'zlovchi tomonidan shakllanmaydi, balki doimiy tarkib va ma'noga ega bo'lgan tayyor birliklar sifatida takrorlanadi.
Frazeologik birliklar tasnifining ikkinchi guruhiga kelsak, N. M. Shanskiy quyidagi kichik guruhlarni belgilaydi:
- erkin qo'llanilgan so'zlardan frazeologik iboralar;
- lektsik va semantik xususiyatga ega frazeologik birliklar;
- faqat tarkibida ma'lum bo'lgan so'zli frazeologik birliklar;
Semantik tasniflar semantik transformatsiyalarning xususiyatlariga asoslanadi. Boshlanish nuqtasi frazeologik belgining ikkinchi darajali xususiyati bo'lib, u to'g'ridan-to'g'ri va frazeologik, tashqi ma'no va ichki ma'no o'rtasidagi alohida munosabatni nazarda tutadi.
Masalan, Flaysher idiomatiklikning turli darajalarini, Burget esa motivatsiyaning turli darajalarini ajratadi. Biroq, Grezinoning fikriga ko'ra, semantik tasnifga urinishlar
445
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^^dagOgika^niViiliiiii^^^^^^^ZlSllli
hali ham eng nozik muammolarni keltirib chiqaradi, chunki semantik o'lchovni miqdoriy aniqlash va rasmiylashtirish mumkin emas. Til belgisining strukturalistik qarashigina tartibning semantik tamoyillari haqida fikr yuritishga imkon beradi. Pragmatik tasnifga urinishlar qo'llanilayotgan frazeologik birliklarning ko'p qatlamli kommunikativ vazifasiga asoslanadi. Bunday tasniflar yuzaga kelish tahliliga asoslanadi va ulardan foydalanish shartlarini o'rganishga qaratilgan. Ijtimoiy harakat vositasi sifatida frazeologik birliklarning situatsion va foydalanuvchi shartliligiga e'tibor qaratiladi. Va nihoyat, pragmatik tasniflarda stilistik va funktsional-stilistik (matn va diskursiv) jihatlar hisobga olinadi. Stilistik
tasniflarda frazeologik birliklarning konnotativ-ekspressiv vazifasi, funktsional-stilistik tasniflarda frazeologik birliklarning tasviriy va matn-konstitutsiyaviy vazifasi ustunlik qiladi. Tegishli tadqiqotlarda frazeologik birliklar tizimlashtirilgan nuqtai nazarlarning xilma-xilligi, bir tomondan, lektsikaning bir qismi sifatida frazeologik fondning heterojen tarkibi va murakkabligi bilan bog'liq. Boshqa tomondan, bu xilma-xillik frazeologik hodisalarning bosqichma-bosqich tabiatini anglash va tegishli til hodisalari bilan chambarchas bog'liqlik bilan izohlanadi, bu "tasniflashning har qanday qat'iy urinishlariga shubha tug'diradi, bu esa predmet sohasini mutlaqlashtiradigan va go'yo aks ettiradi". Burger va boshqalar barcha tasniflash sxemalarining nisbiyligini quyidagicha qayd etadilar:
"Boshqa sohalarga qaraganda, fTazeologiyada qat'iy tasniflash sxemalaridan ham ehtiyot bo'lish kerak."Erkin" va "qo'zg'almas" siljishli o'tishlar bilan masshtabning qutblarini tashkil qilganligi sababli, tilni sinxron o'rganishda ko'pincha bir ma'noda aytish mumkin emas. Bu miqyosda u yoki bu iboraga tegishli bo'lishi kerak bo'lsa, tasniflar faqat eng yaxshi holatda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tartiblash sxemalari, kuzatish maqsadiga qarab turli nuqtai nazardan yaratilishi mumkin bo'lgan sxemalar ma'nosiga ega bo'lishi mumkin [...]9.
Tasniflash sxemasi qanchalik qat'iy bo'lsa, u lingvistik hodisalarga zarar yetkazish xavfi shunchalik ko'p bo'ladi yoki: eng batafsil tasnif ham qo'llanilishi jihatidan cheklangan".
"Fleysher frazeologik birliklarning xilma-xilligini anglash, turg'unlik jihatidan o'zini-o'zi yetarli tasniflash sxemasidan ko'ra muhimroqdir" degan fikrga qo'shiladi.
Frazeologizmlar, ularni o'xshashlik va farqli jihatlarini aniqlash uchun bir tilni boshqa bir tilga oid frazeologizmlarni qiyoslash yoki bir nechta tillarga oid frazeologizmlarni bir biriga taqqoslash orqali o'rganiladi. Nemis tiliga oid frazeologizmlar bir nechta tillarga qiyoslab o'rganilgan. Ular orasida nemis-rus frazeologizmlari nazariy jihatdan tahlil qilingan qo'yidagi mualliflarning ishlarini keltirish mumkin. V. L. Arxangel skiy, J. J. Avaliani, I. I. Chernisheva, YA. A.
9 BURGER u.a. 1982, S. 20 https://cspu.uz/
446
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiinilliliiiii^^^^^^^Zlällä
Gvozdareva, M. M. Kopilenko, B. A. Larina, D. X. MaFtsevoy [MaFtseva 2002, 2008], V. M. Mokienko, A. I. Molotkova, V. V. Vinogradov va boshqalar. X. Burger, R. Ekkert, V. Flyaysher, V. Gladrou, K. Gyunter, Y. Xozermann, G. Xelbig, X. Yakshe, X. Valter va boshqalarning asarlarida i drugie. Biroq nemis, ukrain, chex va rus tillarining frazeologik mafkuraviy va tarixiy-etimologik frazeologiyasini o'rganish ushbu sohada, ayniqsa, tillarni qiyoslash nuqtai nazaridan keyingi tadqiqotlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
REFERENCES
1. Амосова Н.Н. Основы английской фразеологии. Ленинград : Изд-во ЛГУ, 1963
2. Чернишева Н.И. Фразеология современного немецкого языка. -М., 1970. -С29,200
3. Burger H. (1998): Phraseologie. Eine Einführung am Beispiel des Deutschen. (Grundlagen der Germanistik, 36). Berlin: Erich Schmidt Verlag.
4. Burger Harald. Idiomatik des Deutschen.,1973., S.11.
5. Fleischer W. (1997): Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 2., durchgesehene und ergänzte Auflage. Tübingen: Niemeyer.
6. Telija B.N.Phraseologie.1975., S.418.
447