Ingliz va o'zbek tillarida frazeologizmlarning semantik va
lingvokulturologik tahlili
Zulayxo Sherzodovna Sapayeva Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida frazeologizmlarning semantik va lingvokulturologik xususiyatlarining ilmiy-nazariy jihatlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: frazeologiya, ibora, frazeologik chatishma, frazeologik birlashma, frazeologik qo'shilma.
Semantic and linguocultural analysis of phraseology in English and Uzbek languages
Zulaikha Sherzodovna Sapayeva Urganch State University
Abstract: This article discusses the scientific-theoretical aspects of the semantic and linguocultural characteristics of phraseology in English and Uzbek languages.
Keywords: phraseology, phrase, phraseological combination, phraseological combination, phraseological combination.
Bugungi kunda tilshunosligida tilda frazeologik birliklarning rivojlanishini madaniy jihatdan o'rganishi til va madaniyat o'rtasidagi munosabatni ko'rsatadi, chunki turg'un iboralar tilning boshqa lingvistik birliklariga qaraganda xalq hayoti bilan bog'liqdir. Ular ko'p asrlik hayotiy tajribalar, hozirgi kungacha davom etib kelayotgan an'ana va marosimlar asosida shakllangan. Shunday qilib, aqliy fazilatlar aniq seziladi. Ayniqsa, frazeologik birliklar tarkibida onomastik komponentlar mavjud bo'lganda, bu xususiyat yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. Sababi, onomastik birliklar xalqning o'tmishi bilan bugungi hayotini bog'lovchi ko'prik bo'lib qolgan. Binobarin, turli tizimli tillardagi frazeologik birliklarni, ularning etimologiyasi, tuzilishi, semantikasini alohida o'rganish, tasnifini yaratish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biridir.1
Frazeologik iboralarning turli xil xususiyatlarini tashqi shaklga qarab tasnif qilish orqali ham aniqlash mumkin. Bu tasnifda ko'proq frazeologik iboralarning tarkibidagi
1 Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.
so'zlar soniga qarab e'tibor beriladi. Tasnif natijasida iboralar tabiatiga ko'ra nechta so'zdan tashkil topganligini aniqlash mumkin. Ko'pgina tilshunoslar frazeologik iboralar faqat ikki so'zdan ortiq bo'ladi degan fikrlarni bildiradilar. Ammo kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, frazeologik iboralar ikki, uch va undan ortiq so'zlardan iborat bo'ladi. Ammo ayrim tilshunoslar bir so'zdan iborat iboralar ham bor deb fikr yuritadilar. Jumladan, professor A.Jafarovning fikricha bir so'zdan iborat iboralar idiomatik iboraning eng yuqori taraqqiyot bosqichida hosil bo'ladi. Bu turdagi iboralar qo'shma so'z yoki yakka so'z bilan ifodalanadi, ular to'g'ridan - to'g'ri fikrni anglata olmasligi jihatdan ham qo'shma so'zlardan farqlanadi. To'g'ri bir so'z orqali ham idiomatik ma'no anglashiladi. Lekin bunday so'zlarni ibora deyish qiyin. Chunki ibora so'zlar birikmasidan iborat bo'lishi kerak. Bu haqda V. V. Vinogradov, A. Abakumov, A. Shaxmatovlarning fikrlari diqqatga sazovordir.
Frazeologik birikmalar asosan so'zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo'lib, tuzilishiga ko'ra erkin bog'lanma yoki gapga teng, to'liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg'un so'z birikmalarini o'z ichiga oladi. Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma'lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma'noda frazeologik olim A.V.Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko'pchiligining muallifi noma'lum bo'lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko'rsatib o'tgan. Ammo ba'zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma'noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo'lib, bu tizim o'zida o'tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan - avlodga o'tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko'pchiligi ma'lum tilning boyish manbaidir. Frazeologik tizimni frazeologik birliklar, ularning asosiy komponentlari o'rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so'zlardan tashkil topgan, ma'no va shakl jihatdan turg'un bo'lgan so'zlar bog'lanmasidir. Frazeologizmlar ko'chma ma'noda, obrazli ifodalarda qo'llaniladi hamda tarixiy qo'llanish me'yorlariga, usullariga ega bo'lib, ularning ma'nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Frazeologizmlar so'z birikmasi yoki gap shaklida bo'lsa ular nutq birligi bo'lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug'aviy birlik sifatida ko'p jihatdan so'zlarga yaqin turadi, so'zlarga xos bo'lgan juda ko'p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir.
Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg'un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiyafani frazeologik birliklarni ma'noviy struktural xususiyatlarini tadqiq qiluvchi, ularning til sistemasida paydo bo'lishi va nuqtda ishlatish xususiyatlarini o'rganuvchi fan deb ta'riflangan.
"Frazeologiya" atamasi yunoncha 'frama" (phrasis- ifoda, nutq o'rami)2 so'zidan olingan bo'lsada, bu atama turlicha ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu sababdan frazeologiya atamasi tilshunoslikda ikki ma'noda qo'llaniladi: tildagimavjud frazeologik birliklarning jami ma'nosida, hamda shunday birlilarni o'rganuvchi soha ma'nosida. Demak, frazeologiya iboralar haqidagi ilm demakdir.
Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham o'zining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga ega. Frazeologizmlar kelib chiqishi jihatdan juda qadimiy bo'lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni o'z ichiga oladi.1 Frazeologiya ilmining asoschisi shveytsariyalik olim Sharl Ballidir. U o'zining "Frantsuz stilistikasi" (1909) nomli asarida so'z birlashmalari, ya'ni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan. Ferdinand de Sossyur esa sintagma, uning belgilari haqida o'z qarashlarini bayon etgan. Tilda shunday tayor birliklar borki, ularning lisoniy tabiati ma'nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqdi, bunday birikmalar tayyor holda, an'anaga ko'ra qo'llanadi, degan edi.
Frazeologiya tilshunoslikning keyingi taraqqiyotida tez rivojlangan sohalardan biridir. Rus va ingliz tilshunosligida frazeologiya ancha ilgari o'rganila boshlangan bo'lsa, o'zbek tilshunosligida bu soha sistemali ravishda o'rganila boshlanganini o'tgan asrning 40-50- yillariga to'g'ri keladi. Bu davrda Sh. Raxmatullayev (1969), G.A.Bayramov (1970), G.X.Axunzyakov (1974), V.G.Uraksin (1975), L.K.Bayramova (1983), M.F.Chernov (1986) larning doktorlik dissertastiyalari frazeologizmlar tadqiqiga bag'ishlangan.
V. V. Vinogradov frazeologizmlarni uch sinfga tasniflaydi.
1. frazeologik chatishmalar (phraseological fusions).
2. frazeologik qo'shilmalar (phraseological units).
3. frazeologik birlashmalar (phraseological collocations or combinations).
Frazeologik chatishmalar-komponentlarining ma'nosi butun birlikning ma'nosiga
aloqador bo'lmagan frazeologizmlardir.
Frazeologik birlashmalar o'ziga xos valentlikka ega bo'lgan so'zlardan tashkil topgan. Bunday frazeologik birliklarning komponentlaridan biri o'zining to'g'ri ma'nosida, qolganlari metaforik ma'noda qo'llanadi. Frazeologik birlashmalar ma'lum darajada semantik jihatdan bo'linmasdir.
Masalan: heavy father - teatr asaridagi asosiy rol;
to kick the bucket - o'lmoq;
red tape - byurokratik metod kabi frazeologizmlar yaxlit holda bir ma'no beruvchi frazeologizmlardir.
Frazeologik chatishmalar ma'nosi butunlay o'zgargan so'z birikmasidir. Ammo frazeologik qo'shilmalardan farqli o'laroq ularning ma'nolari tarkibiy qismlarining ma'nolaridan anglashilmaydi.
2 AbdullayevA. Frazeologizmlarning ekspressivlikxususiyati. - T.:O'TA. 1976. 5-son.
Muqaddas diniy kitobdan kelib chiqqan so'z va iboralar S.Stoffenning "Studies in English, Written and Spoken" kitobida keng taqdim qilingan. "Scriptural phrases and Allusions in Modern" bobida olim Bibliya iboralari va ularning etimologiyasini o'rganib ilmiy jihatdan tahlil qilladi. G'arb tilshunosligida biblizmlarni o'rganish yana L.P.Smit nomi bilan bog'liq. U o'zining "Ingliz tili frazeologiyasi" kitobida Bibliya iboralariga alohida bo'lim bag'ishlab, ularni o'rgangan. Muallif "Ingliz tilidagi Bibliya abarotlari va iboralarining soni shu darajada ko'pki, ularni yig'ish va sanab chiqish oson vazifa emas" deb yozadi. L.P.Smit ingliz tili nafaqat bir talay Bibliya so'zlarini, balki o'zida qadimgi Yevrey va Yunon idiomalari so'zma-so'z tarjimasini namoyish qiladigan bibliya idiomatik iboralarini ham o'z ichiga oladi deb ta'kidlaydi. Tahlillar natijasida Bibliya bilan bog'liq bo'lgan oziq-ovqat komponentli frazeologik birikmalarga misol qilib quyidagilarni keltiramiz:
❖ Adam ' apple - qo'shtomoq, kekirdak olmasi;
❖ The apple of Sodom - chiroyli, ammo aynigan ho'l meva;
❖ Milk and honey - to'kin-sochinlik, mo'l-ko'llik;
❖ Manna from heaven - zor-intizor bo'lib kutmoq;
❖ A forbidden fruit - ta'qiqlangan ho'l meva
Bibliyaga asoslangan frazeologizmlar ingliz tilidagi oziq-ovqat komponentli frazeologizmlar tarkibida "apple", "bread", "milk", "fat", "olive" kabi oziq-ovqat nomlari mavjud. Ingliz tilida joy nomlari bilan bog'liq frazeologik birliklar ham mavjud. Ularning tahlil va tadqiq tadqiqoti M.Rajabovaning ilmiy ishida uchraydi. Joy nomlarini o'rganish nafaqat tilshunoslikning, balki tarix va geografiyaning obyekti sifatida ham qaraladi. Joy nomlari bilan kelgan frazeologizmlar tarkibida lingvomadaniy tadqiq qilish, ularning milliy, madaniy tomonlarini yoritib berish zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Joy nomlari bilan bog'liq frazeologizmlarga quyidagi birliklarni misol qilib keltirish mumkin: have kissed the Blarney stone - tilyog'lamachi, xushomadgo'y. Irlandiyada Blarni qasri oldida katta bir tosh bo'lib, ingliz xalqi afsonalariga ko'ra, bu toshni o'pgan odam xushomadgo'ylik, laganbardorlik illatiga ega bo'ladi; go for a Burton - o'lmoq, ko'z yummoq, izsiz yo'qolmoq. Barton - Staffordshir viloyatidagi pivo ishlab chiqaradigan kichik shahar. Bu iborani britaniyalik uchuvchilar birinchi marta II jahon urishi davrida o'zlarining urushda halok bo'lgan quroldosh do'stlarini eslab ishlatgan. L.P.Smit ingliz tili nafaqat bir talay Bibliya so'zlarini, balki o'zida qadimgi Yevrey va Yunon idiomalari so'zma - so'z tarjimasini namoyish etadigan Bibliya idiomatik iboralarini ham o'z ichiga oladi, deb ta'kidlaydi. Masalan, Adam's aplle - oziq-ovqat komponentli frazeologik birlik - "qo'shtomoq", "kekirdak olmasi" deb tarjima qilinadi.
- George entered the office of the property brober, a little bold, old man with a thin neck and prominent adam's aplle.
A forbidden fruit - ta'qiqlangan ho'l meva
- It is somewhat ironic that many places which need water most critically have herge reserves their front yard - California and Texas for example. Yet the salt in the sea water makes it a forbidden fruit.
Muqaddas diniy kitob Bibliya ingliz tilidagi ko'pgina oziq- ovqat komponentli frazeologizmlarning kelib chiqishiga asosiy manba hisoblanadi.
Frazeologik chatishmalar - komponentlarining ma'nolari butun birlikning ma'nosiga aloqador bo'lmagan frazeologizmlardir. Masalan, heavy father - teatr pyessasidagi asosiy rol, to kick the bucket - o'lmoq, red tape - byurokratik metodlar manosi o'z tarkibidagi so'zlarning ma'nolariga bog'liq bo'lmagan yaxlit holda bir ma'no beruvchi frazeologizmlardir. Frazeologik chatishmalar ma'nosi butunlay o'zgargan so'zlar birikmasidir. Ammo frazeologik qo'shilmalardan farqli o'laroq, ularning ma'nolari tarkibiy qismlarining ma'nolaridan anglashilmaydi, metaforaga asoslangan ma'no ko'chish o'z aniqligini yo'qotadi. To leave smb in lunch (to abaodon a friend when he is in trouble), to show the white feather (to betray one's cowardice),to dance attendenceon smb (to try and attract smb, to show exaggerated attention) kabi frazeologizmlar ham frazeologik chatishmalarga misol bo'la oladi.
Frazeologik qo 'shilmalar - ma'nosi bir butun frazeologizmlarning frazeologik ma'nosidan anglashiladigan frazeologizmlardir. Metaforaga asoslangan ma'no ko'chish aniq va oydindir. Frazeologik qo'shilmalarning leksik komponentlari eng turg'un hisoblanadi.3
Masalan:
> to look a gift horse in the mouth (to examine a present too critically, to find fault with smth one gained without effort),
> to ride a high horse (to behave a superior, haughtly, overbearing way),
> a big bug (a person to importance),
> a fish out of water (a person situated uncomfortably outside his usual and proper environment)
kabi frazeologizmlar frazeologik qo'shilmalarga misol bo'la oladi. Frazeologik qo'shilmalar hajmi anchagina. Ularning ba'zilari osongina tarjima qilinadi va hattoki ba'zilari internatsional hamdir.
Masalan, to know the way the wind blows - qayerga shamol esishini bilmoq.
Frazeologik birlashmalar - o'ziga xos valentlikka ega bo'lgan so'zlardan tashkil topgan. Bunday frazeologik birliklarning komponentlaridan biri o'zining to'gri ma'nosida, qolganlari metaforik ma'noda qo'llaniladi. Frazeologik birlashmalar ma'lum darajada semantic jihatdan bo'linmasdir. Frzeologik birlashmalar ma'nosi qisman o'zgargan so'zlar birikmasidir. Bu frazeologik birliklar ma'nosi ularni tashkil etuvchi so'zlarning ma'nosidan osongina anglashiladi.
3 Narimonova Z. Frazeologik iboralarning tarjimasi haqida.-T.:O'zMU to 'plami. 2007 WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1205
To be at one's wits end, to be a goodhand at smth, to come off a poor second, to coma to a sticky end, to stick at nothing, gospel truth, bosom friend kabilar frazeologik birlashmalarga misol bo'ladi.
Xulosa qilganda, kasbga oid frazeologik birliklarning semantik jihatlari, har ikkala tilde ham insonning jismoniy mehnati bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi, ular bevosita inson mehnat faoliyati bilan bog'langan tushunchalarni ifodalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullayev A. Frazeologizmlarning ekspressivlik xususiyati. - T.:O'TA. 1976. 5-son.
2. Abdullayev A. O'zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. - T.: Fan.1983.
3. Kharatova, S. K. (2021). TENDENCIES OF DEVELOPMENT OF DISTANCE EDUCATION IN GLOBAL TRANSFORMATION. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 353-362.
4. Mamatov A.E."O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi.-T.:1997.-B.37.
5. Yo'ldoshev B."Frazeologik uslubiyat asoslari" SamarqandDU.:1999.-B.86.
6. Kharatova, S. K. (2021). STRATEGIC ISSUES OF IMPROVING SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITIES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Academic research in educational sciences, 2(11), 313-320.
7. Narimonova Z. Frazeologik iboralarning tarjimasi haqida.-T.:O'zMU to'plami.
2007
8. Haydarov A., Jo'raqulova G. Frazeologik iboralar tarjimasi xususida. Tilning leksik-semnatik va qiyosiy tipologik izlanishlar: sinxroniya, dioxroniya materiallar to'plami. - T.: Muharrir. 2012. -B.10-13.
9. Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.
10. Niyazmetova D. Ingliz tilida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvistik tadqiqi (Bibliya materiallari asosida). BuxDU Ilmiy Axboroti. 2012.4-son.