Научная статья на тему 'FRAZIOLOGIK BIRIKMALARNI CHET TILLARDA AHAMIYATI'

FRAZIOLOGIK BIRIKMALARNI CHET TILLARDA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
189
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologiya / paradigmatik / sintagmatik / leksik / frazeoderivatsiya / sintaksis. / phraseology / paradigmatics / syntagmatics / vocabulary / phraseological derivation / syntax.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — H. Bektosheva

Har qanday tilning lug‘at boyligi faqat yangi so‘zlar yasalishigagina emas, balki balki iboralar, turg‘un so‘z birikmalari hisobiga ham son jihatidan, ham sifat jihatidan boyib boradi. Tildagi ana shunday turg‘un birikmalar “dunyosi” bilan shug‘ullanuvchi fan frazeologiya fanidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MEANING OF PHRASEOLOGICAL COMBINATIONS IN FOREIGN LANGUAGES

The vocabulary of any language is enriched not only through the formation of new words, but also through expressions and set phrases, both quantitatively and qualitatively. Phraseology is a science that studies the "world" of such stable combinations in a language.

Текст научной работы на тему «FRAZIOLOGIK BIRIKMALARNI CHET TILLARDA AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FRAZIOLOGIK BIRIKMALARNI CHET TILLARDA AHAMIYATI Bektosheva Hakima Ergashevna

SamDTCHTI Ikkinchi chet tillar kafedrasi stajyor o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7436446

Annotatsiya. Har qanday tilning lug'at boyligi faqat yangi so'zlar yasalishigagina emas, balki balki iboralar, turg'un so'z birikmalari hisobiga ham son jihatidan, ham sifat jihatidan boyib boradi. Tildagi ana shunday turg'un birikmalar "dunyosi" bilan shug'ullanuvchi fan frazeologiya fanidir.

Kalit so'zlar: frazeologiya , paradigmatik, sintagmatik, leksik , frazeoderivatsiya , sintaksis.

ЗНАЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ СОЧЕТАНИЙ В ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКАХ

Аннотация. Словарный запас любого языка обогащается не только за счет образования новых слов, но и за счет выражений и устойчивых словосочетаний как в количественном, так и в качественном отношении. Фразеология - это наука, изучающая «мир» таких устойчивых сочетаний в языке.

Ключевые слова: фразеология, парадигматика, синтагматика, лексика, фразеодеривация, синтаксис.

THE MEANING OF PHRASEOLOGICAL COMBINATIONS IN FOREIGN

LANGUAGES

Abstract. The vocabulary of any language is enriched not only through the formation of new words, but also through expressions and set phrases, both quantitatively and qualitatively. Phraseology is a science that studies the "world" of such stable combinations in a language.

Keywords: phraseology, paradigmatics, syntagmatics, vocabulary, phraseological derivation, syntax.

Frazeologiya iboralar haqidagi ta'limot bo'lib, bu terminni 1928 yilda E.D.Polivanov qo'llagan edi:"Men morfologiyaga nisbatan sintaksis qanday aloqada bo'lsa, leksikaga nisbatan xuddi shunday munosabatga kirishuvchi maxsus fanni "frazeologiya" degan terminni qo'llashni lozim topdim" .Darhaqiqat, so'nggi yarim asr davomida frazeologiya jahon tilshunosligining diqqat markazida bo'ldi. Bir qator monogrfik ilmiy izlanishlar natijasida uning ob'ekti aniqlandi, tadqiqot metodlari ishlab chiqildi va bu fan tilshunoslikning boshqa sohalari qatorida o'z o'rnini shakllantirdi. Hozirgi kunda bu termin ikki ma'noda qo'llanilmoqda.

1. Tildagi frazeologik birikmalarning jami;

2. Turg'un iboralarni o'rganuvchi soha, fan. So'nggi yillarda ko'plab tillar materiallari asosida olib borilgan keng ko'lamli frazeologik tadqiqotlar natijasida frazeologizmlar quyidagicha ta'riflanmoqda.

Ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan, yaxlit frazeologik ma'no anglatuvchi turg'un til birligi frazeologizm yoki frazeologik birikma (ibora) deyiladi. Masalan, ingliz tilida a feast or a famine ["katta omad yoki butunlay omadsizlik"]; think on one's feet ["tezda tushunib yetmoq"; "darhol javob qaytarmoq"], put on the grill ["kirishib ketmoq", "qiynoqqa solmoq"]; be (all) at sixes and sevens ["tartibsiz holda bo'lmoq, xaroba holda bo'lmoq" ]; set on six and seven, set on cinque and sice ["eng katta nomerga pul tikish ya'ni barcha narsani o'rtaga qo'yib tavakkal qilish"] kabi iboralari bunga misol bo'ladi.

1583

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

G'arb tilshunoslari orasida Sh.Balli birinchilardan bo'lib 1905 yilda frazeologiya terminini qo'llagan. U frazeologizmlarni stilistik nuqtai nazardan tilning ifoda birligi sifatida talqin qilgan. XX asrda frazeologizmlarni tadqiq qilgan olimlar orasida V.V.Vinogradovning semantik klassifikatsiyasini ta'kidlab o'tish lozim. Olim rus tili frazeologiyasini semantik klassifikatsiya qildi va mazkur klassifikatsiya ko'plab tillar frazeologizmlarni jadal o'rganishga turtki bo'ldi.Ushbu o'rinda ingliz tili frazeologiyasi tadqiqotchilar N.N.Amosova, A.V.Kunin, nemis tili frazeologiyasi tadqiqotchilaridan I.I.CHernishyova, A.D.Rayxshtayn, fransuz tili frazeologiyasi tadqiqotchilaridan M.I.Retsker kabi olimlarning nazariy va amaliy izlanishlarini alohida tilga olish lozim.

Frazeologizm so'z kabi lug'aviy birlik hisoblanadi.Ular ham so'z kabi tilda tayyor holda mavjud bo'lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir. So'z leksik ma'noga ega bo'lgani kabi frazeologizm o'am o'zining frazeologik ma'nosiga ega. So'zdagi barcha paradigmatik, sintagmatik xususiyatlarni frazeologizmlarda ham yaqqol ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga frazeologizmlar so'z va erkin so'z birikmasidan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, frazeologizm frazeologik sath elementi, birligi sifatida frazeologiya va frazeografiya ob'ektidir. Frazeologiyani tashkil etuvchi komponentlar ma'no butunligiga ega emas, ular faqatgina shakl va tovush tomoni bilan so'zga o'xshaydi. Ularni tashkil qiluvchi komponentlarning frazeologik ma'nosi turg'un, ko'proq emotsional ekspressiv xususiyatga ega bo'lgan belgi, harakat kabilarni ifodalaydi. Shuning uchun ham frazeologik ma'no leksik ma'nodan bir qancha jihatlari bilan farqlanadi. Aksariyat frazeologizmlarning identifikatori mavjud emas, ya'ni mazkur frazeologizm ifodalab kelayotgan ma'nosini bir so'z bilan almashtirib bo'lmaydi hamda bu ma'no erkin so'z birikmasi bilan izohlanishi mumkin xolos.

Tillardagi turg'un iboralarning ilmiy tasnifi birinchi navbatda, frazeologizmlarga berilgan atamalarni tartibga solishdan iborat bo'lishi kerak. Tilshunoslikda turg'un so'z birikmalarini ifodalash uchun turli terminlardan foydalanilmoqda. Mazkur holat ushbu turg'un so'z birikmalari tabiatining murakkabligi bois yuzaga kelmoqda. Ular semantik, struktural va funktsional jihatdan murakkab sanalishadi.shunga ko'ra, frazeologizmlar struktural-semantik, stilistik, semantik, kompleks, gapdpgi sintaktik funktsiyasi va boshqa printsiplar asosida klassifikatsiya qilinadi. An'anaviy klassifikatsiya usullaridan biri sifatida struktural-semantik tamoyil asosidagi klassifikatsiya tan olinadi. Unga ko'ra turg'un so'z birikmalari juft so'zlar, idiomalar, hikmatli so'zlar (aforizmlar), maqollarga bo'linadi.

Ta'kidlab o'tganimizdek, V.V.Vinogradovning rus tili frazeologizmlari asosida yaratilgan semantik klassifikatsiyasiko'plab tillardagi turg'un birikmalar tasnifini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Aniqroq aytganda, olim yaratgan klassifikatsiya vositasida frazeologizmlarning boshqa tillarda ham uch guruhi mavjudligi isbotlandi5 . Ushbu klassifikatsiyaga ko'ra, frazeologizmlar quyidagicha tasniflangan: 1. Frazeologik chatishmalar. Ushbu guruhga to'la ko'chma ma'noga ega bo'lgan, semantik jihatdan qismlarga ajralmaydigan va umumiy ma'nosi birikmani tashkil etuvchi komponentlarning leksik ma'nosidan kelib chiqmaydigan til birliklari kiradi. Masalan, to kick the bucket, everything is at sixes and sevens. 2. Frazeologik birliklar. Ushbu guruhga yaxlit ko'chma ma'noga ega bo'lgan iboralar kiradi. Ularning frazeologik chatishmalardan farqi shuki, umumiy ma'nosi tashkil etuvchi komponentlar ma'nosidan kelib chiqishi mumkin. Masalan,like a cat in a strange garret [o'zini noqulay his etmoq, ignani ustida o'tirmoq ma'nosida].

1584

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Frazeologik birikmalar. Ushbu guruhga qisman ko'chma ma'noga ega bo'lgan, ma'no motivatsiyasi mavjud, sintraktik nuqtai nazardan tarkibiy qismlari osongina ajratilishi mumkin bo'lgan birikmalar kiradi. Bunday birikmalar komponentlari sinonimlar bilan almashtirilishi ham mumkin. Misol uchun,jerk (yoki snatch) smb. bald-headed ["kim bilandir qo'pol muomalada bo'lmoq", "kimdandir o'ch olmoq"]; come (yoki get) down to cases ["gapning po'skallasini aytmoq", "ishga ko'chmoq"]; fix (yoki stop) smb's clock ["kimningdir ovozini o'chirmoq"]; be (yoki sit) on a cloud ["juda baxtli his etmoq"].

I.I.Chernisheva turg'un so'z birikmalarining bir vaqtning o'zida ham grammatik, ham semantik, ham stilistik xususiyatlarini inobatga oluvchi kompleks tamoyillarni ishlab chiqdi. Bunga ko'ra bir tomondan frazeologizmlarning so'zdan farqi aniqlansa, ikkinchi tomondan ularni frazeologik xususiyatga ega bo'lmagan turg'un so'z birikmalaridan ajratib olish mumkin bo'ladi. Turg'un so'z birikmasi albatta kamida ikkita so'zdan iborat bo'lishi kerak. Bu jarayonda frazeoshakl tarkibidagi komponentlar o'z mo'tadilligini saqlagan holda, u yoki bu o'zgarishlarga yuz tutishda mahrum bo'lishlari mumkin. Quyida ravish so'z turkumiga xos bo'lgan so'zlarning frazeologizmlar shakllanishida tutgan o'rnini ko'rib chiqamiz:

He realized that ...he was sailing rather close to the wind financially... (Th.Dreiser) .

...he's sailing near the wind with those large contracts that he makes (J.Galsworthy . He didn't buy a programme - they were asking a shilling each for them and a man must draw a line somewhere(J.B.Priestley). He was drunk ... rotten drunk. A follow's got to draw the linesomewhere(A.J.Cronin). Misollardan ko'rinib turibdiki, frazeologik birliklar tilda tayyor holda mavjud bo'lgan birliklardir. Ular ikki yoki undan ortiq komponentlarga ega. Natijada frazeologizmlar o'z ma'nolari, tarkibi va strukturasiga ko'ra bir butun turg'un shakl sifatida qabul qilinadi. Bundan ko'rinib turibdiki;

1. Frazeologik birliklar nutq jarayonida yaratilmaydi, balki ular tilda tayyor holda bo'ladi;

2. Tarkibiy qismlarining bir butunligi, strukturasi va semantikasining doimiyligi frazeologik birliklarga xos bo'lgan xususiyat sanaladi;

3. Frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari ikki yoki undan ortiq asosiy urg'uga ega bo'lishi mumkin;

4. Frazeologik birliklar so'zlovchi tomonidan so'z sifatida anglanishi mumkin bo'lgan alohida bo'laklardan tashkil topgan turg'un birikmalardir.

Har bir tilning o'ziga xos xususiyatlaridan, ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'z rivojlanish qonuniyatlari mavjud bo'ladi. Ingliz tilida turg'un iboralar shakllanishining ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ma'lumki, frazeologizmning shakllanishi deganda, u yoki bu so'z birikmasining frazeologik turg'unlikka xos bo'lgan barcha elementlarni qo'lg kiritishi nazarda tutiladi.

Ingliz tilida yangi frazeologizmlarning yuzaga kelishiga sabab bo'luvchi omillarga quyidagilar kiradi: nom talab qiluvchi yangi tushunchalarning paydobo'lishi; o'z ta'sir kuchini yo'qotgan iboralarni yangisi bilan almashtirish ehtiyoji; ayni tarixiy davrga oid iboralarga bo'lgan doimiy ehtiyoj.

So'nggi yillarda frazeolog olimlarni frazeologik birikmalarning hosil bo'lish yo'llari masalasi tobora ko'proq qiziqtirmoqda. Bu til birliklarining mazmuni, shu jumladan, frazeologik birikmalarning struktur-semantik xususiyatlari ham lingvistikada kam o'rganilgan sohalardan biri bo'lib qolayotganligi bilan bog'liqdir. frazeologik birikmaning semantik-frazeologik

1585

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

variantlari o'rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirish uchun frazeoderivatsiya asosiy usullarini umumlashtirish shu boisdan ham muhim hisoblanadi.

Frazeologik birikmalar mazmuni haqida gap ketganda, shuni aytib o'tish kerakki, frazeologizmlar shunchaki predmetlar, harakat, holat va hokazolarni atamaydi, balki ularni tasvirlaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, frazeologik birikmalar mazmunining mavhumlik darajasi yuqori bo'ladi. Frazeologik birikmalarning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning semantik strukturasida ifodalilik elementi kuchli bo'ladi. Frazeologizmlar semantikasining o'ziga xos xususiyatlarini leksik semantika bilan taqqoslaganimizda, frazeologizmlarning kontekstual xususiyati nafaqat mustaqil ma'noga ega ekanligida, balki ularning semantik mazmuni jonli va ta'sirchan ekanligi bilan ham farqlanadi. Frazeologik birikmalarning bu xususiyati, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega hisoblanadilar mazmuni haqida gap ketganda, shuni aytib o'tish kerakki, frazeologizmlar shunchaki predmetlar, harakat, holat va hokazolarni atamaydi, balki ularni tasvirlaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, frazeologik birikma mazmunining mavhumlik darajasi yuqori bo'ladi. Frazeologik birikmaning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning semantik strukturasida ifodalilik elementi kuchli bo'ladi. Frazeologizmlar semantikasining o'ziga xos xususiyatlarini leksik semantika bilan taqqoslaganimizda, frazeologizmlarning kontekstual xususiyati nafaqat mustaqil ma'noga ega ekanligida, balki ularning semantik mazmuni jonli va ta'sirchan ekanligi bilan ham farqlanadi. Frazeologik birikmalarning bu xususiyati, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

REFERENCES

1. Смирнитский А.И. Лексикология английского языка.- М.: ИИЛ, 1956. - 260 с

2. Dreiser, Theodore. Sister Carrie. -London: Faber and Faber, 1998.-596p.

3. Galsworthy, John. The White Monkey and A Silent Wooing. - New York: Charles Scibner's sons, 1999. - 291

4. Yuldoshev B.O'zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti. -Samarqand: SamDU, 2007. -108b.

1586

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.