Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)'

FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4837
361
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologiya / frazeologizm / ibora / frazeologik birliklar / frazeologiyaning o'rganilishi / phraseology / phraseological units / study of phraseology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyqulov, Behzod

Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlarni oʻrganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasidir.. Frazeologizm so‘z kabi lug‘aviy birlik hisoblanadi.Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda mavjud bo‘lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir. Ushbu maqolada frazeologizmlarning o’rganilishi, shakllanish bosqichlari hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BASIC PROPERTIES OF PHRASEOLOGIES (on the example of Italian phrases)

Phraseology is the branch of lexicology specializing in word-groups which are characterized by stability of structure and transferred meaning. Phraseological units are set expressions and their phraseological stability distinguishes them from free phrases and compound words.This article is devoted to the study of the phraseology.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)»

FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)

Behzod Xudoyqulov,

Denov tadbirkorlikvapedagogika instituti o'qituvchisi bekhzod338@gmail.com

ANNOTATSIYA

Tilshunoslik bo 'limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e'tibori frazeologizmlarni o'rganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq so'zdan tashkil topgan, ma'noviy jihatdan o'zaro bog'liq so'z birikmasidir.. Frazeologizm so 'z kabi lug 'aviy birlik hisoblanadi.Ular ham so 'z kabi tilda tayyor holda mavjud bo 'lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir. Ushbu maqolada frazeologizmlarning o 'rganilishi, shakllanish bosqichlari hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: frazeologiya, frazeologizm, ibora, frazeologik birliklar, frazeologiyaning o'rganilishi

НЕКОТОРИЕ ОСОБЕННОСТИ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ

Бехзод Худайкулов,

Денауский институт предпринимательства и педагогики.

bekhzod338@gmail. com АННОТАЦИЯ

Фразеология— раздел лингвистики, изучающий устойчивые речевые обороты и выражения—фразеологические единицы. . Фразеологизмы - это особые выражения, устойчивые сочетания слов. Объясняя их значение, мы имеем в виду смысл всего словосочетания в целом, а не отдельных слов. Совокупность фразеологических единиц какого-либо языка также называется его фразеологией Данная статья посвящена актуальной проблеме современной лингвистики — изучению фразеологии.

Ключевые слова: фразеология, фразеологизмы, исследование фразеологизмы.

ABOUT FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS

Bekhzod Khudaykulov,

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy bekhzod338@gmail.com

ABSTRACT

Phraseology is the branch of lexicology specializing in word-groups which are characterized by stability of structure and transferred meaning. Phraseological units are set expressions and their phraseological stability distinguishes them from free phrases and compound words.This article is devoted to the study of the phraseology.

Keywords: phraseology, phraseological units, study of phraseology.

Frazeologizmlar tuzilishi, leksik-semantik, funksional-uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o'ziga xos shakllanish xususiyatilariga ega bo'lgan til birligidir. Frazeologiya - tilshunoslikning biror tilga xos barqaror so'z birikmalarni va iboralarni o'rganadigan bo'lim.

Tilshunoslikda frazeologiya atamasi Sharl Balli tamonidan ishlatilib, stilistika fani bilan qo'shib o'rganilgan, lekin frazeologiyani fan sifatida tan olish fikrini bildirgan taniqli tilshunos olim prof. E. F. Polivonovdir. Shu fikrni qullab quvvatlagan olimlardan yana biri mashhur tilshunos olim V.V.Vinogradovdir. U o'zining qator ilmiy tadqiqotlarida rus tilidagi frazeologik birikmalar ta'limotlarni yig'adi va ularni semantik jihatdan guruhlarga bo'lib chiqadi. E.D.Polivanov va V.V.Vinogradovlar tomonidan o'rtaga tashlangan frazeologiya haqidagi fikrlar keyinchalik bu sohada ko'plab tadqiqotlarning yuzaga chiqishiga turtki bo'ldi. Lekin hozirga qadar frazeologiyani fan sifatida qarash yoki qaramaslik haqidagi fikrlar o'z yechimini to'laligicha topgan emas. Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va turg'un iboralar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) orasidagi bir qancha farqlarga qarab bir qancha olimlar frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma'noda izohlaydilar. Uni keng ma'noda anglaganda (L.P.Smit, V.P.Jukov, V.N.Teliya, N.M.Shanskiy) frazeologiya ichiga maqol va matallar, xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lgan iboralar, bir qancha so'zlashuv shakillarini (salomlashish, xayrlashish iboralarini) ham kiritishadi. Ammo frazeologiyani keng ko'lamda tushunish masalasi haligacha ham o'z yechimini topgani yo'q desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Frazeologiyaning tilshunoslikning o'ziga xos sohasi sifatida rivojlanishi mashaqqatli yo'llarni boshdan kechirdi. Hatto atoqli ingliz tilshunosi Smirnitskiy ham frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi tarafdori bo'lgan. — Frazeologik birikmalar nazariyasi bilan leksikologiyaning bir bo'limi bo'lgan frazeologiya o'rganishiga qaramasdan, u tilning sintaktik qismida o'rganilishi zarur. Agar biz frazeologiyani alohida soha deb tan olmaydigan bo'lsak, uni alohida fan deb aytolmaymiz degan edi Smirnitskiy —"Лексикология англисково языка" asarida. [4; 53 b.]

O'zbek tilining frazeologik boyligini o'rganishga bag'ishlangan mukammal tadqiqotlarga egamiz. Adabiy til lug'at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va chambarchas bo'g'liqdir. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma'lum o'ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan milliy tilning xalq shevalaridagi ko'chma ma'noli iboralarni o'rganish ham hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo'llarini belgilovchi omillardan biri bo'ladi.

O'tgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya hali o'zbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanib yetmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma'lumotlar turg'un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o'zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag'ishlangan ishlarda ko'zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G'ulomov, U.Tursunov, V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan, A.Sa'diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A.Navoiy asarlarida turg'un birikmalar, xalq iboralarining qo'llanilishiga oid fikrlari hozir ham o'z qimmatini saqlab kelmoqda. O'zbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar o'tgan asrning 50-yillarining boshida yuzaga keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin. Masalan, Sh.Rahmatullayev idiomatik so'zlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini etimologik jihatdan qo'shma so'zga teng idiomatik so'zlar deb tahlil qilgan.Uning "O'zbek frazeologiyasining ba'zi masalalari" nomli monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir. Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko'ra o'zaro frazeologik omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik omoformalar va frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar o'xshash bo'ladiki, ulardan biri o'rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o'zaro tarkibidagi biror so'z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin bo'ladi. Masalan, "ko'nglini ko'tarmoq" - "ko'ngli ko'tarildi" va "ko'nglini tog'day ko'tarmoq" -"ko'ngli tog'day ko'tarildi". Agar ba'zi iboralar biri ikkinchisida yo'q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo'lsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin bo'ladi. Masalan, "jon(i)kirdi" - "jonini kirgizmoq" va "jon kirdi" -"jon kirgizmoq" kabilar. So'nggi yarim asr davomida frazeologiya jahon tilshunosligining diqqat markazida bo'ldi, bir qator monogrfik ilmiy izlanishlar natijasida uning ob'yekti aniqlandi, tadqiqot metodlari ishlab chiqildi va bu fan tilshunoslikning boshqa

sohalari qatorida o'z o'rnini shakllantirdi. Hozirgi kunda bu termin ikki ma'noda qo'llanilmoqda.

1. Tildagi frazeologik birikmalarning jami;

2. Turg'un iboralarni o'rganuvchi soha, fan.

So'nggi yillarda ko'plab tillar materiallari asosida olib borilgan keng ko'lamli frazeologik tadqiqotlar natijasida frazeologizmlar quyidagicha ta'riflanmoqda.

Ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan, yaxlit frazeologik ma'no anglatuvchi turg'un til birligi frazeologizm yoki frazeologik birikma (ibora) deyiladi. Masalan, italyan tilida:

1. Dare una mano - yordam qo'lini cho'zmoq/yordam bermoq.

2. Alzare le mani - qo'l ko'tarmoq/urmoq. Bu iborani - savolga javob berish uchun qo'l ko'tarmoq ma'nosi ham mavjud.

3. Ha le mani bucate - Qo'li ochiq, sahiy;

4. In buone mani - Ishonchli qo'llarda, himoyada bo'lmoq;

5. Mettersi una mano sulla coscienza - Aql bilan/rahm - shavqat bilan munosabatda bo'lmoq/yordam bermoq.

6. Mette le mani avanti - Oldini ol, himoyalan - Biror salbiy holatni, hafagarchilikni oldini olishda ishlatiladi.

7. A mano a mano - Sekin-sekin, bosqichma-bosqich.

8. Capitare tra le mani -(Biror imkoniyat) qo'lida bo'lmoq, ko'zlagan imkoniyati qo 'lida bo 'lmoq.

9. Una notizia di prima mano - Birinchi marta aytilgan (hali tarqalmagan)yangilik ga nisbatan ishlatiladi.

10. Di seconda mano - Ishlatilgan, qo 'ldan - qo 'lga o 'tgan narsa buyum (avtomobil) ga nisbatan ham ishlatiladi.

11. Mordersi le mani - (o'tkazib yuborilgan imkoniyat, vaziyatda) -g'azablanish, g'azabdan qo'lini tishlash ma'nolarida keladi.

12. Chiedere la mano - Qo'lini so'ramoq (qiz boladan turmushga chiqishini so 'ramoq) ma'nosida ishlatiladi.

13. Prendere per mano - Yordam bermoq, to 'g 'ri yo 'lni korsatmoq.

kabi iboralar bunga misol bo'ladi.

O'tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab o'zbek frazeologiyasini o'rganish ishi quyidagi ikki asosiy yo'nalishda rivojlandi:

a) o'zbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus o'rganila boshladi;

b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususuyatlari o'rganildi.

G'.Salomov o'zbek tilshunosligi uchun g'oyat dolzarb muammolardan biri frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug'ullangan olimdir. Olimning ta'kidlashicha, "Maqol-xalq aql idrokining mahsuli, uning hukmi, ko'p asrlik tajribalari majmuyi, turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining ifodasidir" Frazeologizmlarni o'rganishda ularni o'zbek va boshqa tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy o'rganish ham maqsadga muvofiq ko'rinadi. N.Turopovaning "Yapon va o'zbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy o'rganish" nomli ilmiy maqolasida shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar nutqning ta'sirchanligini, emotsional - ekspressivligini ta'minlovchi asosiy vosita sifatida nutqimiz ko'rki hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan yapon tili frazeologizmlarining xususiyatlarini o'rganib, ularni o'zbek tilida ifodalash usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har ikkala tildagi frazeologizmlarni qiyosiy o'rganishda ularning mazmun jihatdan bir - biriga mos kelishi yoki qisman mos kelishi, o'xshashligiga hamda bir tilda mavjud bo'lgan frazeologizmlarning ikkinchi tilda na ekvivalentiga, na variantiga egaligiga e'tiborni qaratish lozim. N.Turopova frazeologizmlarni quyidagicha guruhlarga bo'lib o'rganishni tavsiya etadi.

1. Har ikki tilda mavjud bo'lgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun, shakl, ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan bo'lishi lozim.

2. Har ikki tilda o'zaro o'xshash bo'lgan frazeologizmlar. Ular mazmun jihatdan o'xshash stilistik xususiyatlarni o'zida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha bo'lgan frazeologik variantlardir. Masalan, italyan tildan tarjima qilinganda:

Dare a vedere - Sezdirmoq, namoyon qilmoq.

Dare coraggio - Ruhlantirmoq.

Dare da fare - Vazifa bermoq.

Prendere in giro - Mazax qilmoq

Essere al settimo cielo - Baxtga/ quvonchga to'la bo'lmoq.

Essere di mezzo - Ishtirok etmoq, o'yinda bo'lmoq.

3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi frazeologizmlar.

Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan mazmunga e'tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga to'g'ri kelmay, fikriy g'alizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga xos bo'lgan grammatik vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart emas. Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e'tibor qaratish lozim. Asosiysi, tarjimada

so'zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma'nosini, emotsional - ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish zarur.

Frazeologizmlarni nutqni bezovchi vosita sifatida o'rganish umuman xato hisoblanib, ular ham boshqa til birliklariga o'xshab yuqori informativ shakldagi xususiyatga ega bo'lish bilan birgalikda, tilda nominativ va kommunikativ vazifa bajaruvchi birliklar hisoblanadi. Frazeologizmlar universal til vositalari bo'lib, ularsiz til mavjud emas. Frazeologizmlarning stilistik imkoniyati o'ta muhumdir. Frazeologik stilistika, frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga tayanadi. Zero, frazeologik birliklar tilda nominativ funksiya bajarish bilan bir qatorda, malum bir emotsionallikka, ekspressiv o'ziga xosliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Til tarixi hamda etimologiya frazeologik birliklarning etimologik tahlilida o'ziga xos o'rin egallaydi.

Tillardagi turg'un iboralarning ilmiy tasnifi birinchi navbatda, frazeologizmlarga berilgan atamalarni tartibga solishdan iborat bo'lishi kerak. Tilshunoslikda turg'un so'z birikmalarini ifodalash uchun turli terminlardan foydalanilmoqda. Mazkur holat ushbu turg'un so'z birikmalari tabiatining murakkabligi bois yuzaga kelmoqda. Ular semantik, struktural va funksional jihatdan murakkab sanalishadi.shunga ko'ra, frazeologizmlar struktural-semantik, stilistik, semantik, kompleks, gapdagi sintaktik funksiyasi va boshqa prinsiplar asosida klassifikasiya qilinadi. An'anaviy klassifikasiya usullaridan biri sifatida struktural -semantik tamoyil asosidagi klassifikasiya tan olinadi. Unga ko'ra turg'un so'z birikmalari juft so'zlar, idiomalar, hikmatli so'zlar (aforizmlar), maqollarga bo'linadi. Turg'un so'z birikmasi albatta kamida ikkita so'zdan iborat bo'lishi kerak. Juft so'zlar bir xil so'z turkumiga tegishli bo'lgan birliklardan tashkil topgan turg'un frazeologik ma'noli iboralar sanaladi. "Idioma" termini grek tilidan olingan bo'lib, haqiqiy, asl degan ma'nolarni ifodalaydi. Idiomalar turg'un iboralar bo'lib, voqea, hodisa va predmetlarni ifodali tasvirlash maqsadida ishlatiladigan, ma'nosi ularni tashkil qiladigan komponentlar ma'nolari yig'indisidan kelib chiqmaydigan, yangi frazeologik ma'no kasb etuvchi turg'un birikmalardir. Ba'zi bir idiomalar ma'nosi boshqa bir so'z bilan ham ifodalanishi mumkin, lekin idiomadagi konnotativ ma'no, stilistik o'ziga xoslik mazkur sinonim so'z bilan to'la qamrab olinmaydi.

Ta'kidlab o'tganimizdek, V.V.Vinogradovning rus tili frazeologizmlari asosida yaratilgan semantik klassifikasiyasi ko'plab tillardagi turg'un birikmalar tasnifini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Aniqroq aytganda, olim yaratgan klassifikasiya vositasida frazeologizmlarning boshqa tillarda ham uch guruhi

mavjudligi isbotlandi [3;57]. Ushbu klassifikasiyaga ko'ra, frazeologizmlar quyidagicha tasniflangan:

1. Frazeologik chatishmalar. Ushbu guruhga to'la ko'chma ma'noga ega bo'lgan, semantik jihatdan qismlarga ajralmaydigan va umumiy ma'nosi birikmani tashkil etuvchi komponentlarning leksik ma'nosidan kelib chiqmaydigan til birliklari kiradi. Masalan, Chiedere la mano - Qo'lini so'ramoq (qiz boladan turmushga chiqishini so 'ramoq) ma'nosida ishlatiladi.

2. Frazeologik birliklar. Ushbu guruhga yaxlit ko'chma ma'noga ega bo'lgan iboralar kiradi. Ularning frazeologik chatishmalardan farqi shuki, umumiy ma'nosi tashkil etuvchi komponentlar ma'nosidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, Dare una mano - yordam qo'lini cho'zmoq/yordam bermoq.

In buone mani - Ishonchli qo'llarda, himoyada bo'lmoq;

3. Frazeologik birikmalar. Ushbu guruhga qisman ko'chma ma'noga ega bo'lgan, ma'no motivasiyasi mavjud, sintraktik nuqtai nazardan tarkibiy qismlari osongina ajratilishi mumkin bo'lgan birikmalar kiradi. Bunday birikmalar komponentlari sinonimlar bilan almashtirilishi ham mumkin. Misol uchun, Alzare le mani - qo'l ko'tarmoq/urmoq. Bu iborani - savolga javob berish uchun qo'l ko'tarmoq ma'nosi ham mavjud.

I.I.Chernisheva turg'un so'z birikmalarining bir vaqtning o'zida ham grammatik, ham semantik, ham stilistik xususiyatlarini inobatga oluvchi kompleks tamoyillarni ishlab chiqdi. Bunga ko'ra bir tomondan frazeologizmlarning so'zdan farqi aniqlansa, ikkinchi tomondan ularni frazeologik xususiyatga ega bo'lmagan turg'un so'z birikmalaridan ajratib olish mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Анипкина Л.Н. Оценочные высказывания в прагматическом аспекте // Филологические науки. - М., 2000. - №2. - С.58-65.

2. Арнольд И.В. Стилистика современного английского языка. - Л.: ЛГУ, 1981.-324с.

3. Башиева С.К. Стилистический компонент фразеологического значения: Автореф. дисс.... канд. фил. наук.- Краснодар: КГУ, 1995. - 23с.

4. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. -M. 1972. -466c.

5. E. Jafrancesco con la collaborazione di F. Fiesoli "Parla e scrivi" la lingua Italiana come L2 a livello elementare e vanzato.

6. Gianluca Aprile. Italiano per modo di dire: Alma Edizione - Firenze, 2008.

7. Ковалев Ф.В. Итальянско-русский и русско-итальянский словарь. © 2001 Zanichelli editore s.p.a - Bologna

8. http://parliamoitaliano.altervista.org/proverbi-e-modi-di-dire-sul-cuore/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.