INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK INTENSIFIKATORLARNING FUNKSIONAL- PRAGMATIK TADQIQI
Karimova Shahloza Boyqo'zi qizi
Filologiya tillarni o'qitish: Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Farg'ona Davlat Universiteti Musojonova Matluba Burhoniddin qizi
Magistratura: lingvistika ingliz tili 21.06 guruhi talabasi Farg'ona Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7311817
Annotatsiya. Ushbu maqola frazeologiya atamasiga batafsil to'xtalib, ularning intensifikatorlik darajasi haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, maqolada Ingliz va O'zbek tillaridagi frazeologik birliklarning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan holda, ularning har ikki tildagi qiyosiy tahlili ham amalga oshirilib, frazeologizmlarning funksional-pragmatik jihati tadqiq qilinadi.
Kalit so'zlar: Frazeologiya, frazeologizm, turg'un (barqaror) birikma, etimologiya, semantika, frazeografiya, aforizm (hikmatli so'zlar), idioma, maqol, metal.
ФУНКЦИОНАЛЬНО-ПРАГМАТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ УСИЛЕНИЙ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Аннотация. В данной статье дается подробная информация о терминах фразеологии и приводятся сведения о степени их интенсификации. Также в статье рассматриваются специфические особенности фразеологизмов английского и узбекского языков, проводится их сравнительный анализ в обоих языках, на примерах изучается функционально-прагматический аспект фразеологии.
Ключевые слова: Фразеология, фразеологизм, устойчивое (устойчивое) сочетание, этимология, семантика, фразеография, афоризм (мудрые слова), фразеологизм, пословица, поговорка.
FUNCTIONAL-PRAGMATIC STUDY OF PHRASEOLOGICAL INTENSIFIERS IN
ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Abstract. This article gives information about the term phraseology in detail and provides information about their degree of intensification. Also, the article examines the specific features of phraseological units in English and Uzbek languages, their comparative analysis in both languages is carried out, and the functional-pragmatic aspect of phraseology is studied with examples.
Key words: Phraseology, phraseologism, stable (stable) combination, etymology, semantics, phraseography, aphorism (wise words), idiom, proverb, saying.
Ko'pchilik til o'rganuvchi yoshlar tilning juda ko'p yashirin tomonlari, o'ziga xos jihatlari borligidan, ayniqsa, so'zlarning ilmiy, badiiy, publitsistik va pragmatik jihatlari bir-biriga to'g'ri kelmasligidan shikoyat qilishadi, tilni yakuni yo'q bilimlar manbai deb ta'riflashadi.
Albatta, agar hozirda tillar faqat lug'atlardangina tashkil topgan bo'lganida, insonlar ham, so'zlashuv ham, insoniyat yaratgan nutqqa oid barcha texnologiyalar: oddiygina gazetadan tortib, multimediagacha hissiz va qiziqarsiz bo'lar edi. Chunki insonlarni va bu dunyoni bezab, yorqin hissiyotlar berib turguvchi mo'jiza - bu til va uning o'ziga xos xususiyatlaridir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Darhaqiqat, har bir tilning o'ziga xos o'tmishi, boy madaniyati, etimologiyasi, shu tilda bitilgan va dunyoga tanilgan shohasarlari bo'ladi. Bularsiz til o'z jilosini yo'qotgan hisoblanadi.
Hozir munozara qilmoqchi bo'lgan mavzumiz ham aynan har qanday tilning eng dolzarb va ahamiyatga molik jihatlaridan biri hisoblanib, zarur bo'lsa, bir tilning jamiki boshidan kechirganlarini o'zida aks ettira oladi. Bu frazeologik birliklardir.
Har qanday tilning lug'at boyligi faqatgina o'sha tilning tub so'zlari, boshqa tillardan kirib kelgan olinma so'zlar, tilning ichki semantic qurilishida paydo bo'ladigan yangi so'zlar yasalishigagina emas, balki iboralar, turg'un so'z birikmalari hisobiga ham son jihatidan, ham sifat jihatidan boyib boradi. Ular til birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud boladi. Tildagi ana shunday turg'un birikmalar "dunyosi" bilan shug'ullanuvchi fan frazeologiya fanidir. G'arb tilshunoslari orasida Sh.'Balli birinchilardan bo'lib, 1905-yilda frazeologiya terminini qo'llagan. U frazeologizmlarni stilistik nuqtai nazardan tilning ifoda birligi sifatida talqin qilgan. XXasrda frazeologizmlarni tadqiq qilgan olimlar orasida V.V.Vinogradovning semantik klassifikatsiyasini ta'kidlab o'tish lozim. Olim rus tili frazeologiyasini semantik klassifikatsiya qildi va mazkur klassifikatsiya ko'plab tillar frazeologizmlarni jadal o'rganishga turtki bo'ldi. Ushbu o'rinda ingliz tili frazeologiyasi tadqiqotchilar N.N.Amosova, A.V.Kunin, nemis tili frazeologiyasi tadqiqotchilaridan I.I.Chernishyova, A.D.Rayxshtayn, frantsuz tili frazeologiyasi tadqiqotchilaridan M.I.Retsker kabi olimlarning nazariy va amaliy izlanishlarini alohida tilga olish lozim.
Shuningdek, bu terminni 1928 yilda Ye.D.Polivanov o'z ilmiy ishlarida qo'llay turib, quyidagi jumlalarni aytgan edi: "Men morfologiyaga nisbatan sintaksis qanday aloqada bo'lsa, leksikaga nisbatan xuddi shunday munosabatga kirishuvchi maxsus fanni "frazeologiya" degan terminni qo'llashni lozim topdim".
Darhaqiqat, 20-asrning 50-yillaridan beri frazeologiya jahon tilshunosligining diqqat markazida bo'lib kelmoqda. U boyicha bir qator monografik ilmiy izlanishlar natijasida uning ob'ekti aniqlandi, tadqiqot metodlari ishlab chiqildi va bu fan tilshunoslikning boshqa sohalari qatorida o'z o'rnini shakllantirdi.
So'nggi yillarda ko'plab tillar materiallari asosida olib borilgan keng ko'lamli frazeologik tadqiqotlar natijasida frazeologizmlar quyidagicha ta'riflanmoqda.
Ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan, yaxlit frazeologik ma'no anglatuvchi turg'un til birligi frazeologizm yoki frazeologik birikma (ibora) deyiladi.
Lekin agar unga kengroq ta'rif berishni xohlasak, frazeologiya nutqqa avvaldan tayyor holda kirib kelib, uning eng muhim o'ziga xosligi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya'ni avvaldan tayyor bo'lmagan) so'z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar: maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar, insonlar tilida qotib qolgan turg'un birikmalar o'rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko'plab tadqiqotchilar frazeologiyani keng ma'noda tushunadilar. Uni keng ma'noda tushunilganda, frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba'zi tilimizda qotib qolgan muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi.
Hozir quyida frazeologik birikmalarni ingliz va o'zbek tillarida qiyoslab tahlil qilamiz va pragmatik jihatini asoslab beramiz.
Avvalo, frazeologiyaning pragmatik jihati nima ekanligini bilib olaylik.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini o'zida qamrab oluvchi nutq jarayoni hisoblanib, muayyan muloqot jarayoni orqali namoyon bo'ladi. Pragmatika aniq shakl, tashqi ko'rinishga ega emas; uning doirasiga so'zlovchi va tinglovchining o'zlarigagina tushhunarli bo'lgan o'zaro munosabatlari va vaziyati bilan bog'liq ma'lum bir masala kiradi.
Misol uchun:
• biron-bir axborot yoki fikrni yetkazishda ishlatiladigan so'roq, buyruq, iltimos, maslahat, va'da berish, uzr so'rash, tabriklash, shikoyat qilish
• nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari;
• suhbat, so'zlashish qoidalari;
• so'zlovchining maqsadi;
• so'zlovchi tomonidan tinglovchining umumiy bilim jamg'armasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va xislatlariga baho berilishi;
• so'zlovchining o'zi bayon qilayotgan xabarga munosabati va boshqalar kiradi.
Agar frazeologizmlarni pragmatik jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, ma'lum bir vaziyatga
qarata aytilgan frazeologik birikmani ham so'zlovchi, ham tinglovchi tomonidan to'g'ri tushunilib, o'sha vaziyatga mosligi aniqlangan holda aytilgan; so'zlovchining maqsadi frazeologik birikma orqali to'liq ochib berilgan va so'zlovchi tomonidan nutqqa mos gap ohangi aytilgan bo'lmog'i darkor.
Ingliz tilida eng ko'p tarqalgan frazeolofik birikma turi bu idiomalardir.
"Idioma" atamasi yunon, yani grek tilidan olingan bo'lib, haqiqiy, asl degan ma'nolarni ifodalaydi. Idiomalar ham boshqa frazeologik iboralar kabi turg'un iboralardan biri hisoblanib, voqea, hodisa va predmetlarni ifodali tasvirlash maqsadida ishlatiladigan, muloqotga oziga xos jo'shqin ruh bagishlaydigan va yangi frazeologik ma'no kasb etuvchi turg'un birikmalardir. Ba'zi bir idiomalar ma'nosi boshqa bir so'z bilan ham ifodalanishi mumkin, lekin idiomadagi konnotativ ma'no, stilistik o'ziga xoslik mazkur sinonim so'z bilan to'la qamrab olinmaydi.
Endi quyidagi idiomaga oid namunaga e'tibor beraylik:
think on one's feet frazeologik birikmasi o'zbek tiliga so'zma so'z tarjima qilinganda, "kimningdir oyog'i ustida o'ylamoq" kabi o'zbek tiliga tushunarsiz ma'no beradigan so'zlar jamlanmasini anglatadi, xolos. Biroq, uni nutqda yoki ma'lum bir asarda shundayligicha tarjima qilib bo'lmaydi. Shuning uchun, tilimizda unga mos bo'lgan iboralarni qidirib ko'ramiz.
When you're called on in class, you have to be able to think on your feet.
Ushbu inglizcha namunani tilimizga quyidagicha tarjima qilish mumkin.
Dars jarayonida seni chaqirishganida, hamisha hayoling o'zing bilan bo'lishi lozim.
Yoki:
I had never heard about the company before, so I had to think on my feet.
Men u kompaniya haqida avval hech qachon eshitmagandim, shuning uchun yashin tezligida qaror qilishimga to'g'ri keldi.
Guvohi bo'lganimizdek, ingliz tilidagi aynan bir xil iborani o'zbek tiliga ikki xil tarjima qilishimizga to'g'ri keldi, buning sababi pragmatika. Ya'ni pragmatik ma'no nutq jarayoniga mos bo'lishi uchun nutqda tarjima mahoratining o'rni beqiyos.
Agar yuqoridagi gapni o'zbek tilimizga:
"Men u kompaniya haqida avval hech qachon eshitmagandim, shuning uchun tezda qaror qabul qildim"
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Kabi tarjima qilganimizda gapdagi pragmatik ma'no ham o'z jilosini yo'qotgan bo'lardi va hattoki frazeologik birikmaning intensifikatori, ya'ni emotsional bo'yog'i ham kamaygan bo'lar edi.
Quyida yesa frazeologik birikmaga namuna keltiriladi (frazeologik birikma qisman ko'chma ma'noga ega bo'lgan, ma'no motivatsiyasi mavjud, sintraktik nuqtai nazardan tarkibiy qismlari osongina ajratilishi mumkin bo'lgan birikmalar hisoblanadi. Bunday birikmalar komponentlari sinonimlar bilan almashtirilishi ham mumkin).
fix (stop, clean) smb's clock frazeologik birikmasi o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilinganida "kimningdir soatini tuzatib bermoq (to'xtatmoq)" kabi tilimizga ma'noviy g'aliz bo'lgan iborani keltirib chiqaradi. Biroq, o'zbek tilida unga mos bo'lgan iboralar yetarlicha. Ulardan biri "kimningdur kavushini to'g'rilab qo'ymoq".
"We 'll clean the Dodgers' clocks today".
Biz bugun Dojerlarni kavushini to'g'irlab qo'yamiz.
Yoki:
O'zbek tilidagi namunaga e'tibor beraylik.
Ma'mur bor, O'ljaboyning kavushini to'g'rilab qo'yish kerak. (Ahmad A'zam. Dutor Bilan Tanbur (Hikoya), ZIYOUZ.COM kutubxonasi)
Agar e'tibor bilan qaraydigan bo'lsak, ikkala tildagi misollarda ham kimnidir jasoni bermoq, ovozini o'chirmoq, ta'zirini berib qo'ymoq kabi ma'nolar anglashilmoqda, biroq agar ushbu frazeologik birikmalarni yuqoridagi sinonimlardan biri bilan almashtiradigan bo'lsak, so'zning badiiy bo'yog'i yo'qolishi va so'zlashuvdagi kuchaytiruv (intensifikatorlik) darajasi pasayishi mumkin.
Taqqoslab ko'raylik:
Biz bugun Dojerlarni ta'zirini beramiz.
Ma'mur bor, O'ljaboyning ovozini o'chirish kerak.
Shuningdek, to give smb a pain in the neck iborasini tahlil etadigan bo'lsak, so'zma-so'z tarjimasi "kimningdur bo'yniga og'riq bo'lmoq" so'zlar jamlanmasiga to'g'ri kelsa-da, aslida "kimningdir asabiga o'ynamoq, kimningdir joniga tegmoq" kabi birikmalarga to'g'ri keladi va o'zbek tilidagi eng mos ekvivalenti "peshonasining sho'ri bo'lmoq" ekanligi ehtimoldan holi emas.
There were times when Joe could be a real pain in the neck.
Birpaytlar Joy haiqatdanpeshonaning sho'ri edi.
Darhaqiqat, xulosa qiladigan bo'lsak, tilda mavjud bo'lgan turg'un so'z birikmalari (frazeologizmlar, maqollar, matallar) shu xalqning butun tarixini, hayot yo'lini aks ettiradi, shuning uchun ham insonlar har qanday vaziyatda ularga tez-tez murojaat etadilar. Turg'un so'z birikmalari har qanday nutqdagi birlikning shirali va ta'sirchan bo'lishida muqobil uslubiy vosita rolini bajaradi. Obrazli qilib aytganda, uzukka ko'z qanday bezak bo'lsa, turg'un birikma ham so'zlovchining nutqiga, tasviriga ana shunday kuch hayotiylik bag'ishlaydi.
REFERENCES
1. Abduazizov A., Sodiqov A., Bashakov N. Umumiy tilshunoslik T., 1979.
2. Алехина А.И. Семантические группы во фразеологии современного английского языка. М., 1977.
3. Алехина А.И. Фразеологическая единица и слово. М., 1979.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., 1978.
5. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. T., 1978
6. www.wikipedia.org. 9. www.ziyonet.uz
7. ZIYOUZ.COM
8. Collins Dictionary of the English Language. Ed. by L. Urdang, P. Hanks, Th. H. Long. - London; Glasgow: Collins, 2006.