Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
NABOTOT OLAMINING FRAZEOLOGIK BIRIKMALARINING QIYOSIY
TAHLILI
Mirzayeva Dilshoda Ikromjonova
Farg'ona Davlat Universiteti, Ingliz tili kafedrasi mudiri Farg'ona Davlat Universiteti xorijiy tillar fakulteti 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola nabodot olamining frazeologik birikmalari mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, avvalo, "nabodot" ("nabotot") so'zining etimologiyasi va orfografiyasiga batafsil to 'xtalib o'tadi hamda frazeologik birikmalar haqida qisqacha ma'lumot beradi. Shuningdek, o'simlik dunyosiga oid frazeologik birikmalardan namunalar keltirib, ularning ma'nosini izohlaydi va turli manbalardan olingan misollar orqali yoritadi. Frazeologizmlar o'zbek va ingliz tillarida qiyoslab tahlil qilinadi.
Kalitso'zlar: nabotot, nabotot, nabot, nabototshunos, botanika, o'simliklar, gul, botanik, frazeologizm, frazeologiya, frazeologikbirikma, etimologiya, orfografiya, flora.
COMPARATIVE ANALYSIS OF PHRASEOLOGICAL COMBINATIONS OF
THE WORLD OF FLORA
ABSTRACT
This article is devoted to the topic of phraseological combinations of the world offlora, and first of all, it will dwell, in detail, on the etymology and orthography of the word "flora" ("plants") and the article gives brief information about phraseological combinations. Also, it provides examples of phraseological combinations related to the flora, explains their meaning and illuminates them through examples from various sources.Phraseologisms are compared and analyzed in Uzbek and English languages.
Keywords: flora, plant, botanist, botany, green, flower, botanist, phraseologism, phraseology, phraseological combination, etymology, orthography.
Tilimizda necha asrlardan beri foydalanib kelinayotgan "nabotot" atamasining ma'nosini ko'pchilik umumiy tarzda tushunadi, ya'ni nabotot yashil olam bilan bog'liq jismlarni umumlashtiruvchi so'z demakdir. Ba'zilar esa bu atamani ko'pincha o'zlari bilib-bilmagan holda yon so'zlari bilan qo'llashadi: "hayvonot va nabodot
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
olami", nabodot dunyosi, nabodot ilmi, nabodot hakimi kabi jumlalar bunga yorqin namunalardan biri bo'la oladi.
Biroq, bu atamaning asli etimologiyasi va orfografiyasini ko'pchilik insonlar ham bilaverishmaydi va o'z o'rnida to'g'ri qo'llashmaydi ham.
2021-yil 4-aprelda tahrir qilingan "O'zbek tilining Izohli lug'ati" kitobining talqiniga asosan "nabodot" so'zining asl orfografiyasi "nabotot" deyilishi ko'pchilikka tanish emas.
Agarda bu so'zni tilshunoslik tomonidan keng talqin etadigan bo'lsak, quyidagi ma'lumotlarni keltirib o'tishimiz mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nabotot (ot so'z turkumiga oid) so'z bo'lib, ushbu so'zining tub ma'nosi esa arab mamlakatlariga borib taqaladi. Bu so'z arabcha "nabot" so'zidan olingan bo'lib, o'simliklar dunyosi, o'simliklar demakdir. Yer usti va suv ostidagi o'simliklarning barchasi flora — nabototni tashkil qiladi. Unga bahaybat daraxtlardan tortib mayda xaslargacha va hattoki mikroskop bilan ko'rish mumkin bo'lgan suv o'tlari ham kiradi.
Misol uchun:
♦ Hujayraning topilishi shuni isbot qildiki, nabotot, hasharot va hayvonot — hamma tirik jismlar o'sib, ko'payib boruvchi organik kichik bo'laklar — hujayralardan iboratdir. ("Umumiy biologiya" kitobidan)
Nabotot so'zining tarkibidagi so'zlar esa quyidagilarni tashkil etadi.
- Nabot - novvot.
♦ Sen borsanki, keng vohada hayot bor, Demak, yurtning labida bol, nabot bor. E. Vohidov, «Sharqiy qirg'oq» .
- Nabot - o'simlik,ko'kat.
♦ Bu yassi qirg'oqlarda bobolar yotur,
Tug'madir har yalpiz, har shox, har nabot. Mirtemir, «Asarlar» .
- Nabototshunos - o'simliklarni o'rganuvchi, tekshiruvchi; ayni paytda botanik so'ziga sinonim bo'la oladi.
♦Yana bir buyuk nabototshunos olim Abu Ja'far Ahmad ibn Muhammad Al-G'ofiiqiydir. Bu olim o'z kitobida o'simliklarning arab,lotin va barbar tillaridagi nomlarini keltiradi. U kishi milodiy 1160-yilda vafot etgan. G'arb olimlaridan Maks Meyerxof(1874-1945) bu olim haqida " Eng mashhur nabotot ilmi olimlaridan biri" deya ta'rif beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- Nabototshunoslik - bu so'z esa o'simliklar bilan shug'ullanadigan fan demakdir.
Shuningdek, "botanika" va "nabotot" so'zlari ko'pchilik olimlarning diqqat e'tiborini o'ziga jalb etgan. Ya'ni botanika so'zining asl tarjimasi ham o'simliklar ma'nosini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, o'simliklar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar qadimgi Sharq xalqlari qo'lyozmalarida uchraydi. Lekin ilmiy Botanikaga yunonlar asos solishgani haqidagi ma'lumotlar mavjud.Bu esa tanqidiy qarashni yanada kuchaytiradi. Garchi ko'pchilik olimlar tomonidan bu ikki so'zning o'zak va etimologiyasi bir degan fikr kelib chiqqan bo'lsa-da, bu haqida aniq aytilgan fakt hozircha o'z isbotini topganicha yo'q.
Arabcha nabotot so'zidan farqli o'laroq, "botanika" so'zi yunoncha botanikos -o'simlikka taalluqli "botane" — o't, giyoh, o'simlik demakdir. Yer yuzidagi o'simliklar dunyosini, o'simliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi o'zaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganadi.
- Botanika - o'simliklar haqidagi fan, nabotot.
♦ Botanika fani, botanika darsligi, botanika olimi.
Muzeyda geologiya, geografiya va botanikabo'limlari mavjud. (Gazetadan)
Xulosa qilib aytish mumkinki,yuqoridagi ikki so'zning ma'nolari deyarli bir xil bo'lsada, ularning etimologiyasi turli tillarga tegishlidir.
Shunday qilib, nabotot olami haqida keng to'xtalib o'tildi, u haqida frazeologik birikmalarni tahlil qilishdan avval esa, frazeologiya va uning tasnifi haqida quyida qisqacha ma'lumot beriladi.
Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema, frazeologik birikma kabi turli nomlar bilan yuritilib, ikki yoki undan ortiq so'zdan tashkil topgan, ma'noviy jihatdan o'zaro bog'liq so'z birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko'chma ma'noda qo'llanadigan va bo'linmaydigan, barqaror (turg'un) bog'lanmalarning umumiy nomi frazeologizmlardir. Frazeologizmlar, shaklan o'zlariga o'xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutqda so'zlarni erkin tanlash, almashtirish yo'li bilan yuzaga kelmaydi, balki ma'no va muayyan leksik-grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qo'llanadi, ya'ni frazeologik birikma tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas. Misol uchun; anqoning urug'i, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sig'may ketmoq, kapalagi uchmoq, ko'ngli joyiga tushmoq, qo'li ochiq, qulog'i og'ir va boshqa frazeologik birikmalar tarixiy qo'llanish me'yorlariga, usullariga ega bo'lib, ularning ma'nolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Frazeologik birikmalar asrlar davomida shakllanib keladi va millat va elatlar og'zaki va yozma nutqida juda keng foydalaniladi, buning boisi, frazeologizmlar og'zaki nutqda ham, badiiy adabiyotda ham va hamda publitsistikada ham o'tkir, ta'sirchan tasviriy vositani olib o'tadi. Yozuvchilar o'z asarlarida frazeologizmlardan unumli foydalanish bilan birga mavjud frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman o'zgartiradilar, shu yo'l bilan yangi iboralar yaratadilar. Shuning uchun ham, frazeologizmlar zamon bilan hamnafas boyib boradi va xalqning madaniy-tarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi.
Nabodot olami haqidagi frazeologik birikmalar esa ikki tilda: ingliz va o'zbek tillarida ham juda ko'p uchraydi va keng foydalaniladi. Bunda, asosan, tasvirlanayotgan o'simlikning o'ziga xos xususiyati, rangi, barchaga ma'lum bo'lgan nozik jihatlari hisobga olinadi.
Misol uchun:
Qo'li gul - ushbu ibora insonlarning ijobiy xarakterini tasvirlab, insonning go'zal narsalar yarata olishi, o'ziga xos qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu birikma, asosan, bog', oshxona va kasb-hunar ishlarida malakali insonlarga nisbatan qo'llaniladi.
O'zing binoyidek qo'li gul qassobsan. Topish-tutishing ham ikki ro'zg'orga yetardi. (Said Ahmad. Bir o'pichning bahosi (hajviya) asaridan)
Biroq ushbu frazeologik birikmaning ingliz tilidagi variant umuman turlicha va nabototdan ham yiroq.
To have a green thumb - so'zma- so'z tarjima qilinganida, "kimningdur yashil bosh barmoqqa ega bo'lishi" kabi tilimizga mos kelmaydigan tarjima kelib chiqadi. Shuning uchun ham quyidagi misolni:
She has an unbelievably green thumb, she can grow anything.
Uning qo'li gul, har narsani yetishtira oladi.
Yoki ingliz tilidagi last straw frazeologik iborasini tahlil qiladigan bo'lsak, o'z lug'aviy ma'nosidan farqli ravishda, o'zbek tiliga "so'nggi tomchi" deb tarjima qilinishi mumkin.
It had been a difficult week, so when the car broke down, it was the last straw.
Yuqoridagi gapni o'zbek tiliga quyidagicha tarjima qilishimiz mumkin:
Shundoq ham og'ir hafta bo'lgandi, mashinaning buzilishi, o'lganning ustiga tepgandek bo 'ldi.
Shuningdek, o'zbek tilimizda "So'nggi tomchi piyolani toshirar" degan maqol ham ushbu frazeologik birikmaga teng bo'la oladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bark up the wrong tree iborasi esa o'zbek tiliga "noto'g'ri yo'ldan yurmoq"
deb tarjima qilinadi.
He must face the fact that he is barking up the wrong treejumlasi esa o'zbek tilida "u noto'g'ri yo'ldan yurayotganligini anglashi kerak" deb tarjima qilinadi.
Lekin bir-biriga o'xshash frazeologik birikmalar ham yo'q emas. O'zbek tili xususiyatlariga, millatimiz yozma va og'zaki nutqiga to'la mos keladigan, tarjima jihatidan deyarli farq qilmaydigan, va ayniqsa, nabodot olamiga tegishli frazeologik birikmalar ham talaygina.
Misol uchun:
Never a rose without the prick birikmasi tilimizda mashhur iboraga aylangan "atirgul tikansiz bo'lmas" frazasiga to'la mos keladi. Quyidagi misolda uning ma'nosi to'la ochib berilgan.
A: "I can't believe the amount of taxes I have to pay on my lottery winnings!" (L otoreyayutug'im uchun shunchalik balandnarxda soliq to'lashim kerakligiga ishona olmayapman.)
B: "Never a rose without the prick, eh?"
(atirgul tikansiz bo'lmaydi)
Clutch/ Grasp at straws frazeologizmi esa "cho'kayotgan odam cho'pga ham osiladi" maqoliga to'g'ri keladi.
She offered to take a pay cut to keep her job,, but she was just clutching at straws.
(U ishini saqlab qolish uchun oylik maoshidan ushlab qolishlari mumkinligini taklif qildi, ammo bu shunchaki cho 'kayotgan odamning cho 'pga osilishi edi)
Needle in a haystack ushbu jumla ham hatto so'zma-so'z tarjima qilinganda ham o'zbek tilidagi frazeologik rang-barangligini yo'qotmaydi. Ya'ni uning tarjimasi "Somon ichidan ignani qidirmoq" iborasiga to'g'ri keladi. (Lekin "igna bilan quduq qazimoq" iborasi ham bunga to'la mos keladi.
Searching for your earring at the park will be like looking for a needle in a haystack.
Bog'dan sirg'angizni izlash xuddi somon ichidan igna izlash bilan barobar bo 'ladi.
In the flower of life (or someone's youth) - hayotining eng gullagan yoshlik chog'ida.
He died in the very flower of his youth.
U hayotining eng gullagan yoshlik chog 'ida vafot etdi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Shunday qilib, ushbu maqola inson hayotining qiymati, madaniy qadriyati kabi tushunchalarni nabodot olami orqali ifoda etadi. Bundan tashqari, bu kabi frazeologik birikmalarni o'rganishning va boshqa tillarga taqqoslashning ahamiyati millatning milliy o'ziga xosligini o'rganish, fikr almashish va shu orqali dunyoqarashni kengaytirishdan iboratdir degan g'oyasini ilgari suradi. Yuqorida guvohi bo'lganimizdek, tarjima sohasida frazeologiyalarni tarjima qilish bilan bog'liq ko'plab xususiyatlar mavjud: ba'zida ularning mazmun-mohiyatini saqlab qolish uchun so'zlarning asl tarjimasidan butunlay voz kechish zarur. Ayniqsa, nabodot olami o'zining nafis va nozik xususiyatlari orqali alohida e'tiborni talab etadi. Chunki inson yoki vaziyat xarakterini o'simliklar, umuman olganda frazeologizmlar orqali ochib berish anchagina qiyin masala bo'lishi bilan birgalikda, tilshunoslikda e'tiborli soha hisoblanadi.
Zamonaviy dunyo, xalqlar va madaniyatlar o'rtasidagi aloqa ildam kuchayib,keskin rivojlanayotgan bir davrda, millatlarni bir-birini, urf-odat, an'analarini, yashirin til xususiyatlarini yanada ko'proq anglashi juda zarur hisoblanadi.
REFERENCES
1. Cambridge dictionary definitions
2. Rahmatullayev Sh., O'zbekfrazeologiyasining ba'zi masalalari, T., 1966;
3. Tursunov U., Muxtorov J., Rachmatullayev Sh., Hozirgi o'zbek adabiy tili [3nashr], T., 1992;
4. Mirzayeva, D. (2021). PROVERBS AND SAYINGS AS A PRODUCT OF THE NATION'S COGNITIVE THINKING. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 1, No. 2).
5. Мирзаева, Д. И. (2017). АНАЛИЗ ДИСКУРСА УЧЕНИЯ И ИЗУЧЕНИЯ. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-2), 73-
6. Mirzayeva, D. (2019). THE CONCEPT OF" FRIENDSHIP" IN UZBEK AND ENGLISH LINGUISTIC CULTURE. Мировая наука, (11), 29-32.
7. Mirzaeva, D. I. (2020). THE ROLE OF PAREMIOLOGY IN THE LANGUAGE SYSTEM. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 245251.
8. Farxod-qizi, V. D., & Dilshoda, M. (2022). INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI MAQOLLARDA" OVQAT" SEMASINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI. Gospodarka i Innowacje, 24, 662-664.
75.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Mirzayeva, D. (2019). PROVERB AS A KIND OF PAREMIOLOGICAL FUND AND AS AN OBJECT OF LINGUISTIC AND METHODOLOGICAL RESEARCH. Мировая наука, (11), 33-36.
10. Mirzaeva, D. (2021). THE ROLE OF PAREMIA IN THE SYSTEM OF NATIONAL CULTURAL HERITAGE. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).
11. Mirzayeva, D. (2021). PROVERBS AND SAYINGS AS A PRODUCT OF THE NATION'S COGNITIVE THINKING. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 1, No. 2). Ismoilova, S., & Xalilova, G. (2022). RESEARCH ON THE ISSUE OF QUESTIONS IN LINGUISTICS. Development and innovations in science, 7(1), 17-19.