Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O’RGANILISHI VA ULARNING TASNIFI'

TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O’RGANILISHI VA ULARNING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3791
429
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
semantika / leksik ma’no / frazeologik birliklar / ekspressiv hususiyat / frazeologik nuqta. / semantics / lexical meaning / phraseological units / expressive feature / phraseological point.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maksetova, Zuhra To’rebayevna, Qambaraliyev, S.B., Yunusov, A.Sh.

Ushbu maqola frazeologik birliklarning tilshunoslikda o’rganilishi haqida bo’lib, unda frazeologiya tilshunoslikning bir qator bo’limlari bilan, jumladan, leksikologiya, stilistika, semantika, etimologiya morfologiya, grammatika bilan bevosita bog’liqligi to’g’risida yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN LINGUISTICS AND THEIR CLASSIFICATION

This article is about the study of phraseological units in linguistics, in which phraseology is directly related to a number of branches of linguistics, including lexicology, stylistics, semantics, etymology, morphology, grammar.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O’RGANILISHI VA ULARNING TASNIFI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O'RGANILISHI

VA ULARNING TASNIFI Maksetova Zuhra To'rebayevna

Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiali "O 'zbek tili va adabiyoti kafedrasi" o'qituvchisi Qambaraliyev S.B.

TDTUOf 1-kurs talabasi Yunusov A.Sh.

TDTUOf 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola frazeologik birliklarning tilshunoslikda o'rganilishi haqida bo'lib, unda frazeologiya tilshunoslikning bir qator bo'limlari bilan, jumladan, leksikologiya, stilistika, semantika, etimologiya morfologiya, grammatika bilan bevosita bog'liqligi to 'g'risidayoritiladi.

Kalit so'zlar: semantika, leksik ma'no, frazeologik birliklar, ekspressiv hususiyat, frazeologik nuqta.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена изучению фразеологизмов в языкознании, в котором фразеология непосредственно связана с рядом разделов языкознания, в том числе с лексикологией, стилистикой, семантикой, этимологией, морфологией, грамматикой.

Ключевые слова: семантика, лексическое значение, фразеологические единицы, экспрессивный признак, фразеологический момент.

ABSTRACT

This article is about the study of phraseological units in linguistics, in which phraseology is directly related to a number of branches of linguistics, including lexicology, stylistics, semantics, etymology, morphology, grammar.

Keywords: semantics, lexical meaning, phraseological units, expressive feature, phraseological point.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, til kishilar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta'minlovchi, avloddan avlodga ma'daniy-ma'naviy shu bilan birga tarixiy an'analarni yetkazuvchi, asosiy fikr almashinish quroli hisoblanadi. Til milliy madaniyatning xazinasi hamdir. Har bir millat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yashayotgan joyning iqtisodiy ijtimoiy tuzumi, san'ati, madaniyati, badiiy ada-biyoti, urf - odati, xalq og'zaki ijodini jamlab uni avloddan avlodga yetkazib berish tilning milliy - madaniy semantikasidir. Semantika tillning barcha qatlamlarida: grammatikasida, leksikasida, fonetikasida ham mavjud. Ammo milliy madaniy semantikasi tilning harakatdagi birliklarida juda aniq namoyon bo'ladi. Bunday til birliklari so'zlar va barqaror birikmalardir. Nutq jarayonida fikrimizni faqat so'zlar yordamida emas balki, ikki yoki undan ortiq so'zlarning barqaror bog'lanishidan hosil bo'lgan, nutqqa tayyor holda kirib keladigan birliklardan ham foydalanamiz. Bu birliklar nutqimizni tasvirlabgina qolmasdan balki uning ma'noli va mazmunli, lo'nda, bo'yoqdor tarzda tasvirlaydi. Tilshunoslikda bunday birliklarni Frazeologiya bo'limi o'rganadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Frazeologiya (yunoncha "phrasis" - ifoda, ibora va logiya) tilshunoslikning shunday bir bo'limiki, boshqa bo'limlardan nutqqa tayyor xolda kirib kelishi, leksik va semantik jihatdan o'zaro mos kelmasligi, ma'no jihatdan turg'unligi bilan farq qiladi. Tilshunoslikning alohida bo'limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e'tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o'rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo'llanish yo'l yo'riqlarini aniqlashga qaratiladi. Uning asosiy muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan so'z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shunga qarab frazeologizmlarni aniqlashdir.

Ma'lum bir tilning xazinasi sifatida frazeologiyani keltirish mumkin. Negaki frazeologiya xalqning tarixini, madaniyati va o'ziga xosligini ko'rsatadi. Frazeologizmlar asosan millatning urf-odatlarini, an'analarini o'zida aks ettiradi. Ammo ingliz tili frazeologiyasida milliy an'analarni ifodalab keluvchi FB(ushbu ilmiy ishda frazeologik birliklar iborasi FB korinishida qisqartirilgan) lar bilan bir qatorda xalqaro frazeologizmlarni ham uchraydi. Bazi FB larda arxaik elementlar saqlanib qolgan. FB larni nutqni bezaydigan vosita sifatidagina qarash noto'g'ri bo'lib, ular ham boshqa til birliklari singari yuqori informativ xususiyatga ega, tilda nominativ va kommunikativ funksiya bajaruvchi birliklardir. Frazeologik birliklari mavjud bo'lmagan birorta til ham yo'q.

Ingliz va amerika tilshunoslari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Ingliz tili frazeologiyasida nisbattan kam foizni tashkil qilib, asosiy frazeologik muammolar va so'zlarning o'zaro munosabati, FB lar variantdoshligi, frazeologiyani o'rganish metodlari, frazeologiyaning fan sifatida rivojlanishi kabi nazariy muammolar asosan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rus tilshunoslari, A.V Kunin, V.V.Vinogradov, H.M. Shanskiy, T.N. Fedulenkovalar tomonidan ishlab chiqilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Frazeologiya tilshunoslikning murakkab sohalaridan biri hisoblanib, u tilshunoslikning bir qator bo'limlari bilan, jumladan, leksikologiya, stilistika, semantika, etimologiya morfologiya, grammatika bilan bevosita bog'liqdir. Frazeologiyani tadqiq qilishda yuqorida sanab o'tilgan sohalar bilan bir qatorda mamlakatshunoslik, fonetika, falsafa fanlar tarixi va mantiqkabi fanlardan xabar bo'lish lozim.

Ma'lumki, har qanday FB so'zlardan tashkil topgan bo'ladi. So'z esa leksikologiyaning tadqiqot ob'yekti hisoblanadi. Leksikologiya va frazeologiyaning o 'zaro bog'liq sohalardan ekanligi shunda namoyon bo'ladiki, FB komponentlari bo'lmish so'zlar tahlilida, albatta, leksikologiyaga oid ma'lumotlarga murojaat qilinadi. Shuningdek, ko'p yillar davomida frzeologiyani leksikologiyaning tarkibiy qismi sifatida o'rganilishi ham bu ikki soha bevosita bir-biri bilan aloqadorligini isbotlaydi. Semantikada tadqiq etiladigan leksik ma'no xususiyatlari, aynan FB larning semantik o'ziga xosliklarini ifodalash va frazeologik sohada ma'noning turli tiplarini ajratishga xizmat qiladi.

Frazeologik birlik tarkibidagi so'z har doim ham o'zining morfologik xususiyatlarini yo'qotmaydi, morfologiya saqlanib qolgan va yo'qotilgan xususiyatlarni o'rganish imkonini beradi. Frazeologiya tarkibida turli xil strukturali ya'ni so'z birikmasi shaklidagi va gap shaklidagi birikmalar kiritiladi. Sintaksisga oid ma'lumotlardan yuqoridagi kabi birliklar grammatik va funksional tahlilida foydalaniladi. Frazeologik stilistika, FB larning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga suyanadi. Zero FB lar tilda nominativ funksiya bajarish bilan bir qatorda, malum bir emotsionallikga, ekspressiv xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.Tilning kelib chiqishi va tarixi FB larning etimologik tahlilida zarur qism hisoblanadi.

Ingliz tilida ham boshqa tillar singari tilning milliy-madaniy semantikasini o'rganish muhim hamda qiziqarli hisoblanadi. Chunki ular avloddan avlodga tilning o'ziga xos ichki tuzilmalarini, tabiat o'ziga xosliklari, mamlakatning iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzilishi, san'ati, urf-odatlari hamda tarixini ham o'zida mujassamlashtira oladi. Ularda bolalar milliy o'yinlari, pul birliklari to'g'risida, milly tabobat, ov hamda baliq ovi haqida, o'simlik va hayvonot dunyosi haqida, insonning tashqi ko'rinishi, kiyinishi va turmush tarzi va ko'plab boshqa milliy mentalitetga xos mavzular aks etgan bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Milliy-madaniy semantika tilshunoslikning barcha bo'limlarida, morfologiyada ham sintaksisda ham hattoki fonetikda ham aks etgan bo'ladi. Faqat u millat madaniyatini bevosita aks ettira oladigan, yaxlit, so'zlashuv nutqida ko'p qo'llanadigan frazeologik birliklarda yorqinroq ifodalanadi.

Frazeologiya alohida fan sifatida shakillanguniga qadar u leksikalogiyaning tarkibi sifatida qaralgan. Frazeologiya muammolariga qiziqish dastlab rus tilshunoslari qiziqa boshlagan bo'lsada, u alohida termin sifatida ilk bor g'arb tilshunosi Sh. Balli tomonidan qo'llanilgan. U o'zining "Stilistikadan ocherklar" va "Fransuz tili stilistikasi" asarlarida so'z birikmalariga yaxlit bir tizim sifatida qarab, ularning grammatik va leksik xususiyatlari, sintaktik strukturasi va atash ma'nolarining o'ziga xosligidan kelib chiqadigan, yaxlit qo'llanila oladigan birlikligini isbotlashga harakat qildi. Birinchi asarda Sharl Balli so'z birikmalarining besh turini farqlagan:

- erkin birikmalar (o'z ma'nosida qo'llaniladigan birikmalar);

- odatiy birikmalar (nisbattan erkin bog'langan birikmalar bo'lib tarkibiga

ba'zi o'zgartirishlar kiritish mumkin) ;

- frazeologik qatorlar (bunda ikki va undan ortiq birliklar birikib yaxlit bir

ma'noni ifodalab keladi, ammo uning tartibiga o'zgartirishlar kiritish

mumkin);

- frazeologik birliklar(bunda o'z ma'nosini tamomila yo'qotgan,

- komponetlari tartibi qat'iy bo'lgan birliklarni kiritadi.

U keyingi asari "Fransuz stlistika" sida odatiy birikmalar hamda frazeologik qatorlarni erkin birikmalar va frazeologik birliklarning tarkibiy qismi sifatida talqin qilgan . Uning bu qarashlari ko'pgina munozaralarga sabab bo'lgan bo'lsada, frazeologiyaning alohida fan sifatida rivojlanishiga turtki bo'ldi.

Tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida ilk bor rus tilshunosi Polivanov tahlil qiladi va u frazeologiyani leksikologiya yoki stilistikaning tarkibiy qismi emas balki mustaqil tilshunoslik bo'limi ekanligini asoslab bergan edi: "Leksikologiya so'zlarning leksik ma'nolarini, morfologiya so'zlarning gramatik ma'nolarini, sintaksis esa so'z birikmalarining grammmatik ma'nolarini o'rganadi. Ammo alohida olingan, ko'chma ma'noli so'z birikmalarining, individual ma'nolarini o'rganadigan tilshunoslikning bo'limiga ehtiyoj sezilmoqda" U tilshunoslikda frazeologiya ham, morfologiya yoki fonetika singari muhim ahamiyat kasb etadigan bo'lim ekanligini ta'kidlab o'tgan tilshunoslardan biridir.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. THE IMPORTANCE OF THE DIDACTIC SYSTEM IN TEACHING ENGLISH IN NON-PHYLOLOGICAL DIRECTION Makhsetova Zuhra Turebaevna Almalyk branch of Tashkent state technical university named after Islam Karimov, English language teacher EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Volume 1 Issue 9, December 2021

2. O'ZBEK VA INGLIZ BADIIY ASARLARIDA G'AYRIODATIY BIRIKMALARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI (Ernest Xeminguey va Abdulla Qahhor ijodida) M.I.Dexqonova, I. Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali "Ozbek tili va adabiyoti" kafedrasi assistenti АНДРИЯНОВСКИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ЧТЕНИЯ 11 февраля 2022 года

3. PHRASEOLOGICAL UNITS IN TRANSLATION Makhsetova Z.T. master's student Chirchik Pedagogical Institute Tashkent region "Экономика и социум" №7(74) 2020

4. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ С КОМПОНЕНТОМ-ЗООНИМОМ В КИТАЙСКОМ И АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКАХ З. Т. Махсетова ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.