Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI (PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA)'

BOSHLANG‘ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI (PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
783
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy material / PIRLS / PISA / konsepsiya / matn / badiiy asar / she‟riy matn. / literary material / PIRLS / PISA / concept / text / work of art / poetic text.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mohinur Nizomiddin Qizi Akbarova

Ushbu maqolada ona tili darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturi materiallaridan foydalangan holda dars mashg‟ulotlarini tashkil etish to‟g‟risida so‟z boradi. PIRLS xalqaro dasturi o„quvchilarning matnni o„qib tushunishlari, yangidanyangi g„oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo„lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo„lishni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan. O„quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o„quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o„quvchilardan obyektiv testlarni o„tkazish orqali amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses how to organize lessons in native language classes using the materials of the PIRLS international assessment program. The PIRLS international program aims to provide students with a broader understanding of the ability to read and comprehend text, to come up with new ideas, ideas about other cultures and different countries. Assessment of student achievement is based on objective tests, not on all students, but on students selected as representatives of this layer

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI (PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA)»

BOSHLANG'ICH SINF ONATILI DARSLARIDA ADABIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH USULLARI (PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA)

Mohinur Nizomiddin qizi Akbarova

Namangan Davlat Universiteti Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)

1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ona tili darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturi materiallaridan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini tashkil etish to'g'risida so'z boradi. PIRLS xalqaro dasturi o'quvchilarning matnni o'qib tushunishlari, yangidan-yangi g'oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo'lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: adabiy material, PIRLS, PISA, konsepsiya, matn, badiiy asar, she'riy matn.

ABSTRACT

This article discusses how to organize lessons in native language classes using the materials of the PIRLS international assessment program. The PIRLS international program aims to provide students with a broader understanding of the ability to read and comprehend text, to come up with new ideas, ideas about other cultures and different countries. Assessment of student achievement is based on objective tests, not on all students, but on students selected as representatives of this layer.

Keywords: literary material, PIRLS, PISA, concept, text, work of art, poetic

text.

KIRISH

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish hamda 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko'rish vazifalari belgilab berildi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining ta'lim tizimidagi yutuqlarini baholash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazuvchi hamda islohotlarni amalga oshirishda ko'maklashuvchi nufuzli xalqaro tashkilotlar mavjud. O'zbekistonning ushbu tadqiqotlardagi ishtiroki va natijalari dunyo hamjamiyatida umume'tirof etilishi, yosh avlodni xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda yangi innovatsion usullarda ta'lim olishini ta'minlash hamda olgan bilimlarini amalda samarali qo'llay bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida o'quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida urg'u bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish, o'quvchilarning bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.

Shu asosda o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasi ni baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o'quvchilarning matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha xalqaro baholash (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

2021-yilda o'tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang'ich ta'limda tahsil olayotgan o'quvchilarning o'qib tushunish ko'nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi.

PIRLS dasturida asosiy e'tibor 4-sinf o'quvchilariga qaratiladi, buning boisi odatda, ushbu rivojlanish davrida o'quvchilar o'qish ko'nikmasini hosil qilgan bo'lib, endi bu ko'nikmadan boshqa fanlarni o'rganishda foydalanayotgan bo'ladi. Ma'lumki, o'qish savodxonligi insonlarning o'qishdan ko'zlagan maqsadlari bilan bevosita bog'liqdir. Ko'pgina yosh o'quvchilar endigina o'qishni boshlaganlarida asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o'quvchilarga o'zlarini o'rab turgan muhit haqida informatsion va savollariga javob beruvchi ma'lumotlarga boy matnlarni o'qiydi. O'quv dasturiga ko'ra, kitob va boshqa bosma materiallardan ma'lumot olish uchun o'qish muhim ahamiyatga ega ekanligi bois,

yosh o'quvchilar o'qish savodxonligini rivojlantirib, o'rganish uchun o'qishlari kerakligi talab qilinmoqda. Odatda o'qishdan ko'zlangan har qanday maqsad ma'lum turdagi matnlar bilan bog'liqlikka ega. Misol uchun, badiiy savodxonlikni oshirish uchun o'qish odatda fantastik asarlarni mutolaa qilish bilan bog'langan, vaholanki, ma'lumot olish va ulardan foydalanish esa ma'lumotga boy maqolalar va ko'rsatmaga oid matnlarni o'qish orqali amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, o'qishdan ko'zlangan maqsadlar alohida matn turi bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, tarjimai hollar odatda axborot beruvchi yoki badiiy matn turkumiga mansub material hisoblanadi, ammo ular o'qishdan ko'zlangan har ikkala maqsad xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda shakllantirish yordamida, ularda aks etgan fikr-mulohazalarni qay tartibda tashkillashtirilgani va taqdim etilganiga qarab farqlanadi. Matnlar tuzilishi va shakliga ko'ra, yozma materiallari tartib bilan joylashtirilgan matnlardan to tasvirli va jadvalli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan qisqa so'zlar va iborali matnlargacha bo'lib, bir-biridan keskin farq qiladi. Ma'lum matn janriga xos bo'lgan mazmun, tarkib va uslub o'quvchiga matnni o'qib tushunishiga yaqindan yordam beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

PIRLS xalqaro dasturi o'quvchilarning matnni o'qib tushunishlari, yangidan-yangi g'oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo'lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalari qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.

Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O'quvchi va matn o'rtasidagi o'zaro munosabat o'rnatilsagina matnning mazmuni anglashiladi va o'qishdan ko'zlangan maqsadga erishiladi. PIRLS baholash dasturi uchun matnlarni saralab olishda asosiy jihat o'qishdan ko'zlangan maqsadlardan kelib chiqib, bir necha matn turlarini taqdim etishdir. Bunda, asosiy maqsad o'quvchilar uchun ham maktabda ham maktabdan tashqarida olib boriladigan o'qish mashg'ulotlariga o'xshash muhit yaratishdan iboratdir.

O'quvchi bu jarayonning faol ishtirokchisi bo'lib, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma matnlarni ham o'z ichiga oladi.

Badiiy kitoblarni o'qishda o'quvchilar voqealar, voqea joylari, obrazlar, o'qibatlar, personajlar, asar muhiti, hissiyotlar va g'oyalar bilan yo'g'rilgan matnni o'qiydi va matndan huzurlanadi. Adabiyotni tushunish va uni qadrlash uchun, har bir o'quvchi matnda (asarda) sodir bo'ladigan voqealar, hissiyotlar, tildan foydalanish san'ati hamda badiiy shakl haqida bilimni o'z hayolidan o'tkazishi kerak. Adabiyot yosh o'quvchilar uchun o'zlari hali boshidan kechirmagan holatlar va hissiyotlarni kashf etish imkoniyatini beradi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlar hayoliy bo'lsada, o'quvchiga ular real hayotda sodir bo'layotgandek tasavvur uyg'otadi va o'quvchiga ularni hayolan boshidan kechirish imkonini beradi.

Matn (yoki badiiy asar) asarning hikoya qilib beruvchi yoki uning asosiy qahramonini kelajakda nima qilmoqchi ekanini bildirib turishi mumkin. Murakkabroq matnlar esa undanda ko'proq dunyoqarash yoki keskinliklarga ega bo'lishi mumkin. Matnning g'oyasi va undagi ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri yoki dialoglar hamda voqealar ko'rinishida tasvirlanadi. Badiiy tajriba orttirish tartibda bayon qiladi yoki asar voqealariga qaytish yoki vaqtni avvalga qaytarish orqali bayon qiladi. PIRLS xalqaro dasturida qo'llanilgan badiiy matnlarning asosiy shakli badiiy janrga mansub bo'ladi. Ishtirokchi mamlakatlardagi o'quv dasturlari va madaniy jihatdan yuzaga keladigan farqlaridan kelib chiqib, PIRLS xalqaro dasturi doirasida ayrim badiiy matnlarni topshiriq sifatida tanlab olish qo'shimcha murakkablik tug'diradi. Misol uchun, sher'iy matnlarni tarjima qilish o'quvchilar uchun qiyinlik tug'dirgani bois, ularni topshiriqlarga qo'yilmaydi.

Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi va o'qiladi. Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi ma'lumot berishdan iborat bo'lgani sababli, odatda yozuvchilar o'zlari yoritmoqchi bo'lgan mavzuga turli maqsad bilan yondashadi. Ko'pgina axborot beruvchi matnlarda faktlar biror topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi to'g'ridan-to'g'ri bayon etiladi. Shunga qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga ega. Misol uchun, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli insholar yoki puxta o'ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni o'quvchiga yetkazib berishi mumkin. O'quvchi o'z dunyoqarashini shakllantirish uchun mazkur matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. O'quvchi matnlarning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma'lumotlar boshqacha tartibda, ya'ni uning mazmuni, tuzilishi va shakli o'zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. Boshlang'ich sinf o'quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi

matnlarni, jumladan, ilmiy, tarixiy, jo'g'rafiy yoki ijtimoiy matnlarni o'qishlari mumkin.

O'qishdan ko'zlangan haг ikkala maqsad ham boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun biгdek muhim bo'lgani bois, PIRLS dasturi har bir maqsadni baholovchi, bir xil miqdoráagi materializan tashkil topadi. O'z navbatida, ushbu maqsadlaming haг biгi to'гtta keng tushunish jarayonini biгlashtiгadi. Bular:

1. Diqqatni jamlash va aniq ko'reatilgan ma'lumotni topish;

2. To'g'гidan-to'g'гi xulosa^ chiqaгish;

3. Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash;

4. G'oya^ va ma'lumotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.

Diqqatni jamlash va aniq ko^satilgan ma'lumotlarni topish:

1. O'qishdan ko'zlangan muayyan maqsadga bog'liq ma'lumotni aniqlash va qidirish;

2. Ma'lum mulohazalami qidirish;

3. Matndagi so'z yoki ibora^ ta'rifini qidirish;

4. Hikoyaning sodn bo'lgan joyi va vaqtini aniqlash;

5. Matnning asosiy mavzusini topish (aniq bayon etilgan bo'lsa);

6. Chizmadagi ma'lum ma'lumotni aniqlash.

To'g'ridan-to'g'ri xulosa^ chiqarish:

1. Впш voqea boshqasini sodñ bo'lishiga sabab bo'lishi haqida mulohaza yuritish;

2. Asar qahramonining hatti-harakatlarini asoslash;

3. Asarning ikki qahramoni o'гtasidagi munosabatni tasviгlash;

4. Matnning aynan qaysi qismi muayyan maqsad uchun xizmat qilishini aniqlash.

Kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash:

1. Matnda berilgan ma'lumotlarni to'liqligi yoki aniqligini muhokama qilish;

2. Matnda tasviriangan voqea^ chindan sodn bo'lishi ehtimolini baholash;

3. Muallif tomonidan ilgari surilgan mulohaza insonlami o'y- hayollari va trnmush tarnni qay daгajada o'zgartirishi mumkinligini baholash;

4. Matn sarlavhasi uning asosiy mavzusini qay darajada yoritib berishini muhokama qilish;

5. Metafora yoki uslubiyat kabi til vositalari ta'sirini tasviriash;

6. Matndagi ko^gazmali vositalaг ta'siгini aniqlash;

7. Matndagi yondashuvlar yoki noaniqliklarni aniqlash;

8. Muallifning matnnning markaziy mavzusi borasidagi maqsadini aniqlash.

G'oyala! va ma'lumotni talqin qilish va umumlashtirish:

1. Matnning umumiy mazmuni yoki mavzusini tushunish;

2. Hikoya qahramonining hatti-harakatlariga muqobil hatti- harakatlarni inobatga olish;

3. Matnda berilgan ma'lumotlarni qiyoslash va zidlash;

4. Hikoya ruhiyati yoki mohiyati ustida mulohaza yuritish;

5. Matnda berilgan ma'lumotni hayotiy voqealar (ma'lumotlar) orqali talqin etish;

6. Matnlarning o'zida va umumiy tarzda berilgan ma'lumotlarni qiyoslash va zidlash.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta'lim sifatini baholashga yo'naltirilgan PIRLS singari xalqaro baholash dasturlari O'zbekistonda ilk marta o'tkazilayotganligi sababli ularni shaffof va obyektiv o'tkazish soha xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi va unga puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. PIRLS xalqaro dasturi o'quvchilarning matnni o'qib tushunishlari, yangidan-yangi g'oyalar, boshqa madaniyatlar va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo'lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. O'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalari qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.

2. Oliy Majlisga murojaatnoma 2020-yil 24-yanvar.

3. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O'zbek tili (ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) . Toshkent. "Sharq" nashriyot-matbaa konserni. 1999-yil,1-maxsus son.

4. O'zbekiston Pespublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni". 1997-y 29-avgust.

5. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2006-yil.

6. A.G'ulomov, M.Qodirov "Ona tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Universitet" nashriyoti. 2001-yil.

7. "O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari" Toshkent. "O'qituvchi" nashriyoti.

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

10. Свлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

11. Свлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.