PIRLS TALABLARIASOSIDA OQUVCHILARNING ANGLASH VA UNI IZOHLASH MALAKALARINI MUSTAQIL ISHLAR JARAYONIDA
RIVOJLANTIRISH
Maftuna Faxriddinovna Qurbonova
Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i maftunaqurbonova29@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqolada o'qish fanidan ta'lim sifatini baholovchi xalqaro PIRLS tadqiqotlari talablari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining anglash va uni izohlash malakalarini rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: PIRLS tadqiqotlari, ta'lim sifati, boshlang'ich sinf, baholash mezonlari, o'qish savodxonligi, o'qish va tushunish darajasi.
РАЗВИТИЕ В ПРОЦЕССЕ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ НАВЫКОВ ПОНИМАНИЯ И ИНТЕРПРЕТАЦИИ УЧАЩИМИСЯ НА
ОСНОВЕ ТРЕБОВАНИЙ ПИРЛС
Аннотация: В этой статье рассматривается развитие навыков понимания и интерпретации учащихся начальных классов на основе требований международных исследований PIRLS, оценивающих качество образования по предмету чтение.
Ключевые слова: исследование PIRLS, качество образования, начальный класс, критерии оценки, уровень грамотности чтения, уровень чтения и понимания.
DEVELOPMENT OF STUDENTS' UNDERSTANDING AND INTERPRETATION SKILLS IN THE PROCESS OF INDEPENDENT WORK BASED ON THE REQUIREMENTS OF THE PIRLS
Abstract: This article examines the development of understanding and interpretation skills of primary school students based on the requirements of the international PIRLS studies that assess the quality of education in the subject of reading.
Keywords: PIRLS study, quality of education, primary grade, assessment criteria, reading literacy level, reading and comprehension level.
Maktabning 15 yoshli o'quvchilariga qaratilgan PISA tadqiqotidan farqli o'laroq, PIRLS boshlang'ich sinfni tugatgan 10 yoshli bolalarning ish faoliyatini tekshiradi. Boshqa davlatlar boshlang'ich sinfda o'qish uchun asosiy ko'nikmalarni berish orqali umrbod o'rganish uchun zamin yaratadilar.
PIRLS ning maqsadlari o'qish qobiliyatiga ega bo'lish bilan cheklanmaydi. Tadqiqot o'quvchilarning o'qish ko'nikmalari (ijtimoiy kelib chiqishi, o'qish odatlari, o'qitish strategiyasi va boshqalar) bilan bog'liq ma'lumot to'playdi hamda maktab yoki sinfdagi individual va ijtimoiy sharoitlarni tushunishga yordam beradi. PIRLS xalqaro tadqiqotlariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri qiyosiy tahlil qilish imkonini beradigan topshiriqlardan foydalanish hisoblanadi. Shu sababli topshiriqlarni shakllantirish jarayonida o'tgan yillarda foydalanilgan nazorat materiallari blokidan foydalanilgan. Shuningdek, asosiy e'tibor tadqiqot jarayonini standartlashtirishga qaratiladi. Shu sababli PIRLS tadqiqoti qat'iy belgilangan yagona instruksiya asosida amalga oshiriladi. Tadqiqotning konseptual g'oyalariga asosan badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni o'qish darajasini baholashda 4 turdagi o'qish ko'nikmalari baholanadi:
-yaqqol ko'rinishda berilgan ma'lumotlarni topish;
- o'qilgan matn asosida xulosalarni shakllantirish;
- axborotlarni umumlashtirish va interpretatsiya qilish;
-matnning strukturasi, tilga xos xususiyatlarni mazmunini baholash va tahlil qilish.
PIRLS doirasida bajarilgan ishlarni miqdor va sifat ko'rsatgichlari asosida baholash maqsadida quyidagi baholash tizimidan foydalaniladi:
-javobini tanlashga oid topshiriqlar 1 ball bilan;
-voqea va hodisalarning ketma-ketligiga oid topshiriqlar va qarorlar 1 ball bilan;
-javobi yoziladigan ochiq turdagi konstruktiv xarakterdagi topshiriqlar qiyinchilik darajasiga ko'ra 1 baldan 3 balgacha baholanadi.
2001-yilda tashkil etilgan tadqiqotda 35 davlat, 2006-yildagi tadqiqotda 40 davlatdan 215 ming o'quvchi, 2011-yilda 45 davlatdane 325 ming o'quvchi ishtirok etgan. Mazkur tadqiqotlarda Gonkong, Finlyandiya va Singapur davlatining 4-sinf o'quvchilari eng yuqori natijalarni qayd etganlar[1].
PIRLS tadqiqotlarida darsda o'quvchilar tomonidan eng ko'p qo'llaniladigan o'qishning quyidagi ikki turi o'rganiladi:
Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o'qish.
Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o'qish.
O'quvchilarga ikki xil topshiriq beriladi:
1. Adabiy o'qish tajribasini o'rganish;
2. Axborotni ishlab chiqish va undan foydalanish.
O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash.
PIRLS ning asosiy vazifalaridan biri o'qish sifati dinamikasini o'rganishdir. O'qish uchun zarur shart bu har bir qismda matnlar va ularga berilgan topshiriqlarning bir qismini qayta ishlatishdir.
Xalqaro ekspertlar o'qish savodxonligini badiiy va axborotli matnlarni o'qish sifatini va o'qish qobiliyatining individual guruhlarini baholash ko'lamiga muvofiq baholaydilar. [2]
Matnni o'qish jarayonida o'quvchilarning ehtiyoji ham ahamiyatlidir. O'quvchining savodxonligini oshirgan sari uning maqsadlari ham o'zgara boshlaydi. Oldin shunchaki matnni o'qigan bo'lsa, endi bu ehtiyoj yanada murakkablashadi, ya'ni qahramonning xatti - harakatlarini anglab tushunish, uning maqsadlarini aniqlash va hattoki keyingi harakatlarini taxmin qilish kabi jarayonlar yuzaga keladi. O'quvchining yoshini inobatga olgan holda illyustrativ matnlardan foydalanish o'quvchi tasavvurini boyitish, rasmlar orqali matn mazmun-mohiyatini tez anglab olish kabi qobiliyatlarini yanada yaxshilashga, uning qiziqishi orttirishga erishish mumkin.
O'qish bevosita og'zaki nutq bilan bog'liq bo'lib, ifodali o'qish ko'nikmasini shakllantirishga, o'quvchilar orasida matndagi ma'lumotlarni o'zaro muhokama qilish, tahlil qilish orqali muloqotga kirishishga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda mantiqiy fikrlash kattalardagidek rivojlanmagan, shuning uchun ular ko'proq vizual tasavvurni ishga solishadi. Matnda uchraydigan narsa-buyum, hayvonlar yoki predmetlar haqida vizual tushunchaga ega bo'lib, so'ngra muntazam shular haqida fikr yuritish orqali o'quvchilarlarda mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi.
O'qish ko'nikmasini rivojlantirishda to'rt sifatni ko'zdan qochirmaslik kerak: to'g'ri va xatosiz o'qish, ravon o'qish, anglab o'qish va ifodali o'qishdir.[3]
To'g'ri o'qish deganda so'z ma'nolarini buzmasdan, adabiy normalarga rioya qilib o'qishdir; ravon o'qishda - matnni o'qish tezligi tushuniladi, odatda bir daqiqada nechta so'z o'qilishi nazarda tutiladi; anglab tushunish - bu tinglovchiga matnning asosiy mazmunini yetkazib berish va o'z munosabatini bildirishdir; ifodali o'qish - pauza va intonatsiyalar bilan tinish belgilarga rioya qilgan holda
o'qishdir. O'quvchilarda asar qahramonlarini emotsional holatlarini namoyon qila olish qobiliyati, muayyan bir his tuyg'uni ifodalay olish, masalan, xafa bo'lish, xursand bo'lish kabi holatlarni ifodalashda ko'rgazmali qurollar, rasmlar juda katta yordam beradi. Ertak qahramonlarining holati, xatti-harakatlarini o'xshatish, topishmoqlarni chaqqonlik bilan topishlari yoki hikoyalarni o'qiganlarida bo'lgan voqeadan ta'sirlanishlari ham o'quvchilarning emotsianal holatiga bog'liqdir.
PIRLSga o'quvchilarni tayyorlashda o'rganilayotgan obyektlar bilan integratsiyalashgan yondashuv va aloqalar, o'rganishdagi aqliy faoliyatni faollashtirish, vizual in'ikolarni rivojlantirish, xulosalar, qo'shimcha ma'lumotni nafaqat o'quv materiallari bo'yicha, balki kundalik hayotda ham topish muhim ahamiyatga ega. PIRLS tadqiqoti bo'yicha o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O'qish savodxonligining bu ko'rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko'plab o'qish nazariyalarini aks ettiradi.[4]
Interactiv jarayon bu - o'quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o'quvchi va matn orasidagi muloqot orqali ma'lumot yaratish.
Konstruktiv jarayon berilgan nostandart ko'rinishdagi matnlar asosida o'quvchi ma'noni yaratadi. konstruktiv so'zi inglizchadan olingan bo'lib «construct» - yaratmoq degan ma'noni bildiradi. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS standarti asosida o'quvchilarning o'qish va tushunish darajasini sinfda va sinfdan tashqari o'qish jarayonini mustaqil tarzda hamda o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning qiziqishi, bilish darajasi, qobiliyatini baholagan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
PIRLS baholash dasturining maqsadi o'quvchilarning badiiy tajriba orttirishi hamda ma'lumot olishi va ulardan foydalanishi uchun o'qitish jarayonini tashkil etishga erishishdir.
O'qituvchining asosiy vazifasi - bolani vaziyatdan chiqib ketish va kreativ fikrlashga o'rgatish, axborotning mo'l-ko'lligini to'g'ri yo'naltirish, kerakli ma'lumotlarni olish va ulardan foydalanishdan iborat. O'qituvchi o'quvchilarni haqiqiy hayotga, to'g'ri fikrlashga, xulosaga tayyorlashi kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagill 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining — Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2018-yil 8- dekabrdagi 997-sonli qarori.
3. A.Ismoilov, D.Norboyeva, K.Kucharova, Z.Qosimova, N.Aminova. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining savodxonligini baholash. (o'quv qo'llanma) - T.: Sharq, 2019. -94 b.
4. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash (Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma) «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent - 2019.