Научная статья на тему 'GEOMETRIYADAN PISA XALQARO BAHOLASH MASALALARINI YECHISH METODLARI'

GEOMETRIYADAN PISA XALQARO BAHOLASH MASALALARINI YECHISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1710
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA tadqiqoti / matematik savodxonlik / PISA topshiriqlari / matematik kompetentlik / baholash / metodlar. / PISA research / mathematical literacy / PISA assignments / mathematical competence / assessment / methods.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shaxnoza Olim Qizi Qalandarova

Ushbu maqolada geometriyadan pisa xalqaro baholash masalalarini yechish metodlari vaxalqaro baholash dasturi tadqiqotlari xulosasiga oid uslubiy tavsiyalar keltirilgan. Oʼquvchilarning taʼlimiy yutuqlarini baholash boʼyicha xalqaro dastur(inglizcha Programme for International Student Assessment, PISA) dunyoning barcha davlatlaridagi oʼquvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qoʼllashni bilish darajasini baholovchi testdir. Bu testlar 3 yilda bir marotaba oʼtkaziladi. Bunda 15 yoshli oʼsmirlar qatnashadi. 1997 yilda ishlab chiqilgan. 2000 yilda birinchi marotaba qoʼllanilgan. Bu testlar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsortsiumda yetakchi xalqaro ilmiy tashkilot bilan milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF SOLVING THE PROBLEMS OF INTERNATIONAL ASSESSMENT OF PISA FROM GEOMETRY

This article provides methodological recommendations on how to solve the problems of international assessment of geometry and the conclusion of the research of the international assessment program. The Program for International Student Assessment (PISA) is a test that assesses the literacy of students in all countries of the world and their ability to apply this knowledge in practice. These tests are conducted once every 3 years. 15-year-olds will take part in it. Developed in 1997. It was first used in 2000. These tests are organized by the Organization for Economic Cooperation and Development in a consortium with a leading international scientific organization with the participation of national centers.

Текст научной работы на тему «GEOMETRIYADAN PISA XALQARO BAHOLASH MASALALARINI YECHISH METODLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

GEOMETRIYADAN PISA XALQARO BAHOLASH MASALALARINI

YECHISH METODLARI

Shaxnoza Olim qizi Qalandarova

Nizomiy davlat pedagogika universiteti Matematika o'qitish metodikasi yo'nalishi

1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada geometriyadan pisa xalqaro baholash masalalarini yechish metodlari vaxalqaro baholash dasturi tadqiqotlari xulosasiga oid uslubiy tavsiyalar keltirilgan. O'quvchilarning ta'limiy yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur-(inglizcha - Programme for International Student Assessment, PISA) - dunyoning barcha davlatlaridagi o'quvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qo'llashni bilish darajasini baholovchi testdir. Bu testlar 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Bunda 15 yoshli o'smirlar qatnashadi. 1997 yilda ishlab chiqilgan. 2000 yilda birinchi marotaba qo'llanilgan. Bu testlar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsortsiumda yetakchi xalqaro ilmiy tashkilot bilan milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.

Tayanch so'zlar: PISA tadqiqoti, matematik savodxonlik, PISA topshiriqlari, matematik kompetentlik, baholash, metodlar.

METHODS OF SOLVING THE PROBLEMS OF INTERNATIONAL ASSESSMENT OF PISA FROM GEOMETRY

Shakhnoza Olim kizi kalandarova

Nizami State Pedagogical University, 1st year master's degree in Mathematics Teaching

Methods

ABSTRACT

This article provides methodological recommendations on how to solve the problems of international assessment of geometry and the conclusion of the research of the international assessment program. The Program for International Student Assessment (PISA) is a test that assesses the literacy of students in all countries of the world and their ability to apply this knowledge in practice. These tests are conducted once every 3 years. 15-year-olds will take part in it. Developed in 1997. It was first used in 2000. These tests are organized by the Organization for Economic Cooperation and Development in a consortium with a leading international scientific organization with the participation of national centers.

Keywords: PISA research, mathematical literacy, PISA assignments, mathematical competence, assessment, methods.

KIRISH

XXI asr - informatsion texnologiyalar asri. Bu asr o'z mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, o'z sohasida iloji boricha ko'proq ma'lumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan bo'lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar bo'yicha mukammal onlayn ma'lumotlar bazalari yaratildiki, endi bu ma'lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi ma'lumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda —kosa tagidagi nimkosani ko'ra olish kompetensiyasi birinchi o'ringa ko'tarilayapti.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siesatini takomillashtirish masalalari alohida o'rin egallaydi. Harakatlar strategiyasi xonalari faoliyatidan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida eshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb qilishdir [2]. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo'lib O'zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta'minlash maqsadida ta'lim jaraeniga zamonaviy endashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban natijaviylikka e'tiborni qaratmiz.

Mamlakatimizda ta'limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan bugungi kunda 2021-yilda o'tkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat qatori O'zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning tadqiqotga munosib tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Bunda o'quvchilarimiz qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda o'zini munosib namoyon etishi mumkin. 1990-yillarning oxirida ta'lim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qo'llash g'oyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur -PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu -matematika, o'qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo'yicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to'plamidir. Bunday baholash har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o'quvchilari o'rtasida tasodifiy tanlov asosida o'tkaziladi. PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o'quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish

kontekstda ham ijodiy qo'llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan insonlar o'rtasida o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o'ichaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog'liq.

PIS A tadqiqotlari har bir mamlakatga o'zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta'lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etadi, ya'ni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu tadq iqot natijalari orqali javob topadi.

Ma'lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish uchun matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go'zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shug'ullanish kerak bo'ladi. PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida e'tiborga molik omil, bu -maksimal darajaga erishgan o'quvchilar soni emas, 3 muhim yo'nalishning har birida past ko'rsatkichlarga ega o'quvchilar sonining kamligi. Majburiy ta'lim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bog'chalariga boradi. Bitta tarbiyachiga to'g'ri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi bo'yicha o'rtachaning yarmini tashkil etadi. 15 yoshli o'quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni matematik savodxonlik tushunchasiga asoslanadi. Matematik savodxonlik - bu "insonning u yashayotgan dunyoda matematikaning o'rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik mulohazalar yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaroga mansub hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida matematikadan foydalanish qobiliyati ". Yuqorida keltirilgan ta'rif 2009 yilgacha qo'llanilgan bo'lib 2012 yilda matematik savodxonlikni bu ta'rifiga matematika yordamida kontekstda berilgan masalani yechish uchun tafakkur jarayonlari bilan bog'liq o'zgarishlar kiritilgan [3]. Ma'lumki, qo'yilgan masalani yechish uchun uni matematik tarzda ifodalash (formalizatsiya qilish), ma'lum matematik tushunchalar, faktlar, usullar va mulohazalarni qo'llash, olingan matematik natijalarni matematik masala berilgan kontekstni hisobga olgan holda talqin qilish va baholash zarurdir. Matematik savodhonlikning yangi ta'rifida turli muammolarni matematikani qo'llagan holda yechish jarayonida intellektual faoliyatning shu tomonlari o'z aksini topdi.

"Matematik savodxonlik - shaxsning matematikani turli kontekstlarda formalizatsiya qilish, qo'llash va talqin qilish qobiliyatidir. U hodisalarni tushunish, tushuntirish va bashorat qilish uchun o'z ichiga matematik mulohazalarni yuritish, matematik tushunchalarni, usullarni, faktlarni va vositalarni qo'llash kabi jihatlarni olgan. Matematik savodxonlik insonlarga dunyoda matematikaning o'rnini tushunish, konstruktiv , faol va fikrlaydigan fuqaroga zarur bo'lgan mulohazalarni yuritish hamda qarorlarni qabul qilishga yordam beradi [4].

Matematik savodhonlikning aniqlashtirilgan ta'rifi matematik vositalar bilan ishlash ko'nikmalarini o'z ichiga olgan. Ularga ishlatilishi umume'tirof bo'lgan va kengaytirilishi davom etgan 21-asrning texnologiyasiga mansub fizik va raqamli asboblar kiradi. Ravshanki, bu ko'nikmaga ega bo'lish sharti zamonaviy insonning muvaffaqiyatli bo'lishiga zarurdir.

MUHOKAMA

PISA tadqiqotining maqsadi - o'quvchilarda kundalik hayotda matematikani qo'llashga tayyor bo'lish - alohida turdagi topshiriqlarni ishlab chiqishni taqozo etadi. O'quvchilarga an'anaviy baholashda qo'llaniladigan tipik o'quv topshiriqlar o'rniga real muammoli vaziyatlarga yaqin bo'lgan hamda o'quvchi matematik tayyorgarligiga mos bo'lgan topshiriqlar taklif qilinadi [5]. PISA tadqiqotida asosan o'quvchilarda qiziqishini uyg'otadagan hamda ularning shaxsiy dunyosiga yaqin bo'lgan vaziyatlar qaraladi. Jumladan, o'quvchilarning shahsiy turmushi va maktabdagi ta'lim-tarbiyasi, so'ng kasbiy faoliyat, mahalliy jamiyatning va butun insoniyatning xayoti professional faoliyat, mahalliy jamoa va butun insoniyatning kundalik hayoti real dunyoning eng yaqin qismi sifatida olingan.

Fan bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar real dunyoning eng uzoq vaziyatlaridir. Shunday qilib, topshiriqlarni tuzishda kontekstning 4 toifasi qo'llaniladi: shahsiy hayot, ta 'lim kasbiy faoliyat, ijtimoiy hayot va ilmiy faoliyat.

Bu kontekstlarda berilgan muammolar o'quvchilarning xayotiy tajribalari yoki amaliyotining qismidir. Ma'lumki, matematika fanidan maktab darsliklardagi topshiriqlar asosiy maqsadi matematikani real muammoni hal etishga tadbiq qilishga, nisbatan ko'proq o'quvchini matematikadan ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun matematikani shunday qo'llanishga e'tibor qaratish PISA topshiriqlarini rejalashtirish va tahlil qilishning asosiy jihati hisoblanadi [6]. Bu jihat esa matematik savodxonlik ta'rifi bilan chambarchas bog'liq.

Ilmiy faoliyatga oid kontekstlar odatda matematikani fan va texnologiyaga, fizik hodisalarga bag'ishlangan (masalan, mavjud statistik ma'lumotlar asosida zilzila ro'y berish-bermasligi to'g'risida hulosa chiqarish). Bu kontekstlarda ob-havo yoki iqlim, ekologiya va tibbiyot, koinot, genetika muammolari qaralishi mumkin. Ularda nazariy savollar (masalan, aholining turli taqsimotlari) yoki bevosita real hayotga bog'liq bo'lmagan sof matematik masalalar (masalan, uchburchakning ikki tomoni berilganda uchinchi tomonni topish). PISA dasturining asosiy maqsadlarini amalg oshirishda o'quvchilarning kopetentsiyalarini qay darajada ekani bilan bog'lash mumkin. Bunda DTS quyidagi talablarni o'quvchilarga belgilab berilgan [7].

Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta'lim jarayoning mohiyati - o'quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalari va tajribalari asosida

hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo'ladi. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarga nafaqat bilim, ko'nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo'llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni ko'zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta'lim tizimi oldiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta'lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta'lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya'ni ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta'lim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilmfan, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari" tasdiqlandi. Unga ko'ra, barcha umumta'lim fanlari bo'yicha davlat ta'lim standartlari, o'quv dastur va rejalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilandi [8].

NATIJA

Ma'lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o'zini-o'zi boyitib borishi, ya'ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma'lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o'tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo'lgan. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o'quvchilarni o'ylashga, to'g'ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o'quvchilarni o'ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi [9]. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o'quvchilar to'g'ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o'rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetensiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi "ishlash"dan to'xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf ta'biri bilan aytganda, "Matematika - aql gimnastikasidir" Yoshlik chog'idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o'quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to'g'ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo'lishi shart emas. Har qanday matematik masala ham o'quvchini o'ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida

hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to'g'ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya'ni ma'lum dalillar asosida uning to'g'ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi [10].

Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish. 1-masala (Mashhur ziyoratgoh). Samarqand shahri O'zbekistonning eng go'zal joylardan biri hisoblanadi. 1-savol. Samarqand shahrini 2017 yil 1 iyul-27 avgust kunlari tahminan 200 000 nafar horijiy mexmonlar ziyorat qilishdi. Kuniga shaharga o'rtacha nechta horijiy mexmon tashrif qildi? A. 340 B. 710 C. 3400 D. 7100 E.7400 2-savol. Mister Smit mexmonxonasidan Registon maydonigacha masofa 9 km ga teng. U mexmonxonaga kechasi soat 20.00 da qaytishi lozim. Dam olish, ovqatlanish hamda shaharni zièrat qilganda uning dune bo'yicha o'rtacha tezligi tahminan 1,5 km/soat ekan. Vaqtida qaytish uchun, Mister Smit mehmonhonadan soat nechada chiqishi kerak? 23 3-savol. Mister Smit Registon maydonigacha 9 km yurganda qadamlar sonini hisoblaydigan maxsus moslamani ishlatdi. Bu moslama 22500 qadamni belgilanganligi ma'lum bo'ldi. Mister Smitnng bir qadami o'rtacha necha santimetr? Bu masalani yechishda o'quvchilar vaqt, tezlik, masofa kabi kattaliklar bilan hisob-kitob qilish va baholash bilan birga atrof-borliqdagi hodisa va jaraenlarni matematik tilda ifodalay olish orqali matematik tafakkur yurita olish va tahlil qilish kompetensiyalarni namoen qiladilar. Masala yechish jaraenida o'quvchilar O'zbekiston qadimiy shaharlari go'zalligi bilan xorijiy fuqarolarda naqadar mashhur ekanligini his qilib ma'lum darajada umummadaniy hamda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasiga erishadilar. 3-masala (patir nonlar). Ikki hil kattalikdagi doira shaklidagi patir nonlar sotilmoqda. Ulardan kichigi diametri 30 sm bo'lib, narhi 3 pul birligi ekan. Kattasining diametri va narhi mos ravishda 40 sm va 4 pul birligiga teng. Qaysi non arzonroq? Javobingizni asoslab bering. Masala bir necha qadamda yechiladi: 1-qadam. Nonlar silindr shaklida bo'lsada, ularning qalinligi tahminan bir hil, demak dastlab ularning yuzlarini hisoblash yetarli. Bu masala yordamida real ob'ektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog'lay olish, yassi va fazoviy figuralarni tasavvur qila olish, tanib olish va nomlay olish, fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko'rinishlari bilan bog'lay olish, yuz va hajmlar formulalaridan foydalanib hisoblay olish va baholash, proporsiyalarga oid amaliy va o'quv masalalarni yecha olish kompetensiyalari bilan birga analiz analiz, analogiya, deduksiya usullari yordamida strategik va evristik tafakkur yurita olish, atrof-borliqdagi hodisa va jaraenlarni matematik tilda ifodalay olish va tahlil qilish kompetensiyalari baholanadi. Quyida biz masalalar namunalarini keltiramiz: 4-masala (Krovatni o'rash). Ishchi uzunligi 32 metr taxtadan hovlidagi krovat atrofini chegaralamoqchi. U quyidagi shakllardan qaysi birini tanlab olish imkoniyatiga ega? Bu testlarda o'quvchilarning dars davomida aniq mavzular bo'yicha o'rgangan bilimlarini sinovdan o'tkazish nazarda tutilmagan! PISA sinovlarida to'rt xil sinov usulidan foydalaniladi: a) Bir javobli testlar; b) Bir nechta javobli testlar; c) Qisqa yoki

batafsil javob yoziladigan savollar; d) Biror muammoning yechimi bo'yicha o'quvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo'ladi, o'quvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o'quvchi ijodkorligi qo'llab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda o'quvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA dasturining asosiy yo'nalishlari quyidagilarni o'z ichiga oladi. O'qish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan ma'lumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish ko'nikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida o'qigan ma'lumotlaridan o'z maqsadlari yo'lida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. Bu yerda, o'qish savodxonligi tushunchasi keng ma'no kasb etadi. Bu yo'nalish maqsadi o'quvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qo'llanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga mo'ljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va o'qiganlari haqida o'z fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi. Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning o'zi yashayotgan olamdagi o'rnini bilishi, matematik jarayonlarni to'g'ri va to'liq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga bo'lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini ta'minlash bu bo'limning asosiy maqsadidir. Bu bo'limdagi savodxonlik terminidan bu bo'lim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada o'zlashtirganini aniqlash emasligni ko'rsatish uchun foydalanilgan. Asosiy e'tibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qo'llagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va ko'nikmalar zarur bo'lishi mumkin. Bu yo'nalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin bo'lgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi. Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi.

XULOSA

Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni anglab yetish, shunga ko'ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko'nikmasini rivojlantirish bu bo'limning asosiy maqsadidir. Ta'kidlash joizki, PISA xalqaro masakarini yechish bo'yicha o'qituvchilarda ko'nikma hosil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

[1] Qorayev, S. B., & Allayorova, S. B. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2).

[2] Bekmurodova, S. T. Y., Shukurova, Q. A., O'rinboyeva, L. B., & Abulqosimova, H. A. (2020). BUGUNGI TA'LIM, ERTANGI KELAJAK SARI. Интернаука, (20-4), 48-49.

[3] Saidov, O. L. R. (2020). INTERFAOL METODLAR-O 'QUVCHILAR KREATIVLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

[4] Usmanova, S. (2021). TA'LIM SIFATI MONITORINGI JARAYONIDA XAQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. Интернаука, (5-2), 96-98.

[5] Пардабоев, Ж. Э., & Хайитова, Л. Ш. (2021). ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИДА XALQARO БАДОЛАШ ДАСТУРЛАРИНИ АМАЛИЁТГА ТАДБЩ ЭТИШНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3).

[6] SHODIYEVA, M. (2021). XALQARO TAJRIBALAR ASOSIDA O ' QUVCHILARNINGO 'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 7(02), 71-80.

[7] Muratov, X. X., & Yusupova, S. A. (2020). UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA DARS MASHG'ULOTLARINI AUTOPLAY MEDIA STUDIO DASTURI ORQALI INTEGRATSIYALASH. Academic research in educational sciences, (3).

[8] Zakirova, N. M. (2020). O'QUVCHILARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI VA USULLARI. Academic research in educational sciences, (3).

[9] Karimova, Z. O., Boboyeva, Z. T., Baxromova, A. S., Sarimsaqov, I., Mingboyeva, O. M., & Qurbonova, S. (2020). O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDA XALQARO TADQIQOTLANING O'RNI VA AHAMIYATI. Интернаука, (13-2), 73-75.

[10] Xaydarov, B., & Tashtemirova, N. (2020). O 'QUVCHILARNI MATEMATIK SAVODXONLIK BO'YICHA PISA TADQIQOTLARI BILAN TANISHTIRISHNI TASHKIl QILISH TAJRIBASI HAQIDA. Science and Education, 1(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.