Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI TIZIMIGA TAYYORLASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI TIZIMIGA TAYYORLASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

13071
939
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS xalqaro baholash dasturi / xorijiy tajribalar / ta‟lim sifatini baholash / o‟qituvchi / o‟quvchi / PIRLS International Assessment Program Evaluation of the quality of education of foreign experiments teacher reader

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samaridin Barakayevich Qorayev, Sarvinoz Baxtiyorovna Allayorova

Ushbu maqolada umumiy o‟rta ta‟lim maktablarining boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotga tayyorlash masalalari haqida ma‟lumotlar va shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo‟lgan ishlar ham ko‟rsatib o‟tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE PROCESS OF PREPARATION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS FOR THE PIRLS INTERNATIONAL ASSESSMENT SYSTEM

This article provides information on the issues of preparation of Primary School students of general secondary schools for PIRLS international research and also the work that should be done in this regard

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI TIZIMIGA TAYYORLASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI TIZIMIGA TAYYORLASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Samaridin Barakayevich Qorayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

Sarvinoz Baxtiyorovna Allayorova

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti allayorovasarvinoz78@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotga tayyorlash masalalari haqida ma'lumotlar va shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ham ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: PIRLS xalqaro baholash dasturi, xorijiy tajribalar, ta'lim sifatini baholash,o'qituvchi, o'quvchi .

ISSUES OF IMPROVING THE PROCESS OF PREPARATION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS FOR THE PIRLS INTERNATIONAL

ASSESSMENT SYSTEM

Samaridin Barakayevich Koraev Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute

Sarvinoz Bakhtiyorovna Allayorova

Master student of Chirchik State Pedagogical Institute allayorovasarvinoz78@gmail .com

ABSTRACT

This article provides information on the issues of preparation of Primary School students of general secondary schools for PIRLS international research and also the work that should be done in this regard

Keywords: PIRLS International Assessment Program Evaluation of the quality of education of foreign experiments teacher reader

KIRISH

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim- tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi.

Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamizda qo'yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin.

IEA(Talim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o'quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg'unlik asosida baholashni o'z ichiga oladi, bu esa dunyo bo'yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi.

O'quvchilarning erishgan yutuqlarini o'rganishda barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, maktabdagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o'quvchilarning ta'lim olishga oid qarashlari, o'qitish usullari hamda uy sharoitida o'quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo'llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi.

Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o'tkaziladi. Shuningdek, o'rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.

Ushbu dasturning ko'p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to'ladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini. baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.

Shuningdek, PIRLS, yosh o'quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta'lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya'ni badiiy tajriba orttirish, ma'lumot olish va undan foydalanish ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o'tkaziladigan tadqiqotda o'quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o'rinlidir. Raqamli formatga o'tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o'qishni kompyuterda baholash kabi o'zgarishlar ham ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi VM ning 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora -tadbirlari to'g'risida" gi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi. [2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. [1].

PIRLSda rossiyalik boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.

Jamiyatda, o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar orasida o'qish savodxonligi bilan shug'ullanishning qadr-qimmatini tan olinishi, maktabda va oilalarda o'qishga bo'lgan yuqori motivatsiya, maktabgacha tayyorgarlikning yaxshi darajasi, ota-onalarning o'qishni o'rganishga tayyorgarlik ko'rishdagi ishtiroki, umumiy boshlang'ich ta'limning Federal davlat asosiy standartlarida (OrOC HOO) belgilab qo'yilgan ta'lim jarayonidagi prinsipial o'zgarishlar: "badiiy o'qish" va metapredmet natijalari bo'yicha umumiy ta'limni tashkil etish va natijalarga erishish,boshlang'ich ta'limning sifatli dasturlari, darsliklar, o'qishni o'rgatishning chuqur o'ylangan metodikasi, o'qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o'quvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlash kabi omillar PIRLSda boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar sifatida o'rganilgan .

PIRLSda rossiyalik boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlarga

erishishdagi o'sish nuqtalari.

Har bir sinfda ta'limni differensiyalashga kuchli e'tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat birinchi sinf o'quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lmagan maktablarga alohida e'tibor berilishi lozim.

Yana ikkita muammolarni yodda tutish kerak: 1) Eng kuchli o'quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko'maklashish. 2) O'g'il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan ko'ra yomonroq degan fikrlarni ko'rib chiqib aynan mana shu vazifalarni boshlang'ich sinf o'quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o'sish nuqtalari deb belgilangan . [3]

Boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta'lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta'minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo'lmagan, murakkab (ko'plik), turli xil matnlarni o'qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o'qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog'oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo'yilgan.

Rossiyada boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligi bo'yicha olib borilayotgan ishlarda PIRLS darslari.

O'qish tezligini nazorat qilishdan ko'ra tushunib o'qishga urg'u berish kuzatildi. O'qish savodxonligi funksional savodxonlikning integrativ komponenti sifatida anglatmoqda. Rossiyada bu davlat hujjatlari darajasida qayd etilgan (FDAS UBT 2009-y.) Matematik, lingvistik, tarixiy, tabiiy-ilmiy va ma'lumotnomalarni o'qishni

o'rgatishda o'ziga xoslik ishlab chiqarilmoqda. O'qish savodxonligini baholashning turli modellari metapredmet natijasi sifatida yaratiladi. [4]. [5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizning xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi" xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo'llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o'ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab chiqilishi haqida umumiy ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining topshiriqlaridan, ya'ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash mezonlari keltirilgan.

Shuningdek 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash bo'yicha o'tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish uchun PIRLSda berilgan matnlarning har biriga alohida mashq daftarlari ishlab chiqilgan. Mazkur ish daftari o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirish, o'qiganlarini tahlil qilish, talqin qilish hamda to'g'ri xulosa chiqara olish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun qo'shimcha didaktik material hisoblanadi. Ushbu daftarni tayyorlashda PIRLS (Progress In International Reading And Literacy Study) tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan. [6].

XULOSA

Ushbu tadqiqot sinovi har 5 yilda bir marta o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, 2021-yil uchun mo'ljallangan tadqiqotlarda O'zbekistonning boshlang'ich sinf o'quvchilari ham ishtirok etishi o'qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o'qituvchidan ta'limga yangicha yondashuvni va faollikni talab etadi.

O'quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o'qish darsi jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o'quvchi o'zi mustaqil ravishda ushbu matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi qo'yilsa, har bir bolaning berilgan matnni qay darajada o'zlashtirganligini uning tuzgan savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o'quvchining dunyoqarashi , mustaqil fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi. Dars jarayonida bola to'g'ri yoki noto'g'ri fikrini tinglab, to'g'ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarishga o'rganib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3. "Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir" mavzusidagi xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta'lim akademiyasining ta'limni rivojlantirish strategiyasi instituti, ta'lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedogogika fanlari nomzodi.

e-mail: [email protected] Veb-sayt www.centeroko.ru

4. " PIRLS 2021 xalqaro solishtirma tadqiqoti doirasida o'qish savodxonligini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari" nomli taqdimot. Kuznetsova Marina Ivanovna, Rossiya ta'lim akademiyasi Ta'limni rivojlantirish strategiyalari instituti Boshlang'ich ta'lim markazi yetakchi ilmiy xodimi. e-mail: [email protected] Veb-sayt www.centeroko.ru

5. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi saytlari.

E-mail: [email protected] Veb-sayt: http://www.markaz.tdi.uz/ Telegram: https: //t.me/milliymarkaz

6. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash (Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma). Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil. 92 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.