Научная статья на тему 'PIRLS TADQIQOTIDA MATNLAR UCHUN BELGILANGAN MEZONLAR VA MATN XARITASI'

PIRLS TADQIQOTIDA MATNLAR UCHUN BELGILANGAN MEZONLAR VA MATN XARITASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2672
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / o„quvchi / xalqaro / matn / xarita / baholash / ta‟lim. / PIRLS / ученик / международный / текст / карта / оценка / образование.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dildora Tolipovna Rabbonayeva

Ushbu maqolada boshlang„ich sinf o„quvchilarining matnni o„qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi PIRLS xalqaro tadqiqotida qanday matnlar tanlab olinishi, matnlar uchun belgilangan mezonlar va matn xaritasi haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КРИТЕРИИ И ТЕКСТОВЫЕ КАРТЫ ДЛЯ ЗАДАНИЙ В ИССЛЕДОВАНИИ PIRLS

В данной статье говориться о международном исследовании PIRLS, в котором оценивается качествo чтения и уровень понимания учащихся начальной школы, какие тексты будут выбраны, назначенные критерии и текстовые карты.

Текст научной работы на тему «PIRLS TADQIQOTIDA MATNLAR UCHUN BELGILANGAN MEZONLAR VA MATN XARITASI»

PIRLS TADQIQOTIDA MATNLAR UCHUN BELGILANGAN MEZONLAR VA MATN XARITASI

Dildora Tolipovna Rabbonayeva

Samarqand VXTXQTMOHM o'qituvchisi drabbanayeva@mail .ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi PIRLS xalqaro tadqiqotida qanday matnlar tanlab olinishi, matnlar uchun belgilangan mezonlar va matn xaritasi haqida fikr bildirilgan.

Kalit so'zlar: PIRLS, o'quvchi, xalqaro, matn, xarita, baholash, ta'lim.

КРИТЕРИИ И ТЕКСТОВЫЕ КАРТЫ ДЛЯ ЗАДАНИЙ В ИССЛЕДОВАНИИ PIRLS

Аннотация: В данной статье говориться о международном исследовании PIRLS, в котором оценивается качество чтения и уровень понимания учащихся начальной школы, какие тексты будут выбраны, назначенные критерии и текстовые карты.

Ключевые слова: PIRLS, ученик, международный, текст, карта, оценка, образование.

CRITERIA AND TEXT MAPS FOR TEXTS AT THE PIRLS STUDY

Abstract: This article talks about the international research PIRLS, which assesses the quality of reading and the level of understanding of primary school students, which texts will be selected, the assigned criteria and text cards.

Key words: PIRLS, pupil, international, text, map, assessment, education.

O'quvchilarning PISA, TIMSS, PIRLS, rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganuvchi TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash, o'qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda ona tili, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlar bo'yicha pedagog-kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha ta'lim sohasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.[1]

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - Xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish) - bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. [2]

Ushbu maqolada PIRLSda qanday matnlar tanlab olinadi va matnlar uchun qanday mezonlar belgilangan shu masalaga kengroq to'xtalamiz.

PIRLS tadqiqotlarida o'quvchilar bilimini aniqlash va baholash uchun 2 ta matn ya'ni, badiiy matn va axborotli matn beriladi. Ushbu matnlar asosida eng ko'p qo'llaniladigan o'qishning quyidagi ikki turi o'rganiladi:

1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o'qish.

2. Axborotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadidagi o'qish.

PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar

belgilangan:

1. Matn. Hajmi 1000 ta so'zgacha, o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400-500 ta so'z bo'lishi lozim.

2. Mavzu. Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo'lib, u berilgan matndan tashqari o'quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo'lgan matnlar o'quv materiallaridan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak.

3. Til. Qismlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo'lishi muhimdir. Metafora (taqqoslash) yoki epitet (sifatlash) kabi aniq ifodali tasvirlash so'zlari tanlanadi. Hech qanday so'zlashuvga oid leksika yoki sleng (jargon) ishlatilmaydi. Haddan ziyod ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.

4. Mazmuni. Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlanmoq kerak. Matn shu yoshdagi maktab o'quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo'lishi kerak. Yaxshi yozilgan va unchalik tanish bo'lmagan bo'lishi lozim.

5. Bog'liqlik va ketma-ketlik. Syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhimdir. Agar dialog ustunlik qilsa ma'lumotni birlashtirib, murakkab gaplarni qo'shish kerak. Axborotli matnda matnning strukturasi va ma'lumotning mantiqiy ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog'liqligini kuzatish shartdir.

Matn turlari (janrlari) quyidagilardan iborat:

- Adabiy tajribani oshirish maqsadida qisqa hikoyalar va badiiy asarlardan parchalar o'qish (she'rlar bo'lmasligi kerak);

- Ma'lumot olish va foydalanish maqsadida ma'lumot beruvchi qo'llanmalar, broshyuralar, tarjimayi hollar, jurnallar o'qish.

Matn xaritasi

PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo'lib, u matnning dolzarbligini aniqlashga yordam beradi, masalan: u matnning yetarlicha mazmunli va tushunarliligini aniqlaydi. Matndagi muhim g'oyalarni va ularning o'zaro munosabatlarini ko'rsatadi. Asosiy g'oyalar, ularning munosabatlarini va matnni yaratish bo'yicha vazifalarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratadi.

PIRLS tadqiqotida matn xaritasi quyidagi turlardan iborat:

Adabiy xarita - badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi.

Janr - masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika va x.k.;

Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati.

Axborot xaritasi - syujetsiz matnlardagi ma'lumotlarni qayd qiladi.

Turlar - masalan: ekspozitsiya, dalil, jarayon va x.k.

Asosiy g'oyalar, asosiy g'oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik mahorati.

Adabiy xarita. O'qish savodxonligini tekshirish bo'yicha vazifalar adabiy xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi:

1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma'lumotni sanab berish (sarlavha, so'zlar soni, o'qish darajasi va janri).

2-qadam. Matnning mavzusini aniqlash va tasvirlab berish.

3-qadam. Vaziyatni aniqlash va ta'riflab berish, asosiy qahramonlarni sanash, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoritish.

4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlash, bundan tashqari muammo va ziddiyatlarni yechimini topish.

5-qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab berish.

6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo'llanilgan tayanch iboralar va lug'atni, adabiy yoki ritorik uslublarni aniqlash va sanab berish.

Savol va topshiriqlarni baholash:

Baholash jarayonida "0", "1", "2", "3" ballik tizim hamda "8" va "9" kodlari bilan kodlash tizimi xususida so'z yuritamiz. Matn yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ular necha ballik ekanligi haqidagi eslatmalar bilan belgilangan bo'ladi. Ushbu ball va kodlar haqida quyida batafsil ma'lumotlar beriladi.

1. Javobi tanlanadigan savollar (testlar)da to'g'ri javobga "1" ball, noto'g'ri javobga "0" ball beriladi.

2. Ochiq savollarni baholashda 1, 2 va 3 ballik baholash mezonlari qo'llaniladi.[3]

O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir.[4]

Xalqaro PIRLS tadqiqoti eng yaxshi o'quv dasturlari va yosh o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini taqdim etadi. PIRLSga qatnashish O'zbekistonga boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida o'qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, O'zbekiston ta'limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta'lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 997-sonli qarori.

2. Институт стратегии разветия образавания и Российской академии образавания. Основная информация об исследовании PIRLS. 2014.

3. Islomova Z. 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash bo'yicha o'tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko'rish uchun 7-mashq daftari.Toshkent. 2021.

4. Rabbonayeva D. PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi. O'quv-uslubiy qo'llanma - Samarqand XTXQTMOHM, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.