Научная статья на тему 'PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR'

PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

478
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS xalqaro tadqiqoti / milliy oʻquv dasturi / malaka talablari / darslik / badiiy matn / axborot matni. / PIRLS international research / national curriculum / qualification requirements / textbook / fiction / information text.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sanjar Rajabboyevich Qurbonov

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim oʻquvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorlashda muammo va ularning yechimi, shuningdek, bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARATION FOR PIRLS INTERNATIONAL RESEARCH: PROBLEMS AND SOLUTIONS

This article discusses the problem of preparing primary school students for PIRLS international research and their solutions, as well as the work that needs to be done in this regard.

Текст научной работы на тему «PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-383-386

PIRLS XALQARO TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH: MUAMMO VA

YECHIMLAR

Sanjar Rajabboyevich Qurbonov

Xorazm viloyati XTXQTMOHM, katta o'qituvchi qurbanovsanj ar7 5 @mail .uz

ANNOTATSIYA

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorlashda muammo va ularning yechimi, shuningdek, bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: PIRLS xalqaro tadqiqoti, milliy o'quv dasturi, malaka talablari, darslik, badiiy matn, axborot matni.

PREPARATION FOR PIRLS INTERNATIONAL RESEARCH: PROBLEMS

AND SOLUTIONS

ABSTRACT

This article discusses the problem of preparing primary school students for PIRLS international research and their solutions, as well as the work that needs to be done in this regard.

Keywords: PIRLS international research, national curriculum, qualification requirements, textbook, fiction, information text.

KIRISH

Mamlakatimiz ta'limiga qo'yilayotgan talablar xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash, monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Yosh avlodning intelektual faolligini shakllantirish nafaqat muayyan bir mamlakat, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim masalaga aylandi. Shuning uchun ta'lim sifati, ta'lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko'pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarda ta'lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari amaliyotga tatbiq etilgan.

PIRLS xalqaro tadqiqotining maqsadi turli xil ta'lim tizimidagi davlatlarda boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va uni tushunish darajasi,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-383-386

o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'limdagi islohotlardan biri kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSni (2017) qabul qilinganligi va unda boshlang'ich ta'limning O'qish fani bo'yicha o'quvchilarga qo'yilgan malaka talablari xalqaro tajribalarga asoslanganligida ko'rish mumkin. Unda PIRLS xalqaro tadqiqotlari talabiga yaqin badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarining kiritilganligi: matndagi so'z va gaplarning ma'nolarini tushuna oladi; asar mazmunidan ta'sirlana oladi; xalq og'zaki ijodi namunalarini farqlay oladi; o'rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi; asar qahramonlariga munosabat bildira oladi; o'qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi [1].

Joriy o'quv yilidan boshlab umumta'lim muassasalarining 1-2-sinflarida amaliyotga tatbiq etilgan Milliy o'quv dasturi loyihasi (2020) o'quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo'ljallangan amaliy topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish, matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko'zda tutiladi [2, 5-b].

Avvalgi o'quv dasturlarida baholash jarayoni faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan, yangi dasturda esa o'quvchilarda shakllangan ko'nikmalar baholanadi.

Butun dunyo bo'ylab o'qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o'qishlari bilan bevosita bog'liq. Bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o'qishni yoki ta'lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ko'pgina o'quvchilarning dastlabki mutolaasi aksariyat hollarda hikoya (masalan, hikoya to'plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o'quvchilarga atrofidagi dunyo haqida ma'lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma'lumotli matnlardan iborat bo'ladi.

Yosh o'quvchi uchun o'qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi va shuning uchun ham PIRLS har bir o'qish turini baholashda matnlarni teng bo'lishni asosiy maqsad qilib olgan.

Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o'quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Yosh o'quvchilar uchun adabiyot hali duch kelmagan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-383-386

vaziyatlar va his-tuyg'ularni o'rganish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Badiiy adabiyotda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlar o'quvchilarga haqiqiy hayotni yoritibgina qolmay, tasavvur qilishlari mumkin bo'lgan vaziyatlarni bilvosita his qilish va aks ettirishga imkon beradi.

PIRLSda ishlatiladigan badiiy matnlarning asosiy shakli - bu badiiy to'qimaga asoslangan hikoyalardir [3, 12-b].

Axborot matnlarining maqsad va vazifalari turli xil bo'ladi. Axborot matnining asosiy vazifasi axborotni taqdim etish bo'lsa-da, mualliflar ko'pincha o'zlari tanlagan mavzularni yoritishda turli maqsadlarni ko'zda tutadi. Ko'pgina axborot matnlarining maqsadi to'g'ridan to'g'ri ma'lumot berish, masalan, biografik ma'lumotlar yoki vazifani bajarish bosqichlarini taqdim qilishdir, shu bilan birga, ko'p hollarda matnda muallifning subyektiv qarashlari ham aks etadi. Masalan, muallif fakt yoki tushuntirishlarning qisqacha xulosasini taqdim etishi, o'z dalillariga o'quvchini ishontirishga harakat qilishi yoki turli nuqtayi nazarlarni keltirishi mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari turli mavzularni qamrab olgan badiiy va axborot beruvchi matnlarni, jumladan, ilmiy, tarixiy, geografik yoki ijtimoiy matnlarni o'qishlari mumkin [4, 7-b].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorlashdagi asosiy muammo amaldagi 3-4 sinf "O'qish kitobi" darsliklarining eski qolipdagiligi, zamonaviy yondashilmaganligidadir.

Avvalambor, "O'qish" darsliklarini mukammal xalqaro baholash dasturlariga muvofiq qilib yaratish, ya'ni matnlar, bolalarning o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilishi kerak.

2020-yilda nashr qilingan 4-sinf O'qish kitobida jami 45 ta matn berilgan bo'lib, bu darslikning 70% demakdir. Ularning 15% axborot beruvchi, qolganlari badiiy matn hisoblanadi. "Mangulikka tatigulik kun", "Kitobga ixlos", "Bahor ta'rifida" matnlarini misol qilish mumkin [5, 158-b]. Aslida xalqaro tadqiqot -PIRLSda badiiy va axborot matnlar son jihatdan teng bo'ladi. Shunday ekan, darsligimizda axborot matnlariga keng o'rin ajratishimiz lozim.

Badiiy va axborot matnlaridagi so'zlar soni ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, xalqaro tadqiqotlarda o'rtacha 500-800 so'zdan iborat bo'lgan matnlar tahlili nazarda tutiladi. Bizning 4-sinf O'qish kitobimizdagi matnlarning eng kattalari: 3 soat

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-383-386

ajratilgan mavzular - Ziyrak uch yigit (952 so'z); 2 soat ajratilgan mavzular - Jiyron. S.G'afurov (847 so'z), Rustam. F.Erdinch (742 so'z), Xarita. N.Norqobil (716 so'z), Oydin kecha. M.Xidir (704 so'z), Qovun sayli. Sh.Sa'dulla (523 so'z); 1 soat ajratilgan mavzular - Ibn Sino bilan tabib (563 so'z), To'maris. S.Bahodirova (519 so'z), Bolalar gurungi. X.K.Andersen (517 so'z). Bundan ko'rinadiki, atigi 6% matn so'zlar soni jihatidan xalqaro standartga javob beradi.

PIRLS xalqaro dasturida ishtirokchi mamlakatlardagi o'quv dasturlari va madaniy jihatdan yuzaga keladigan farqlaridan kelib chiqib, ayrim badiiy matnlarni topshiriq sifatida tanlab olish qo'shimcha murakkablik tug'diradi. Misol uchun, she'riy matnlarni tarjima qilish o'quvchilar uchun qiyinlik tug'dirgani bois, ul arni topshiriqlarga qo'yilmaydi [4, 12-b].

Shunday ekan, nima uchun bizning darsligimizda she'rlar 30%ni tashkil qiladi? Bu bilan she'rlarni o'qitishdan voz kechaylik demoqchi emasman. Ammo ko'proq shu yoshdagi o'quvchilar uchun qiziqarli va zavqli bo'ladigan mazmunli matnlar darslikka kiritilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

XULOSA

Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishga tayyorgarlikni ushbu sohadagi xalqaro tajribalarni o'rganish bilan bir qatorda darsliklarning yangi avlodini yaratishdan boshlash zarur. Bu esa ta'lim sifatini oshishiga va O'zbekistonning xalqaro standartlar darajasida yuqori natijalarga erishishini kafolatlaydi.

REFERENCES

1.Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlari. Toshkent, 2017. https://lex.uz/docs/-3153714.

2. Umumiy o'rta ta'limning milliy o'quv dasturi loyihasi. Ona tili, 2020. - 165 b.

3. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash. Tuzuvchilar: A.Ismailov va boshq. Toshkent: "Sharq", 2019. - 92 b.

4. Axborotnoma №3. Tuzuvchilar: A.Ismailov va boshq. Toshkent: "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo'limi", 2021. - 140 b.

5. Matchonov S va boshqalar. 4-sinf O'qish kitobi. Toshkent: "Yangiyul polygraph service", 2020. -160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.