Научная статья на тему 'SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI'

SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

774
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savod o‘rgatish jarayoni / o‘quvchi / matn / rasm / tasvir / mustaqili fikr / kretiv qobiliyat. / literacy process / reader / text / picture / image / independent thinking / creative ability

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maftuna Shuhrat Qizi Ziyaqulova, Feruza Abdullayevna Xayitova

Ushbu maqolada savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning matnni o‘zlashtirishlarida, kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda rasm, tasvirlarning ahamiyati, o‘rni haqida amaliy ko‘nikma va malakalarni hisobga olgan holda fikrlarmulohazalar berilgan va tegishli xulosa chiqarilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE (ROLE) OF PICTURES TO IMPROVE CREATIVE ABILITIES OF THE PUPILS IN TEACHING LITERACY

This article provides feedback and draws conclusions based on practical skills and competencies about the importance and place of pictures in the development of students' literacy and creative skills in literacy classes.

Текст научной работы на тему «SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

SAVOD O'RGATISH DARSLARIDA O'QUVCHILARNING KREATIV

QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O'RNI

Maftuna Shuhrat qizi Ziyaqulova

Termiz davlat universiteti talabasi

Ilmiy rahbar: Feruza Abdullayevna Xayitova

Termiz davlat universiteti o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada savod o'rgatish darslarida o'quvchilarning matnni o'zlashtirishlarida, kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda rasm, tasvirlarning ahamiyati, o'rni haqida amaliy ko'nikma va malakalarni hisobga olgan holda fikrlar-mulohazalar berilgan va tegishli xulosa chiqarilgan.

Kalit so'zlar: savod o'rgatish jarayoni, o'quvchi, matn, rasm, tasvir, mustaqili fikr, kretiv qobiliyat.

THE IMPORTANCE (ROLE) OF PICTURES TO IMPROVE CREATIVE ABILITIES OF THE PUPILS IN TEACHING LITERACY

ABSTRACT

This article provides feedback and draws conclusions based on practical skills and competencies about the importance and place of pictures in the development of students' literacy and creative skills in literacy classes.

Keywords: literacy process, reader, text, picture, image, independent thinking, creative ability.

KIRISH

Mamlakatimizda yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san'atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag'batlantirish, ayniqsa, navqiron avlodda kitobga mehr uyg'otish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish davlatimizning doimiy diqqat e'tiborida. [1]

Insonning dunyoqarashini kengaytirishda, mustaqil fikrlashda, hayot sinovlariga bardosh berishda, o'z kelajagini o'zi qurishida badiiy adabiyotning o'rni beqiyosdir.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublika ta'lim markazi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga tavsiya etilgan Milliy o'quv dasturda ona tilini o'qitish, zamon talablariga mos usullarda, dunyo mamlakatlari ta'lim andozalariga muvofiq tarzda tashkil etish masalasiga katta e'tibor qaratilgan. Endi o'quvchilar bir xil qolipli matnlar emas, balki turli ramli matnlar, kundalik hayot bilan bog'liq misollar orqali o'rgangan bilimlarini mustahkamlashga doir materiallardan foydalanilgan, darslik uchun yangi dizayn tanlangan. Bularning hammasi ta'lim sifatini oshirish, zamon bilan hamnafas bilimlarni o'rganishga qiziqish uyg'otadi va o'quvchilarni kreativ faolligini ta'minlaydi. [2]

Boshlang'ich sinflarda o'qilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar ustida ishlashning asosiy usullaridan biri asar matnni tasvirlash hisoblanadi. Har bir asar matnida tabiat manzarasi va qahramonlarning, voqea va hodisalarning tasviri yozuvchi tomonidan asar syujeti rivojlanishi bilan berib boriladi. Yozuvchi asarda o'zi tanlagan tabiat manzarasini tasvirlash uchun so'z va iboralarni saralaydi. Aksariyat hollarda peyzaj tasviri ba'zi asarlarning boshida voqea-hodisaning sodir bo'lgan o'rnini chizish maqsadida atroflicha bayon qilinsa, ayrim yirik hajmdagi asarlarda tabiat tasviri ham, qahramonlar tasviri ham, voqea-hodisalar tasviri ham syujet chizig'ining rivojlanishi bilan birga bayon qilib boriladi. Asar voqealari sodir bo'lgan joyning tafsiloti, asar qahramonlari va personajlarining tashqi ko'rinishi, voqea-hodisalarining tasviri asosan yozuvchi tomonidan bayon qilinadi.

Boshlang'ich sinf "O'qish kitob" larida berilgan matn ustida xilma-xil ish olib borilar ekan, voqea-hodisalar sodir bo'lgan joyni, personajlarning tashqi ko'rinishlarini tasvirlash mashg'ulotllari ham o'tkaziladi. Bu sinflarda o'quvchilarning xususiyatlarini hisobga olib, matnni tasvirlashning oddiy usularidan foydalanadi.

Asar matnini tasvirlash ikki turda bo'ladi. Matn mazmunini og'zaki-so'z bilan yoki rasm orqali tasvirlash mumkin. [3]

Matn mazmunini tasvirlashning har ikkala turi ham, eng avvalo, asar yoki undan olingan parcha mazmunini o'zlashtirib olishni taqazo etadi. O'quvchi asar mazmunini o'zlashtirib olgandagina va personajlarning hatti-harakati, ularning o'zaro munosabatlarini to'g'ri belgilay olgandagina, uni so'z bilan tasvirlay oladi. Boshlang'ich ta'limda kata e'tibor va mehnat talab etiladigan savod o'rgatish jarayoni kata ahamiyatga ega. Bu davrda matnni tasvirlay olish xususiyatlarini shakllantirish uchun bir qator mashg'ulotlar bajarishni, ham aqliy, ham jismoniy

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

jihatdan o'sib-ulg'ayib borayotgan o'quvchining xususiyatlarini hisobga olib, qiziqarli ish turlarini o'ylab topishni, ilgari olingan bilim va ko'nikmalarini o'stirib, rivojlantirib borishni taqazo etadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga matnni tasvirlashning uch asosiy bo'g'ini haqida ma'lum darajada bilim berish talab qilinadi.

[4]

Badiiy asarlar, ulardan olingan parchalarda tabiat tasviri, voqea-hodisalar tasviri, asar qahramonlari va personajlari tasviri bir-biridan farq qilinadi. Matn mazmunini tasvirlash o'qilganlarni hikoya qilish bilan mustahkam bog'liq. Biroq ular aynan bir narsa emas. Qayta hikoya qilishda o'quvchilar matnni to'liq qayta hikoya qilishga, ba'zan shaxsni o'zgartirib qayta hikoya qilishga o'rgatiladi. Matnni qayta hikoya qilish davrida qahramonlar va personajlarning nutqlarini, ularning o'zaro dialoglarini ham o'quvchi o'z xotirasining kuchiga tayangan holda bayon qiladi. Qayta hikoya qilishda o'quvchi o'qilgan matnning janr xususiyatlariga, voqea-hodisalarning sabab-oqibat bog'lanishiga tayanadi. Qatnashuvchilarning nutqidan to'liq foydalanish yoki undan namunalar olish ham mumkin. Maktab o'quvchilari hikoya, ertak, masal, lirik she'r va she'riy ertaklarni, ilmiy-ommabop maqolalarni o'rganishadi. Ularning mazmunini xotirasida tiklab qayta hikoya qilish bir-biridan farq qiladi. Ertak, hikoya va masallarning mazmuni tez o'zlashtirib olinadi. She'riy asarlarning, ilmiy-ommabop maqolalarning mazmunini o'zlashtirish va uni qayta hikoya qilishda biroz qiyinchiliklarga uchraydi. Shu tufayli matn ustida ishlashning boshqa turlaridan ham foydalanishni talab etadi. [2]

Savod o'rgatish jarayonida "Alifbe" darsligi universal qo'llanma sifatida foydalaniladi. Darslikda berilgan kichik hajmli barcha janrdagi asarlar rasm, tasvir bilan berilgan. Chunki, maktabgacha ta'lim muassasalaridan ta'lim dargohiga ilk dars jarayonlarida o'quvchining yosh xususiyati hisobga olingan. Dars davomida o'rganilgan yoki sinfdan tashqari mashg'ulotda o'zi o'qigan asar voqealarining sodir bo'lgan o'rnini tasvirlash va faslini belgilash bilan bog'liq bo'ladi. Atrofdagi dov-daraxtlar, tabiat hodisalari, kishilar mehnati ham yil fasliga bog'liq. Buning uchun, avvalo, matn mazmunida voqealar rivoji va tabiat manzaralarning aks etgan-etmaganligini aniqlash zarur. Bordi-yu, faslga ishora qiluvchi fikrlar bo'lmasa, o'quvchi o'zi istagan faslni tanlab olib, tasvir elementlarini qo'shishi mumkin. Uslubiy adabiyotlarda va o'quv qo'llanmalarida tasvir va tasviriy insholar haqida bir qator ma'lumot berilgan. Tasvir - voqea-hodisalar, tabiat, qahramonlar va personajlarning tashqi ko'rinishini bayon qilish usuli. Unda syujet chizig'i bo'lmaydi, qahramonlar qatnashmaydi. Balki shu harakatni chekkadan turib kuzatuvchi tasvirlaydi. [3]

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchi matn mazmunini birdaniga tasvirlay olmaydi. Tasvirlashdan ko'ra ko'proq matnni qayta hikoya qilishga moyilroq bo'ladi. Ularda bunday ko'nikmalarni hosil qilish uchun tasvir elementlari yuzasidan bir qator mashqlar bajarishga to'g'ri keladi. Ular personajlar va kishilarning tashqi ko'rinishi, tabiat tasviri, ya'ni voqea -hodisa bo'lgan joyning bayoni va bevosita voqea-hodisalar o'zining tasviri berilgan o'rinlarni topish, tahlil qilishga o'rgatiladi. O'quvchilar tasvir uchun ishlatilgan so'zlarni tahiil qilishga, ular ishtrokida gap tuzish orqali asta-sekin yuqoridagi tushunchalarni egallashga tayyor bo'la boradi. Kitobda berilgan rasmlarda ma'lum bir matn voqealari va tabiat tasvirlanadi. Matnni tasvirlashga o'rgatish uchun dastlabki ishlarni kitobda berilgan rasmlar bilan ushbu rasmlarga mos keluvchi o'rinlarni o'qish va ularni taqqoslashdan boshlash mumkin.

Barchamizga ma'lumki, savod o'rgatish darslarida matnlar "osonda qiyinga" tamoyili asosida 2-3 ta gap, tasvir yoki syujet asosidagi rasm bilan beriladi. O'quvchilar matnni o'zlashtirib olishlari, tasavvur qilishlari uchun rasmlarning ahamiyati juda kata. Chunki ular ba'zi o'rinlarda eshitganlaridan ko'ra ko'rganlarini ko'proq esda saqlab qoladilar. Hali avtomatik o'qish ko'nikmasiga ega bo'lmaganliklari uchun ham bu davrda rasmli matnlarning o'rni beqiyosdir. 1-sinf "Alifbe" darsligining 38-betidagi "Tongda" matni uchun berilgan tasvir (rasm) [5,38] orqali o'quvchilar bilan quyidagicha suhbat tashkil etish mumkin:

- Rasmda nimalarni ko'ryapsiz?

- Rasmda qaysi fasl tasvirlangan?

- Bolalarga ism bering?

- Ular nima qilishayapti?

- Siz qachon uyg'onasiz?

- Siz tongda uygongach nima ishlarni qilasiz?

O'quvchilar matnni o'qish barobarida tashkil etilgan jonli suhbat orqali kreativ fikrlaydilar, nutqlari faollashadi, tongda qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida qo'shimcha ravishda suhbatda berilgan fikrlardan xulosa chiqarishadi. Fikrdan yangi fikr, g'oyadan yangi g'oyalar bunyod bo'lgani kabi, o'quvchilarda ham bilish qobiliyatlari shakllanib, ijodiy fikrlari rivojlanadi. Bu esa ularning kundalik hayotga kuzatuvchanlik xususiyatlarini shakllantiradi.

1-sinf "Alifbe" darsligida "Bekatda" matniga tanlangan tasvir orqali o'quvchilarni jamoat joylarida amal qilinishi lozim bo'lgan tartib-qoidalarni qanday bilishlari, nima qilsh kerakligi haqidagi ilk tasavvur-tushunchalari bilan o'rtoqlashish maqsadida quyidagicha suhbat tashkil etish mumkin: [5,39]

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

- Bekat deganda nimani tushunasiz?

- Siz bekatda bo'lganmisiz?

- Erkin Karim otani ko'rib nega o'rnidan turib ketdi?

- Erkin o'rnida bo'lganingizda siz nima qilgan bo'lar edingiz?

- Bekatda kimlar o'tiradi, nima ichun?

- Yoshlar qachon o'tirishadi?

Bu jarayonda o'quvchilar savollarga javob berish orqali bilganlarini o'rtoqlashib, bilmaganlarini bilib oladilar, etiborimizdan chetda qolgan oddiy detallarni ham qoldirmay hikoya qilish, muhokama usulida fikr almashuv jarayoni ularda ijodiy qobiliyat shakllanishiga zamin yaratadi.

Kitoblarda berilgan rasmlardan tashqari, har bir hikoya, ertaklar yoki ilmiy-ommabop asarlarni o'rgatish jarayonida ham rasmlardan foydalanish o'quvchilarning nutqiy faoliyatini shakllantirishga katta ahamiyatga ega. Chuki, boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'proq eshitganlaridan ko'ra ko'rganlarini eslab qoladilar, ular haqida fikr-mulohazalar bildirish, yangi hikoyalar yaratish ya'ni fantaziya qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Rasmlar - o'quvchilarni ijodkorlikka, hozirjavoblikka, eng muhimi mustaqil fikrlovchi komil inson bo'lib ulg'ayishlarida muhim vosita hisoblanadi.

Rasmlar ko'proq tabiat fonida beriladi. Bu hol mavzuni syujet voqealarining sodir bo'lgan o'rni bilan birgalikda o'zlashtirib olish imkonini beradi. Alifbe dasligidagi matnlarga tanlangan tasvirlar ham turli mavzularga bo'lib, ularga uchun texnik vositalardan foydalanib, syujetga mos multifil'm namoyishi, bayram sayllari haqida videoroliklar, ertaklar, avdiolarni eshittrish ham oquvchilarda mustaqil tasviriy va nutqiy qobiliyatlarini o'sishiga yordam beradi.

XULOSA

Demak, rasmlar - boshlang'ich sinf darslarida matnning mazmunini o'zlashtirib olishga samarali ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarning mustaqil fikrlash, turli muammoli vaziyatlarda ijobiy xulosa chiqarish, o'z-o'zini tarbiyalsh hamda kreativ qobiliyatlarini shakllantiradi.

REFERENCES

1. "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida". (14.09.2017) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-7-12

2. XTB huzuridagi Respublika Ta'lim markazi t.me/edurtm_uz telegram sahifasidagi ma'lumotlaridan foydalanildi.

3. Qosimova K, S. Matchonov, X. G'ulomova, SH. Yo'ldosheva, SH. Sariev. "Ona tili o'qitish metodikasi" - T.: «NOSHIR», - 2009. 352 b.

4. T. G'afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva. Savod orgatish darslari «Sharq» Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent — 2016 (84-85-betlar).

5. Safarova R. va bohqalar "Alifbe" Umumiy o'rta ta'limning 1-sinfi uchun darslik. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.