Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIMDA 4-SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO PIRLS NAZORATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI'

BOSHLANG`ICH TA`LIMDA 4-SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO PIRLS NAZORATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2738
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiy ta`lim / adabiy tahlil va talqin / didaktik qoida / deduksiya / induksiya / tanqidiy / kreativ / mustaqil fikrlash / ijodiy qobiliyat. / литературное образование / литературный анализ и интерпретация / дидактическое правило / дедукция / индукция / критическое / творческое / самостоятельное мышление / творческие способности.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xolida Gulomova, Hilola Sapayevna Bakiyeva

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining mantiqiy, tahliliy, tanqidiy, kreativ, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish orqali ijodiy qobiliyatlarini ro`yobga chiqarish shaxsga yo`naltirilgan rivojlantiruvchi ta`limning muhim jihati ekani xususida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ УЧАЩИХСЯ 4 КЛАССА НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ К МЕЖДУНАРОДНОМУ КОНТРОЛЮ PIRLS

В данной статье утверждается, что реализация творческих способностей учащихся начальной школы через формирование логических, аналитических, критических, творческих навыков независимого мышления является важным аспектом личностно-ориентированного развивающего образования.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIMDA 4-SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO PIRLS NAZORATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI»

BOSHLANGICH TALIMDA 4-SINF O'QUVCHILARINI XALQARO PIRLS NAZORATIGA TAYYORLASHNING METODIK ASOSLARI

Xolida G'ulomova

CHDPI katta o'qituvchisi

Hilola Sapayevna Bakiyeva

Nizomiy nomli TDPI o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD)

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining mantiqiy, tahliliy, tanqidiy, kreativ, mustaqil fikrlash konikmalarini shakllantirish orqali ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish shaxsga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi talimning muhim jihati ekani xususida so'z yuritiladi.

Tayanch so'zlar: Adabiy ta'lim, adabiy tahlil va talqin, didaktik qoida, deduksiya, induksiya, tanqidiy, kreativ, mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ УЧАЩИХСЯ 4 КЛАССА НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ К МЕЖДУНАРОДНОМУ

КОНТРОЛЮ PIRLS

Аннотация: В данной статье утверждается, что реализация творческих способностей учащихся начальной школы через формирование логических, аналитических, критических, творческих навыков независимого мышления является важным аспектом личностно-ориентированного развивающего образования.

Ключевые слова: литературное образование, литературный анализ и интерпретация, дидактическое правило, дедукция, индукция, критическое, творческое, самостоятельное мышление, творческие способности.

METHODOLOGICAL BASIS OF PREPARATION OF PUPILS OF THE 4TH CLASS OF PRIMARY EDUCATION FOR INTERNATIONAL PIRLS

CONTROL

Abstract: This article argues that the implementation of the creative abilities of primary school students through the formation of logical, analytical, critical,

creative skills of independent thinking is an important aspect of personality-oriented developmental education.

Keywords: literary education, literary analysis and interpretation, didactic rule, deduction, induction, critical, creative, independent thinking, creativity.

Hozirgi globallashuv sharoitida ta'lim tizimiga pedagogik innovatsion texnologiyalarning dunyo miqyosida keng joriy qilinishi tufayli o'quvchilarning mantiqiy, tahliliy, tanqidiy, kreativ, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish orqali ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish shaxsga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi ta'limning muhim jihati sifatida yosh avlodni jahon standarti talablariga javob berish darajasiga ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, boshlang'ich sinflarda o'qish savodxonligini monitoring qilish bo'yicha o'qish va matnni tushunish sifatini xalqaro o'rganish (Fhe Progress in International Reading literacy Study) PIRLS talablarini amalga oshirishda o'qish ta'limi zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi.

IEA - ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiya bo'lib, assotsiatsiya tomonidan tashkil etilgan PIRLS dasturi ta'lim tizimiga ega bo'lgan mamlakatlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish fanidan o'zlashtirish darajasini aniqlash va tadqiqotga jalb qilingan mamlakatlar tizimining e'tiborga molik jihatlarini o'rganishga qaratilgandir.

Garchi jahon standarti bo'yicha boshlang'ich maktablarda o'quvchilarning o'qish va matnni tushunish sifatini monitoring qilishga jalb etilgan mamlakatlarning o'quvchilari yoshida sezilarli darajada farq bo'lsa-da (Angliya, Yangi Zelandiya, Frinidad, Fobagoda bolalar besh yoshdan, ko'pgina mamlakatlarda olti-yetti yoshdan o'qiydilar) talab hammaga bir xil qo'yiladi.

PIRLS yoki FIMSS talablari bo'yicha ta'lim sifatini, ya'ni o'qish savodxonligining sifati va tendentsiyalarini davriy ravishda o'rganish, monitoring qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad turli vaqtlarda olingan natijalarni har xil ta'limiy vositalardan foydalangan holda turlicha namunalar asosida taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarishdir. Shu jihatdan yondashilsa, O'zbekiston ta'limi tizimida ham o'qish savodxonligiga erishish, ya'ni o'quvchilarning tinglab tushunish, tushunib o'qish, so'zlash, yozish kabi nutqiy kompetentligini ta'minlash dolzarb masala hisoblanadi.

Boshlang'ich ta'limning to'rtinchi yili bolalar rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda o'quvchilar o'qishni shu darajada o'zlashtirishlari kerakki, u ta'limning keyingi bosqichida bilim va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli egallashlarini ta'minlashi lozim.

2021-yil boshlang'ich maktabning to'rtinchi sinfini tugatgan o'quvchilar PIRLS dasturi asosida o'qishning ikki xil turi bo'yicha: mashg'ulot davomida va maktabdan tashqari ishlar bo'yicha baholanadilar. Bunda:

adabiy ta'lim tizimida o'zlashtirish tajribasini o'rganish maqsadida o'qish darajasini aniqlash;

ta'lim jarayonida beriladigan ma'lumotlarni o'zlashtirish va ulardan amalda foydalanish bilan bog'liq o'qish darajasini aniqlash ko'zda tutiladi.

Tadqiqotning kontseptual qoidalariga muvofiq, o'quvchilarning badiiy va ilmiy-ommabop matnlarni o'qish qobiliyati quyidagi 4ta mezon bo'yicha baholanadi:

-matnda berilgan ma'lumotni aniqlash; (ilmiy-ommabop matnlar tahlili misolida)

-ma'lumotlarni talqin qilish va umumlashtirish (adabiy tahlil);

-matn mazmunini, til xususiyatlari va tuzilishini tahlil qilish (adabiy tahlil).

Ilmiy-ommabop va badiiy asarlar tahlili o'quvchilarni asar mazmunini tushunish, asardagi voqea-hodisalarni qalbdan his qilish, asarni so'z san'ati sifatida idrok etish, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay bilish, ulardan mustaqil xulosaga kela olish va shunday voqealarga duch kelganda o'zini boshqara olishga tayyorlaydi. Shu tufayli boshlang'ich ta'limda ilmiy-ommabop va badiiy asarlar tahliliga ilmiy jihatdan yondashishni talab etiladi. Buning uchun maktab o'qituvhilarini ilmiy-ommabop va badiiy asarlarning adabiy tahliliga doir nazariy va metodik jihatdan tayyorlovchi kurslar tashkil qilinishi, oliy ta'limning boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun "Ona tili va bolalalar adabiyoti" fanidan tashqari "Bolalar adabiyoti va adabiy tahlil nazariyasi" fani kiritilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. "Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi" fani talabalarni - bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchlarini metodik jihatdan tayyorlaydi, shuning uchun bu masalani bu fanga yuklab bo'lmaydi.

O'qish savodxonligi bo'yicha 4- sinf o'quvchilarini "O'qish kitobi" darsligi asosida xalqaro PIRLS nazoratiga tayyorlash va boshlang'ich sinf o'qituvchilariga yordam tariqasida H.Bakiyeva tomonidan "4- sinf o'qish darslarida adabiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirish"[1;2] qo'llanmasi yaratildi. Mazkur qo'llanmada mazkur muammo va uning yechimi bilan bog'liq pedagogik tajribalar inobatga olingan. Bundan tashqari, o'quvchilarni o'qish savodxonligini, ya'ni ilmiy-ommabop va badiiy asarlarning tahliliga o'rgatuvchi o'quv-uslubiy qo'llanmalar tavsiya etildi. Bularni yetarli darjada deb bo'lmaydi.

Xalqaro PIRLS talablari, birinchi navbatda, o'qish va tahlil uchun tavsiya etilgan matnning adabiy-badiiy, ijtimoiy, ma'naviy, ma'rifiy saviyasiga bog'liq.

Darsliklarga o'quvchilarning mustaqil va kreativ fikrlashga undaydigan asarlar tanlab kiritilishi lozim. O'quvchi yaxshi asar kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg'urish, tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o'zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini his qilib borishi zarur. Asar matn yuzasidan beriladigan topshiriqlar o'quvchilarning o'qish savodxonligini ta'minlashi kerak. Bu borada ham darsliklarimizda kamchiliklar mavjud.

O'quvchilarning o'qish savodxonligini yuqori darajaga ko'tarish o'qituvchining matnni tahliliga doir bilimiga va pedagogik mahoratiga ko'p jihatdan bog'liq.

Darslik matnlari qiziqarliligi, hayotiyligi, badiiy yuksakligi va matn so'nggida berilgan savol-topshiriqlar mazmuni yuzasidan ko'zdan kechirilsa, o'quvchilarning hissiyotiga turtki berolmaydigan, tasavvurlarini boyitolmaydigan, aksincha qiziqishlarini so'ndiradigan matnlarni ko'rish mumkin. Masalan, 3- sinf "O'qish kitobi"da Hamidulla Murodovning "Yangi uy"[2;6] hikoyasida 3- sinf o'quvchilari qurilishda qum, g'isht, tuproq tashib berishga da'vat etiladi va ular qurilishga borib ishlaydilar. Bu hikoyani o'qib, asar xalqaro standart talabiga javob beradimi? degan savol tug'iladi.

Go'zal Begimning "Opa-singil daryolar"[2;9] ertagining 3-xatboshisida keltirilgan maqol nimani nazarda tutib ertakda qo'llangani, opa-singil Sirdaryo va Zarafshonning "quloqlariga nima sababdan tilla zirakday qadaldi?", "Jonivorlar, o'simliklar maktabga qatnashar ekan"(?) "Til qudrati" (rivoyat) matnida "tilning qudrati" nimada? Po'lat Mo'minning "Mustaqillik ahillikdan" she'ri quruq pand-nasihatdan tuzilgan, o'quvchini ishontiradigan, hayratlantiradigan asosni topib bo'lmaydi. Muhabbat Hamidovaning "Vatanni tanish" hikoyasi nomidan juda qiziqarli hayotiy voqeani kutasiz, lekin voqealar tizimida mantiqni ko'rmaysiz, sujet sun'iy. Shuningdek, "Ona-Vatan" asarida ham bola ko'zi bilan ko'rib turgan narsalar sanalgan. Voqealar o'quvchini o'ylashga, fikrlashga undamaydi, badiiy-estetik didini o'stirmaydi, o'quvchi shaxsini rivojlantirmaydi. Kavsar Turdiyeva "Obod mahalla bo'ylab"[2;12] she'rida o'quvchi ko'rib turgan narsani she'riy yo'l bilan ifoda etadi:

Bizning mahalla-ko'y, Har bir xonadon va uy. Mehrlarga to'lmoqda, Shundan obod bo'lmoqda [2;12].

Keyingi bandlar ham bundan qolishmaydi. Mazmun-mantiqning noaniqligi uning tiliga ham ta'siri qilgan.

Darslikka kiritilgan asar matni yuzasidan uning mazmun-mohiyatini chuqur tushunishga, mustaqil izlanishga va ijodiy fikrlashga, hayot bilan bog'lashga, xulosa chiqarishga, nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan savol-topshiriqlar berilib, aksincha asar mazmunini qayta hikoyalash talab etiladigan topshiriqlardan qochish lozim.

Darsliklarda asar badiyati, til xususiyatlari, sujet voqealari o'rtasidagi aloqadorlik, qahramonlarning xarakter-xususiyati bilan bog'liq ma'lumotlarga, umumlashma xulosalarga kam e'tibor berilmoqda. O'quvchilarni o'qish savodxonligi bo'yicha PIRLS xalqaro sinovlariga tayyorlash shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan bir martalik tadbir bo'lmasdan, boshlang'ich ta'limning bundan keying istiqbol rejasida muhim o'rin tutishini hisobga olish zarur.

Ma'lumki, badiiy asañami o'qish bilan bog'liq holda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim tizimida o'quvchilarning badiiy-estetik tafakkurini shakllantirish, o'zligini anglashga yo'naltirish, Vatanga muhabbat tuyg'ularini kamol toptirishda boshqa o'quv predmetlari kabi bolalaг adabiyoti namunalarini san'at asaгi sifatida o^ganish vazifalaгi yuklatilgan o'qish ta'limi alohida o'rin tutadi.

Hoziïgi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'qish metodikasi bo'yicha aniq dalillangan, ilmiy asoslangan ko^satmala^a muhtoj. Metodika bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini adabiy ta'lim mazmuni va uni o'qitishga mustaqil, ongli yondasha oladigan, o'zgalaming tajribasini na faqat o^ganish, balki ulaг faoliyatining natijalarini ongli гavishda tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqara biladigan bo'lishlaгini ta'minlashga qaгatilishi keгak.

Boshlang'ich sinflaгda o'qish metodikasining asosi sifatida quyidagi didaktik qonuniyatlarni keltirish mumkin:

1. Ta'lim o'quvchilarning anglashlariga haг tomonlama ta'siï etuvchi xaгakteгda bo'lishi.

2. O'quvchilaT oldilaгiga qo'yilgan masalani aniq tushunishlari.

3. O'qituvchi yangi muгakkab ta'limiy muammolami tanish hodisalaг holatida ko^sata olish mahoгatiga ega bo'lishi. Adabiy ta'lim jarayonida deduktsiyani induktsiya bilan bog'lay bilishi [3; 207].

Hozirgi adabiy ta'lim maktab oldiga o'sib kelayotgan yosh avlodni asriaT mobaynida insoniyat tarixi davomida yaratilgan va to'ldirib, boyitib kelingan madaniy boyliklarni egallash, real hayotga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashlariga erishish, atrofdagi kishilar bilan madaniyatli muomala qilishga o^gatish, intellektual salohiyatli kishilaг qilib taTbiyalash talabini qo'ymoqda. Bunga erishish uchun o'quvchilarning ta'limiy imkoniyatlarini hisobga olgan

holda adabiy ta'limning har bir bosqichida o'qitish metodlari, maqsad va vazifalarini aniq-ravshan belgilab olish lozim.

Badiiy asarning san'at hodisasi sifatidagi xos xususiyatlarini chuqur tushunish, mavjud adabiy bilim va tushunchalarni rejadagi asarlar tahliliga tadbiq etish o'qish darslarining sifat va samaradorligini ta'minlaydi.

REFERENCES

1.H.Bakiyeva. 4-sinf o'qish darslarida adabiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: Nodirabegim. 2021.

2. M.Umarova va b. O'qish kitobi. 3-sinf uchun darslik. -T.: O'qituvchi. 2019.

3. S.Matchonov va b. Boshlang'ich sinfda ona tili o'qitish metodikasi. Darslik. -T.: Ishonch hamkor. 2021.

4. Матчонов, С. (2020). Бадиий асар матни устида ишлаш усуллари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 332-337.

5. Matjonov, S. (2020). Jahongashta adib. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 379-390.

6. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида табиат эстетикаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 338-345.

7. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида истикдол гоялари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 369-373.

8. Шерматова, У. С. (2020). Чулпон ижодида ватан, халк ва инсон талкини. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 301-308.

9. G'ulomova, X. (2020). Boshlang'ich sinfda o'qish darslarini tashkil etish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 354-359.

10. G'ulomova, X., & Bakiyeva, H. (2020). O'qish darslarida she'riy asarlar matni ustida ishlash. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 582-589.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.