Научная статья на тему 'O`QUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASHDA MATN BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI'

O`QUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASHDA MATN BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

665
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / xalqaro tadqiqot / og`zaki nutq / yozma nutq / o`qish savodxonligi / matn / PISA / international research / oral / written speech / reading literacy / text

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kamshat Baymenova

Mazkur maqolada o`quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashda matn bilan ishlashning ahamiyati borasida so`z yuritiladi. Xususan, mantiqiy, kreativ fikrlashga undovchi, tanqidiy-tahliliy hamda motivatsiya beruvchi matnlar ustida o`quvchilar bilan tizimli ish olib borish, ularni xalqaro sinovlarda tayyorlashda samarali natijalar berishi borasida ham fikrlar yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARING STUDENTS FOR INTERNATIONAL RESEARCH THE IMPORTANCE OF WORKING WITH TEXT

This article discusses the importance of working with text in preparing students for international research. In particular, it was suggested to work systematically with students on texts that encourage logical, creative thinking, critical-analytical and motivating, to give effective results in preparing them for international exams.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASHDA MATN BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI»

OQUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASHDA MATN BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI

Kamshat Baymenova

Berdaq nomidagi QDU Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o' quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashda matn bilan ishlashning ahamiyati borasida soz yuritiladi. Xususan, mantiqiy, kreativ fikrlashga undovchi, tanqidiy-tahliliy hamda motivatsiya beruvchi matnlar ustida oquvchilar bilan tizimli ish olib borish, ularni xalqaro sinovlarda tayyorlashda samarali natijalar berishi borasida ham fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: PISA, xalqaro tadqiqot, og zaki nutq, yozma nutq, o qish savodxonligi, matn

PREPARING STUDENTS FOR INTERNATIONAL RESEARCH THE IMPORTANCE OF WORKING WITH TEXT

ABSTRACT

This article discusses the importance of working with text in preparing students for international research. In particular, it was suggested to work systematically with students on texts that encourage logical, creative thinking, critical-analytical and motivating, to give effective results in preparing them for international exams.

Keywords: PISA, international research, oral, written speech, reading literacy,

text

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim sifatini baholash boyicha PISA, PIRLS, TIMSS, kabi xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish mamlakatimiz xalq ta'limi tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Mana shu dastur orasida PISA tadqiqoti oquv jarayoniga zamonaviy usullarni olib kirish, ta'lim oluvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yonaltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

PISA - turli davlatlarda 15 yoshli oquvchilarning o qish, matematika va tabiiy fanlar boyicha savodxonligi hamda bilimini amaliyotda qollash qobiliyatini baholovchi dastur bolib, u har uch yilda bir marta otkaziladi. PISA dasturi ilk marta 2000-yil oquvchi-yoshlar o'rtasida qo'llangan. Mamlakatimiz ham ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rayotgan, 2021-yilda otkazilishi rejalashtirilgan galdagi sinovlar pandemiya munosabati bilan 2022-yilda amalga oshiriladigan bo'ldi. PISA dastiriga qatnashishdan maqsad yurtimizda testlarni o tkazish emas, balki farzandlarimizda XXI asr konikmalarini shakllantirish, intelllektual kadrlarni tayyorlash uchun zamin hozirlashdir.

Ma'lumki, ona tili ta'limining bosh maqsadi og'zaki va yozma nutq konikmasi, togri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirish, oquvchilarni imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilishdan iborat. Ona tili darslarida og zaki hamda yozma nutq ko nikmasini shakllantirish ancha murakkab jarayon bo lib, unda savodxonlik, ijodiylik, fikrni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon eta olish muhim hisoblanadi. Yozma nutq savodxonligi oquvchidan o z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalari, adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ifodalashni talab etadi. Ogzaki nutqda esa bolaning fikrlash qobiliyati, tafakkuri, dunyoqarashi, ohangni oz ornida qollashi juda muhim. Demak, biz oquvchi-yoshlarda mana shu konikmalarni shakllantirish uchun ularni matn bilan ishlashga orgatmogimiz lozim. Zero, PISA xalqaro tadqiqotining o qish savodxonligi yo nalishida ham matnlar asosida tuzilgan test savollari ustida ish olib boriladi.

Xo sh, o qish savodxonligi qanday tushuncha o zi? O qish savodxonligi -insonning matnni tushunish va undan foydalana olish qobiliyati, bilim va imkoniyatlarini kengaytirishi, o z masqadiga erishish uchun ijtimoiy hayotda munosib ishtirok etishi. Oqish-bu shunchaki harflarni qoshib soz hosil qilish yoki ovoz chiqarib mutolaa qilish emas, balki matn bilan chuqur ishlab, undan ma'no keltirib chiqarishdir. Oqish savodxonligida oquvchilar matndan axborotni toppish va ajratib olish, sharhlash, matndan tashqari bilimlarga tayanish, tushunish hamda baholash, matn mazmunini anglash kabi ko nikmalarni hosil qiladi. Umuman olganda, o qish savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo lib, puxta tekshirishlar asosida maqsadga yo'naltirishni anglatadi.

PISA dasturi o qish savodxonligini ma'lum bir matn asosidagi mashqlardan foydalanish orqali baholaydi. O qish savodxonligining mazmuni vaziyat, matn va o qish malakasidan iborat. Matn namunalari ma'lum bir vaziyatlarga asoslangan bolib, bu vaziyatlar shaxsiy, ijtimoiy, oquv va rasmiy kabi turlarga bolinadi. Oqish

malakasi matn hamda matndan tashqari bilimga tayanadi. Matnga tayanish-undan axborotni toppish va ajratish, matndagi xabarni umumlashtirish va sharhlashni anglatsa, matndan tashqari bilimga tayanish matnni mazmuni va shakliga ko ra anglash hamda baholashni bildiradi. Bundan tashqari matnlar formatiga kora yaxlit (jumlalar ozaro birikkan), yaxlit bo'lmagan (ro'yxat, jadval, grafik, indekslar), aralash (og'zaki va og'zaki bo'lmagan), murakkab (bir necha tarkibli) kabi turlarga bolinadi.

Oqish savodxonligini baholash oquvchilar bilimini sinashga moljallangan matn va shu matn boyicha tayyorlangan savol-topshiriqlarga asoslanadi. O qish savodxonligi olchamlari topshiriqlar murakkabligi (oson yoki murakkab), savollar shakli (ochiq yoki yopiq), javoblarning balli baholanishi (qisman baholash modeli)ni o z ichiga oladi. Berilayotgan topshiriqlar qiyinlik darajasiga ko ra osondan murakkabga qarab tartiblanadi. Ochiq savollar oquvchilardan erkin, aniq va asoslangan javoblar talab etsa, yopiq savollarda tayyor holda berilgan to'rt-besh javobdan bitta to g risi tanlanadi yoki hodisalar ro yxatiga tegishli raqamlar qoyiladi. Shuningdek, matndan yagona togri soz javob tariqasida topilib, yoziladi. Rossiya Federatsiyasi ta'lim sifatini baholash markazi rahbari, xalqaro coordinator Galina Kovalyova ma'ruzalaridan birida shunday deydi: "Biz olchanishi oson bolgan narsani emas, balki muhim narsani olchashni organmogimiz lozim".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda "PISA-2022" tadqiqotlariga oquvchilarni tayyorlashda ta'lim sifatini baholash boyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan har bir yonalish boyicha ishlab chiqilgan metodik qollanma va mashq daftarlari dasturulamal bolmoqda. Shuningdek, tegishli fanlar kesimida o quv dasturi va darsliklar xalqaro baholash dasturi talablari asosida takomillashtirilmoqda. Jumladan, 2020-2021-o'quv yilida 5-sinf ona tili o'quv dasturlarida tubdan o'zgarish bo'ldi va darslik qayta ishlandi. Amaldagi dasturda mavzular faqat nazariy bilimlardan iborat bolsa, yangi dastur mazmuni nazariya va amaliyotga birday yonaltirildi. Amaliy faoliyatga yo naltirilgan mashq va topshiriqlar ularning mazmuniga singdirildi. Darslikka matn va lugat bilan ishlash rukni kiritildi. Oquvchilarning soz boyligini oshirish maqsadida ikki yuzga yaqin sozlarning izohli lugati berildi. Matnlar bilan ishlash uchun tort konikma: tinglab tushunish, gapirish, oqish va yozish boyicha malaka talablari ishlab chiqildi. Buning natijasida bola, avvalo, matn tuzish texnikasini organadi. Mustaqil matn tuzib, fikrni bemalol yozma bayon eta oladigan

bo'ladi. Matn, lug'at, nutq bilan ishlash jarayonida qanday so'zlardan foydalanish kerakligini, qaysi so'z qo'llansa, o'rinli bo'lishini anglab yetadi.

Yangi darslikka kiritilgan mantiqiy, kreativ fikrlashga undovchi, tanqidiy-tahliliy hamda motivatsiya beruvchi matnlar ustida o'quvchilar bilan tizimli ish olib borilsa, ularni xalqaro sinovlarga tayyorlashda samarali natijalar berishi shubhasiz. Chunki o'quvchi matnni o'qiydi, eshitadi, gapiradi va shundan xulosa chiqaradi.

4-darsda berilgan matn bilan ishlashda o'quvchilarni PISA tadqiqotiga tayyorlash uchun tuzilgan topshiriqlar bilan o'rtoqloshmoqchiman. Dastlab berilgan matn audio holida yoki o'qituvchi ko'magida tinglanadi.

Bir kuni dehqon, tegirmonchi va novvoy tortishib qolishdi. Novvoy dedi: - Men shu mazali va chiroyli nonlarni pishirmasam, siz nima yer edingiz?

Tegirmonchi dedi: - Men bug'doyni tegirmonimda yanchib, un qilmasam, sen bu mazali nonni nimadan pishirarding?

Dehqon aytdi: - Agar men bug'doyni ekib ko'kartirmasam, sen tegirmonda nimani yancharding?

Ular uzoq tortishib, donishmand ota yoniga kelishdi. Donishmand bir gap bilan ularning bahsiga yakun yasadi: - Uchovingizning ham kasbingiz kerakli, dehqon, tegirmonchi va novvoyning kasbi eng zarur kasbdir,-dedi.

1-topshiriq. "Jumla javohirini joyla" usuli.

Bu usulda o'quvchilar aynan matnni o'qish orqali gapda tushirib qoldirilgan sozlar, ya'ni javohilarni oz orniga joylashtirishlari kerak boladi. Bir kuni...........,...........va..........tortishib qolishdi.

A) tikuvchi, to'quvchi, gilamdo'z

B)* dehqon, tegirmonchi va novvoy

D) duradgor, o' qituvchi, shifokor

E) haydovchi, oshpaz, raqqosa 2-topshiriq. "Tafakkur gulshani" usuli.

Bunda bolalar tanishib chiqqan matnlari g'oyasiga mos keluvchi maqol yoki hikmatli so'zni topishlari lozim bo'ladi.

Matn mazmuniga mos keluvchi maqolni toping.

A) Non yemoqchi bo' lsang, O'tin tashishdan erinma.

B) Mehnat bilan topganing, Qand-u asal totganing.

C) *Mehnat qilding, xop qilding, Minnat qilding, yo' q qilding.

D) Nonni mehnat topgan, Mehnatni non topgan.

3-topshiriq. "Nima deb o'ylaysiz?" usuli.

Mazkur usul yordamida bolalarning ijodiy fikrlashi hamda yozish savodxonligi rivojlantiriladi. Oqituvchi tomonidan mustaqil fikrlashga undaydigan bir yoki bir nechta savol taqdim etiladi, oquvchilar esa bu savolga yozma javob berishlari kerak boladi.

Savol: Nima deb o'ylaysiz, dehqon, tegirmonchi va novvoy nega tortishib qoldi? Bu tirtishuvning asosiy mavzusi nima edi?

Javob: Chunki har bir kasb egalari o z mehnatlarini yuksak baholaydi. Bu tortishuvning asosiy mavzusi nonning kelib chiqishida kasblarning oz orni borligini ko'rsatish edi.

To'g'ri, oquvchi har doim ham bunday savollarga to'g'ri javob bera olmasligi mumkin, lekin, eng muhimi, unda o z mustaqil fikrini bayon etish ko nikmasi shakllana boradi.

4-topshiriq. "Hashar" usuli

Ma'lumki, matnning mazmuniy yaxlitligini ta'minlashda ayrim so zlar yoki gaplar asosiy orinni egallaydi. Matn mohiyatini belgilashda ular tayanch birliklar hisoblanadi. Matn mazmunini qayta hikoya qilishda shu birliklar asos boladi. "Hashar" usuli oquvchilarda gapirish konikmasini shakllantirish uchun juda qulay. Tinglangan matn yuzasidan oquvchilar bilan birgalikda yoki alohida guruhlarda hasher yoli bilan matnni qayta hikoya qiladilar. Bunda har bir bolaning fikri oldingi fikrning uzviy davomi bo lishi, gaplar mazmunan bir-biriga bog langan bo lishi lozim. Namuna:

1-o'quvchi: Ular uzoq tortishib, donishmand ota yoniga kelishdi.

2-o"quvchi: Tegirmonchi dedi: - Men bug'doyni tegirmonimda yanchib, un qilmasam, sen bu mazali nonni nimadan pishirarding?

3-o"quvchi: Bir kuni dehqon, tegirmonchi va novvoy tortishib qolishdi.

4-o"quvchi: Novvoy dedi: - Men shu mazali va chiroyli nonlarni pishirmasam, siz nima yer edingiz?

5-o"quvchi: -Uchovingizning ham kasbingiz kerakli, dehqon, tegirmonchi va novvoyning kasbi eng zarur kasbdir,-dedi.

6-o'quvchi: Dehqon aytdi: - Agar men bug'doyni ekib ko'kartirmasam, sen tegirmonda nimani yancharding?

7-o'quvchi: Donishmand bir gap bilan ularning bahsiga yakun yasadi.

Ana shu tariqa matn qayta gapirib beriladi, uning mazmuni o'zlashtirilishi barobarida o'quvchilar qalbida kasblarga hurmat tuyg'usi singdiriladi. 5-topshiriq. "Sarlavha sehri" usuli.

Matndagi yaxlit mavzu, mazmun, asosiy g'oya muallifning maqsadiga muvofiq uning nomi-sarlavhasida aks etadi. Darslikdagi ba'zi matnlar atayin sarlavhasiz berilib, unga mos sarlavha toppish o'quvchiga qoldiriladi. Bu vaziyat bolani har qanday holatda ham o'z fikrini aytishga undaydi.

Bu usulda o'quvchilar berilgan matnga mustaqil ravishda sarlavha topadilar va galma-gal chiqib, uni yozuv taxtasiga yozadilar. Nega aynan shunday sarlavha qo'yganlarini qisqacha izohlaydilar. Matn mavzusiga mos chiroyli sarlavha topa olgan o'quvchilar alohida e'tirof etiladi va ularga nominatsiyalar beriladi. Afzalligi shundaki, topshiriqni yakka holda ham, kichik guruhlarda ham bajartirsa bo'ladi. Yuqoridagi matnga bolalar shunday sarlavha qo'yishlari mumkin:

O'quvchi yoki guruh Tanlangan sarlavha Berilgan nominatsiya

1-o'quvchi Eng kerakli kasb Munosib sarlavha

2-o' quvchi Sharafli kasblar Ajoyib sarlavha

3-o'quvchi Kasblar jangi Antiqa sarlavha

XULOSA

Xullas, bugun biz - ozbek tili va adabiyot oqituvchilari zimmasiga farzandlarimizni xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorlashdek mas'uliyatli vazifa turgan ekan, shu vazifani amalga oshirishda bor mahoratimiz va kuch-gayratimizni safarbar etmog' imiz lozim.

REFERENCES

1. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.

2. Xalqaro tadqiqotlarda oquvchilarning o'qish savodxonligini baholash. Metodik qollanma. T-2019

3. PISA for development assessment and analytical framework: reading, mathematics and science © OECD 2018

4. Международный координационный центр исследования TIMSS -http ://timss2015.org/.

5. A.B.Radjiyev, A.A.Ismailov, J.R.Narziyev, X.P.Tog'ayeva, «O'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi», Qo'llanma, 2019-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.