Научная статья на тему 'O’ZGA TILLI GURUHLARDA TINGLAB TUSHUNISH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR'

O’ZGA TILLI GURUHLARDA TINGLAB TUSHUNISH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
495
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarjima mеtodi / to’g’ri mеtod / aralash mеtod / translation method / correct method / mixed method

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxlisa Muhiddin Qizi Qahramonova, Lobar Zoyir Qizi Murodova, Muhayyo Nazarbek Qizi Nurhonova

Hozirgi vatqda nafaqat chеt tiliga o‘qitish bo‘yicha balki barcha fanlarga o‘qitishni, o‘rgatishni yangi-yangi mеtodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish to‘g‘risida ko‘p ishlar olib borilyapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kеrak bo‘lgan eng muhim muammolardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR DEVELOPING LISTENING AUTHORITY IN OTHER LANGUAGE GROUPS

There is a lot of work being done not only on teaching foreign languages, but also on finding and testing new methods of teaching all subjects. This is one of the most important issues that needs to be addressed in order to improve the current educational process.

Текст научной работы на тему «O’ZGA TILLI GURUHLARDA TINGLAB TUSHUNISH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR»

www.scientificprogress.uz

O'ZGA TILLI GURUHLARDA TINGLAB TUSHUNISH SALOHIYATINI

RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Muxlisa Muhiddin qizi Lobar Zoyir qizi Muhayyo Nazarbek qizi

Qahramonova Murodova Nurhonova

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari

ANNOTATSIYA

Hozirgi vatqda nafaqat chet tiliga o'qitish bo'yicha balki barcha fanlarga o'qitishni, o'rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko'rish to'g'risida ko'p ishlar olib borilyapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kerak bo'lgan eng muhim muammolardan biridir.

Kalit so'zlar: tarjima metodi, to'g'ri metod, aralash metod

METHODS FOR DEVELOPING LISTENING AUTHORITY IN OTHER

LANGUAGE GROUPS

Muxlisa Muhiddin qizi Lobar Zoyir qizi Muhayyo Nazarbek qizi

Qahramonova Murodova Nurhonova

Students of Samarkand State Institute of Foreign Languages

ABSTRACT

There is a lot of work being done not only on teaching foreign languages, but also on finding and testing new methods of teaching all subjects. This is one of the most important issues that needs to be addressed in order to improve the current educational process.

Keywords: translation method, correct method, mixed method

KIRISH

"Metod" tushunchasiga doir ta'limshunoslik o'qitishni umumiy nazariyasi sifatida ushbu atama keng qo'llaniladigan fandir. Didaktlar "Metod" atamasini bilish, malaka, ko'nikmani egallash, o'qituvchilarda dunyoqarashini shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo'lidagi muallim va talabaning ish usuli sifatida izohlaydilar. Fan asoslarini o'rgatadigan o'quv predmetlari uchun mo'ljallangan ta'limning umumiy metodlari ishlab chiqilgan. O'quv predmetining hususiyatlari hisobga olinib, metodikada chet tilini o'qitish metodlari yaratilgan. Chet tilini o'qitishda metodlarni tadbiq etish uzoq davrlardan boshlangan. Chet tilini o'qitish metodikasida "Metod" atamasi asosan 3 xil ma'noni bildiradi.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Birinchidan, metodika tarixidagi butun bir yo'nalish (tarjima metodi, to'g'ri metod, qiyosiy metod, aralash metod);

Ikkinchidan, yuqoridagi yo'nalish tarkibiga kiruvchi o'qitish sistemasi;

Uchinchidan, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro bog'langan faoliyati usuli. (Tanishish, mashq qilish va qo'llash metodlari).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Chet til o'qitish tarixida birinchi va ikkinchi metodlar "tarixiy" metodlar nomi bilan, uchinchisi "jarayonni ifodalash" metodlari atamasi bilan yuritiladi. Tarixan metodlar to'rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga "tarjima", "to'g'ri (yoki tarjimasiz)", "qiyosiy ", "aralash" so'zlarini aniqlovchi sifatida qo'shib aytiladi, shunday qilib, chet til o'qitishning bir necha asrlik tarixidagi barcha metodlar to'rt toifaga to'plangan. Ularning har birini qisqacha tahlil qilish talab etiladi, chunki birinchi metodikada ularning ayrim hususiyatlari muayyan shaklda qo'llanilmoqda.

TARJIMA QILISH METODI. Ushbu metodning nomi odatda "Tarjima metodlari" atamasi bilan ko'plikda ishlatiladi. Shunga ko'ra ma'noni bilib olish qiyin emas; chet til materiali ona tiliga tarjima qilinadi. Ovropada, avval yunon tili, keyinchalik lotin tili o'rgatilganda tarjima tushunish usuli qilib olingan. XVIII asrning ikkinchi yarmida va XIX asr davomida frantsuz tili, XX asrda esa ingliz tili va nihoyat nemis tili tarjima orqali o'rganilindi, musulmon dunyosida esa asosan arab tili, qisman fors tili chet tillar sifatida o'rganib kelindi. O'lik va jonli tillarni tarjima metodi bilan o'rgatilib, bu jarayon mantiqiy tafakkurni rivojlantirish omili hisoblab kelindi. Arab tili esa islom dini asarlarini o'rgatish vositasi bo'lib, uni ko'pchilik talabalar quruq yodlash orqali o'rganishar edi. Oliy, diniy o'quv yurtlarida arab, fors, turkiy tillar atroflicha o'rganilgan. Tarjima metodlari orasida eng ko'p tarqalganlari "Grammatika-tarjima metodi" va "Matn tarjima metodi" nomlari bilan mashxur bo'lgan. birinchisining namoyondalari so'z va rang tarjimasini grammatika qoidalarini o'rgatish uchun tatbiq etganlar, ikkinchisining tarafdorlari esa matnni o'qish va uning mazmunini tushunishda tarjimadan foydalanishni maqsad qilib qoygan. Har ikkala tarjima metodini qo'llashdan faqat ta'limiy maqsad ko'zlangan. Chet til retseptiv tarzda o'rganilgan. O'z davrining tilshunoslik va ruxshunoslik ma'lumotlariga asoslanib, chet til o'qitish metodlari ishlab chiqilgan. Ayrim muallimlar hozirgacha tarjima metodlari usullaridan noo'rin foydalanishmoqda. Masalan: matnni og'zaki tarjima qilish xato metodik usuldir. Matnning ayrim jumlalari yoki bir-ikki bo'lagini muayyan maqsadda tarjima qilish man etilmaydi. Lug'atdan foydalanib, yangi so'zlarning ma'nolarini ochish maqsadida tarjima qilishga mo'ljallangan kichik matnlar berilishi mumkin, Bu erda matnni tarjima qilishdan ko'zlanadigan maqsad lug'atdan foydalanishni o'rgatish.

TO'G'RI O'QISH METODI. Metod nomining kelib chiqishiga asosiy sabab shuki, to'g'ri metodda o'qitish chog'ida ona tilini chetlab o'tib chet til so'zi bilan predmet orasida bevosita assotsiatsiya, ya'ni fikran bog'lanish o'rnatishga urinib ko'rilgan. Chet til grammatikasini o'rgatishda ham huddi shunday metodik yo'l tutilgan; grammatik ma'no bilan shakl o'rtasida bevosita bog'lanish hosil qilmoqchi bo'lishgan. To'g'ri metodning dunyoga kelish sababini chet tillarni amaliy o'rganish maqsadidan qidirish joizdir. O'tgan asrning oxirlariga kelib, Garbiy Evropa mamlakatlari va Amerika Qo'shma Shtatlarida chet til o'qitishni isloh qilish natijasida ushbu metod kashf etilgan. Keyinchalik bu metod - Osiyo, Afrika va boshqa yurtlarga ham tarqalgan. Ona tili ishtirokisiz chet tilini o'rgatishga intilishlarni to'g'ri metod, induktiv metod, tabiiy metod kabi atamalar bilan yuritila boshlangan. Ushbu metodlardan ko'zlanadigan asosiy maqsad chet tilni amaliy jihatdan o'rgatishdir. Ona tilini o'rganish shart-sharoitlari bu metodda o'zgarishsiz qabul qilina bergan. To'g'ri metodning zamonaviy ko'rinishlaridan ikkitasi - audiolingual va audiovizual metodlari ko'p tarqalgan. Audiolingual metodning asoschilari (mashxur Amerika metodistlari Chariz Karpenter Friz va Robert Lado) fikrlariga binoan chet til amaliy va ta'limiy maqsadda o'rganiladi. Til materiallaridan chet til jumlalari (nutq namunalari)ni tanlash va o'rgatishga muhim o'rin beriladi. Nutq faoliyati turlarini o'rganish tartibi quyidagicha kechadi: tinglab tushunish, gapirish, - o'qish - yozuv. Og'zaki nutq chet tilda aloqa vositasi sifatida, yozma nutq esa og'zaki nutq materiali asosida o'rgatiladi. Muallimlar audiolingual metodning bir qancha ijobiy xossalarini maktab tajribasidan biladilar. Chunonchi, nutq namunalarining til o'rgatish birligi darajasiga qo'lanilishi, og'zaki nutqning ilgarilashi, og'zaki nutqning materialida o'qish va yozuvning o'rgatilishi V-VII sinflarda tegishli o'zgarishlar bilan qabul qilingan. Audiolingual metodning ayrim qonuniyatlari bizning sharoitga to'g'ri kelmasligi maktab darsliklariga hisobga olingan. Masalan: nutq namunalari ong ishtirokisiz va hech qanday qoidalar berilmasdan o'rgatish undagi g'ayri ilmiy ko'rsatmalardir. Aktiv va passiv til materialini farqlagan holda ularning o'zlashtirishiga, befarq qarashadi. Bu ham noto'g'ri metodik yo'l-yo'riqdir. Audiolingual metoddan qator jihatlari bilan farq qiladigan audiovizual metod nomoyondalari (P.Guberina, P.Rivan) metodik ko'rsatmalariga binoan leksik materialni an'analariga alohida e'tibor berilgan. Xayotiy mavzularda erkin fikr yuritish uchun 1500 so'z tanlangan, turli texnikaviy vositalarga ta'lim jarayonida katta o'rin beriladi. Ikkala metodning umumiyligidan tashqari tafovutlari ham bor. Masalan, audiovizual metodda og'zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o'qish o'rgatiladi. O'qish yozuvdan keyin o'rgatiladi, Bizning maktablarda ushbu metodlaridan ijobiy foydalaniladi. O'rta maktabda birinchi yillari chet tili o'qitishda yozuv o'qishdan oldin, keyinchalik esa o'qish yozuvdan oldin va yuqori sinflarda o'qish barcha nutq faoliyati turlaridan oldin

o'rgatiladi.To'g'ri metodlarning repraduktiv va retseptiv tarizda chet til o'rgatish metodlari ham metodika tarixida sezilarli iz qoldirgan.

ARALASHTIRISH METODI. Ushbu metod ikki katta metodik yo'nalishlarning ilmiy-amaliy tomonlarini o'ziga singdirib olgan, Aralash metodlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida tarjima va to'g'ri metodlar qorishmasi sifatida vujudga keldi. Aralash metod haqida uning nomoyondalari Daniyalik ruxshunos K.Flagstad, nemis tilshunosi E.Otto, nemis metodisti F.Aronshtean, nemis tilshunosi G.Paul kabilarning ilmiy isharidan ma'lumotlar olish mumkin. Aralash metodning yana bir boshqacha ko'rinishi to'g'ri metod va qiyosiy metod printsiplarining qorishmasi sifatida vujudga keldi. Ushbu zamonaviy aralash metodning nomoyondalari metodistlar Amerikalik II Xenbold, Belgiyalik F.Klossa, Germaniyalik A.Bolen va rus chet til o'qitish ruhshunosi R.B.Beliyev tadqiqotlaridan ma'lum va mashxurdir.

QIYOSLASH METODI. Uning to'liq nomi "Ongli qiyosiy metod" deyiladi. Bu metodnig asoschisi A.V.Sherba bo'lib bu metodni hozirgi davr chet til o'qitish jarayoniga moslashtirgan. Metod asoschisi ishini samarali davom ettirgan pedagogika fanlari akademiyasi muxbir a'zosi, professor I.B.Raxmonov bo'lgan. Ushbu metodni qiyoslash, ona tiliga suyanib ish ko'rish nutq faoliyatlarini bir yo'la o'rgatish singari hususiy printsiplari 40-50 yillarda shakllanadi va keng ko'lamda amaliy qo'llanadi. Chet til o'qitishning amaliy, ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlari ilmiy asoslab berilgan bu metodning birinchi ko'rinishi edi. 60-yillardan hozirgacha bo'lgan vaqt ichida ongli-qiyosiy metod zamonaviylashtirildi. Jumladan, qiyoslash o'quvchilarning dars paytidagi yumush tarzida emas, balki mashqlar sistemasini tuzishda metodist va muallim vakolatiga kiradigan ishdir. Ongli-qiyosiy metodning birinchi ko'rinishida qoida asosida mashq bajariladi. Zamonaviy ko'rinishda mashq jarayonida amaliy ruxdagi qoida umumlashtiriladi. O'quvchi qiyoslash, qoidani yodlash va aytib berish, nazariy bilimlar yig'ish bilan maxsus shug'ullanmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Metod atamasini ifodalashning yana bir turi chet til o'qitish jarayonida amaliy foydalaniladigan metodlardir.

Ular uchta:

1) tanishish

2) mashq qilish

3) qo'llash.

Ushbu uch atamani metodik tadqiqotlarda turli nomlar bilan yuritib kelindi. Ko'pchilik tan olgan va o'qitishda bevosita mushoxada qilish mumkin bo'lgan mazkur metodlar o'quvchi nuktai nazaridan nomlangan. O'quvchining chet tili o'rganishdagi vazifasi o'quv materiali bilan tanishish, ko'nikma va malaka hosil qilish maqsadida

mashq qilish hamda o'z fikrini bayon etish chog'ida, ya'ni nutqiy muloqotda tildan foydalanishdan iborat. Har bir metodning o'ziga xos hususiyatlari bor. Tanishish o'quv materialini o'rganishdagi birinchi qoidadir. Til birligini o'rganishga kirishilar ekan, o'quvchi uning shaklini (tovush tomonini og'zaki nutqda aniq ravshan ko'rsatish yoki grafik tili sonini yozma matndan ko'rib o'qiy olish), ma'noni (predmet xodisa harakat bilan fikran bog'lash) va qo'llanilishi (boshqa birliklar bilan qo'shilishi, qanday holatda ishlatilishi) bilan tanishadi. Shakl, ma'no va qo'llanish har bir leksik yoki grammatik birlikda o'rganiladigan uch tomondir. Ular bilan tanishish o'quv birligini o'zlashtirishning boshlanishi demakdir. Ushbu birlik xotirada saqlanishning asosiy shartlaridan biri uni eshitish va ko'rish sezgilari yordamida idrok qilishdir. Shu paytda til birligi mashq qilish bosqichidan o'tadi. Mashq qilish yo'li bilan o'rganilayotgan til hodisalari mustaxkamlanadi, ularga oid dinamik stereotip shakllanadi. Ushbu dinamik stereotip nutq jarayonida operatsiya maqomida ishga tushadi. Mashq qilishda mashqlar miqdori va sifatiga,ya'ni nechta va qanday mashq bajarish masalasiga alohida e'tibor beriladi. Mashq qilish chog'ida o'quvchi o'zlashtirayotgan ko'nikma muallim nazorati ostida bo'ladi, Nazorat qilishning eng tejalish usuli test o'tkazishdir. Qo'llash davrida axborot almashish (ya'ni malaka hosil qilish) mashqlari bajariladi. O'quvchilarning ogzaki va yozma fikr almashishlari jarayonida qo'llash metodi qo'l keladi. Oldin o'rganilgan material endi axborot yetkazishlarni olish maqsadiga bo'ysundiriladi. Metodlar faoliyat ko'rsatkichi, o'z navbatida metodik harakatlar orqali amaliyotda kursatiladi. Masalan: leksikaning ma'nosini tarjimasiz ochish usuli, matndan axborot olish usuli, grammatik birlikni leksik o'rgatish usuli, talaffuzni taqlid yo'li bilan o'rgatish va hokazo. Aniq usullar majmuasi jarayon metodini tashkil etadi.

XULOSA

Metodik adabiyotlarda metodlarni "Namoyish etish, tushuntirish va mashq" nomlari bilan berish yoki metodlar yettitagacha hollari uchraydi, Qanday nomlar yoki ular nechta bo'lishdan qat'iy nazar metodlar tanishtirish, ko'nikma hosil qilish va malaka berishga yo'naltirilgan

REFERENCES

1. J. Jalolov. Ingliz tili o'qitish metodikasi, "O'qituvchi" nashriyoti. Toshkent.

2. 1977 3. Г. Лозанов Сущность истории и экспeримeнтальныe nepcneKrnBbi рeдагогичeской c^TeMbi при обучeнии иностранным языкам. Изд. МГПИИЯ, «Высшая школа» 3, 1977

4. Мeтодика прeподования иностранних язиков зарубeжом. Москва, «Прогрecc» 1967.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.