Научная статья на тему 'PIRLS TADQIQOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI'

PIRLS TADQIQOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5764
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / xalqaro / tadqiqot / matn / baholash / boshlang„ich ta‟lim / sifat / topshiriq. / PIRLS / международный / исследование / текст / оценивать / начальное образование / качество / задача.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jamila Boymirzayevna Eshnazarova

Maqolada PIRLS xalqaro tadqiqoti haqida ma‟lumot berilgan bo„lib, PIRLS tadqiqoti uchun topshirqilar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi, o„quvchiga bu topshiriqni berishdan maqsad, shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕХНОЛОГИЯ ПОДГОТОВКИ И РАБОТА НАД ЗАДАНИЯМИ В РАМКАХ ИССЛЕДОВАНИЯ PIRLS

В статье представлен обзор международного исследования PIRLS, технологии подготовки и работы над исследовательскими задачами PIRLS, цели задания ученику и примеры ответов.

Текст научной работы на тему «PIRLS TADQIQOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI»

PIRLS TADQIQOTI UCHUN TOPSHIRIQLAR TAYYORLASH VA ULAR

USTIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Jamila Boymirzayevna Eshnazarova

Samarqand shahar 39-umumta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

[email protected]

Annotatsiya: Maqolada PIRLS xalqaro tadqiqoti haqida ma'lumot berilgan bo'lib, PIRLS tadqiqoti uchun topshirqilar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi, o'quvchiga bu topshiriqni berishdan maqsad, shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham bayon etilgan.

Tayanch so'zlar: PIRLS, xalqaro, tadqiqot, matn, baholash, boshlang'ich ta'lim, sifat, topshiriq.

ТЕХНОЛОГИЯ ПОДГОТОВКИ И РАБОТА НАД ЗАДАНИЯМИ В РАМКАХ ИССЛЕДОВАНИЯ PIRLS

Аннотация: В статье представлен обзор международного исследования PIRLS, технологии подготовки и работы над исследовательскими задачами PIRLS, цели задания ученику и примеры ответов.

Ключевые слова: PIRLS, международный, исследование, текст, оценивать, начальное образование, качество, задача.

TECHNOLOGY FOR PREPARATION AND WORK FOR PIRLS

RESEARCH

Abstract: The article provides an overview of the international PIRLS study, the technology of preparing and working on PIRLS research tasks, the purpose of the assignment to the learner, and the sample answers.

Keywords: PIRLS, international, study, text, to evaluate, elementary education, the quality, the task.

O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarining ta'lim oluvchi yoshlari 2021-yildan boshlab Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabr kuni qabul qilgan "Xalq ta 'limi tizimida ta 'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qaroriga asosan 15 yoshli o'quvchilar PISA, 10 yoshli

o'quvchilar PIRLS, 4- va 8-sinf o'quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifal ar belgilandi [11].

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - Xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish) - bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchilarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro dasturdir. Ushbu dastur har 5 yilda bir marta o'tkazishga mo' lj allangan[2.3].

PIRLS tadqiqotlariga 4-sinf o'quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o'qishning to'rtinchi yilida o'quvchilar o'qishning yuqori darajasiga ega bo'lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Ko'pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o'qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta'lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada o'quvchilar 4-sinfdan emas 5-sinfdan ishtirok etishadi. O'quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o'qishni boshlagani uchun 10,7-10,9 yoshdagi o'quvchilar ishtirok etishadi.

PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta'lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar orasida yetakchi hisoblanib kelinmoqda[2.4].

PIRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:

- ta'lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi obyektiv o'lchovlar va vositalarni ishlab chiqish;

- mamlakat o'quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash;

- tadqiqot natijalariga ta'sir ko'rsatgan kontekstual omillarni aniqlash;

- xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan ma'lumotlarga ega bo'lish.

O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir.

Tadqiqotning har bir ishtirokchisiga matnlar va ular yuzasidan topshiriqlar berilgan daftar beriladi. Har bir matnga 12-15 ta savol-topshiriqlar ilova qilinadi.

Quyida PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish maqsadida 2-sinf o'qish kitobidan Shorasul Zunnunning "Nima eksang, shuni o'rasan" hikoyasi uchun topshiriqlar tayyorlash va bu topshiriqlarning maqsad va vazifalari, ular ustida ishlash texnologiyasini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham keltirilmoqda.

PIRLS tadqiqoti biz uchun innavatsion dastur bo'lganligi sababli, avvalo maktab darsliklaridagi matnlar bilan ishlash maqsadga muvofiq deb topdik.

"Nima eksang, shuni o'rasan" ShorasulZunnun. [3. 93-94].

Bir yigit ko'zlari xiralashgan qari otasini hurmat qilmasdi. Bir kuni chol bechora qo'li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko'rgan kelini nordon so'zlar aytib, ko'nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko'chirdi. Kelin esa eri bergan yog'och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. Bu kabi muomaladan otaning ko'ngli ozor topib, o'ksinib yig'lardi. Besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola uning yoniga kelib o'tirar, ma'sumona so'zlari bilan kuldirib, qayg'u-alamlarini yengillatardi. Bola bir kuni qo'liga pichoq olib, yog'ochni yo'nib o'tirardi. Shu paytda dadasi kelib qoldi. O'g'lini ko'rib: «O'g'lim, nima qilyapsan?» - deb so'radi. O'g'li yugurib kelib, dadasini quchoqlab oldi:

- Dadajon, siz buvamga yog'och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim o'sha kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog'och kosa yasayapman, katta bo'lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.

O'g'lining bu so'zi yigitga qattiq ta'sir qildi. U ko'z yoshi qilib, otasining huzuriga kirdi, tiz cho'kib uzr so'radi. Darrov uni issiq xonaga ko'chirdi. Kelin ham qaynotasini hurmat qila boshladi. Ularning bu ishlaridan ota xursand bo'ldi. Topshiriqlar

1-topshiriq: "Nima eksang, shuni o'rasan" jumlasini izohlang.

Javob: Bu jumla o'zbek xalq maqolidir. Bu maqolda nima eksang, ya'ni gul

eksang, gul o'rasan, tikan eksang tikan o'rasan demoqchi. Yoki yaxshilik qilsang, yaxshilik ko'rasan, yomonlik qilsang, yomonlik ko'rasan, desa ham bo'ladi.

2-topshiriq: Rivoyat necha qismdan iborat? Har bir qismning qisqacha mazmunini yozing.

Javob: Rivoyat 4 qismdan iborat.

3-topshiriq: Matndagi bolakayga ta'rif bering.

Javob: Boboning nabirasi juda aqlli bola. Endigina besh yoshga kirishiga qaramasdan kelajakni ko'ra oladi. Ko'rgan-kechirganlarini to'g'ri tahlil qiladi, mustaqil qaror chiqara oladi.

4-topshiriq: Bolaning dadasi, otasini hurmat qilmasdan to'g'ri ish qildimi? Fikringizga 3 ta isbot keltiring.

Javob:

Yo'q, chunki ota-ona eng buyuk va mo'tabar zotlardir.

1. Ota-onamiz bizni kichikligimizdan oq yuvib, oq tarab, katta qilishadi.

2. Biz ham yillar o'tib, keksayganimizda bizga ham xuddi shunday muomala qilishilari mumkin.

5-topshiriq. Matnga yana qanday sarlavha qo'yish mumkin? Asoslang.

1-variant: "Bemehr o'g'il"

Asos: Chunki, bu matnda otaxonning o'g'li bemehr va bag'ritosh inson.

2-variant: "Mehribon nabira"

Asos: Chunki, bu matnda otaxonning nabirasi, mehribon va qalbi toza bola ekan. 3-variant: "Qaytar dunyo"

Asos: O'g'ilning otasiga qilgan munosabati, o'z o'g'lidan qaytdi.

6-topshiriq: Test.

1. Kosani kim tushirib sindirdi? A) O'g'il B) Chol D) Kelin

2. Cholga qanday kosada ovqat berishdi?

A) Yog'och kosada B) Sopol kosada D) Chinni kosada

3. Cholni ko'nglini kim ko'tardi? A) O'g'li B) Kelini D) Nabirasi

7-topshiriq. Alisher Navoiyning ota-onalar haqidagi yana qanday misralarini bilasiz?

Javob: Onalarning oyog'i ostidadur, Ravzai jannat jinon bog'i. Ravza bog'in visolin istar ersang, Bo'l, onalar oyog'in tuprog'i. [4. 2].

8-topshiriq: Farzandning ota-onalari oldidagi 5 ta burchini yozing. Javob:

1. Ota-ona keksayganda ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish.

2. Ota-ona bemor bo'lib qolsa davolatish.

3. Ota-onadan norozi bo'lmaslik.

4. Bir ish boshlashdan oldin ota-onaning ruxsatini, duosini olish.

5. Ota-onaning biror orzu-niyatlari bo'lsa, uni bajarish. 9-topshiriq: Ota-onaning farzandi oldidagi 5 ta eng muhim vazifasini yozing.

Javob:

1. Farzandiga yaxshi, chiroyli ism qo'yish.

2. Farzandini ilmli qilish.

3. Farzandini yaxshi xulqli qilib tarbiyalash.

4. Farzandi voyaga yetguncha ehtiyot qilish, boqish, holidan xabar olish.

5. Farzandini uyli, oilali qilish.

10-topshiriq: Yog'ochdan yasalgan kosa, piyola, qoshiqlarni ko'rganmisiz? Bular haqida nimalar bilasiz?

Javob: Ming yillar ilgari ota-bobolarimiz yog'ochdan idishlar yasashgan. Bundan 20-25 yillar avval ham keksa kishilar bunday idishlarni ishlatishgan, ammo hozir bozorlarda kamdan-kam uchraydi. Yog'och idishlarning afzalliklari shundaki, chidamli, yengil, issiq emas, hidi yo'q, ovqatning asl ta'mini saqlab turadi.

Yog'och o'ymakorligida ota-bobolarimiz qadimda har xil yog'ochlardan turli maqsadda foydalanib kelganlar. Yog'och o'ymakorlikda shumtol, eman, arg'uvon, terak, chinor va boshqa daraxt yog'ochlaridan keng foydalaniladi. Mamlakatimizda yog'och o'ymakorligi ustalari o'z ishlari uchun eng yaxshi yong'oq, qarag'ay, chinor, tut, archa, terak, o'rik kabi mahalliy daraxtlarning eng a'lo navlarini ishlatadilar. [5.38].

PIRLSga qatnashish O'zbekistonga boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida o'qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, O'zbekiston ta'limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta'lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabr kuni qabul qilgan "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to 'g „risida "gi 997-sonli qarori.

2. Баранова В.Ю., Ковалева Г.С., Кузнецова М.И., Цукерман Г.А., Hурминская Н.В. ОСНОВНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ МЕЖДУНАРОДНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ «Изучение качества чтения и понимания текста» Москва, 2007, 3-4ст.

3. G'afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. "O'qish kitobi". Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. "Sharq" 2016.93-94 betlar.

4. Xurshid Davron kutubxonasi. Alisher Navoiy hikmatlari. 2017-yil, 1-2 betlar

5. Sharipov Sh., Qo'ysinov O., Abdullayeva Q. "Texnologiya" Umumiy о'rta ta'lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. "Sharq". 2016. 38 - bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.