Научная статья на тему 'BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR'

BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
390
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar / iqtisodiy g‘oyalar / iqtisodiy islohotlar / iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati / soliq / o‘lponlar / raiyat. / Zakhiriddin Mukhammad Bobur and the Boburids / economic ideas / economic reforms / the essence of economic ideas / tax / tribute / rayat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Suyarov A.M.

Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davrida iqtisodiy masalalarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g’risida fikr yuritilgan bo‘lib, iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC IDEAS IN THE PERIOD OF BABUR AND BABURI

The article examines the features of resolving economic issues in the era of Zakhiriddin Mukhammad Bobur and the Boburids, and analyzes the stages of development of economic ideas.

Текст научной работы на тему «BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR»

Suyarov A.M.

Chirchiq davlatpedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi katta o 'qituvchisi

BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G'OYALAR

Annotatsiya. Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davrida iqtisodiy masalalarni hal qilishning o 'ziga xos xususiyatlari to 'g'risida fikryuritilgan bo 'lib, iqtisodiy g'oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

Tayanch so 'z va iboralar: Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar, iqtisodiy g'oyalar, iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy g'oyalarning mohiyati, soliq, o 'lponlar, raiyat.

Suyarov A.M. senior lecturer Department of School Management Chirchik State Pedagogical University

ECONOMIC IDEAS IN THE PERIOD OF BABUR AND BABURI

Abstract. The article examines the features of resolving economic issues in the era of Zakhiriddin Mukhammad Bobur and the Boburids, and analyzes the stages of development of economic ideas.

Key words and phrases: Zakhiriddin Mukhammad Bobur and the Boburids, economic ideas, economic reforms, the essence of economic ideas, tax, tribute, rayat.

Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to'plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o'rin berilgan. «Zakot to'g'risidagi katta kitob» da esa o'sha davrdagi soliq, uning turlari to'g'risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o'zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo'lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to'lovlari bilan bog'liq bo'lgan qarashlari bizni to'lqinlantiradi. E'tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o'z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo'lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday

qisqacha xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o'laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o'chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o'rinni egallagan.

Boburning «Mubayyin» asari to'la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag'ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma'nosiga ega.

Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma'lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo'llaniladi hamda naqd pul va savdo yig'imi shaklida to'planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «nisobi», ya'ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo'lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam Bobur mulkdan soliq olinmaydi.

«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to'la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya'ni yer solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog'liq bo'lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo'lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog'liq ravishda olingan.

Yerni sug'orish masalalari Sharqda o'ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug'orishni talab etganligidan sug'oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko'p hosil bergan. Shu sababli suv solig'i ham bo'lgan. Suv solig'i quyidagicha olingan: «agar sug'orish davrida chig'ir qursang, olgan hosilning o'ndan birining yarmini soliq uchun to'lashing kerak», ya'ni sug'oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to'g'ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig'imlar tamomila islomiy shariatga to'la rioya qilingan holda olingan.

Xisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan "Qur'oni Karim", "Muxtasar", "Hidoya" va boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo'yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo'ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo'ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa har 100 qo'ydan bittasi zakot qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirilishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to'la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o'rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushunar edi.

Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo'llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo'lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug'bek va boshqa Temuriylar siyosati bilan

ma'lum. O'sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig'imining ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig'imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya'ni daromad ko'payishi bilan soliq kamaygan va boylik jamg'aruvchilar uchun o'ta manfaatli bo'lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo'llash foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig'im esa ularning qaysi yurtlardan kelganligiga bog'liq bo'lgan.

Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo'lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan bir qismi miqdorida soliq olingan. Musulmon bo'lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo'llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g'oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko'zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo'lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg'otadi.

Ulug' bobokalonimiz, vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo'lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o'rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo'llanilgan. Boburdan keyin uning o'g'li Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o'tkazdi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to'g'risida 1601 yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o'z aksini topgan.

Birbal - tarixiy shaxs. 1994 yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono Birbal» nomli to'plamda ko'rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an'analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar o'rtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish yo'lida jonbozlik ko'rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan.

Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o'zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning

vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega yekanligi namoyon bo'ladi. «Ulug' ma'bud Indiradir»,- deb so'z boshlaydi u.Bobur bobomizning iqtisodiy qarashlaridan to'g'ri xulosa chiqarishimiz va chuqur tahlil qilishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zahiriddin Muhammad Bobur/ Boburnoma:. - T.: "Yangi asr avlodi", 2018. -704 b.

2. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. -Toshkent.: «Iqtisod - moliya» - 2007 y. 320 b.

3. 4.Toshmatov Sh.X, X.S.Asatullaev, Z.B.Allaberganov Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. T., 2019 y. 352 b

4. Mustafayevich, S. A. (2023). YOSHLARNING IQTISODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IQTISODIY QARASHLARINING O 'RNI. Научный Фокус, 1(7), 1142-1145.

5. Ashurbek, S., & Paxmohob, X. Z. Financial System and Financial Policy. JournalNX, 658-661.

6. Musurmanov, A. N., Satbarov, А. А., Suyarov, А. М., & Xakimova, I. X. (2023). CLUSTERED DISCIPLINARY FACTORS OF SCHOOL LESSONS IN MODERNIZED EDUCATION CONDITIONS AS A SOCIAL PEDAGOGICAL PROBLEM. Boletin de Literatura Oral-The Literary Journal, 10(1), 2605-2614.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.