Научная статья на тему 'BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK SOHASINING YUKSALISHI'

BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK SOHASINING YUKSALISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Begaliyev N, Nosirova K.S.

Hind qahramoni Javohir La’l Neru, “Boburning darbori ma’no jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o‘zig xos xususiyatga ega bo‘lganligini tan oladi. Boburning Amudaryodan Sindgacha bo‘lgan imperatorligida shu paytgacha misli ko‘rilmagan bog‘lar, binolar, yo‘llar, hovuzlar qurilgani;vayronalar qayta tiklangani; ilmma’rifat va san’at juda rivojlanganligi xususida uning jahonshumul shoh asari “Boburnoma”da batafsil ma’lumot beriladi” deb ta’kidlaydi. Javohir La’l Neruning ta’biri bilan aytganda: “Bobur Hindni tasarruf qilganidan keyin ham har doim Kobul shabadalari, gullari, bog‘lari va qovunlarini qo‘msab yashagan. Bobur yozgan xotiralarning guvohlik berishsa, u juda xushtabiat, ochiqko‘ngil, mehribon va ozibali shaxs bo‘lgan” [1]. O‘zbek Shohi Zahiriddin Muhammad Bobur davridagi Kobuliston bugungi Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridangina iborat bo‘lmagan. Kobulistonning shimol tomondan Koʻkcha va Amudaryolari tabiiy chegaralarini tashkil etgan va uning muhim shimoliy shaharlari Badaxshon, Kishm, Talqon va Qunduzdan iborat bo‘lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK SOHASINING YUKSALISHI»

BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA ME'MORCHILIK SOHASINING YUKSALISHI

Begaliyev N.

ShahrisabzDavlatPedagogikaInstituti o'qituvchisi.

Nosirova K.S.

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11166816 Hind qahramoni Javohir La'l Neru, "Boburning darbori ma'no jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o'zig xos xususiyatga ega bo'lganligini tan oladi. Boburning Amudaryodan Sindgacha bo'lgan imperatorligida shu paytgacha misli ko'rilmagan bog'lar, binolar, yo'llar, hovuzlar qurilgani;vayronalar qayta tiklangani; ilm-ma'rifat va san'at juda rivojlanganligi xususida uning jahonshumul shoh asari "Boburnoma"da batafsil ma'lumot beriladi" deb ta'kidlaydi. Javohir La'l Neruning ta'biri bilan aytganda: "Bobur Hindni tasarruf qilganidan keyin ham har doim Kobul shabadalari, gullari, bog'lari va qovunlarini qo'msab yashagan. Bobur yozgan xotiralarning guvohlik berishsa, u juda xushtabiat, ochiqko'ngil, mehribon va ozibali shaxs bo'lgan" [1]. O'zbek Shohi Zahiriddin Muhammad Bobur davridagi Kobuliston bugungi Afg'oniston poytaxti Kobul shahridangina iborat bo'lmagan. Kobulistonning shimol tomondan Ko'kcha va Amudaryolari tabiiy chegaralarini tashkil etgan va uning muhim shimoliy shaharlari Badaxshon, Kishm, Talqon va Qunduzdan iborat bo'lgan. G'arbiy chegarasi bugungi Bomiyondan Kahmardgacha etib borgan va Aybak (Oybek), Sarbog', Xurram, Ojar va Bomiyon uning muhim g'arbiy shaharlari hisoblangan. Janubiy muhim shaharlarini G'azni, Barmala, Gardez, Tal, Bangesh va Xo'st tashkil etgan. Sharqda esa Hind daryosi tabiiy chegara bo'lgan, Peshovar, Bajavur va Suvat Kobulistonning muhim shaharlari sanalgan. Kobuliston, Bobur va uning avlodlari davrida gullab-yashnadi [2]. Boburning kuchli davlatchilik siyosati va ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tadbirlari natijasida Kobul o'ziga yangi islomiy shahar qiyofasini kasb etdi. Shahar yangi tiklanish bosqichida qad ko'tarar ekan, qadim vayronalar ustida yangi binolar, ko'rkam bog'lar, hovuzlar va anhorlar barpo etila boshlandi. Dastlab uning zamonida Kobulda qadimgi islomiy ko'rinishdagi bog'lar va binolar vujudga kela boshlagan. Bog'lar sahnida masjidlar, ayvonlar, hovuzlar qurilgan, ariqlar tortilgan, yo'laklarga marmar toshlar o'rnatilgan. Bobur bunday bog'larga nafaqat Kobulda balki Istolif, Istarg'ich, Pag'mon, Jalolobod, Qandahor va boshqa joylarda ham asos solgan. Misol uchun: Bobur bog'i, Sharoro, Safo, Mahtob, Ohuxona, Vafo, Jilvaxona, Suratxona bog'lari, hamda O'rta bog', Chor bog', Navro'z bog', Bo'ston saroy kabilarni sanash mumkin. Bobur qurgan hovuzlardan "Murg'obi hovuzi",

nahrlardan "Darsan nahri", ariqlardan "Juyisher, Shohjo'y, Bolojuy", shuningdek, "Argi Bolohisor" (qal'a), "Bobur taxti" (1519) diqqatga sazovordir [3]. Boburning chevarasi Jaloluddin Akbarning o'g'li Jahongir Shoh 1595-yilda Hindistonning buyuk Shahanshohi sifatida Kobulga qilgan birinchi tashrifida, bobokaloni Bobur qurgan shaharni ko'rib hayratga tushadi. Shaharning ko'rkamligi, bog'larning ozodaligi Shahanshohni o'ziga mahliyo qiladi. Jahongir Shoh fildan tushib Sharoro bog'iga kirayotganida kovushini yechib bog'ni yalang oyoq kezib chiqadi. Bu haqda shahanshohning o'zi shunday yozadi: "Bu ozoda makonga kovush bilan kirish odobdan emasdur" Ma'lumki, Sharoro bog'i Bobur Shohning ammasi Shahrbonu Begim tomonidan qurilgan va Bobur davrida ushbu bog' qayta tiklangan. Begum Shahi masjidi (urdu: ^^ rasman Mariyam Zamani Begum masjidi XVII

asr boshlariga oid masjid bo'lib, Pokistonning Panjob shtatidagi Lahor shahrida joylashgan. Boburiy imperatori Maryam-uz-Zamoniy [4], imperator Akbarning sevimli turmush o'rtog'i tomonidan qurilgan Pokistondagi eng yirik masjidlardan biridir [5]. Masjid 1611—1614-yillarda Boburiy imperatori Jahongir davrida qurilgan. Bu Lahordagi eng qadimgi Boburiy davridagi masjiddir [6]. Masjid gulli naqshlar bilan ishlanganligi, shuningdek, Allohning ismlari yozuvlari bilan mashhur [7].Masjid Boburiy imperatori Akbar, imperator Jahongirning onasi va imperator Maryam-uz-Zamoniy tomonidan barpo etilgan. Jahongirning imperatorlik davrida davrida, milodiy 1614-yilda (hijriy 1023-yil) qurilgan [8]. Maryam Zamoniy, asli hindu malikasi bo'lib musulmonga turmushga chiqqan va diniy to'siqlar bilan cheklanmasdan, xristianlar hukmron bo'lgan suv yo'llarida savdo qilgan [9].

Ushbu masjid umumiy xotirada „Begum Shohi masjidi" nomi bilan mashhur bo'lib, uning unvonlaridan biri „Shohi Begum" hisoblangan [10].

Masjid Lahor qal'asining sharqiy devorlariga qarama-qarshi bo'lgan devor bilan o'ralgan Lahor shahrining eski Masti darvozasi yaqinida joylashgan.Bu masjid Jome masjid sifatida qurilgan [11]. Qurilish 1611-yilda boshlanib, 1614-yilgacha davom etgan [12]. Masjid porox zavodiga aylanguniga qadar ikki yuz yildan ko'proq vaqt davomida Boburiy zodagonlari va oddiy odamlar namoz o'qishgan [13].Lahordagi sikxlar hukmronligi davrida bu masjid Ranjit Singx tomonidan porox zavodiga aylantirilgan va u o'sha paytda Barudxona Vali masjidi („Porox masjidi") nomi bilan tanilgan [14]. Milodiy 1850-yilda o'sha paytda Lahor komissarining o'rinbosari bo'lgan mayor Makgregor masjidni, unga biriktirilgan do'konlar va uylar bilan birga musulmonlar ixtiyoriga qaytardi va hozirgi rasmiy nomi - „Mariyam Zamoniy masjidi" nomini oldi[15]. Bobur Shohning ziroat va bog'dorchilik faniga mahorati juda kuchli bo'lgan, qaysi (o'rikning bir turi) daraxt qanday iqlimda yaxshi hosil berishini ko'p va xo'b bilgan. U olxo'ri va olcha ko'chatlarini shimoldan Kobulga va u yerdan janubga olib borgan. Janubdan esa

nayshakar (shakarqamish) va banana (Bobur bananani nag'zak deb atagan) ko'chatlarini Kobul va Jalolobodga keltirgan. Uzum va qovun ekishni hatto Hindistonda rivojlantirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur qayerga bormasin, u bosqinchi Shoh sifatida emas, balki savlatli sarkarda, mohir yozuvchi va zukko shoir sifatida o'zidan nom qoldirgan. Bundan besh yuz yil avval xalq hayotini shoh va shoir sifatida haqqoniy tasvirlagan Boburga hech bir zamon uning hukmronlik salobati ko'lanka solmagan [16]. Bobur Hindistonda 4 yil hukmronlik qiladi, 1529-yilda og'ir kasallikka chalinib, bir yil o'tar-o'tmas olamdan ko'z yumdi va Agrada Aram bog'iga vaqtincha dafn etildi. Oradan 10 yil o'tib, 1539-yilda rahmatli Bobur Shohning pushtun millatiga mansub turmush o'rtog'i Muboraka Pupalzay tashabbusi bilan marhumning jasadi Agradan Kobulga olib kelindi va tirikligida qilgan vasiyatiga binoan "Bobur bog'i"ga dafn etildi.

1530-yilda Bobur vafotidan keyin Kamron Mirzo Lahorni egallab, 1540-yilda baradari qurilgan bog' barpo etgan [17]. Qurilish vaqtida baradari Shohdara bog'i hududidagi Ravi daryosining g'arbiy qirg'og'ida bo'lgan bo'lsa-da, hozir daryo o'rtasidagi orolda joylashib qolgan. Chunki yillar davomida suv oqimi shu holga keltirgan. 1849-yilda inglizlar Panjobni qo'shib olgandan so'ng, pavilyon daryodan o'tadigan qayiqlar uchun pullik dam olish joyiga aylantirildi. Ushbu joy 1867-yilda Lahor xaritasida Turgurhvalli Baradari nomi bilan tilga olingan. Xaritada daryoning g'arbiy qirg'og'ida joylashgani ko'rsatilgan. Baradarining sharqiy tarafining bir qismi 1850-yillarda suv toshqini tufayli vayron bo'lgan[18], baradarining ikkinchi qavati ham xuddi shu davrda shikastlangan yoki buzib yuborilgan. 1958-yilda suv toshqini tufayli yana zarar ko'rdi. 1989-yilda 19,6 million rupiy (taxminan 1 million dollar) sarflanib, rekonstruksiya qilingan[19].

Ayvonning ayrim xususiyatlaridan ko'rinib turibdiki, hozirgi baradari Kamron Mirzo bog'ining aynan o'zi emas. Kamron Mirzoga tegishli bo'lgan ayvon haqida birinchi eslatma 1860-yilga to'g'ri keladi va u xalq og'zaki rivoyatlariga asoslangan bo'lishi ham mumkin [20]. Ayvonda XVII asrda va undan keyingi davrda Boburiy imperatori Shoh Jahon hukmronligi davrida keng tarqalgan qirrali arklar mavjud. Bu Kamron Mirzoga tegishli bo'lgan inshoot ancha ta'mirlangan yoki rekonstruksiya qilingan bo'lishi mumkin. 1988-yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bog' Kamron Mirzo hayotligi davrida qo'llanilgan gaz o'lchov birligidan emas, balki Akbar hukmronligi davrida keng qo'llanilgan Gaz-i-Illahiy deb nomlangan o'lchov birligidan foydalangan holda qurilgan [21]. Xullas, Kobulda Shoh bo'lgan, 21 yil hukm surgan Zahiruddin Muhammad Bobur Kobuliston (Afg'oniston) tarixida o'zidan meros qoldirgan qator an'analardan biri bog' yaratish an'anasi 1880-yillarda Amir Abdulrahmon hukmronligi paytida yana bir bor takrorlandi.

Shoh Abdulrahmon go'yo Bobur an'anasiga tayanib shahar markazida Bo'ston saroy, Guliston saroy, Gardo'n saroy nomli bog'lar obod etdi.

Humoyun maqbarasi Boburiylar tomonidan qurilgan ilk imoratlardan hisoblanadi. 1556-yilda qurilgan maqbara tarzi kvadrat shaklida bo'lib, baland gumbaz bilan yopilgan. Binoning 75 to'rt tarzi ham bir xil shaklda bo'lib, ravoqli peshtoqlardan iborat. Maqbara atrofida «chorbog'» usulida bog' tashkil qilingan [22]. Umuman olganda, Bobur bog'lari Hindistonda Movarounnahr bog' san'ati tarqalishiga asos soldi. Bu borada Sikandradagi Akbarshoh maqbarasi atrofida bunyod qilingan chorbog' (1604-1613), Lahor shahrida tashkil qilingan Shalimor (1633-1642) bog'i va boshqalarni ko'rsatib o'tish mumkin. Boburiylar davrida qurilgan qal'alarga misol qilib Dehlidagi 1638-yilda qurilgan va hozirda Qizil Fort nomi bilan mashhur qal'ani ko'rsatish mumkin. Bu qal'a Shoh Jahon tomonidan o'z poytaxtini Agra shahridan Dehliga ko'chirishi munosabati bilan qurilgan edi. Haydarobod shahrida 1591-yilda qurilgan Chorminor darvozasi eng muhtasham imoratlardan hisoblanadi. Imorat to'rt tarzi peshtoqlar bilan bezatilib, to'rt burchakda baland minoralar qurilgan [23] Peshtoqlar ostidan shaharning to'rt asosiy ko'chasini birlashtiruvchi ravoqli yo'laklar joylashgan. Shoh Jahon sevimli xotini Mumtozbegim vafotidan keyin Movarounnahr, Eron va Hindistondagi barcha mashhur me'mor va ustalarni yig'ib, ulkan maqbara qurishga qaror qiladi. 1632-1654-yillarda qurilgan Toj Mahal maqbarasi Boburiylar davri arxitekturasining eng yuksak namunasi hisoblanadi. Agra shahrida ushbu markaziy gumbazli imorat atrofida «chorbog'» uslubida ulkan ansambl ham tashkil qilinadi. Ansambl tarkibida, shuningdek, alohida turgan to'rt minora ham qurilgan.Boburning kuchli va iqtidorli saltanati va hokimiyati xususida jahon mutafakkirlari so'z yuritganda, uni misli ko'rinmagan Shahanshoh, zukko adib bo'lgani e'tirof etiladi [24]. Mashhur sharqshunos ingliz olimi William Erskin o'zining "Eron va Bobur" asarida Boburni Afg'oniston va Hindiston madaniyatining buyuk asoschisi sifatida tan oladi va tadbirli hukmdor bo'lganligiga ishora qiladi. Muallifga ko'ra, Boburnning Kobulda suv inshootini ustakorlik bilan yo'lga qo'ygani bois shahar yilning to'rt faslida ham suv bilan ta'minlanib turgan. Humoyun me'morchilikka ham alohida mehr qo'ygan. Garchi ko'p vaqtini urushlarda o'tkazgan bo'lsa-da, binolar qurilishiga alohida e'tibor berardi, u bir qancha masjidlar qurdirdi va ulardan biri Fotehobodda (Hisor) hali ham mavjud bo'lib, bu me'moriy jihatdanUshbu masjidda Meenalitkalarida forscha uslubda ishlangan. Bundan tashqari, "Din-e-Panah" kutubxonasi va "Humoyun maqbarasi" ham muhim binolardir. Maqbara haqida aytilishicha, bu maqbara eron va hind uslublarini uyg'unlashtirishning o'ziga xos namunasidir. Akbar davridagi taraqqiyot Akbar davrida turli san'atning rivojlanishini quyidagicha izohlash mumkin: Arxitektura Akbar davrida

me'morchilik san'atida ulkan yuksalish kuzatildi. Abul Fazl shunday deb yozgan edi: "Imoratlarning rejasini imperatorning o'zi tuzar, qalb va aql ijodini tosh va loyga kiyintirar edi". Akbar ko'plab ulkan binolar qurdi. Akbar Dehlida "Humoyun qabri"ni qurdirdi va u milodiy 1559- yilda qurib bitkazildi [25]. Uning ustki qismi Fors uslubiga ko'ra, pastki qismi esa hind uslubiga ta'sir qilgan. Akbar Fatehpur Sikri shahrida ko'plab buyuk binolar qurdi. U Gujarat g'alabasini nishonlash uchun milodiy 1576- yilda "Buland Darvazani" qurdirdi. U Ollohobodda qal'a qurdirdi va u 40 yil ichida qurib bitkazildi. Uning davrining boshqa yirik binolari: Qizil qal'a Agra, Jahongiri Mahal, Akbari Mahal, Fatehpur Sikri binolari, Jodha Bay saroyi, Turk Sulton saroyi, Birbal saroyi, Divan-i-Xas, Panch Mahal, Jyotish Bxavan va boshqalar har qad rostlagan. Shoh Jahon me'morchilikni rivojlantirishda ajoyib ishlarni amalga oshirdi [26]. Ashirvadi Lal Srivastavaning fikricha, "Shoh Jahon davrini faqat san'at va me'morchilik nuqtai nazaridan ham oltin asr deb atash mumkin". Shoh Jahon tomonidan qurilgan asosiy binolar Agra shahridagi Toj Mahal, Moti masjidi, Jama masjidi va Dehli Qizil qal'asi edi. Qizil qal'aning "Taxt-e-Taus" ulug'vorligining ramzi edi. Jahongir maqbarasi (urdu: ¿j^ jj^U^) — XVII asrda Boburiy hukmdor Jahongirga atab qurilgan maqbara. Maqbaraning qurilishi 1637-yilga kelib tugatilgan. Pokistonning Lohur shahri yaqinidagi Shohdara bog'da, Ravi daryosi bo'yida joylashgan [27]. Maqbara qurilishi hukmdor Jahongirshoh Nuriddin vafotidan keyin — 1627-yilda boshlangan va Boburiylar davlati deyarli butun Hindiston yarimoroli ustidan hukmronlik qilayotgan bir paytda, 1637-yilda Shoh Jahon hukmronligi davrida to'liq qurib bitkazilgan[2].Bino freskalar va marmar bilan bezatilgan ichki hamda parchinlar bilan bezatilgan tashqi ko'rinishi bilan mashhur. Maqbara, Akbari Saroy va Osaf Xon maqbarasi bilan birga, hozirda UNESCOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan ansamblning bir qismidir [3].Jahongir maqbarasi katta bog'ning o'rtasida joylashgan. Bu bog' Bobur davrida Kobulda barpo etilgan chorbog' namunasi asosida qurilgan. Bog'da jannatning to'rt daryosi ramzi bo'lgan suv kanallari mavjud. Bog'dagi qattiq qoplamali yo'laklarning kesishish nuqtalarida favvoralar o'rnatilgan. Mazkur favvoralar uchun suv bog' hududidan tashqarida qazilgan quduqlardan quvurlar orqali olib kelingan [3].Maqbara Lohur shahrining shimoli-g'arbidagi Shohdara bog'da joylashgan. Bu bog' Ravi daryosi sohilida, o'zining ko'plab bog'lari bilan mashhur bo'lgan hududda joylashgan [2]. 1645-yilda qurilgan Osaf Xon maqbarasi va 1637-yilda qurilgan Akbari Saroy Jahongir maqbarasidan g'arbda joylashgan bo'lib, uchchalasi sharq-g'arb o'qi bo'ylab yo'naltirilgan ansamblni tashkil qiladi. Shohdara bog' yodgorliklarining oxirgisi bo'lmish Osaf Xon maqbarasidan biroz janubi-g'arbda joylashgan [2].Maqbara interyerining katta qismi Boburiylar davri freskalari bilan bezatilgan.

Maqbara 1605-1627-yillarda hukmronlik qilgan boburiy hukmdor Jahongirshoh Nuriddin uchun qurilgan. Hukmdor 1627-yil 28-oktyabrda Rajauri shahri yaqinida Kashmir hududida vafot etgan. Uning j asadi 12 -noyabr, j uma kunida Lohurga olib kelinib, o'sha kuni dafn etilgan [4],[5]. Jahongir dafn etilgan Dilkusho bog'i Jahongir Lohurda yashagan paytda uning eng sevimli joyi bo'lgan [2],[6]. Jahongirshoh Nuriddinning o'g'li, yangi hukmdor Shoh Jahon otasining sharafiga "hukmdorlarga xos maqbara" qurishni buyurgan [7]. Yana boshqa manbalarga ko'ra Jahongir vafot etganida uning ikkinchi xotini — malika Nurjahon begim maqbara qurilishi haqida buyruq bergan [8]. Jahongirshoh Nuriddin o'z maqbarasi ustida gumbaz qurilishini istamagani haqida manbalar bor. Ba'zi zamonaviy tarixchilar maqbara qurilishini Jahongirning o'g'li Shoh Jahonga bog'lashadi [9]. Qurilish 1627-yilda boshlangan [2], tugallanishi uchun o'n yil kerak bo'lgan [10] va uning qurilishi uchun 10 lakh rupiy (1 million rupiy) sarflangan[9]. Sikh manbalariga ko'ra, 1814-yilda qabrda ta'mirlash ishlari olib borilgan. Ammo sikhlardan bo'lgan Ranjit Singh armiyasi tomonidan Amritsardagi Oltin Ma'badni bezash uchun maqbara majmuasi talon-toroj qilingan. Keyin talon-toroj qilingan bu yerlar Ranjit Singhning Muso Sohib nomi bilan ham tanilgan qo'mondoni Senyor Omsning shaxsiy qarorgohiga aylantirilgan. Ranjit Singh 1828-yilda vabodan vafot etgan Muso Sohibni ushbu maqbara maydoniga dafn qilishni buyurgan. 1880-yilga kelib, qabr tepasida bir vaqtlar gumbaz yoki ikkinchi qavat bo'lganligi haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagan. Uni Ranjit Singh qo'shini buzib yuborgan, deyilgan, ammo maqbarada gumbaz yoki ikkinchi qavat bo'lganligi haqida hech qanday dalil topilmagan [10],[11].Shohdara yodgorlik ansambli Britaniya hukmronligi davrida, Osaf Xon va Nurjahon maqbaralari o'rtasida temir yo'l liniyasi qurilgach, yanada ko'proq zarar ko'rgan. 1889-1890-yillarda bu joy inglizlar tomonidan ta'mirlangan [12],[13].1867, 1947, 1950, 1954, 1955, 1957, 1958, 1959, 1962, 1966, 1973, 1976, 1981, 1950, 1954, 1947, 1950-yillarda maqbara yaqinidagi Ravi daryosining sathi ko'tarilishi va toshib ketishi maqbaraga zarar yetkazgan. Maqbara va u joylashgan majmuaga 1988-yilgi suv toshqini paytida katta zarar yetgan, majmuaning katta qismi 5 kun davomida 10 fut suv ostida qolgan[14].Me'morchilikda minoralardan foydalanish Jahongir hukmronligi davrida O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan temuriylar me'morchiligiga bo'lgan qiziqishning kuchayganini ko'rsatadi. Maqbara Erondagi Safaviylar va Boburiylar davri me'morchiligi aralash uslubida qurilgan. Akbar maqbarasiga o'xshab Jahongir maqbarasida markaziy gumbaz yo'q, chunki hukmdor o'z qabri ustiga gumbaz qurishlarini taqiqlagani haqida aniq ma'lumotlar mavjud. Boburiylar maqbaralarining me'morchiligida gumbazlardan foydalanish birinchi marta Humoyun maqbarasida qo'llanilgan va Shoh Jahon ham bu usulni qo'llagan [15].Jahongirning bobosi Bobur o'zini sunniylik an'analariga ko'ra, shifti

ochiq, ya'ni ortiqcha bezaklarsiz va gumbazlarsiz maqbaraga dafn etishlarini ma'qul ko'rgan. Jahongir maqbarasida ham bunga amal qilingan. Jahongir sunniy urf-odatlariga amal qilish maqsadida o'z maqbarasiga gumbaz qurishni man qilgan, shuning uchun tom oddiy va keyinchalik Toj Mahalda ko'zga tashlanadigan me'moriy bezaklardan holi tarzda qurilgan. Maqbara tashqi ko'rinishi marmar naqshlar, qizil qumtoshlar va sangi badal, sangi abru, qora hamda oq marmar [16] kabi turli xil ziynatli toshlar bilan bezatilgan[17], [18]. Maqbara binosi bir qator kichik gumbazli bo'limlarga bo'lingan bo'lib, ular Boburiylar davri freskalari bilan bezatilgan.Maqbaraning markazida devorlari naqshinkor marmar bilan qoplangan sakkiz qirrali xona bo'lib, xona markazida Jahongirning qabri joylashgan. Qabr ustida turli xil gullar tasvirlari bilan bezatilgan, oq marmardan yasalgan qabrtosh mavjud. Qabrtoshda islom tasavvufidagi umumiy mavzu bo'lgan Allohning 99 ismi o'yib yozilgan [19], [20].

Maqbarani katta daraxtzor bog' o'rab turadi, u forscha "Chahar bog'i" yoki "Jannat bog'lari" deb ataladi. Bog' g'ishtin yo'laklar (xiyobonlar) va ikkiga bo'lingan markaziy suv ariqlari bilan to'rt maydonga ajratilgan bo'lib, ular jannatda oqadi, deb ishoniladigan to'rtta daryo ramzi hisoblanadi [21]. Maqbara katta to'rtburchak maydonda joylashgan bo'lib, eshiklari to'rt tomonga qaragan. Maydonga g'arbiy tarafdagi Akbari Saroy orqali kiriladi. Akbari Saroyning g'arb tomonida Jahongirning qaynisi - Osaf Xon maqbarasi joylashgan [22].Majmua 1975-yilgi Federal antikvarlar qonuni bilan himoyalangan. Ammo qonunlar ko'pincha e'tibordan chetda qolishi oqibatida, majmua va uning atrofidagi hududga zarar yetkazilgan. Qonunga ko'ra majmuadan 200 fut masofada barcha turdagi qurilishlar taqiqlangan ammo, xususiy qurilishlar majmuadan bir necha o'n metr uzoqlikda xususiy xonadonlar joylashgan. Majmua 1993-yilda UNESCOning Jahon merosi obyekti maqomi uchun kuzatuv ro'yxatiga kiritilgan [23].1954-yilda Pokistonda Jahongir maqbarasi tasviri aks ettirilgan pochta markalari chiqarilgan. Bundan tashqari, Jahongir maqbarasi 2005-yilgacha 1000 rupilik banknotada tasvirlangan [25].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur va Boburiylar Afg'oniston va Hindistonni bosib olgandan so'ng bu yerda joylashgan shaharlarga qaytadan hayot ato etib har tomonlama rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shdilar. Bu davrga kelib shaharlarining rivojlanishi tashqi ko'rinishining sezilarli darajada o'zgarganligini korishimiz mumkin.

Adabiyotlar:

1. "Wiki Loves Monuments: Top 10 pictures from Pakistan".

2. "Jahangir's tomb". Oriental Architecture.

3. "Tombs of Jahangir, Asif Khan and Akbari Sarai, Lahore". UNESCO World Heritage Centre

4. Nicoll, Fergus (2009). Shah Jahan. Penguin Books India

5. Fergus, Nikol "Penguin Books India".

6. "Visiting the sub-continent's rebellious prince". Pakistan Today.

7. "Jahangir's Tomb". Visit Lahore

8. "Tomb of Jahangir: All You Need to Know". https://www.graana.com/ (2023-yil 10-mart). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.

9. "Jahangir's Tomb". UAL Berta.

10. «Tomb of Jahangir». Journal of Asian Civilisations (Taxila Institute of Asian Civilisations) 24 (1). 2001.

11. "Jahangir's Tomb". UAL Berta (2016-yil 31-mart).

12. Rogers Kolachi Khan & Associates Pvt. Ltd. "Site Conservation Assessment Report: Jahangir's Tomb Complex, Lahore, Pakistan". Global

Heritage Fund. Global Heritage Fund.

13. Chaudhry, Nazir Ahmad. Lahore. Sang-e-Meel Publications, 2000.

14. "The Tomb of Emperor Jehangir". Wescoat, Jr (James; Wescoat, James L.; Wolschke-Bulmahn, Joachim (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. p. 204. ISBN 978-0-88402-2350.

15. "Tomb of Jakhangir". tourism.punjab.gov.pk.

16. Bhallia, A. S. (2015). Monuments, Power and Poverty in India: From Ashoka to the Raj. I. B. Tauris. p. 256. ISBN 9781784530877.

17. Necipoglu, Gulru; Flood, Finbarr Barry (2017). A Companion to Islamic Art and Architecture. John Wiley & Sons. ISBN 9781119068570.

18. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks, 1996. ISBN 9780884022350.

19. Bhalla, A. S. Royal tombs of India: 13th to 18th century.

20. "Jahangir's Tomb". Asian Historical Architecture

21. "Tomb of Jahangir - A Mughal Empire's Virtue".

22. "Tentative Lists". UNESCO.

23. "Banknote Pakistan 1000 Rupees M. Ali Jinnah - Tomb of Jahangir 1999". numiscollection.com.

24. "Pakistan 1000 Rupees". indianhobbyclub.com. - "Pakistan 1000 Rupees (1988) (Jinnah, Tomb of Jahangir)". Khan 1970.

25. Wheeler, R. E. M. Five thousand years of Pakistan, 1950.

26. Schimmel, Annemarie. The empire of the great Mughals: history, art and culture, Internet Archive, London: Reaktion Books, 2004 -148 bet. ISBN 978-186189-185-3.

27. Beveridge, H. The Akbarnama Of Abul Fazl Vol. 2, 1907 — 506 bet.

28. "Harking back: The Empress and her two doomed pilgrim ships" (2021-yil 11-aprel).

29. Koch, Ebba. Mughal architecture, 1990.

30. Mughal gardens : sources, places, representations, and prospects, Internet Archive, Washington, D.C.: Dumbarton Oaks Research Library and

Collection, 1996 — 155 bet. ISBN 978-0-88402-235-0.

31. Mehta, J.L. Advance Study in the history of Medieval India. Sterling Publisher Private Limited, 1981. ISBN 8120704320.

32. Hindu Shah, Muhammad Qasim. Gulshan-I-Ibrahimi Asher 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.