Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIK OBIDALARI'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIK OBIDALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
16657
865
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / Temuriylar davlati / Mirzo Ulug‘bek / me’morchilik / naqqoshlik / arxitektura / maqbara. / Amir Temur / Temurid state / Mirzo Ulugbek / architecture / painting / architecture / mausoleum.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Salayev Temurbek Alisherovich

Ushbu maqolada mamlakatimiz hududida Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrida bunyod etilgan me’morchilik obidlarining o‘sha davr va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek bu me’morchilik obidalarining bunyod etishda foydalanilgan naqqoshlik namunalari haqida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR AND THE ARCHITECTURAL MONUMENTS OF THE TIMURID PERIOD

This article deals with the significance of the architectural monuments built in the territory of our country during the reign of Amir Temur and the Temurids, then and today. It also analyzes the patterns used in the construction of these architectural monuments

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIK OBIDALARI»

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ME'MORCHILIK OBIDALARI

Salayev Temurbek Alisherovich

JIDU Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6615093

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz hududida Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrida bunyod etilgan me 'morchilik obidlarining o'sha davr va bugungi kundagi ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Shuningdek bu me 'morchilik obidalarining bunyod etishda foydalanilgan naqqoshlik namunalari haqida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Amir Temur, Temuriylar davlati, Mirzo Ulug'bek, me 'morchilik, naqqoshlik, arxitektura, maqbara.

АМИР ТЕМУР И АРХИТЕКТУРНЫЕ ПАМЯТНИКИ ТИМУРИДСКОГО

ПЕРИОДА

Аннотация. В данной статье рассматривается значение архитектурных памятников, построенных на территории нашей страны в период правления Амира Темура и Темуридов, тогда и сегодня. Также анализируются закономерности, использованные при строительстве этих архитектурных памятников.

Ключевые слова: Амир Темур, государство Темуридов, Мирзо Улугбек, архитектура, живопись, зодчество, мавзолей.

AMIR TEMUR AND THE ARCHITECTURAL MONUMENTS OF THE

TIMURID PERIOD

Abstract. This article deals with the significance of the architectural monuments built in the territory of our country during the reign of Amir Temur and the Temurids, then and today. It also analyzes the patterns used in the construction of these architectural monuments.

Keywords: Amir Temur, Temurid state, Mirzo Ulugbek, architecture, painting, architecture, mausoleum.

KIRISH

O'zbekiston dunyoga mashhur diyor bo'lib, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan zamin hisoblanadi, Shuningdek, bu hududda insoniyat madaniyatining durdonalari hisoblangan ko'plab betakror, mahobatli tarixiy me'moriy obidalar mavjud. O'zbekiston Respublikasi hududida me'morchilik va binokorlik qadim zamonlardan — miloddan avvalgi III minginchi, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, X minginchi yillardan boshlan gan1. Shundan so'ng bu tarixiy diyor asrlar mobaynida turli me'morchilik san'ati obidalari maskaniga aylandi. Jang-u jadallar vaqtida anchasi barbod bo'ldi. XIV asrdan me'morchilik yana rivojlana boshlagan. Arxitekturada yangi uslub vujudga kelgan (masalan, Bayonqulixon maqbarasi). O'sha davrning me'morchilik namunalari Shohi Zinda kompleksida saqlangan. Bu davrda me'morchilik rivojlanishiga Amir Temur va uning avlodlari o'zlarining ulk an beqiyos hissalarini qo'shgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo'ja Ilg'or (Yakkabog') qishlog'ida tug'ilgan. Rivoyatlarga ko'ra, u qo'lida qip-qizil qon bo'lagi bilan,

'Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T., Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 - 96 b.

sochlari esa mo'ysafid kabi oppoq holatda tug'ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag'ay turk avlodining barloslaridan bo'lib, Movarounnahrda o'ziga yarasha obro'-e'tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo'lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo'lib, Chig'atoy ulusining saroydagi obro'-e'tiborli kishilari qatoridan joy olgan.2

Amir Temur va temuriylar madaniyati nafaqat O'zbekiston, balki butun jahon madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligi barchamizga ma'lum. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo'ldi va bu davr me'morchiligi, me'morchilik tarixida ma'lum darajada tahlil etilgan. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko'rmoq istasang -biz qurgan binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko'chalar, me'moriy majmualar keng ko'lam kasb etadi.

Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e'tibor berdi. U ishni eng avvalo mo'g'ullar istilosidan so'ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlaydi. Osma suv yo'li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv keltiradi. Shaharda «Hisori», qal'a, ulug'vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Shaharda me'moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug'i bo'ldi. Me'morchilik taraqqiyoti yangi bosqichiga ko'tarildi, inshootlar ko'lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me'morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo'ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig'i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg'alarga tayangan tashqi gumbazni ko'tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi.

TADQIQOT NATIJALARI

Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o'zining o'tkir zehni va ziyrak e'tiboridan chetda qoldirmaydi ("Shohizinda" — "tirik shoh" ma'nosini beradi). Undagi maqbaralarning eng qadimiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo'lgan Abbosning zurriyoti edi, Qusam ibn Abbos islomni targ'ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bo'lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kelgan. Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, nomoz o'qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o'ldirgan ekanlar. Amir Temur Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi dahma o'rnatgan. Bu dahma O'rta Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir. «Shohizinda» ansamblida Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi. «Shohizinda» ansamblida Amir Temurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o'rinni egallaydi.

Amir Temur davrida qurilgan va dovrug'i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu — Go'ri Amir maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o'z qurilish tarixi bor. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og'li) juda sevar edi. Muhammad Sulton 1403 yil da, 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kelib dafn marosimi o'tkazadilar3.

2 Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T., Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 - 130 b.

3 Hakim Sattoriy. Amir Temur ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. "Xalq so'zi" gazetasi, aprel, 2021.

Amir Temur 1404 yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda maqbarani o'n kun mobaynida qurib tugallashga buyruq berilgandi, Haqiqatdan ham, maqbara o'n kunda batamom qurib bitkaziladi. Bunday hashamatli, katta va baland binoni o'n kunda qurib bitkazish aqlga sig'maydigan bir voqea bo'lib, Amir Temurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Amir Temur mana shu yerda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo'liga atab katta xudoyi marosimi o'tkazadi hamda o'sha davr mashhur din peshvolari tomonidan Qur'oni Karimdan oyatlar o'qittiradi. Maqbara devorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Maxmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405 yilda Amir Temur vafot etgach, uning o'zi ham shu yerga, nevarasining yoniga dafn etiladi (va maqbara «Go'ri Amir maqbarasi» deb nom oladi. Shundan so'ng ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muxdmmad Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari Sohibqironning o'g'illari Umarshayx Shohruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug'bek va Temurning piri Sayyid Barakaning ham sag'analari qo'yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir Temurdek inson o'z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyog'i uchlariga qo'yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat binoan Temur Sayyid Barakaning oyog'i tarafga dafn etilgan.

MUHOKAMA

Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo'lgan. Birinchisi - ma'muriy-siyosiy maqsadda bo'lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi - shahar tashqarisidagi bog'larda qurilgan qarorgohlar bo'lib, qabul marosimlari, majlislar o'tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo'lib, toq va ravoqlari beqiyos bo'lgan4. Temur va Ulug'bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o'n ikkita bog' va saroylar bunyod ettirgan. Buyuk Amir Temurning moddiy madaniyat bobidagi bunyodkorlik faoliyatini uning avlod -ajdodlari, birinchi navbatda Ulug'bek (1394—1449) davom ettiradi. Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug'bek Qo'rag'oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o'z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug'bek (Muhammad Tarag'ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.

Ulug'bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta'», 210 gumbazli Ko'kaldosh jom'e masjidi qad ko'tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko'kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi. XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo'ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.5

Ulug'bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me'morchilik yodgorliklarida aniq ko'rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go'ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug'bek madrasasi). Ul arning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me'moriy shakllarning umumiy uyg'unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o'zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.

4 Qodirov B. Amir Temur madaniyat va ilm-fan homiysi. "Ijodiy parvoz" gazetasi, 4 (60)-son, aprel, 2018.

5 Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T., Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 - 96 b.

Temuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Xuroson me'morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug'bek davri me'morchiligida bezakda ko'p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san'atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida tasvir mavzusi kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma'noga ega. Temur va Ulug'bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo'lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Temur davrida qurilgan binolarda ko'k va zarhal ranglar ustun bo'lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug'bek davrida Xitoy chinnisiga o'xshash oq fondagi ko'k naqshlar ko'p uchraydi.

Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulugbek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni oxiriga yetkazadi. Go'ri Amirning kirish peshtoqi, Shohizinda ansamblidagi ba'zi maqbaralar, Shahrisabzdagi Ko'kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir.

XIV-XV asr me'morchiligida imoratlarni o'ziga xos yangi ma'lum maqsadga qaratilgan yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo'llaniladi. Binolarning peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba'zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi.

Bu davr me'morchiligi va amaliy san'atida asriy an'analar yanada takomillashtirilib, yuqori darajali ma'naviyatni anglatuvchi o'ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan imoratlar o'zining uyg'unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o'zining mukammalligi, yetuk shakli nafisligi va go'zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi XIV-XV asrlar qurilish san'atining ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib chiqqan mohir me'mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi ko'p asrli tajribasi o'z ifodasini topgan. Bu me'moriy obidalarning muhandisu tarrohlari go'zallikning obyektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o'z ijodlarida davrning g'oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning me'moriy usuli, naqshi, o'ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va takrorlanmasdir.

XULOSA

Mirzo Ulug'bek dovrug'ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420— 1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va xashamatli bino - Ulug'bek rasadxonasidir. Ulug'bek bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo'lgan barcha rasadxonalardan ulug' va har tomonlama ustun bo'lishini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Darhaqiqat, Ulug'bek rasadxonasining o'z davrida qiyosi yo'q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 metr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug'bekning shaxsan o'zi, u yo'q paytlarda Qozizoda Rimiy, G'iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatiladi. Rasadxona etagida Mirzo Ulug'bek bobosi Amir Temur an'anasiga ko'ra ikkita bog' qurdiradi. Ularning biri Bog'i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog'i maydon o'rtasida qurilgai bino ikki

qavatli bo'lib, devor va ustunlariga marmardan sayqal berilgan. Ch innixonadagi imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo'lgan. Chinni 1422 yilda Xitoydan keltiriladi.

Temur va temuriylar o'zlaridan keyin moddiy madaniyat bobida ulkan merosni qoldiradilar. Temuriylar xalqimizning buyuk me'morchilik san'ati durdonalarini dunyoning juda ko'plab qit'alariga tarqatadilar. Shoxrux va Husayn Boyqaro avlodlari, Alisher Navoiy xazratlari azmu qarori bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go'zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1850 yillarga qadar o'tgan davr mobaynida Afg'oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan me'morchilik san'ati namunalari o'zining go'zalligi va hashami bilan shu paytga qadar ham harqanday ko'zni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu narsa Temur va temuriylar naslining, siz va bizning qalblarimizda o'z ota-bobo ajdodlarimiz bilan xaqli suratda g'ururlanish va faxrlanish xis-tuyg'usini uyg'otadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekistan Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.03.2020.

2. Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. - T., Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 - 96 b.

3. Hakim Sattoriy. Amir Temur ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. "Xalq so'zi" gazetasi, aprel, 2021.

4. Kamoliddinov F. Amir Temur va Temuriylar davri adabiy muhit va tasviriy san'atning ba'zi jihatlari tarixiy manbalarda. Academic research in educational sciences, volume 2, Issue 9, 2021.

5. Davlatov O. Alisher Navoiy va Amir Temur. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 2013 yil 14-son.

6. Qodirov B. Amir Temur madaniyat va ilm-fan homiysi. "Ijodiy parvoz" gazetasi, 4 (60)-son, aprel, 2018.

7. Frederik Bopertyui-Bressan. Amir Temur dunyo olimlari va adiblari nigohida. Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya. Sentyabr, 2021.

8. https://hozir.org/amir-temur-va-temuriylar-davri-madaniyati.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.