Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations
Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Architecture of Babur and Baburi in India
Jamshidbek SOBIROV1 Muzrobjon ABDULLAEV 2
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021
Keywords:
Zahiriddin Muhammad
Babur,
temuriyar,
baburiyar,
Qabuli garden,
Sambhal mosque,
Shahjahan,
Taj Mahal,
La'l QAL'a,
Mumtaz Mahal,
India.
In this article we will talk about the great Shahanshah, founder of the Baburid dynasty Zahiriddin Muhammad Babur, Humayun Mirzo of the Baburids, the buildings of the Akbarshahs built in India, in what years they were built, where they were located, and how incomparable and great they are.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Bobur va boburiylarning hindistondagi me'morchiligi
ANNOTATSIYA
Kalit so'zlar:
Zahiriddin Muhammad
Bobur,
temuriylar,
boburiylar,
Qobuliy bog',
Sambhal masjidi,
Shohjahon,
Toj Mahal,
La'l qal'a,
Mumtoz Mahal,
Hindiston.
Ushbu maqolada Buyuk shahanshoh, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Boburiylardan Humoyun Mirzo, Akbarshohlarning Hindistondagi qurdirgan imoratlari, ularni qaysi yillarda bunyod etilganligi, qayerda joylashganligi hamda naqadar beqiyos va buyukligi haqida so'z yuritiladi.
1 2nd Stage Student, Faculty of history, Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.
2 Scientific supervisor: Doctor of Historical Sciences, Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.
Архитектура Бабура и его династии в Индии
Ключевые слова:
Захириддин Мухаммад
Бабур,
темуриды,
бабуриды,
Кабулинский сад,
мечеть Самбхал,
АННОТАЦИЯ
Шохджахан, Тадж-Махал, Лаул кала, Мумтаз-Махал, Индия.
В этой статье рассказывается о сооружениях Великого шаханшаха, основателя династии Бабуридов Захириддина Мухаммада Бабура, а также Хумоюн Мирзо и Акбаршаха из Бабуридов, в какие годы они были построены в Индии, где они расположены и насколько они уникальны и велики.
Temuriylar sulolasining buyuk namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur o'rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan, siyosatchi, adib, shoir va olimdir. U Hindistonda buyuk Boburiylar davlatiga asos soldi, mamlakatning madaniy taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. Hindistonda Bobur bir qancha imoratlar, bog'lar va ko'priklar qurdirgan. Uning bunyodkorligi avlodlari tomonidan davom ettirilgan. Shu bilan Hindiston san'atiga va me'morchiligiga Markaziy Osiyo Temuriylar uslubining kirib kelishi yaqqol sezila boshlandi. Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, musulmon me'morchiligi va hind saroy arxitekturasi an'analarining uyg'unligi bilan ajralib turadi.
Qadimdan shu kungacha Hindistonda Bobur mirzodan uchta maqbara saqlanib qolgan. Bular: Panipatdagi "Qobuliy bog'" va yana ikki masjid: ulardan biri Sambhalda, ikkinchisi Ayodhiyadan qad ko'targan. Ularning paydo bo'lishida Boburning o'zi va aqoriblari rahnamolik qilishgan. Panipatdagi "Qobuliy bog'" masjidi Hariyana shtatida joylashgan bo'lib, ushbu masjid qurilishi 1528-yilda tugallangan. Masjidning markaziy qismida qiblaga qaratib qurilgan peshtoq qad ko'tarib turibdi. Masjid mehrobi toshdan terilgan, inshootning qolgan devorlari g'ishtdan tiklangan bo'lib, sirti suvoqlangan. Oq marmarga bitilgan Qur'on oyatlari yozuvi 1527-1528-yillarga mansub. Qurilish chog'ida hind ustalari ayrim mahalliy me'moriy uslublarini ishlatganiga qaramay, "Qobuliy bog'" masjidining umumiy me'morchiligi Samarqanddagi "Bibixonim" me'moriy majmuasiga yaqin.
"Sambhal" masjidi esa shu nomli vohada Dehlidan 140 km uzoqlikda joylashgan. O'sha davrga oid hind miniaturalaridan birida Bobur Mirzo ot mingan holda "Sambhal" masjidini eslatuvchi minora qarshisida tasvirlangan. Ram Rathning guvohlik berishicha, inshootdagi uch yozuvdan bittasida quyidagi jumlaga duch kelish mumkin: "Bobur farmoni bilan bu masjid qurilishi uning aqoribi Mir Hindubek tomonidan hijriy 933, milodiy 1526-yilda boshlandi.
Bizgacha saqlanib qolgan Bobur Mirzo masjidlaridan uchinchisi 1527-1529-yillarda Fayzobod nohiyasida Ayodhiya qishlog'ida, Ghagahra daryosi sohilida Boburning a'yonlaridan biri Mir Boqiy toshkandiy tomonidan tiklangan. Markaziy qubbadagi yozuv tarjimasiga tayangan holda Ram Rath ta'kidlaydiki, mamlakat hukmdori Bobur ushbu masjid tiklanishida shaxsan rahbarlik qildi.
Bundan tashqari Boburning avlodlari tomonidan ham ko'plab imoratlar qurilgan. Xususan, bulardan biri Toj Mahaldir.
Foto: «Qobuliy bog'» masjidi
Foto: «Qobuliy bog'» masjidi
Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib vafot etganidan keyin uning o'g'li Akbar Bobur singari balog'atga yetmay turib Hindiston taxtiga o'tirdi va mamlakatni 50 yil boshqardi. Hind qiziga uylandi. Ajoyib ishlarni olib bordi. Boburning evarasi Shoh Jahon qurdirgan "Tojmahal" maqbarasi yuz yillardan buyon jahon xalqlari e'tiborini "yeti mo'jizaning biri" sifatida o'ziga tortib turibdi. Xalqning Shoh Jahonni Xazrati Jahon, Bahodir Shohjahon, Shohjahonobod atamalari bilan yodga olinishining boisi ham ana shundadir.
Shohjahon tarix giganti hisoblanadi. Uning ulkanligi urushlari, g'alabalari bilan emas, balki buyuk san'at obidalari bilan belgilanadiki, bular shu paytgacha kishini hayratga solib kelmoqda. Bu o'lmas san'at va me'morchilik obidalari jumlasidan Dehlidagi "La'l qal'a, uning ro'parasidagi masjidi jome, Agradagi Toj Mahal maqbarasidir. La'l qal'aning devorlari qizil toshlardan terilgan. Uning ichida juda ko'p bo'limlar bo'lib, ular podshohga, uning ayollariga, yaqin kishilariga, askarlariga, podshohning xususiy va umumiy majlislariga mo'ljallangan. Masjid esa qurilish olamining tuhfasi hisoblanadi. Uning nomi Masjidi Lu'lu, ya'ni durdona masjid bo'lib, eng toza, sof marmarlardan qurilgan. Mazkur qal'a Agrada Akbar qurgan la'l qal'a singari Jamna daryosining bo'yiga qurilgan. Uning tashqi ko'rinishi ham Agradagiga o'xshaydi. Bu qal'a doimo boburiy podsholarining oromgohi bo'lgan. Inglizlar oxirgi boburiylar podshohi Bahodirshohni u yerdan chiqarib, egallab olishgan. Inglizlar Hindistondan chiqib ketmagunlaricha, bu qal'ada bo'lishib, o'zlaridan keyin ko'p buzg'unchilik ishlarini qoldirib ketishgan. 1637-yilda Dehlida Shohjahon tarafidan qurilgan bu hashamatli qasrning inglizlardan keyin ba'zi qismlari qolgan. Lekin shunga qaramay dunyoning eng go'zal binolaridan hisoblanadi. Hind hukumati keyinchalik bu yerda muzey tashkil qilgan. Qal'aning keng
hovlisida esa hukumat oxirgi paytlargacha o'zining ba'zi rasmiy kechalarini o'tkazgan. Bu kechalarga faqatgina chet eldan kelgan mehmonlar taklif qilinadi.
Masjidi jome Hindistonda sulton tomonidan qurilgan eng katta masjid hisoblanadi. Uning aksariyat qismiga tom yopilmagan, vudu' uchun katta hovuz qurilgan. Masjid g'arbiy qismining tomi bor, yerlari va devorlari toza marmar bilan bezatilgan. Uning behisob ustunlari va devorlari nihoyatda murakkab naqshlar bilan bezatilganki, bu ishlarga qanchalik ko'p mehr va san'at sarf etilganligini gapirmasa ham bo'ladi. Shohjahon uning qurilishiga 1660-yilda buyruq bergan va u 6 yilda qurilgan. Iqlim amirlari bu qurilishga tosh yuboraman deb deb talashishgan. Masjidning uchta eshigi bo'lib, Sharqiy katta eshik qal'a tarafga qaragan. Shimoliy eshik va uning ro'parasida janubiy eshik. Unga ko'p zinalar orqali chiqiladi. 1857-yilgi inqilib paytida inqilobchilar shu yerda to'planib olishgan, inglizlarga qarshi xitoblar o'qilgan. Shuning uchun inglizlar Dehlida inqilobchilar ustidan g'alaba qozonishgandan so'ng, masjidni ham egallashgan va u yerda namoz o'qishni man etganlar. Bu ishlar 1862-yilgacha davom etgan.
Toj Mahal ta'bir qilib bo'lmaydigan darajada me'moriy yodgorlik bo'lib, Shohjahon uni atayin o'zidan keyin dunyo mo'jizasi bo'lib qolsin deb qurdirgan. Aynan shu bino aslida suyukli xotini Mumtoz Mahal (Archamand Bonu) ni dafn qilishga mo'ljallangan.
Bizga Bobur va Boburiylardan ulkan meros qolgan. Boburiylar qoldirgan bebaho meros bu ular bunyod etgan inshootlardir. Bugungi kunda Hindiston, Pokiston va Afg'onistonda Bobur, uning avlodlari tomonidan qurilgan ko'plab obidalar dunyo jamoatchiligi e'tiborini qozonib kelayotir. Xalqlar o'rtasidagi ma'naviy-ma'rifiy, ilm-fan sohasidagi yaqinlik buyuk ajdodlar qurdirgan imoratlarda ham o'z aksini topgan. Xususan, Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal'a, "Ko'hna qal'a, Agradagi Toj Mahal" va Akbarshoh maqbarasi kabi majmualar Hindiston va O'zbekiston umumiy tarixi, madaniy an'analari haqida so'zlaydi.
Tarixdan ma'lumki, temuriylar buzg'unchi emas, balki quruvchi, yaratuvchi bo'lgan. Yuksak aql-idrok, bukilmas iroda va g'ayrat-jasorat egasi bo'lmish Zahiriddin Muhammad Bobur Afg'onistonda va Hindistonda qurilish, obodonchilik, bog'dorchilik ishlarini olib bordi. Yirik suv inshootlari qurdirdi, maktablar ochdi, xalq farovonligi, madaniyat va iqtisodiyotning yuksalishiga keng imkoniyat yaratdi. Ezgulik yo'lidagi yaxshi ishlari bilan afg'on va hind xalqlari o'rtasida shuhrat qozondi, tabarruk nom qoldirdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Vahob Rahmonov "Boburshoh: shoir va adib" - "Ma'rifat", 2008. - B. 1-2.
2. M. Nuritdinov "Boburiylar sulolasi" - T.:"Fan", 1994. - B. 29-30.
3. Bobur Xalqaro Fondi "Zahiriddin Muhammad Bobur" - T.: "Sharq", 2008. - B. 9-10.