Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8065
370
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq / davlat / yer / aholi / siyosat / dehqon / mahsulot / pul / dalil / hukmdor / hudud.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahmatova Feruza Qudrat Qizi

Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davridagi soliq tizimi, soliq turlari, ularni miqdori va qanday tarzda olinishi haqida batafsil yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR»

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI

ISLOHOTLAR

Rahmatova Feruza Qudrat qizi

Namangan davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davridagi soliq tizimi, soliq turlari, ularni miqdori va qanday tarzda olinishi haqida batafsil yoritilgan.

Kalit so'zlar: soliq, davlat, yer, aholi, siyosat, dehqon, mahsulot, pul, dalil, hukmdor, hudud.

KIRISH

Amir Temur insoniyat tarixida yirik davlat arbobi va o'rta asrning engilmas, betakror lashkarboshisi sifatida Markaziy Osiyo hududida yirik saltanat barpo qilib, o'z saltanati tarkibiga 27 ta davlatni birlashtirdi. U hamisha o'z davlat tizimini takomillashtirib borishni o'ylar, mo'g'ullardan farqli o'laroq, boshqa o'lkalarni zabt etishnigina emas, balki aksincha, u yerlarni idora qilish to'g'risida ham qayg'urar edi.

Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o'rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunar edi. Amir Temurning soliqlar masalasi bilan jiddiy shug'ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar mavjud.

Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo'nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo'lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo'lib, uning soliq siyosati xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig'ishda ularni og'ir ahvolga solib qo'yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag'allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi, o'z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi».

Asarda soliqlarni hisoblash qoidalari ham ishlab chiqilgan: «Yana amr qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Chunonchi, doim uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug'oriladigan ekin yerlarini hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosildan ikki hissasini raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar. Lalmikor yerlarni esa, jariblarga bo'lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan bir va to'rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar».

Ushbu jumlalardan ko'rishimiz mumkinki, soliq yerning lalmikor va sug'oriladigan qismlaridan alohida-alohida tartibda undirilgan. Bundan tashqari yangi yerlar o'zlashtirishni rag'batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari ham belgilangan: «Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olinmasin, ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olsinlar, uchunchi yili esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilsin». Amir Temurning ushbu oqilona siyosati tufayli soliq to'lovchilarga soliq to'lash uchun qulay sharoit yaratilgan. Bundan tashqari mahsulot tarzidagi soliqni soliq puli bilan almashtirib turish mumkin bo'lgan: «Agar raiyat ro'yxatga olingan yerlaridan beriladigan soliqni naqd aqcha bilan to'lashga rozi bo'lsa, naqd aqcha miqdorini sarkorning hissasi hisoblangan g'allaning mazkur davridagi narxiga muvofiq belgilasinlar». Amir Temur olib borgan soliq siyosatining muhim xususiyatlari sifatida shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, u tomonidan zabt etilgan o'lkalarga nisbatan alohida soliq siyosati yuritilgan. «Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo'lsa, ularning roziligi bilan ish ko'rsinlar, aks holda (xirojni) tuzukka muvofiq yig'sinlar».

ADABIYOTLAR TAHLILI

Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga asoslangan bo'lishi lozim: «Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan burun raiyatdan molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, hosilni uch bo'lib olsinlar. Agar raiyat soliq to'lovchi yubormasdan, soliqni o'zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to'plovchi yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo'lsalar, ular soliqlarni buyruq berish va yaxshi so'z bilan olsinlar, kaltak, arqon ishlatish, ishni urish-so'kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo'li bilan emas, balki ogohlantirish, qo'rqitish va tushuntirish yo'li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta'siri cho'p va kaltaklash ta'siridan kamroq bo'lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdur».

Amir Temur yuritgan soliq siyosati o'z davriga nisbatan soliqqa tortishning ilg'or g'oyalarini o'zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish lozimki, u soliq to'lashga layoqatli soliq to'lovchilar bo'lishini e'tirof etgan. Shu boisdan ham davlat va soliq to'lovchilar o'rtasida soliq munosabatlarini shakllantirishga e'tibor qaratadi. Vaholanki, bu boradagi muammolar hozirgi

davlatchilik munosabatlari davrida ham mavjud bo'lib, bunga buyuk saltanat sohibi Amir Temur bundan VI-VII asr avval erishishga harakat qilgan.

Shuningdek, Amir Temurning yuqoridagi fikrlaridan ko'rishimiz mumkinki, soliq undirish soliq to'lovchilarning muayyan mol-mulkka ega bo'lganida, ya'ni hosil olganidan keyin undirilgan. Shuning bilan birgalikda soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishga ham harakat qilingan, ya'ni soliq to'lovchilar soliqni o'z vaqtida olib kelsalar soliq undiruvchi yuborish ta'qiqlangan. Soliq yig'ishda ko'proq tushuntirish, ogohlantirish va qo'rqitish kabi yo'llardan foydalanilgan.

Bu davrda yerdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan. Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan. Uning hajmi hosilnnng yarim miqdorigacha borgan. Hosil to'la pishib yetilmasdan soliq to'plash qat'iyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo'yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentyabr) va qavs (noyabr) oylarida to'planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning ma'murlari, suyurg'ol egalari va tarxonlar, shuningdek. yirik mulqdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar.

Harbiy yurishlar davrida mag'lub etilgan aholidan sari shumor (jizya) solig'i olingan. Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik e'lon qilingan paytlarda favqulodda soliq - avorizot yig'ib olingan. Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o'tayotganda, zarurat tug'ilganda, aholi ularga ot-ulov topib berishi lozim bo'lgan.

MUHOKAMA

Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko'targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug'orish inshootlari, yo'l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hashar ishlar begor deb atalgan. Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug'ona soliqlari undirilgan. Shuningdek, aholi soliq yig'ish va uning hisob-kitobi bilan band bo'lgan turli lavozimdagi ma'murlarning xizmati uchun ham bir qancha yig'imlar to'laganlar. Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig'uvchnlarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga zobitona; dorug'alarga dorug'ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to'langan.

Bu davrda bog' va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o'tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to'plashda an'anaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. Chorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig'i olingan. Chegara hududlarida bojxonalar bo'lib, chetdan keladigan savdogarlardan ma'lum miqdorda boj undirilgan. Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig'i to'laganlar.

Yuqoridagi soliqlardan tashqari favqulodda soliqlar ham amal qilgan bo'lib, ularga: molujihot - yer solig'ining bir turi bo'lib, pul yoki natura tarzida to'lanishi

mumkin bo'lgan; ixrojot - saroylarga qarash uchun maxsus yig'im; boj -savdogarlardan chegarani kesib o'tishda undiriladigan bojxona solig'i; xonamushar -har bir xonadondan olinadigan yig'im; qo'nalg'a - elchi, amaldorlar, choparlarni bepul qabul qilish va mehmon qilish yig'imi; shilon puli - noiblarni ziyofat qilishi uchun yig'im; jon solig'i - jon boshidan yiliga bir marta to'planadigan soliq; peshkash - yuqori mansabdagi amaldorlarga sovg'a berish uchun yig'imlarni kiritish mumkin.

Amir Temurning o'zbek davlatchiligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan katta xizmatlaridan biri davlat boshqaruv tizimining mumtoz namunalarini qayta tiklash bilan chegaralanmasdan, zamon talablarini ko'zda tutib, yangi usullarni joriy qilishidir. Uning strategiyasida insonparvarlikka asoslangan mukammal jamiyat qurish g'oyasi markaziy o'rin tutadi. Ungacha xazinani idora qilish faqat dargoh tamoyiliga asoslangan bo'lsa, u dargoh va vazirlik tamoyillarini qo'shib olib bordi. Xazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratildi. Xazina xarajatlari tarkibidan obodonchilik, ijtimoiy-madaniy, shu jumladan, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'minot xarajatlarining hissasi ortib bordi. Bularning hammasi mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishi, uning xalqaro mavqeini oshirishda faol ta'sir etdi.

Amir Temur Markaziy Osiyo iqtisodini rivojlantirishga, fan va madaniyatni qanchalik ko'tarishga uringan bo'lmasin, shafqatsiz to'lqinlar u tashkil etgan buyuk saltanatni parchalanishiga, parokanda bo'lishiga olib keldi. Uning vafotidan so'ng avlodlari o'rtasida taxt uchun kurash uzoq davom etib, shahzodalar o'rtasida olib borilgan kurash o'lkaning moliya-soliq tizimiga ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Harbiy xarajatlarning ko'payib borgani sari uning manbai hisoblangan soliq tizimi izdan chiqdi.

XV asr davomida Movaraunnahr va Xurosonda avvalgidek yer mulkchiligining asosan to'rt shaklidagi: mulki devoniy - davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar, mulki vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat jamoa yerlari bo'lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga, avvalgidek, mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilgan. Temuriylar davrida davlat yerlarini suyurg'ol tarzida in'om qilish ham keng tarqalgan. Suyurg'ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo'lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan to alohida qishloqqacha suyurg'ol shaklida in'om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko'pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Amir Temur davrida bo'lganidek temuriylar davrida ham suyurg'ollarni ulashish amaliyoti keng tarqaldi. Markaziy hokimiyat vakillari - Shohrux, Ulug'bek, Abu Said, Sulton

Husayn yoki uluslarni boshqargan shahzodalar yerlarga meros tarzida egalik qilish uchun ulashganlar.

Suyurg'ol egasiga o'z suyurg'oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to'lovlarni to'plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm - Shoh Malik; Farg'ona -Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o'z ichiga olgan Xuroson -Boysung'ur; Qobul, G'azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurg'oli edi.

Suyurg'ol yorlig'iga ega bo'lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo'lib, odatda, ular deyarli mustaqil edi. Suyurg'ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma'muriy va adliya jihatidan haq-huquqini cheklab qo'yar edi. Suyurg'ol egasi markaziy hukumatga bo'ysunmagan taqdirda suyurg'ol huquqidan mahrum bo'lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi.

Temuriylar davrida dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi xususiy yerlardan iborat bo'lib, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk qatoriga kirgan. Mulk yerlarining katta qismi ma'muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo'lgan. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorlig'i berish keng tarqalgan. Tarxonlik yorlig'ini olgan mulkdorlar, asosan barcha soliq, to'lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig'i, odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga tarxon so'zi qo'shib aytilgan.

Ulug'bek davrida Samarqand yana ravnaq topdi. Bu davrda san'at va ilm-fan rivoji uchun shu qadar katta ishlar qilindiki, bu davrni «Samarqandning oltin davri» deb atay boshlashdi. U soliq siyosatida dehqonlardan olinadigan soliqlarni kamaytirdi va dehqonlar faravonligini o'stirishga imkon yaratdi. Tushumlar qisqarishining o'rnini esa tamg'a - hunarmand va savdogarlardan olinadigan yig'imni ko'paytirish hisobiga to'ldirdi.

Temuriylar davridagi soliqlarni o'rganishda ayrim faktlarni keltirib o'tish o'rinli. Masalan, temuriylardan Husayn Boyqaro mamalakatdagi isyonlar tufayli xarajatlar ko'payganini hisobga olib, Hirot hokimi Muboriziddin Valibekka nishon yuborib, yangi xarajatlar uchun Hirot va uning tevarak-atrofidagi tumanlardan 100 ming dinor kepakiy to'plab jo'natishni buyurdi. Hirot hokimi tumanlardan faqat yarmini, qolganini esa aholidan sarmushar, ya'ni jon solig'i sifatida undirishga qaror

qildi. Bunday mehnatkash xalqqa judayam qiyin bo'lgan bir sharoitda Alisher Navoiy Hirot aholisi zimmasiga tushgan 50 ming dinorni o'z jamg'armasi hisobidan to'ladi.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Temur va temuriylar davrida bir qadar tartibli soliq tizimi amal qilgan. Amir Temur va temuriylar davridagi soliq siyosati, uning yuritilish tartibi, undirilishiga oid qonun-qoidalar, to'lovchilarga berilgan imtiyozlar, bosib olingan hududlar uchun Amir Temur tomonidan qo'llanilgan soliq islohotlari, yig'ilgan soliqlardan xarajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatish me'yorlari avvalgi davrlar soliq islohotidan tubdan farq qilib, ularni to'liqroq o'rganish hozirgi kunda ham ahamiyatli bo'lib hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Soliq nazariyasi: O'quv qo'llanma / Mual.: A. Jo'rayev, O. Meyliyev, G'. Safarov.

- T.: Toshkent moliya instituti, 2004. - B. 10.

2. TeMyp Ty3yKnapn. - T.: ^ynnoH, 1991. - E. 89.

3. 3moB E. Y36eKHCTOHga gaBnar Ba MaxannnH 6omK;apyB Tapnxn - T.: ^Hra acp aBnogn, 2012. - E. 292.

4. Soliq nazariyasi: O'quv qo'llanma / Mual.: A. Jo'rayev, O. Meyliyev, G'. Safarov.

- T.: Toshkent moliya instituti 2004. - B. 11.

5. MyxaMMag^OHOB A. TeMyp Ba TeMypunnap carraram. - T.: ^OMycnap 6om TaxpHpnaTH, 1994. - E. 65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.