Научная статья на тему 'SOHIBQIRON AMIR TEMURNING DAVLATNI IQTISODIY JIHATDAN BOSHQARISH TAMOYILLARI XUSUSIDA'

SOHIBQIRON AMIR TEMURNING DAVLATNI IQTISODIY JIHATDAN BOSHQARISH TAMOYILLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Amir Temur va temuriylar / iqtisodiy g‘oyalar / iqtisodiy islohotlar / iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati / soliq / o‘lponlar / raiyat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Suyarov Ashirbek Mustafayevich, Xolbutayeva Zuhraxon Raimjonovna, Erjanova Aydana Abbas Qizi

Maqolada Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy masalalarni hal qilishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g’risida fikr yuritilgan bo‘lib, iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOHIBQIRON AMIR TEMURNING DAVLATNI IQTISODIY JIHATDAN BOSHQARISH TAMOYILLARI XUSUSIDA»

SOHIBQIRON AMIR TEMURNING DAVLATNI IQTISODIY JIHATDAN BOSHQARISH TAMOYILLARI XUSUSIDA

1Suyarov Ashirbek Mustafayevich, 2Xolbutayeva Zuhraxon Raimjonovna,

3Erjanova Aydana Abbas qizi

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, "Maktab menejmenti" kafedrasi katta o'qituvchisi 2Chirchiq shahar kasb hunar maktabi, Biologiya fani o'qituvchisi 3Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" yo'nalishi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215762

Annotatsiya. Maqolada Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy masalalarni hal qilishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, iqtisodiy g'oyalarning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.

Tayanch so'z va iboralar: Amir Temur va temuriylar, iqtisodiy g'oyalar, iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy g'oyalarning mohiyati, soliq, o'lponlar, raiyat.

Аннотация. В статье рассматриваются особенности решения экономических вопросов в эпоху Сахибкирона Амира Темура и Тимуриды, анализируются этапы развития экономических идей.

Ключевые слова: Амир Темур и Тимуриды, экономические идеи, экономические реформы, суть экономических идей, налог, дань, райят.

Abstract. The article examines the features of resolving economic issues in the era of Sahibkiron Amir Temur and the Timurids, and analyzes the stages of development of economic ideas.

Key words: Amir Temur and the Timurids, economic ideas, economic reforms, the essence of economic ideas, tax, tribute, rayat.

Ma'lumki, Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etilib, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritilgan. Bunday natijaga erishishning boisi to'g'ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat ustunlik qilgan. Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi mashhur davlat arbobi hisoblanadi. Iqtisodiyotni boshqarishning mukammal tizimi ishlab chiqilib, jiddiy nazorat ostidagi mexanizmlar ishga solingan. Masalan, Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deb atalgan boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini ishlatish, boshqarishni nazorat qilgan. Shuningdek, xalqning hulq-ahloqi ham kuzatib borilgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to'g'riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu jazolar ko'pchilikning ishtirokida bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlik juda rivojlangan bo'lib, o'zga yurtlardan olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo'yish mumkin bo'lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko'rsatgan.

"Shunday vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o'lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazirAmir Temur mamlakatdagi muhim

ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni taqsimlagan.

Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan.

Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to'plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g'oyib bo'lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo'lsa, ularni o'z merosxo'rlariga topshirgan.

To'rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo'lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo'lib borgan. Barcha vazirlar Devonbegiga bo'ysungan." [1.85-b]

Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg'ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik harajatlarni yozib borish uchun bir kitob tayinlansin». [2.46-b]

"Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan:

1. Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.

2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.

3. Ushr yerlar. Sayyid va xo'jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning undan biri davlatga berilgan.

4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilgan. Masalan, Amir Temurning Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag' ajratilgan.

5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar."[3.64-b]

Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' yaratsa yohud birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan bergani olingan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilgan.

Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig'i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora yetuvchi, boshqaruvchi, qo'shin boshlig'i)lar tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo'yganlar. Yo'l ustida bironta odamning biror narsasi yo'qolsa, o'zi o'ldirilsa yoki boshqa korhol yuz bersa, buning uchun javob berish ularning zimmasida bo'lgan.

Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar va sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o'z vazifasini o'rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng bo'lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to'rt otgacha tayinlangan. O'nboshilar maoshi

qo'l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. Yuzboshilar maoshi o'nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi.

Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo'l qo'ygan sipohiylarning maoshi o'ndan birga kamaytirilgan. O'nboshi yuzboshi tasdig'i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig'i bilan, mingboshi bosh amir tasdig'i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo'l ostidagilardan o'n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo'riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan tunda o'tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig'ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o'n ming tangagacha bo'lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o'z hollariga qarab suyurg'ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu yerda palos to'shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi.

Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to'liq ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so'ngra tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko'rsatgan beklarga tanho sifatida yer-suv berilgan) berganlar.

XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboqlar davri hisoblanadi. Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug' ostida markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora etish va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to'plami «Tuzuklar»ni yaratdi. «Tuzuklar» islom dini mafkurasiga asoslangan bo'lib, mamlakatni obod etishga xizmat qildi. Xo'jalikni asosi bo'lgan dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo kengaydi, fan va madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Forschadan Alixon Sog'uniy va Xabibullo Karomatov tarjimasi. Temur tuzuklari. Toshkent. "G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi", 144b. 1991

2. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik.-Toshkent.: «Iqtisod - moliya» - 2007 y. 320 b.

3. 4.Toshmatov Sh.X, X.S.Asatullaev, Z.B.Allaberganov Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik. T., 2019 y. 352 b

4. Mustafayevich, S. A. (2023). YOSHLARNING IQTISODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI IQTISODIY QARASHLARINING O 'RNI. Научный Фокус, 1(7), 1142-1145.

5. Ashurbek, S., & Paxmohob, X. Z. Financial System and Financial Policy. JournalNX, 658661.

6. Musurmanov, A. N., Satbarov, А. А., Suyarov, А. М., & Xakimova, I. X. (2023). CLUSTERED DISCIPLINARY FACTORS OF SCHOOL LESSONS IN MODERNIZED EDUCATION CONDITIONS AS A SOCIAL PEDAGOGICAL PROBLEM. Boletin de Literatura Oral-The Literary Journal, 10(1), 2605-2614.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.