Научная статья на тему 'AMIR TEMUR FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY TARBIYA MASALASI'

AMIR TEMUR FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY TARBIYA MASALASI Текст научной статьи по специальности «Право»

811
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Qonun ustuvorligi / ijtimoiy-huquqiy barqarorlik / Sohibqiron / tuzuklar / farmon / inson huquqlari / ijtimoiy himoya / iqtisodiy taraqqiyot / huquqiy tarbiya. / law priority / socio-legal stability / Sahibkiran / regulations / decree / human rights / social protection / economic development / legal education

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Yunusjon Sharofboyevich Axmedov

Zamonaviy davlatlarning ijtimoiy-huquqiy tizimini tartibga solishda konstitutsiyalarning roli nihoyatda kattadir. O„rta asrlar musulmon Sharqida ijtimoiyhuquqiy munosabatlar shariat qoidalari asosida tartibga solingan bo„lsa-da hukmdorlar tomonidan chiqariladigan farmonlarning ham davlat hayotida qonun ustuvorligini ta‟minlash, fuqarolarning huquqiy tarbiyasida ta‟sir kuchi nihoatda baland edi. Amir Temur davlatida ham hukmdor o„zining qonun ustuvorligini ta‟minlash, fuqarolar o„rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishni ko„zlagan qator farmonlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirishga erishdi. Uning davlat boshqaruvida rioya qilgan tuzuklari o„sha davr uchun o„ziga xos konstitutsiyaviy normalar vazifasini bajargan. Ular fuqarolarning huquqiy tarbiyasiga ham ijobiy ta‟sir ko„rsata olgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The role of constitutions in regulating the socio-legal system of modern states is extremely large. In the medieval Muslim East, although social and legal relations were regulated on the basis of Sharia rules, the decrees issued by the rulers also ensured the supremacy of the law in the life of the state, and gained great importance in the legal education of citizens. Even in the state of Amir Temur, the ruler achieved socio-economic stabilization of the country with a number of decrees aimed at ensuring the rule of law and regulating legal relations between citizens. The regulations he followed in the state administration served as specific constitutional norms for that time. They also had a positive impact on the legal education of citizens

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY TARBIYA MASALASI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

AMIR TEMUR FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY

TARBIYA MASALASI

Yunusjon Sharofboyevich Axmedov

DXX "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi o'qituvchisi, akhmedov.yunusjon2301 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Zamonaviy davlatlarning ijtimoiy-huquqiy tizimini tartibga solishda konstitutsiyalarning roli nihoyatda kattadir. O'rta asrlar musulmon Sharqida ijtimoiy-huquqiy munosabatlar shariat qoidalari asosida tartibga solingan bo„lsa-da hukmdorlar tomonidan chiqariladigan farmonlarning ham davlat hayotida qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolarning huquqiy tarbiyasida ta'sir kuchi nihoatda baland edi. Amir Temur davlatida ham hukmdor o'zining qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishni ko'zlagan qator farmonlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirishga erishdi. Uning davlat boshqaruvida rioya qilgan tuzuklari o'sha davr uchun o'ziga xos konstitutsiyaviy normalar vazifasini bajargan. Ular fuqarolarning huquqiy tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsata olgan.

Kalit so'zlar: Qonun ustuvorligi, ijtimoiy-huquqiy barqarorlik, Sohibqiron, tuzuklar, farmon, inson huquqlari, ijtimoiy himoya, iqtisodiy taraqqiyot, huquqiy tarbiya.

ABSTRACT

The role of constitutions in regulating the socio-legal system of modern states is extremely large. In the medieval Muslim East, although social and legal relations were regulated on the basis of Sharia rules, the decrees issued by the rulers also ensured the supremacy of the law in the life of the state, and gained great importance in the legal education of citizens. Even in the state of Amir Temur, the ruler achieved socio-economic stabilization of the country with a number of decrees aimed at ensuring the rule of law and regulating legal relations between citizens. The regulations he followed in the state administration served as specific constitutional norms for that time. They also had a positive impact on the legal education of citizens.

December 1

208

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

Key words: law priority, socio-legal stability, Sahibkiran, regulations, decree, human rights, social protection, economic development, legal education.

Kirish

Amir Temur saltanati xalqimiz davlatchiligi tarixida o'ziga xos alohida o'rin tutadi. Chunki, ranju zahmatlar bilan kuchli markazlashgan davlatni bunyod etgan Temur mamlakatni nafaqat harbiy-siyosiy qudratini, balki uning ijtimoiy-huquqiy va iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga ham katta e'tibor bergan. O'z davlatini mustahkamligini ta'minlashning asosiy sharti sifatida ijtimoiy adolat tamoyillarini tanlagan Temurning mamlakatda qonun ustuvorligini tiklashga qanday erishganligi, qaysi omillar ta'sirida fuqarolarning qonunlarga hurmat ruhini shakllantirganligi, fuqarolarning huquqiy tarbiyasi hukmdor uchun qanday ahamiyatga molik bo'lganligi masalasini o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Avvalo shuni ta'kidlash kerakki, Amir Temurning o'z davlatida ijtimoiy adolat tamoyili va qonun ustuvorligini ta'minlashga intilishini tarixiy davrni o'zi taqozo etgan. Mo'g'ullarning bir yarim asrlik hukmronligi, zo'ravonlik va zulm amal qilgan ijtimoiy muhitda qonunlarning ustuvorligi, inson huquqlari, adolat tamoyili kabi tushunchalar jamiyatda hukmron bo'lishi mumkin emas edi. Aholi nafaqat tashqi zulm, balki shaxsiy manfaatlari yo'lida tashqi kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'lgan mahalliy hukmron doiralarning ham adolatsizligidan jabr chekar edi. Siyosiy va huquqiy dunyoqarashi keng bo'lgan Temur o'z vaqtida bu vaziyatni o'rganib hokimiyatni qo'lga kiritish nasib etsa, bunday holatlarga barham berishga qaror qilgan bo'lishi tabiiy desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

Amir Temur davlat hokimiyatini bir necha yillik kurash va zahmatlar natijasida qo'lga kiritganligi uchun o'z davlatining ustuvorligiga jiddiy e'tibor beradi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy barqarorligining yagona sharti uning adolat tamoyillarini mustahkamlashiga bog'liq edi. Shuning uchun Sohibqiron shariat qonun-qoidalaridan tashqari mamlakat mustahkamligiga xizmat qiladigan huquqiy normalarni tuzuklar to'plamida jamladi. Mamlakatda hukmdor tomonidan qat'iy belgilangan tuzuklarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda ahamiyati katta edi. Qator qoidalari zamonaviy konstitutsiyaviy normalarga qiyoslashga arziydigan tuzuklar qonun ustuvorligini ta'minlash va fuqarolarning huquqiy tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan edi.

Asosiy qism

Amir Temur faoliyatining mahsuli bo'lgan "Temur tuzuklari"ni mazmuniga e'tibor berilsa undagi ilgari surilgan

December 1

fikrlar o'z davrining ijtimoiy muhitini inobatga olib davlat mustahkamligiga erishish uchun tartib berilgan qoidalar to'plamini eslatadi. Shuning uchun "Tuzuklar" uzoq davr mobaynida turli mamlakat hukmdorlarini qiziqtirib kelgan. E'tibor berib qarasak, Temur zamondosh hukmdorlaridan farqli o'laroq davlat asoslarini kuchaytirishga qaratilgan barcha vosita va imkoniyatlardan foydalanganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

O'z davrining ijtimoiy muhitida din omilining kishilar hayotida ulkan ta'sir kuchiga ega ekanligini yaxshi tushungan Temur o'zining ijtimoiy adolat tamoyilini, qonun ustuvorligi amal qiladigan davlatini islom va uning shariati asosida bunyod etishga kirishdi. Bu bilan hukmdor fuqarolarning ishonchini qozonish bilan bir qatorda mamlakatda huquqiy barqarorlikka erishish uchun dastalbki qadamlarni tashlagan edi. "Din va davlat tushunchasi har ikkalasi bir qorindan tug'ilgan, din va shariat qoidalari bilan mustahkamlanmagan davlatda ulug'lik va shavkat doimiy bo'lmaydi va saltanat hukmi amalga oshmaydi, bo'lgan-bo'lmagan kishilar u davlatga daxl etadilar", [2:22] degan qarashlarga ega hukmdor mamlakatni mog'ullar zulmidan ozod etish, markazlashgan kuchli davlat barpo etish yo'lidagi siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda xalq ommasidan tashqari ruhoniylarning ham qo'llab-quvvatlashiga erishdi.

Amir Temur o'zining siyosiy qudratga kelishini xudoning unga ko'rsatgan in'omi, samoviy qudrat natijasi deb qabul qiladi. "Tangri taolo menga ulug'lik ato qilib, samoviy qudrat bilan qo'llab quvvatladi va sultonlik martabasiga yetkazdi. Ul jumladan biri shuki, adolat tarozisini qo'limga oldim, na kam qildim, na ortiq, hammasini o'lchovda barobar tutdim" deydi [2:20]. Bunday qarashdagi siyosiy yetakchining davlatida adolat nafaqat hukmdorning shaxsiy sifati, balki davlat institutiga aylanishi lozim edi. Albatta, bunday sharoitga fuqarolarning o'zi ham tayyor bo'lishi, qonunlarga hurmat bilan yondoshishi, boshqalarning huquqlariga hurmat bilan qarashi, foydali mehnat bilan shug'ullanishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga munosib hissa qo'shishi lozim edi.

Temurning fikricha odil podshohlar Ollohning yerdagi soyasi bo'lib, yaxshi podshoh gunohkorning gunohidan o'tadi, Xudo har kimni do'st tutsa, uni sultonlik martabasiga yetkazib, xaloyiq ishlari jilovini uning qo'liga topshiradi. Agar podshoh xaloyiqqa adolat va insof bilan muomala qilsa, haq taolo uning mulkini abadiy, bezavol saqlaydi va agar zulm va axloqsizlik, buzuqlik tariqasida ish tutsa, uning naslini tugatib, mulkini qo'lidan oladi [2:23]. "Men o'z saltanatimni mangu barqaror qolishi uchun adolatni bir qo'limga va insofni yana bir qo'limga oldim. Bu ikki chirog' shu'lasidan

December 1

saltanatim sulolasi chirog'ini yondirdim" [2:23], degan hukmdor mamlakatida qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquqiy tarbiyasi mustahkam, davlat barqarorligiga erishish tabiiy edi.

Amir Temur qonun ustuvorligiga erishish uchun asosiy e'tiborni davlat boshqaruvini tartibga solishga qaratdi. Davlat boshqaruvida u joriy qilgan tartib intizom, amaldorlar shtati, davlat idoralari yagona mexanizm sifatida faoliyat olib borishgan. Boshqaruvdagi mustahkam tartiblarlar xalq manfaatini ko'zlab ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini to'laroq qondirishga, ularning bu sohadagi huquqlarini amalga oshishiga yordam beradi. Muiniddin Natanziy Temurning davlat boshqaruvi haqida yozar ekan, "Devon ishlari tartibi va sultonlik qilish tarzlari haqida shunday bir qoidani joriy etdiki, u to olam inqirozigacha aqli komil vazirlar uchun dastur va tajribali hokimlar uchun yorliq bo'la oladi" [4:102] deydi. Zamondoshlarining fikricha Temurning siyosati qattiq, istilosi odil va afzal, qo'llagan tartiblari davlatning sobitligiga, fuqarolarning saodatiga, mamlakatning barqaror va yuksak bir darajaga yetishiga xizmat qilgan [4:102].

Amir Temur mamlakatda qonun ustuvorligi va fuqarolarning huquqiy tarbiyasida insonparvarlik tamoyiliga ham alohida e'tibor bergani diqqatga sazovordir. U adolat va insof bilan ish yuritar ekan, gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqargan. Fuqaro va qo„l ostidagilariga rahmdillik qilgan, askarlariga in'omlar ulashib turgan [1:75]. Adolat tantanasi uchun zolimdan mazlumni haqqini olgan, zolim yetkazgan moddiy va jismoniy zararlar isbotlanganidan keyin, uni shariatga muvofiq muhokama qilishgan, imkoni boricha bir gunohkorning o'rniga boshqasiga jabr-zulm yetkazilmagan [1:75].

Temur fikricha adolatli hukmdor raiyat ahvolidan ogoh bo „lib turishi, sipohu raiyat kayfiyatini bilib turishi, hokimlar va sipoh xalqqa hech qachon jabr-zulm qilmasligi kerak. Agar shunday holat yuz bersa hukmdor aybdorni aniqlab unga nisbatan darhol adolatu insof yuzasidan chora ko'rishi lozim [1:77]. Bunday vaziyatda davlat amaldorlari va sipohlarning qonunga rioya qilishi, raiyat ahvoliga befarq emasligi fuqarolarning ham o„z davlatiga, hukmdoriga nisbatan hurmat-e'tiborini oshishiga olib kelgan.

O„z davrining an'analaridan kelib chiqib Temur lashkar uchun maxsus qozi va raiyat uchun alohida qozi tayinlagan, bosib olingan yurtlarga ham shayxulislom yuborgan, ular musulmonlarni gunoh ishlardan qaytarib, ularni yaxshi va savobli ishlarga undashgan. Musulmonlarga diniy masalalardan ta'lim berish, shariat aqidalari, islom dini ilmlari, tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun har bir shaharga olimlar va mudarrislar

December 1

tayinlagan [1:82]. Hukmdorning bunday faoliyati jamiyatda qonunlarga hurmat hissini paydo qilgan, kishilarning huquqiy tarbiyasini ustuvor bo'lishiga olib kelgan. Bu esa mamlakatning barqarorligini ta'minlashdagi muhim omillardan biri edi.

Amir Temur o'z saltanatining martabasi bo'lmish to'ra va tuzuklar hamda qonun-qoidalarni aholining o'n ikki toifasiga bog'lab tuzgan. Bu hukmdorning asosiy tayanchi aholining keng toifalari ekanligi, ularsiz davlat asoslarini mustahkamlashning imkoni yo'qligini bildiradi. Hukmdor o'zining qonuniylik va adolat talablarini eng yuqori amaldordan tortib oddiy kasbu hunar egalarigacha shart qilib qo'yadi. Yettinchi toifaga kiritgan vazirlar, devon kotiblari va munshiylar davlat xazinasi, sipoh va raiyatga oid ishlarni tartibga solib turishlari, xazinaning kirim va chiqimiga oid ishlarni to'g'ri olib borishlari, hamisha mamlakatda to'kinchilik va uning obodligi uchun harakat qilishlari lozim edi. Demak Sohibqiron o'z vaqtida davlat xazinasini isrof qilmaslikni, uni ijtimoiy hayotni farovon bo'lishiga sarflanishini qat'iy nazorat qilishni talab qilgan [1:93].

Amir Temur nazarida hukmdor har narsada adolatparvar bo'lishi kerak, uning xizmatidagi vazirlar ham adolatli bo'lishi lozim, zero hukmdor qaysidir vaziyatda zulm yo'liga o'tadigan bo'lsa odil vazir hukmdorni bu yo'ldan qaytarish imkonini topishi kerak [1:96]. Demak Temur nazarida hukmdor ham qaysidir holatlarda adolat me'yorlarini buzishga majbur bo'lishi mumkin, lekin bunday vaziyatda uning atrofidagi amaldorlar adolat masalasi o'rtada turganda hukmdorga maslahat solishlari, uning qarorlarini qayta ko'rishga undashlari mumkin. Agar vazirlar adolatlilik xususiyatlaridan mahrum, zulmga moyil bo'lishsa ko'p vaqt o'tmay saltanat uyi xarob bo'lib qulashini Temur alohida ta'kidlab o'tadi [1:96].

Temurning davlatida qonun ustuvorligi, adolat tamoyillari hukmdorning o'gillari va nabiralariga ham tegishli edi. U o'ziga qavm-qarindoshligi bor kishilarga, o'z holiga qarab, qobiliyatiga yarasha amirlik va hukmdorlik mansablarini berishni buyurgan, lekin o'g'il va nabiralarni o'z martabasiga yarasha ish tutib, haddidan oshmasligini talab qilgan. Maboda farzandu nabiralar hukmdorning bu talabiga xilof ravishda ish tutishsa javobgarlikka tortishni aytib o'tgan [1:103].

Temur harbiy safarlardan qaytgach albatta mamlakatda sodir bo'layotgan barcha voqe'a va hodisalar bilan tanishgan, ularning sabablarini o'rgangan. Mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga harakat qilgan. Yeru mulk masalalarini diqqat bilan o'rgangan va hokimlarga yo'l-yoriqlar ko'rsatgan. Ayniqsa mamlakat foydasi tadbirini ko'rib, kattayu kichik g'amini yeb boyu faqirning manfaati bilan mashg'ul bo'lgan [3:304]. Bu holat Temurning hukmdor sifatida davlat boshqaruviga jiddiy e'tibor

December 1

berishi, g'ayriqonuniy faoliyatga toqatsiz ekanligi, aholining barcha toifalarini g'amida yashaganligidan darak beradi.

Temur saltanatida aholining alohida ijtimoiy guruhini tashkil qilgan harbiylar orasida ham qonuniylik, adolat tamoyili hukmron bo'lgan. Uning qo'shinidagi har bir jangchi irqi, e'tiqodi va mavqeidan qat'iy nazar, ko'rsatgan mardligi va qahramonligi bilan qadrlangan [5:38]. Demak hukmdor oldida jangchining o'z ishiga ustaligi, uning sadoqati barcha tushunchalardan ustun bo'lgan. Bunday hukmdor uchun jangchilar qat'iy tartib-intizomga doimiy rioya qilishga, charchoq va azob-uqubatlarni unutib unga xizmat qilishga tayyor bo'lishgan. Temurning o'zi ham bunday sadoqatga javoban doimo o'z askarlari yonida, ularning qismatlariga sherik bo'lar, taqdirlari bilan qiziqardi. Oxir-oqibat bu jangchilar Temurning ulkan g'alabalariga sababchi bo'lish bilan bir qatorda mamlakatda tartib-intizom, tinchlik, sarhadlarni xavfsizligini himoya qilishga, savdo karvonlarini muhofaza etishga yordam berishgan.

Xulosa:

Dunyo davlatchilik tarixida o'zining betakror harbiy g'alabalari, siyosiy va iqtisodiy faoliyati, ilm-fan va madaniyatga homiyligi bilan nom qoldirishdan tashqari o'zining adolati bilan mashhur bo'lgan Amir Temur qonun va huquq ustuvorligiga erishish orqali qanday o'zgarishlarni amalga oshirdi, degan savolga ishonch bilan quyidagilarni aytish mumkin:

Birinchidan, Sohibqiron qonun va huquq ustuvorligiga erishish orqali davlatda siyosiy barqarorlikni ta'minlagan.

Ikkinchidan, qonun va huquq ustuvorligi mamlakatda fuqarolarning bunyodkorligiga keng imkoniyat yaratgan, davlat iqtisodiy jihatdan tez rivojlangan, mamlakatda savdo-hunarmandchilik o'zining ravnaq cho'qqisiga erishgan, xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalari keng avj olgan, tranzit savdo yo'llari xazinaga ulkan daromad keltirgan.

Uchinchidan, hukmdorning adolati mamlakatda ijtimoiy sog'lom muhitni keltirib chiqargan, jamiyatda ijtimoiy buzilishlar kamaygan. Chunki, har bir jinoyat, yoki g'ayrihuquqiy xatti-harakatga o'z vaqtida amaliy choralar ko'rilgan, mavjud qonunlarga hurmat hissi fuqarolarda oshib borgan.

To'rtinchidan, Amir Temurning adolati fuqarolarning huquqiy tarbiyasini mustahkamlanishiga olib kelgan, bu omil keyinchalik mamlakatda umumiy tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. O'rta asr jamiyatida bunday o'zgarishlarga erishgan davlatlar va hukmdorlar sonining juda ozchilikni tashkil etganligini inobatga

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

olsak Sohibqironning dunyo davlatchilik tajribasini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shganligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

REFERENCES

1. Temur tuzuklari. Forscha matndan A. Sog'uniy va H. Karomatov tarjimasi. -Toshkent.: "O'zbekiston", 2016.

2. Amir Temur Ko'ragon. "Temur qissasi" ("Qissai Temuriy"), Toshkent.: "Fan", 2004.

3. Ibn Arabshoh. "Amir Temur tarixi" - Toshkent.: "Mehnat".1996.

4. Muiniddin Natanziy. "Muntaxab ut-tavorixi muiniy" - Toshkent. "O'zbekiston", 2011.

5. Lyusen Keren. "Amir Temur saltanati". Toshkent. "O'zbekiston", 2020.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.