Научная статья на тему 'ZАHIRIDDIN MUHАMMАD BОBUR DАVRIDА DINIY ISLОHОTLАR'

ZАHIRIDDIN MUHАMMАD BОBUR DАVRIDА DINIY ISLОHОTLАR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
din / Mubayyin / islom dini / zakot / jizya / ibodatxona / buddizim / hindlar / Xo`ja Ahror Valiy / so'fiylik / mоddiy vа mа’nаviy merоslаr / Hindiston

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mo'Minov Ziyovuddin Bakirjon Ogli

Maqolada Zаhiriddin Muhаmmаd Bоburning diniy siyosati uning hukmronligi davrida dinning madaniy hayotga ta'siri, Boburning diniy islоhаtlаrdа judа ehtiyоtkоr vа оqilоnа siyоtаt оlib bоrishi, XIV ars oxiri XV boshidagi Movaraunnahr, Xuroson,Hindistondagi ijtimoiy hayot tasvirlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZАHIRIDDIN MUHАMMАD BОBUR DАVRIDА DINIY ISLОHОTLАR»

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR DAVRIDA DINIY

ISLOHOTLAR

Mo'minov Ziyovuddin Bakirjon o'gli

TIPI Ijtimoiy fanlar fakulteti oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215946

Annotatsiya: Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning diniy siyosati uning hukmronligi davrida dinning madaniy hayotga ta'siri, Boburning diniy islohatlarda juda ehtiyotkor va oqilona siyotat olib borishi, XIV ars oxiri XV boshidagi Movaraunnahr, Xuroson,Hindistondagi ijtimoiy hayot tasvirlangan.

Kalit so'zlar: din, Mubayyin, islom dini, zakot, jizya, ibodatxona,buddizim, hindlar, Xosja Ahror Valiy, so'fiylik, moddiy va ma'naviy memslar, Hindiston

Oxirgi yillarda xalq va yurt tarixi, qadimgi davrga oid manbalarni o'rganish uchun sharoitlar juda kop.O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo'q.1

Ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma'naviy meroslar birma-bir o'rganilib chiqilmoqda. Ayniqsa, har bir s haga tegishli bo'lgan qadimiy malumotlar bugun oz qadr-qimmatini yo'qotgan emas.Har bir sohaning qachondab boshlab kelib chiqqani,qadimda ajdodlarimiz qanday hayot kechirganini bilishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.Qadimdan sharq xalqlari zaminida yashab kelgan insonlar o'zining zukko,aqlli va tengsiz istedodi bilan dong taratib kelishgan.Buning misoli tariqasida esa rasmiy hujjatchilik ishlarining tarixi bir necha ming yil nariga borib taqalishini keltirish mumkin.

Din tarixiga oid adabiyotlarni varaqlar ekanmiz, qadimdan insonlar o'rtasidagi ziddiyat va kelishmovchiliklar sababi jamiyat a'zolaridan biri o'zining hammadan ustun ekanini isbotlashga uringanini, boshqalardan yuqoriroq mavqeini boshqalar tan olishlarini talab etganini, bu hol esa, oxir-oqibatda o'sha jamiyat osoyishtaligidagi muvozanatning buzilishiga olib kelganini ko'ramiz. Agar bu holning oldi olinmasa, ya'ni, noshukr bandaning nafsiga va ehtiroslariga erk berib qo'yilsa, u hatto xudolikni da'vo qilishdan ham toymasligi mumkinligiga ishonch hosil qilamiz. Din osiy bandaning haddan oshishga bo'lgan ana shunday intilishlarining oldini oluvchi eng ta'sirchan omil hisoblanadi. "Din bandalarni Haq taolo oldida mas'uliyatli ekanini tushunishlariga, Allohdan qo'rqib, jamiyatning boshqa a'zolari bilan bahamjihat yashashga da'vat etadi. Hech shubha yo'qki, mamlakat boshqaruvida din eng yaxshi tayanch vositasi bo'lib, bandalarni insof-u tavfiqqa, atrofidagi mo'minlarga nisbatan samimiy munosabatda bo'lishga, Allohdan qo'rqib yashashga, Yaratganga maqbul bo'lmaydigan ishlarni qilishdan o'zini tiyishga, o'zidan ojizlarga rahm-shafqat ko'zi bilan qarashga, Allohning yerdagi soyasi bo'lmish hukmdorga esa, hurmat- e'tiqod nazari bilan qarab, uning hukmlariga itoatgo'ylik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi." 2

Hind tarixchilari Boburning diniy bag'rikenglik siyosatni yuqori baholaydi, yana hind tarixchisi S.R.Sharmaning quyidagi fikrlarini keltirib: "Boburning bironta hind ibodatxonasini buzgani yoki hindlarning ularning diniy e'tiqodiga ko'ra ta'qib qilganining biror bir asorati yoq"Boburshunos olimlarning bu fikrlarini sharhlar ekan, shunday deydi: "Boburning musulmon va hindlarga baravar munosabatda bo'lgani to'g'risida bir necha misol bor. 1529 yilda

1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Toshkent. Ma'naviyat 2010.

2 Sotimov G'. "Boburiylar davlati boshqaruvida din". Toshkent, 2012 y. Hidoyat N

Gogra daryosi bo'yidagi jangdan oldin u hind va musulmon beklari bilan teng hisoblashgan edi. Shu hislatlari uchun ham ko'pchilik tarixchilarning fikriga ko'ra Bobur dindor shaxs bo'lgan bo'lsa ham, lekin u ko'r-ko'rona xurofotchi bo'lgan emas va Hindistondagi faoliyati davomida diniy jaholatparastlikka yo'l qo'ymadi" deb dakidlaydi.3

Sharma Boburning diniy bag'rikenglik madaniyatini izohlab yana bar hind Boburshunosi R.P.Tripatining fikrini keltirib o'tadi: "...boburiylar imperiyasining ravnaqii uning harbiy qudrati bilangina emas, balki o'z siyosatida diniy bag'rikengligini amalga oshirgani va madaniy hayotga katta hissa qo'shganligi tufaylidir"4

Bu siyosatni esa Bobur boshlab bergan edi? - deydi?

L.P. Sharma tarixchilarning mulohazalarni sharhlar ekan, Bobur ma'rifatchi va dindor shoh bo'lgan edi,-deydi 51 Hozirgi tarixchilarning ko'pchiligi, - deydi L.P.Sharma, Boburning tarixda juda katta hurmatga sazavor o'rinni egallashini alohida ta'kidlaydilar deb, ularning ayrimlarining fikrlarini keltirib o'tadi. Masalan,ingliz tarixchisi V.A.Smitning bayon qilishicha, "Bobur o'sha davrdagi osiyolik hukumdorlarning eng zo'ri bo'lib, uning tarixdagi o'rni o'tmishdagi shahzodalar orasida ulkan tahsinga sazavordir" 5deb takidlagan.

Yevropalik tarixchi Gavel esa Boburni "Islom dunyosi tarixidagi eng jozibador shaxslardan edi" deb ta'riflagan. Ingliz boburshunosi U. Erskinning ta'riflashicha , «Osiyolik hukumdorlar orasida Bobur bilan barobar mavqeni egallay oladigan shahzoda bo'lmagan". Boburning shaxsi va uning fe'l atvori shubhasiz, anashunday yuksak baholarga sazavordir"6

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Boburga nisbatan aytilgan bu fikrlarga munosabat bildirar ekan, L.P.Sharma shunday deydi: "... u Hindistonga temuriylarga xos davlat boshqaruvini olib kirdi va unga mustahkam asos soldi. Bobur yangi imperiyani qay yo'sinda o'rnatish kerakligini ko'rsatibgina qolmadi.Bu imperiyani boshqarish siyyosatini ham o'rgatib qo'ygandi.

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak bir asari, din-u diyonatni tarannum eta oladigan, ayni chogda, farzandlari Komron Mirzo va Himoyun Mirzolarning Islom dini arkomlarini yaqindan o'rganishlari uchun yaratilgan "Mubayyin" asari xususida ham toxtalamiz.

Boburning "Mubayyin" risolasi diniy - ahloqiy yo'nalishdagi ham diniy, ham adabiy asardir. Bu asarni maxsus ilmiy jihatdan o'rganish eng avvalo, Boburning falsafiy va diniy-axloqiy qarashlarini aniqlash uchun zarur bo'lsa, ikkinchidan, bu asarning ma'naviy hayotimizda tutgan orin va uning diniy va badiiy adabiyotning yorqin namunasi sifatidagi tarixiy ahamiyatini belgilash uchun muhimdir.

Boburiy podsholar hukmdorligi davrida Hindistonda musulmon dinining turli mazhablari tarqalgan bo'lib, ularning vakillari boshqa din va mazhablar bilan doimiy raqobatda bo'lar edilar. Albatta, bu raqobatni bartaraf etish borasida boburiylar tomonidan ko'p ijobiy lar bo'lar edi-yu, biroq mutassib qarashdagi kimsalarni ishontirshga har doim ham muvaffaq bo'linavermagan.7

Boburiy hukumdorlar diniy islohatlarda juda ehtiyotkor va oqilona siyotat olib borgan.

Boburning bu asari islomshunoslar,adabiyotshunoslar,tarixshunoslar ,faylasuflar va boshqa soha vakillari uchun qimmatli manba hisoblanadi.

3 Sharma L.P. Boburiylar saltanati. Toshkent, «Ma'naviyat», 1998. 72.74-bet

4 Sharma L.P. Boburiylar saltanati. Toshkent, «Ma'naviyat», 1998. 75,76-bet

5 Sharma L.P. Boburiylar saltanati. Toshkent, «Ma'naviyat», 1998.76-bet

6 Uilyam Erskin. Toshkent, «Cho'lpon», 2022. 47-bet

7 Zahiriddin Muhammad Bobur." Mubayyin". A. Qodiriy nomidagi xalq merosi. Toshkent 2000 5-bet

Bu asar diniy va badiiy adabiyotning yorqin namunasidir.

Zahiriddin Muhammad Boburning "Mubayyin" asarining tuzilishi.

Ushbu Zahiriddin Muhammad Boburning "Mubayyin" asari besh bobdan tashkil topgan bo'lib,

1- E'tiqodiya

2- Kitobu-s-salot(nomoz)

3- Kitobu-z-zakot

4- Kitobu-s-savm (roza)

5- Kitobu-l-haj

deb nom berilgandir.

Bobur zohid, fosiqu yaxshi-yu yomon orqasida namoz o'qilishi joiz ekanligi masalalariga ham alohida o'rin bergan. "Mubayyin" asarining keyingi boblarida namoz, zakot, ro'za va haj ruknlari tafsiloti bayon qilinadi.

Zahiriddin Muhammad Boburning ushbu asari masnaviy janrida yozilgan bo'lib, diniy mas'alalar olimning o'ziga xos bayon uslubi orqali chuqur bilimdonlik va ravon til bilan tushintirib berilgan. Islom dini asoslari bobma-bob badiiy vositalarning san'atkorona qo'llanilishi natijasida o'quvchi ongiga sekinasta va mustahkam singdirib boriladi.

Boburning Xo'ja Ahror Valiy Naqshbandiy avliyo bilan ruhiy aloqasi butun umri davomida u bilan birga bo'ldi. Avliyo Bobur yetti yoshga to'lganda vafot etdi. Bobur tang ahvolga tushgan chog'ida avliyo unga yordam berganini aytadi. Bobur 1528-1529 yillarda "Risola Validya " deb nomlangan asarini so'fiylik axloqiga oid asarinitarjima qilgan.Boburiylar o'zlarini O'rta Osiyo Naqshbobdiy shayxlarining fidoyilari sanab , bu so'fiy avliyo Xoj Ubaydullo Aharor dunyoga kelgan yosh shahzodani ismini ham ozi Zahiruddin Muhammad deb qo'ygan. Bobur Panipat jangida muvaffaqiyat qozonganidan so'ng Hazrati Nizomiddin Ayliyo va Hazrati Baxtiyor Kakiy qabrlarini ziyorat qildi.Bobur ukasi Humoyunning maslahatchisi bo'lgan dindorMuhammad G'oz Gvalyariy bilan uchrashganini eslaydi . Bobur o'z tarjimai holida shunday degan edi;

Darveshlarga qarindosh bo'lmasam ham

Shunga qaramay, men ularning qalbi va qalbi bilan izdoshiman

Yo'q deng shoh darveshdan uzoqda

Men shohman, lekin darveshlarning qullariman8

Xulosa qilib aytganda Boburning diniy e'tiqodlarga munosabatda tutgan katta davlat siyosati asosan turli millat vakillarining ozaro tinch-totuvlikda yashashi, diniy bagrikenglik ,ijtimoiy xamkorlik, millatlararo totuvlik kabi ezgu goyalarga asoslangan edi.Bu diniy siyosat ozida islomiy qadriyatlar va madaniyatning ustunligini namoyon qilish bilan birga ozga xalqlarning urf odatlarini va diniy e'tiqodlarini hurmat qilishni ham taqozo etardi. Shuning uchun xam u faqat o'z hukmdorligi davrini emas,balki 300 yildan ortiqroq boburiylar sulolasi madaniyati, sivilizatsiyasi, dinlar va diniy e'tiqodlarga nisbatanbagrikenglik, sabr-toqatlilik mentalitet va qadriyatlarining tamal toshini qo'yib ketgan edi.

Shuning uchun ham xulosa qilib aytamiz biz ham vatandoshlarimiz boburiylarning hind fani va madaniyatiga qo'shgan hissasiga hurmat bilan qarashimiz va ilmiy jihatdan tadqiqot qilib, o'rganib, kelajak avlodlarga yetkazishimiz kerak.

8 https://www.historymarg.com/2023/11/exploring-central-asias-rich-socio.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. 1989

2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Mubayyin. A. Qodiriy nomidagixalq merosi. Toshkent 2000

3. Sotimov G'. "Boburiylar davlati boshqaruvida din". Toshkent, 2012 y. Hidoyat N

4. Sharma L.P. Boburiylar saltanati. Toshkent, «Ma'naviyat», 1998.76-bet

5. Uilyam Erskin. Toshkent, «Cho'lpon», 2022. 47-bet

6. https://www.historymarg.com/2023/11/exploring-central-asias-rich-socio.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.