Научная статья на тему 'BOBURIYZODA SHAHZODA TASVIRI'

BOBURIYZODA SHAHZODA TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
953
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
‘‘Boburnoma’’ / ‘‘Humoyunnoma’’ / Xondamir / Gulbadanbegim / Muhammad Haydar Mirzo ‘‘Tarixi Rashidiy’’ / Mavlono Sayidiy / ‘‘Qonuni Humoyunnoma’’ / “Amirul-muarrixin”. / '' Boburnoma '' / '' Humoyunnoma '' / Khandamir / Gulbadanbegim / Muhammad Haydar Mirzo '' Tarihi Rashidiy '' / Mavlono Sayidi / 'Qanuni Humoyunnoma' ' / ' Amirul-muarrikhin '

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahliyo Faxriddin Qizi Sayfiyeva, Saodat Aralovna Mo‘minova

O‘zbek adabiyotida Zahiriddin Muhammad Bobur ning tarixiy-memuar asari ‘‘Boburnoma’’ keng o‘rganilgan. Biroq Boburning qizi Gulbadanbegim akasi Humoyun Mirzoga bag‘ishlab ‘‘Boburnoma’’ning majoziy davomi sifatida yaratgan ‘‘Humoyunnoma’’ tarixiy asari o‘zbek adabiyotida qolaversa, jahon adabiyotida ham kamdan kam o‘rganilgan. Boburiyzoda Humoyun Mirzoning hayoti va ijodi haqida o‘z zamonasining mashhur tarixchilari,muarrixlari hamda shoirlari ko‘plab asarlar yaratganlar. Mazkur maqolada tarixiy manbalarda Nosiruddin Muhammad Humoyun shaxsiyati qanday talqin etilganligi atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF THE PRINCE OF BOBURIYZODA

Zahiriddin Muhammad Babur's historical-memoir ";Boburnoma" is widely studied in Uzbek literature. However, the historical work ";Humoyunnoma", created by Bobur's daughter Gulbadanbegim as a figurative continuation of ";Boburnoma" dedicated to her brother Humoyun Mirzo, is rarely studied in Uzbek literature, as well as in world literature. Famous historians, historians and poets of his time have written many works about the life and work of Humayun Mirza. This article details how Nasiruddin Muhammad Humayun's personality has been interpreted in some historical sources.

Текст научной работы на тему «BOBURIYZODA SHAHZODA TASVIRI»

BOBURIYZODA SHAHZODA TASVIRI

Mahliyo Faxriddin qizi Sayfiyeva

Qarshi davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-kurs magistranti

Ilmiy rahbar: f.f.n.dotsent. Saodat Aralovna Mo 'minova

ANNOTATSIYA

O'zbek adabiyotida Zahiriddin Muhammad Bobur ning tarixiy-memuar asari ''Boburnoma'' keng o'rganilgan. Biroq Boburning qizi Gulbadanbegim akasi Humoyun Mirzoga bag'ishlab ''Boburnoma''ning majoziy davomi sifatida yaratgan ''Humoyunnoma'' tarixiy asari o'zbek adabiyotida qolaversa, jahon adabiyotida ham kamdan kam o'rganilgan. Boburiyzoda Humoyun Mirzoning hayoti va ijodi haqida o'z z amonasining mashhur tarixchilari,muarrixlari hamda shoirlari ko'plab asarlar yaratganlar. Mazkur maqolada tarixiy manbalarda Nosiruddin Muhammad Humoyun shaxsiyati qanday talqin etilganligi atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: ''Boburnoma'' , ''Humoyunnoma'' , Xondamir, Gulbadanbegim, Muhammad Haydar Mirzo ''Tarixi Rashidiy'', Mavlono Sayidiy, '' Qonuni Humoyunnoma'', "Amirul-muarrixin".

DESCRIPTION OF THE PRINCE OF BOBURIYZODA

ABSTRACT

Zahiriddin Muhammad Babur's historical-memoir "Boburnoma" is widely studied in Uzbek literature. However, the historical work "Humoyunnoma", created by Bobur's daughter Gulbadanbegim as a figurative continuation of "Boburnoma" dedicated to her brother Humoyun Mirzo, is rarely studied in Uzbek literature, as well as in world literature. Famous historians, historians and poets of his time have written many works about the life and work of Humayun Mirza. This article details how Nasiruddin Muhammad Humayun's personality has been interpreted in some historical sources.

Keywords: '' Boburnoma '', '' Humoyunnoma '', Khandamir, Gulbadanbegim, Muhammad Haydar Mirzo '' Tarihi Rashidiy '', Mavlono Sayidi, 'Qanuni Humoyunnoma' ',' Amirul-muarrikhin '

Boburiyzoda shahzoda, Boburning eng sevimli farzandi, otasidan keyin Hindiston podshohi bo'lgan, zakiy inson Humoyun hayoti va ijodi bir qancha qadimiy tarixiy manbalarda tasvirlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma", tarixchi olim Xondamirning "Humoyunnoma", Gulbadanbegimning

"Humoyunnoma", Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarlarida Humoyun obrazi to'laqonli aks ettirilganligini ko'rishimiz mumkin.

Biz dastlab Bobuming ''Boburnoma'' asariga murojaat qilmoqchimiz. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida Humoyun mirzoning tug'ilishi haqida shunday deb yozadi: " Ushbu yilning oxirida seshanba kechasi zulqa'da oyining to'rtida oftob hut burjida edi. Kobulning arkida Humoyun mutavallid bo'ldi. Tarixi valodatini Mavlono Sayidiy shoir "Sulton Humoyunxon" topib edi. Qobul shoirchalaridan birov, "Shohi feruz qadr" topib edi, uch-to'rt kundin so'ng "Humoyun" ismi bila mavsum bo'ldi. Humoyunning valodatidin besh-olti kundin so'ng Chorboqqa chiqib, Humoyunning valodatining to'yi bo'ldi. Bek va begot ulug-kichik sochiq kelturdilar, qalin oq tanga to'quldi, ondin burun oncha qalin oq yormoqni bir yerda ko'rulmaydur edi, xeyli yaxshi to'y bo'ldi".1 ''O'sha yili Hazrat Firdavs makon amirlari va boshqalarga: ''Endi meni Bobur podshoh deb atanglar'',deb buyurdilar. Humoyun podshoh tug'ilmaslaridan oldin Mirzo Bobur deb atash rasm edi''. Bobur barcha farzandlarini juda yaxshi ko'rgan, lekin Humoyunni juda ham yaxshi ko'rar, unga mehri o'zgacha edi. "Boburnoma"da bu haqda shunday deydi: " Va Muhammad Humoyun bir ili edikim, Badaxshonda diydorlardin ayru tushib erdi, so'ngra bizni sog'inib, Badaxshonni Mirzo Sulaymonkim, aning kuyovi erdi, topshirub, bir kunda Qobulga kelur. Va Mirzo Komron Qandahordin Qobulga kelgan ekandur. Iydgohga muloqot qilib, hayron bo'lub, tavajjuh sababini so'rabdur. Va Muhammad Humoyun bizni ishtiyoqimizni aytib Mirzo Hindolni Qobuldan Badaxshonga yuborib, bizni tarafga yura berur. Bir necha kunda dorul-xilofa Agraga yetib, o'shul soatkim, biz aning onasi bilan otini tutib, so'zlashib o'lturub erdukkim, yeta-o'q keldi. Ko'ngullar gul yanglig' ochilib, ko'zlar chirog'dek yorudi. Muqarrar har kun jashi edi, lekin aning o'ziga to'y berib, xushxollig'lar qilduk. Va necha muddatgacha bir yerda bo'lub, musohibona bir-bir bilan suluk qilar erdik. Va alhaq suhbatda bebadal erdi va insonni komilkim derlar, o'shal erdi". Bobur Humoyunni shu qadar yaxshi ko'rar edi. Bu mehr Humoyunga ham o'tgan edi. Humoyunni Sanbal viloyatiga yuborganida u yerning havosi unga yoqmaydi, u kasal bo'lib qoladi. Shunda Boburga uning jonini saqlab qolish uchun Ko'hinur olmosini tasadduq qilishlarini so'raydilar. Shunda Bobur: "Mening ko'nglumga keldikim, Muhammad Humoyunning mendin o'zga yaxshiroq nimarsasi yo'q. Men o'zum tasadduq bo'layin, xudoy qabul qilsun. Xoja Xalifa, o'zga muqarrablardin arzg'a tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihat topar, siz bu so'zni nechun tilingizga kelturasiz. G'araz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning evaziga nechuk bo'lg'ay, men aning fidosi

1 Zahiriddin Muhamad Bobur. Boburnoma. Yulduzcha nashriyoti. 1989. 195-bet.

2 Gulbadanbegim. Humoyunnoma.Toshkent. 1959. 28-bet.

qilurmenkim, hol aning evaziga nechuk bo'lg'ay, men aning betoqatlig'ini toqat kelturg'aymen. O'shal holatga kirib, uch qatla boshidin o'rgulub, dedimkim, men ko'tardim har ne darding bor. O'shal zamon men og'ir bo'ldum, ul yengil bo'ldi. Ul sihat bo'lub qo'pti. Men noxush bo'lub yiqildim. A'yoni davlat va arkoni mamlakatni chorlab, ba'yat qo'larini Humoyunni qo'liga berib, joynishinligiga va

"5

valiahdligiga nasib qildim". Tarixda toj-taxt uchun ota-o'g'illar o'rtasida talashishlar ko'p bo'lgan. Ajdodimiz Bobur esa, tirik chog'idayoq taxtini o'g'liga topshirgan. Nafaqat toju tax tini, balki jonini ham unga bag' ishlagan. Bunday qilish uchun, bunday deyish uchun insondan juda ham yuksak qalb, yurak talab qilinadi.

Boburiylar tarixi haqida ko'plab tarixchi olimlar tarixiy asarlar yaratishgan va ularning faqatgina ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Tarixchi Xondamir ham temuriylar tarixini, xususan, Humoyun tarixini yozgan. U Agrada Boburning eng yaqin odamlari qatoridan joy olgan va uning 1529-yilda Bengaliya va Gang daryosi sohillari bo'ylab uyushtirgan harbiy janglarida qatnashgan. Bobur vafotidan so'ng uning o'g'li Humoyun xizmatida bo'lgan. (1530-1556) Xondamir Humoyun saroyida bo'lgan vaqtida "Humoyunnoma" asarini yozadi va bu xizmatlari evaziga u "Amirul-muarrixin" ("Tarixchilar amiri") unvonini olgan. Xondamirning "Humoyunoma" asarining yana bir nomi "Qonuni Humoyunnoma"dir. Asar 1534-yilda yozib tugallangan. Asarda Humoyun podshohlik qilgan davrda Hindistonda joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa to'rt idora usuliga bo'linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan me'morchilik qurilishiga oid ma'lumotlar o'rin olgan.

Buyuk siyosat va davlat arbobi, Hindiston mustaqilligi uchun kurash rahbarlaridan biri Javoharla'l Neru o'zining "Dunyo tarixiga nazar" asarida Humoyun haqida shunday deb yozgan: "Humoyun bu tanazzuldan (Shershohning mag'lubiyatidan) foydalaniib, lashkarlari bilan 1555-yilda Hindistonga qaytadi. Omadi kelib, o'n olti yildan so'ng yana Dehlini egalladi. Ammo hukmronligi uzoqqa bormadi-yarim yildan so'ng zinadan yiqilib qazo qildi"4. Jumladan, u o'z asarida nafaqat Humoyun, balki Zahiriddin Muhammad Bobur hamda nabirasi buyuk Akbarshoh xusu sida ham iliq fikrlarni keltirib o'tgan.

Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"a sari Humoyun podshohning hayot tarzi va sarguzashtlarining muxtasar tarixi bo'lib, unda Humoyun siymosi sodda va go'zal uslubda to'laqonli yoritib berilgan. Gulbadanbegim asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, tarixiy asarlarda uchramaydigan Bobur xonadonining nozik jihatlari, oilaviy sharoitlari, to'y va a'za bilan bog'liq udumlar, uy-ro'zg'or asboblari, kiyim-kechaklar turlari kabi jihatlar haqida mufassal hikoya qiladi.

3 Zahiriddin Muhamad Bobur. Boburnoma. Yulduzcha nashriyoti. 1989. 355-bet.

4 Javoharla'l Neru. Dunyo tarixiga nazar. 8-bet.

Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida Humoyun obrazi samimiy bir mehr bilan tasvirlangan. Uning ta'kidlashicha, "Firdavsmakon hazrat (Boburshoh) vafotlaridan keyin jannat oshiyon (Humoyunshoh) o'n ikki yil davomida Hindistonda hukmron bo'ldilar. Fuqaro tinchlik va osoyishtalikda umrguzaronlik qildi, u kishiga bo'ysunib, itoatda bo'ldi"5.

Humoyun hukmdorligining birinchi kunlaridanoq otasi Boburshoh "saltanat tashvishlari" deb ataydigan holatga duch keldi. Uning hayoti o'zi tasavvur qila olmaydigan janglar, isyon va xoinliklarga qarshi kurashlarga to'la holda o'tdi. Ukalarining tinimsiz xiyonatlari uni charchatdi. Boburning vasiyatiga ko'ra taxt masalasi temuriylar an'anasiga ko'ra hal qilinishi lozim edi. Bu udumga ko'ra davlat boshlig'i vafot etgach, uning mulki farzandlar o'rtasida taqsimlab berilishi kerak edi. Lekin Humoyun uchun bu udumni amalda tatbiq etish oson kechmadi. Otasining: "Ukalaring jazoga loyiq ish qilsalar ham, ularga qarshi chora ko'rmagin", degan vasiyati uning hamisha yodida bo'ldi. Gulbadanning ta'kidlashicha, Humoyun taxtga o'tirgach, ota bir, ona boshqa ukasi Komron mirzoga Panjob viloyatini berib, uni Kandahor va Qobulga hokim etdi, Askariy mirzoga Mo'lton viloyatini, Hindol mirzoga Mevor viloyatini, Gujaratni in'om qildi.

Asarda tasvirlanishicha, Humoyun juda ko'ngilchan, chetdan qaraganda, umuman aql bovar qilmaydigan darajada soddadil va ishonuvchan inson edi. Masalan, u haqiqiy do'stlarim deb yurgan Gujarot sultoni Bahodirshoh va afg' on sulolasidan bo'lmish Shershohlar, aksincha, o'zining ashaddiy dushmanlari ekanini anglagach, hayratdan yoqa ushlagan ekan. Keyinroq ularga qarshi bir necha bor shiddatli janglar ham olib borishga to'g'ri kelgan. Shuni alohida aytish kerakki, Humoyun otasi olib borgan janglarda ham faol qatnashib, qahramonliklar ko'rsatgan. Oxirgi janglaridan birida u yengib bo'lmas qal'a deb hisoblangan Champanyor qal'asini to'rt oy qamal qilib taslim etdi. U tunda qal'a devori ustidan oshib o'tib, darvozabonlarni darvozalarni ochishga majbur qilgan edi. Qal'a devori ustidan hujum qilib turgan paytda himoya chilarning o'qlari tinimsiz yog' ilib turgan paytda qal'aning xarsang toshdan tiklangan qoyali devoriga saksonta baquvvat qoziqlar qoqish va ularga tayanib chiqishga erishgani uning jasorat va matonatini ko'rsatadi. Devordan dastlab oshib o'tgan qirq yigitning ichida Humoyun ha m bor edi. Ana shunday shonli g'alabadan keyin u o'z harbiy mavqeyini mustahkamlab, shiddat bilan ilgarilash o'rniga, zabt etilgan saroyda haftalab, ba'zan oylab maishatga berilar, ovga chiqar, ziyofat va bazmlar uyushtirar, g'azalxonlik va mayxo'rlik qilar edi. Bu esa, tabiiyki, uni beg'am kishiga aylantirib qo'yar edi.

Humoyun onasini juda e'zozlar edi. Humoyunni Gulbadan bilan bog' lab turgan rishta ham shu edi. "Otam va onam vafotlaridan keyin bu siniq ko'ngilni

5 Gulbadan.Humoyunnoma. T., 1959. 3-bet

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

ko'tarish uchun shunday niyat qildilar va bu bechora haqirga shunday behad shafqat ko'rsatdilarki, yetimligim va yolg'izligimni aslo sezmadim" deya yozadi Gulbadan begim. Humoyunning taxtga o'tirganiga bir yil to'lishi munosabati bilan berilgan ziyofatlarning biri Gulbadanda shunday taassurot qoldirganki, u bazmda o'tirgan begimlar va sultonlarning ism-shariflarini nomma-nom sanab o'tadi:" Xonaning to'rida onam(Mohim) to'yda inoyat qilmish javohir bilan bezalgan taxt qo'yilgan, uning oldiga zardo'zi to'shak tashlangan edi.

Podshoh hazratlari va onajonim (Xonzoda) taxtning oldidagi bir to'shakka o'tirdilar. Onajonimning o'ng qo'llarida ularning ammalari, Sulton Abusaid mirzoning qizlari Faxr Jahonbegim, Badiul Jamolbegim, Oqbegim, Sulton Baxtbegim, Gavharshodbegim va Xadicha Sultonbegim o'tirdilar. Boshqa to'shakda bizning ammalarimiz-firdavsmakon (Bobur) hazratlarining opa-singillari bo'lmish Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Sulton..." Gulbadan Humoyun qurdirgan "Tilsim saroyi"ni tasvirlar ekan shunday deb yozadi: Ikkinchi xona "Saodat uyi" deb atalar edi. Bu uyda joynamoz, kitoblar, oltin suvi bilan oro berilgan qalamdon, chiroyli juzdon, nozik ra smlar solingan albom va xush xatlar saqlanar edi"

O'zining nazmga bo'lgan ixlosi tufayli Humoyun bu kutubxonani ko'z qorachig'idek asrar edi. Unga asqotgan duolardan biri shu bo'ldiki, keyinroq u jangda mag'lub bo'lib, qo'shini tarqab ketib, mol-muklidan ayrilib, kimsasiz cho'lda daydib yurgan kezlarida qa rshisidan bir nortuya chiqib qoladi, uning ustiga ortilgan xurshundagi molar esa o'zining eng qimmatbaho noyob kitoblari bo'lib chiqadi. Humoyun ana shunday kitobni sevadigan, ko'ngli toza inson edi.

Asarda Humoyun, tadbirli, go'zal xulqli inson sifatida gavdalanadi: "Tangri u kishi (Humoyun)ning muborak dillariga shu yanglig' ixtirolarni soldiki, buni kim ko'rsa, taaajjublanib, hayratda qolar edi. Hukmdorligining ilk yillaridayoq Humoyun yangi poytaxt-Dehlini bunyod etish uchun qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Seshanba va payshanba kunlari devonda davlat ahamiyatiga molik masalalar saroy a'yonlari bilan muhokama etilardi. Humoyun Agrada turgan kunlarda ko'pincha shahar tashqarisida shikor va bazmlar uchun bazmgohlar qurdiradi. Boburshohning bevalari va bolalari uchun Humoyun haramida to'rdan joy qilinardi.

1534-yilning fevral oyida Humoyunshoh isyonkor Bahodirshohga qarshi qo'shin tortadi. Jangda mag'lub bo'lgan Bahodirshoh chekinib, Champanyor qal'asiga yashirinadi. Humoyun qal'a devoridan oshib o'tib, qahramonona jasoratini namoyish etadi. Asarda Humoyunning qilgan janglari va u janglarda ko'rsatgan mardliklari, jasorati betakrorona tasvirlangan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari haqida yozilgan fundamental tarixiy asarlardan yana biri Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" (Zafarli yurishlar dostoni), Fazlullloh Rashididdinning "Jome' ut-tavorix" (Tarixlar to'plami),

Hamidulloh Mustafviyning "Tarixi guzida" (Saralangan tarix), Otamalik Juvayniyning "Tarixi jahonkushoy" (Fotihlik tarixi), Muhammad Mirxondning "Ravzat us-safo" (Poklik bog'i), Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullnoma", Shermuhammad Munisning "Firdavs ul-iqbol" (Saodat bog'i), Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarlari qatorida Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asari ham alohida o'rin tutadi. O'zbeksiton va jahon tarixchi olimlari "Markaziy Osiyo haqidagi yagona mukammal asar" deb bir ovozdan tasdiqlangan "Tarixi Rashidiy" asari nafaqat Mo'g'uliston, ayni paytda O'rta Osiyoning o'sha davrdagi yirik shaharlari Andijon, Toshkent, Xo'jand, , Sayram, Turkiston, O'ratepa, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Hisor, Qunduz, Marv va boshqa mamlakatlar: Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Sharqiy Turkiston va Kashmirning XV-XVI asrlardagi tarixini o'rganishda birlamchi manbalardan bo'lib xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek: "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z y urti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu-tabiiy hol. Odamzod borki, avlod ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, vatanining tarixini bilishni istaydi". 6

Jumladan, "Tarixi Rashidiy" asarida muallif Humoyun podshohni shunday ta'riflaydi: "Humoyun podshoh -Bobur podshoh o'g'illari ichida eng kattasi, eng obro'-e'tiborlisi va zukkosi edi. Faqir uningdek iqtidorli, tug' ma fazilatlarga ega

n

odamni kam uchratganman" Asar muallifi uni ta'rif-tavsif qilar ekan, o'z fikr-mulohazalarini ro'y-rost yozadi: "U qattiq janglarda misoli tog'dek qat'iyati va matonati bilan ajralib turar, bazmlardagi zukkoligi, dur sochayotgandek saxovatli qo'llari bamisoli dengizdek edi, billurdek toza qalbi oliyhimmat amallar dur -gavharlariing koni edi, saxiy qo'li-barakotli iltifotlar bulutining manbai edi. Ehtimol, shoir Anvariy ushbu baytni u haqda bitgandir: Dilin dengiz, qo'lin desalar, gar kon, Bu dilu bu qo'lu shu shohda begumon.

Xulosa, Humoyun podshoh oliy martabali mislsiz haybat va salobatga ega hukmdor edi. Shu bilan birga yuksak odob egasi, bag'rikeng inson edi. Faqir boshimga tushgan baxtsizliklarni ortda qoldirib, Agraga, uning xizmatiga kelganimda, odamlar: "uning ilgarigi ulug'ligi va shon-shuhratidan hozir hech narsa qolmagan", deyishdi. Lekin shunday bo'lsa-da, Gang daryosi bo'yidagi jang paytida barcha ishlar men faqirning yelkasiga yuklangan edi. O'shanda uning qo'l ostida o'n yetti ming mulozim xizmatda bo'lganini ko'rganman. Uning nechog'lik ulug'vorligini shunga qiyoslab ham bilsa bo'ladi". (666-bet)

6 Islom Karimov. Tariaxiy xotirasiz kelajak yo'q. T.: "Sharq", 1998, 3-bet.

7 Muhammad Haydar Mirzo. Tarixi Rashidiy. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T., 2010. 665-bet.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Boburdan keyingi Boburiylar davlatini otasiga munosib tarzda boshqargan buyuk ijodkor va shoh bu,albatta, Humoyun mirzodir. Maqola so'ngida shunday ilmiy xu losaga keldik:

- Boburiyzoda Humoyun Nosiriddin Muhammad-tarixiy shaxs bo'lib, u boburiylar avlodining davomchisi sifatida buyuk ishlarni amalga oshirgan;

- Boburning qizi, muarrix Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida Humoyunning hayoti, xarakteri, amalga oshirgan ishlari, og'a-inilariga, ota-onasiga, singillariga, qarindosh-urug'lariga, qo'l ostidagi bek-amirlari, sultonlariga qilgan munosabatlari, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan tarixiy voqealar bayoni ro'y-rost tasvirlangan;

- "Humoyunnoma" asari tarixiy, etnografik va badiiy jihatdan baquvvat asar bo'lib, u ko'p nodir faktlarni o'zida mujassamlashtirgan ''Boburnoma'' tipida yozilgan bebaho asar hisoblanadi;

- Gulbadanbegim zukko muarrix hamda uning "Humoyunnoma" asari o'zbek adabiyotida alohida mavqega ega.

-Tarixiy manbalarda, xususan, "Boburnoma" va "Humoyunnoma" asarlarida Humoyun obrazi haqqoniy yoritilgan;

Shunday ekan, biz o'z tariximizni, ota-bobolarimizning shonli o'tmishlarini bilishimiz, o'rganishimiz va undan o'zimizga kerakli xulosalarni chiqarib olishimiz lozim. "Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan, xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur".8

REFERENCES

1. Karimov I.A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. T.: "O'zbekiston", 1998.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T.:"Ma'naviyat", 2008.

3. Atoulloh Husayniy. Badoyi- us- sanoyi'. T., 1983.

4. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. T. Sharq, 2007.

5. Bobur Zahiriddin Muhammad. Devon. T. Fan, 1994.

6. Bobur. G'aribing andijoniydur. T. Sharq, 2008.

7. Farididdin Attor. Tazkiratul avliyo. T., 1997.

8. Gulbadanbegim. Humoyunnoma. (Ahmad Quronbekov tarj). T., 2016.

9. Gulbadanbegim. Humoyunnoma. (Sabohat Azimjonova tarj) . T., 1959.

10. Hasanov S. Boburning «Aruz risolasi» asari. T., Fan, 1981.

11. Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob.T., A.Qodiriy nomidagi XMN. 1993.

12. Muhammad Solih. Shayboniynoma. T. , 1989.

13. Rumer Goden. Gulbadan. T., SHarq, 2007.

14. Мудаммад Хдйдар Мирзо. Тарихи Рашидий.-Т: «Шарц», 2010, 720 бет.

15. Узбек адабиёти тарихи. Беш томлик. II том. Тошкент: "Фан" нашриёти, 1978,328 бет.

8 Islom Karimov. Tariaxiy xotirasiz kelajak yo'q. T.: "Sharq", 1998, 24-bet.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.