Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14542
194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Bobur / Boburnoma / Umarshayx Mirzo / Andijon / Humoyun / Volidiya / farzand / shoh / shoir. / Zahiriddin Muhammad Babur / Barknaire / Umarshayx Mirza / Humoyun / Vilolidia / herself / king / poet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabina O‘tkirova

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li, farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning Xoja Ubaydulloh Ahrorning "Volidiya" asarini tarjima qilish sabablari bayon etilgan. Maqolada Boburning nafaqat shoh va shoir balki fidoyi ota bo’lganligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S VIEWS ON RAISING CHILDREN

This article discusses Zahiriddin Muhammad Babur. This article described rhe causes of translating Zahiriddin Muhammad Babur Ahror Ubaydullah, Validiya. The article reveals not only king and a poetic father but also the royal father.

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI»

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING FARZAND TARBIYASI

HAQIDAGI QARASHLARI

Sabina O'tkirova

Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali 1-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoli, farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari haqida fikr yuritilgan. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning Xoja Ubaydulloh Ahrorning "Volidiya" asarini tarjima qilish sabablari bayon etilgan. Maqolada Boburning nafaqat shoh va shoir balki fidoyi ota bo'lganligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, Umarshayx Mirzo, Andijon, Humoyun, Volidiya, farzand, shoh, shoir.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR'S VIEWS ON RAISING CHILDREN

Sabina Utkirova

1st year student of Shahrisabz branch of TSPU named after Nizami

ABSTRACT

This article discusses Zahiriddin Muhammad Babur. This article described rhe causes of translating Zahiriddin Muhammad Babur Ahror Ubaydullah, Validiya. The article reveals not only king and a poetic father but also the royal father.

Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur, Barknaire, Umarshayx Mirza, Humoyun, Vilolidia, herself, king, poet.

KIRISH

Bobur- dilbar shaxs1. Uyg'onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. Bobur o'ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi. Bobur san'at, ayniqsa, adabiyotni sevar edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zahiriddin Muhammad Bobur o'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir bo'lish bilan birga davlat arbobi, sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi, aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida arbob sifatida nom qoldirgan bo'lsa, serjilo

1 Javoharla'l Neru " Hindistonning kashf etilishi " kitobidan.

| Uzbekistan wwwscientificprogress"z Page 1473 |

o'zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari bilan dunyoning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy oldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, Farg'ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka- ukalar, tog'a- jiyanlar, amakivachchalar o'rtasida hokimiyat ulug' bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Umarshayx Mirzoning o'z saltanatining hududlarini kengaytirish maqsadida qilgan harakatlaridan tahlikaga tushgan akasi Sulton Ahmad Mirzo Toshkent hukmdori Yunusxon bilan o'zaro ittifoq tuzib 1494- yili Andijonga qo'shin tortadilar. Biroq shu yilning 9-iyunida shunday tahlikali paytda Umarshayx Mirzo Axsi shahridagi qarorgohida elchi kaptarlarni uchirish vaqtida kaptarxona bilan birga jarga qulab halok bo'ladi. Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" asarida otasining o'limi haqida quyidagicha ma 'lumot beradi: "Bu asnoda g'arib voqea dast berdi, mazkur bo'lib edikim, Axsi qo'rg'oni baland jar ustida voqe bo'lubtur, imoratlar jar yoqasida erdi. Ushbu tarixda dushanba kuni ramazon oyining to'rtida Umarshayx Mirzo jardin kabutar va kabutarxona bila uchub shunqor bo'ldi. O'ttuz to'qquz yashar erdi " .

Otasi Axsida bevaqt , 39 yoshida fojiai halok bo'lgach , oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o'tiradi. Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog'asi sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur bo'ldi. 1504- yili Shayboniyxon Andijonni ham qo'lga kiritgandan so'ng Bobur janubga qarab yo'l oldi va Kobul ulusida o'z hokimiyatini o'rnatdi . Bobur o'z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519- 1525- yillar davomida Hindistonni qo'lga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi . 1526 - yil aprel oyida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo'di bilan va 1527- yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo'lgan janglarda Boburning qo'li baland keldi . "Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi .

Bobur nafaqat shoh, balki shuhratda Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz so'z san'atkori, shoir va adibdir. Badiiy mahorat bobida biror o'zbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. She'riyat uchun xos bo'lgan bir necha zaruratlar: nuktapardozlik (yangi fikrlar ayta olish mahorati), jozibali badiiy san'atlardan me'yorida ustalik bilan foydalanish sehrgarligi va ehtiros jo'shib turgan rangin tuyg'ular talqini Boburona samimiy she'riyat fazilatlaridir. Buning ustiga uning mumtoz she'riyatga dadil kiritgan tarjimayi hollik xususiyati ham Bobur she'riyatini ham alohida nurlantirib turadi. Ana shu keyingi xususiyat shoirning vatanparvarlik tuyg'ulariga jon bag'ishlaydi. U ona shahri, vatanining sog'inchlarini she'rda ifodalar

2 Zahiriddin Muhammad Bobur " Boburnoma " 1989 - yil, 9- bet

ekan, Hindiston shahanshohi beixtiyor o'zining Andijonlik g'aribligiga kitobxon e'tiborini tortadi:

Ne yerda bo'lsang , ey gul, andadur chun joni Boburning , G'aribingg'a tarahhum aylagilikim , andijoniydur .

Zahiriddin Muhammad Boburning Xoja Ubaydulloh Ahror va ularning farzand-u nevaralariga hurmat-e'tibori katta bo'lgan. Xoja nevaralaridan ikki kishi Bobur xizmatida bo'lgan. Ayniqsa, Xoja Kalonning Bobur bilan qadrdonligi bir umrlik xizmati bilan izohlanadi .

Bobur Xoja Ubaydulloh Ahrorning fors tilida nasrda yozilgan "Volidiya" asarini she'riy usulda o'zbek tiliga tarjima qilgan. Xoja Ubaydulloh bu asarni otalarining tavsiyalari bilan yozgan:

Otasi qilgan uchun taklife ,

"3

Qildi oning otig'a ta'life. Bobur ota sifatida bu asardagi ota tilidan farzandga aytilgan diniy-tasavvufiy o'gitlarni o'z farzandlariga yetkazish uchun ushbu kitobni nazmda ona tiliga o'girgan .

Nega nasrda emas? Chunki nazmni xotirada saqlash imkoni kattadir. Qolaversa , nazmning hurmat va e'tibori nasrga nisbatan juda yuqori hisoblangan.

Bobur tarjimani boshlash va oxiriga yetkazish sababini "Boburnoma" da shunday bayon etadi: "Odina kuni oyning yigirma uchida harorate badanimda zohir bo'ldi. Andoqkim , juma namozini masjidda tashvish bila o'tadim. Namozi peshin ehtiyotini kelib, kitobxonada bir zamondan so'ng mashaqqat bila o'tadim. Indini yakshanba kuni isitib, ozroq titradim.

MUHOKAMA

Seshanba kechasi, safar oyining yegirma yettisida hazrati Xoja Ubaydullohning "Volidiya" risolasini nazm qilmoq xotirimg'a kechdi .Hazratning ruhiga iltijo qilib , ko'nglumga kechurdumkim: agar bu manzum ul hazratning maqbuli bo'lur, xud nechukkim, sohibi "Qasidai Burda" ning qasidasi maqbul tushub, o'zi aflij marazidin xalos bo'ldi, men dog'i bu orizadin qutulib, nazmimning qabulig'a dalile bo'lg'usidir . Ushbu niyat bila "ramali musaddasi maxbuni aruz "va" zarbgohi maxbuni mahfuz "vaznidakim, mavlono Abdurahmon Jomiyning "Suhba" si ham bu vazndadur, risola nazmig'a shuru qildim, ham o'shal kecha o'n uch bayt aytildi. Iltizom yo'sunluq, kunda o'n bayttin kamroq aytilmas edi. G'olibo bir kun tark bo'ldi. O'tgan yil va balki har mahal mundoq orizakim bo'ldi , aqalli bir oy-qirq kunga tortti. Tengri inoyati bila, hazratnin himatidin, panjshanba kuni oyning yigirma to'qquzida andak afsurda bo'ldi, o'zga bu orizadin xalos bo'ldum. Shanba kuni rabiul-avval oyining sekkizida risola so'zlarining nazm qilmog' ixtimomig'a etti 4

3 Zahiriddin Muhammad Bobur " Boburnoma " 1989 - yil 318 - bet

4 Zahiriddin Muhammad Bobur " Boburnoma " 1989 - yil 318 - bet

"Boburnoma" ma'lumotlaridan biz Boburni o'z ukalari, opa-singillariga g'amxo'r inson sifatida taniymiz. Bobur har ikki ukasini o'zi bilan Kobulga, so'ng Hindistonga olib ketdi; ukalarini tarbiyaladi va qadrladi.

Farzand tarbiyasi masalasida ham Bobur idrokli ma'rifatparvarvar, talabchan ustoz maqomidagi padardir .

Humoyunga yozgan xatida uning yozuvidagi nuqsonlar, uslubidagi kamchiliklarni qayd etadi: hukmdorga xos bo'lmagan xilvatparastlikni tanqid qiladi ko'p bilan ishlash, beklar bilan shug'ullanish , kengashish shartligini uqtiradi. O'zi ham otalik baxtidan surur topadi. Maqtovga xasis bo'lgan Bobur Humoyunning axloq - odobi va kamolotiga yuqori baho beradi.

Keyinroq Bobur Humoyunni Sanbal viloyatiga hokim qilib jo'natadi. Olti oycha turadi-yu, negadir, ob-havosi yoqmaydimi doim isitmalay boshlaydi. Ota buyrug'i bilan Humoyun Mirzo poytaxtga keltirilib, mumtoz tabiblar qaramog'ida bo'ladi. Biroq hadeganda tuzalavermaydi. Farzandining kuyib-yonib yotishini har kuni ko'raverib, Boburning toqati toq bo'ladi. Saltanatning ulug' kishisi Mir Abdulqosim Boburga arz qiladiki, bunday dard-darmoni uchun eng yaxshi narsalarni sadag'a qilmoq kerak: toki Alloh taolosihat-salomatlik bersin. Bu voqeaning davomini Bobur "Boburnoma" da shunday bayon qiladi: "Mening ko'nglimga keldikim, Muhammad Humoyunning mendan boshqa yaxshiroq nimarsasi yo'q. Men o'zum tasadduq bo'layin, Xudoy qabul qilsin. Xoja Xalifa va boshqa muqarrablardin arzg'a tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihat topar, siz bu so'zni nechun tilingizga kelturasiz? G'araz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas o'shal olmoskim, Ibrohimning urushida tushub erdi, Muhammad Humoyunga inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning evazig'a nechuk bo'lg'ay, men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkil bo'libtur. Va andin o'tubturkim, men aning betoqatlig'ini toqat kelturg'aymen.

O'shal holatta kirib, uch qatla boshidan o'rgulub, dedimkim: Men ko'tardim xar ne darding bor. O'shal zamon men noxush bo'lib yiqildim, ul yengil bo'ldi. Ul sihat bo'lub qo'pti . Men noxush bo'lib yiqildim ..."5

Bobur ertasi kuni taxt-u tojini Humoyun Mirzoga topshiradi va ko'p o'tmay vafot etadi . Zahiriddin Muhammad Bobur - Andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.

NATIJA

Andijonda Bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg'armasi tashkil etilgan. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib, unda adib haykali o'rnatilgan. Bog'ishamol dahasida Bog'i Bobur va Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul

5 Zahiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma" 355 - bet

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog'i Boburda adibning ramziy qabri o'rnatilgan .

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ko'plab yozuvchilarimiz asarlar yaratgan. Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar", H.Sultonovning "Saodat sohibi", Q.Kenjaning "Hind sorig'a" nomli asarlari, Z.Muhitdinovning "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli dramatik asarlarida Bobur hayoti yorqin aks ettirilgan.

XULOSA

Vatanparvarlik, millatsevarlik tuyg'ulari barcha xalqlar uchun xos bo'lgan mushtarak ma'naviy intellektual qudrat. Shu ma'noda milliy mustaqilligimizning ma'naviy asoslarini mustahkamlashda, vatan o'tmishini xolis anglashda yosh avlodni milliy g'urur ruhida tarbiyalashda tarixiy yo'nalishdagi asarlarning jumladan tarixiy hikoyalarning ham roli va o'rni beqiyos. Yoshligimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Zahiriddin Muhammad Bobur obrazi timsol vazifasini o'taydi.

REFERENCES

1. Z.M.Bobur . "Boburnoma ". T., 1989 - yil

2. Z.M.Bobur T.: O'qituvchi . 1995 - yil

3. T.Boboyev . "Adabiyotshunoslik asoslari" - T., 2005 - yil

4. L.P.Sharma "Boburiylar saltanati" - T.: "Ma'naviyat " 1998 - yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.