Научная статья на тему 'BOBURNING SAMARQANDGA YURISHLARI'

BOBURNING SAMARQANDGA YURISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
8907
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
“Eski shahar” / Obirahmat / “laq-laq” / Kuxak / Boburnoma / Biri shamol / Bogʻi Bihisht. / “Eski shahar” / Obirahmat / “laq-laq” / Kuxak / Boburnoma / Biri shamol / Bogʻi Bihisht.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamshidbek Sobirov

Ushbu maqolada Mirzo Boburning bobo yurti Samarqand shahrini egallashga boʻlgan urinishlari, bir necha bir qoʻlga kiritib, Shayboniyxon va Shayboniylar bilan janglardan soʻng yana tashlab chiqqani haqida maʼlumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BOBUR'S WALKS TO SAMARKAND

This article describes Mirzo Babur's attempts to capture his ancestral city of Samarkand, which he captured several times and left again after the battles with Shaibanikhan and Shaibani.

Текст научной работы на тему «BOBURNING SAMARQANDGA YURISHLARI»

BOBURNING SAMARQANDGA YURISHLARI

Jamshidbek Sobirov

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mirzo Boburning bobo yurti Samarqand shahrini egallashga bo'lgan urinishlari, bir necha bir qo'lga kiritib, Shayboniyxon va Shayboniylar bilan janglardan so'ng yana tashlab chiqqani haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: "Eski shahar", Obirahmat, "laq-laq", Kuxak, Boburnoma, Biri shamol, Bog'i Bihisht.

BOBUR'S WALKS TO SAMARKAND

Jamshidbek Sobirov

Andijan State University, Faculty of History, 2nd year student

ABSTRACT

This article describes Mirzo Babur's attempts to capture his ancestral city of Samarkand, which he captured several times and left again after the battles with Shaibanikhan and Shaibani.

Keywords: "Eski shahar", Obirahmat, "laq-laq", Kuxak, Boburnoma, Biri shamol, Bog'i Bihisht.

KIRISH

Samarqand- sivilizatsiyaning qadimiy shaharlari va markazlaridan biri bo'lib, butun dunyo madaniyati va fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. O'zbek xalqi, O'rta Osiyoning barcha xalqlari boy va shonli tarixga ega bo'lgan O'rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy hayotida katta rol o'ynagan Samarqand shahri bilan xaqli ravishda fahrlandilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu shahar Chingizxonning istilochilar yurishlari natijasida 1229-yilda shahar yer bilan yakson qilib yuborildi va so'ngra shahar Afrosiyob chegarasidan tashqarida bo'lgan yangi joyda, hozirgi "Eski shahar" territoriyasida vujudga keldi. Samarqand hayotining yangi davri XIV asrning oxirlariga to'g'ri kelib, bu davrda u Temuriylar davlatining poytaxtiga aylandi.

Temuriylar saltanati davrida Samarqand shahri gullab-yashnadi. Temuriy shaxzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining yuksak mavqe'ga ega bo'lgan "Bobumoma" asarida bu shaharni juda go'zal tasvirlagan. Samarqand shahri - ajoyib orasta bir shahardir. Bu shaharning bir hususiyati borki, bunaqasi kamdan- kam shaharda bo'ladi, ya'ni har hunarmandning alohida bozori bor, bir-biriga aralashgan emas, bu qiziq rasmdir. Yaxshi novvoyliklari va oshpazliklari bordir. Olamda yaxshi qog'oz Samarqanddan chiqadi. Qog'oz juvozlariga suv butkul Konigildan keladi. Konigil- Siyohob yoqasidadirki, bu Qorasuvni Obirahmat ham deydilar. Samarqand qal'asining ichida yana bir qadimiy imorat bor. Uni Masjidi Laqlaqa deydilar. Uning gumbazi o'rtasida yerni tepsalar, butun gumbazdan "laq-laq" tovushi keladi, qiziq narsadir. Hech kim buning sirini bilmaydi.

Temuriy shahzoda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad bobur ana shunday g'ozal shaharni egallashga bir necha bor urindi. Lekin taqdir taqozosi bilan Boburga Samarqandda muqim hukmronlik qilish nasib etmadi. Har gal bu yurtni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi.

901 (1495-1496) yili shavvol oyida Buxoro va Hisor sultonlari bila birgalashib, Bobur Samarqand qamalida qatnashdi. Uch-to'rt oy davom etgan qamal natija bermadi. Qish havosi sovuq, shahar mudofaasi kuchli edi. Qamal qilganlar hech narsaga erisha olmay, o'z yurtlariga qaytdilar. 903 (1497-1498)- yili Samarqandda yuz bergan siyosiy boshboshdoqlikdan foydalanib, Bobur harbiy yurish qilib borib, Samarqandni egalladi.

"Boburnoma"da Samarqand taxtiga o'tirganligi haqida shunday yozilgan : "Samaqand taxtiga o'lturg'och, Samarqand beklarini burungudek o'q rrioyat va inoyat qildim. Bizning bila bo'lg'on beklarni ham faroxo'ri hollariga yarasha tarbiyat va shafkat qildim. Sulton Ahmad Tanbalning borasig'a rioyat ko'prak voqe bo'ldi. Ichki beklar chargasiga edi, ulug' beklar chargasida rioyat qildim. Samarqandikim, yetti oy muhozara qilib, tashvishlar bila olduk, avval kelganda cherik eliga o'lja- mo'ljadek nima tushub edi. Bir Samarqanddin o'zga jami viloyatlar mahga kirib edi , yo Sulton Ali mirzog'a bu kirgan viloyatlarni topib bo'lmas edi. Muncha talon-taroj tortg'on viloyatlardin nima olmaq xud nechuk muyassar bo'lg'ay edi".

Bu Boburning Samarqand shahri va viloyatini birinchi bor o'z hukmiga o'tkazishi edi. Bobur Samarqandda yuz kun hukmronlik qildi. Andijonda fitna qo'zg'algani to'g'risida habar kelgach, u Andijon sari otlandi. Ammo Andijonni qaytarib olmoq iloji bo'lmadi. Samarqanddan ham mahrum bo'ldi. Bobur sarsonlikda qoldi.

MUHOKAMA

Bobur va uning odamlari shahar va viloyatdan mahrum bo'lib, tentirab qoldilar. Ba'zi navkarlar Boburdan ajralib har tarafga keta boshladilar. Bobur o'ziga sodiq qolgan odamlar bilan tog'lar osha, yaylovlar o'ta Kuxak daryosi bo'yiga yetib keldi. Bu vaqtda

Bobur bilan ikki yuz qirq kishigina qolgan edi. Shu askar bilan Bobur 906 (1500) - yil Samarqandga hujum qilib uni egalladi. Shunda Bobur o'n to'qqiz yoshda edi. Bu Bobur tomonidan Samarqandning ikkinchi qayta egallanishi edi.

Bu yurish haqida ko'plab yozuvchilarimiz o'zlarining asarlarida turlicha tariflaganlar. Shularning birida :

"Cherik elining o'lchasi tugandi. Samarqandni olg'onda andoq xarob edikim, madan va tuxm vataqovig'a ehtiyoj bor edi. Chi joyi ulkim, kishi andin nima ola olg'ay. Bu jihatlardin cherik eli ko'p tanqislik tortdilar. Biz ham elga nima yetkura olmaduk. Uylarini ham sog'indilar. Biror-ikkirar qochmoqg'a yuz qo'ydilar. Avval kishikim qochdi Xonquli Bayonquli edi, yana Ibrohim Bekchik edi. Mo'g'ullar tamom qochdilar. So'ngra Ahmad Tanbal ham qochdi. Uzun Xasan Xojig'a o'zini xeyli muxlis va mutaqid tutar edi. Uzun Xasan ittifoqi birla qochqonlarning ba'zisig'a sazo berggaylar , ba'zisini bizning qoshimizga' yuborgaylar"- deya yozilgan.

Samarqand shahri egallanganidan so'ng shahar a'yonlari Boburga sadoqat izhor qildilar. Shoirlar bu g'alaba uchun "Fathi Bobur bahodurast, bidon" (Bilgil, Bobur bahodir fathidir) deb tarix tushurdilar. Atrof viloyatlardan Boburga yordam uchun qo'shinlar kela boshladi. Bobur katta kuch yig'ib Saripul degan joyda Shayboniyxon qo'shini bilan to'qnashdi. Bu jangda Shayboniyxon qo'shini ustun chiqdi. Bobur o'z odamlari bilan shaharga kirib darvozalarni berkitdi. Shayboniyxon Samarqandni qamal qildi. Bobur qo'shini va Samarqand xalqi qamalda og'ir azoblarni boshdan kechirdilar. Shaharda oziq-ovqat qolmadi. Hech qayerdan yordam kelmadi. Boburning ba'zi lashkarboshilari o'z odamlari bilan shahardan chiqib, qocha boshladilar. Shu vaqt Shayboniyxon sulh taklif qildi. Bobur noiloj bu taklifni qabul qildi va bir guruh sodiq odamlari bilan Shayxzoda darvozasi orqali Samarqanddan chiqib ketdi. Zahiriddin Muhammad Bobur garchi ikkinchi bor yengilgan bo'lsada, ammo o'z yurtini mo'g'ullardan qaytarib olish niyyatidan hali hanuz qaytmagan edi. Shuning uchun shaxzoda Bobur yana yurti tomon oshiqdi.

NATIJA

Bobur 909 ( 1504-1504)-yili rabbiyul avval oyining oxirida Kobul va G'azna viloyatlarini egalladi. Boburning o'z vataniga qaytmoq yo'lidagi keyingi intilishlari ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Eron shohi Ismoil Safaviy Shayboniyxon ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, shohning yordami bilan Bobur uchinchi bor Samarqandni oldi. Ammo siyosiy voqealarning borishi shunday bo'ldiki, Bobur bu safar ham Samarqandni qoldirib ketdi. Shundan keyin Boburga o'z ona vataniga qaytmoq nasib bo'lmadi.

Bobur o'z yurini qaytarib olish uchun qanchalik qattiq harakat qilsa ham, ammo taqdir taqozosi bilan unga bu baxt nasib etmadi. Shunday ekan u o'z asarida bu yurtni ta'riflashni unutmadi , nafaqat unutish , balki bu yurtni qancha ta'riflasa ham nihoyasiga

yetkaza olmadi. Bu go'zal shahar Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur asaridan beqiyos o'rin olgan.

U "Boburnoma"da bu shaharni shunday tasvirlagan: Samarqand bog'larining tasvirida Bobur Bobokalonining bunyodkorligiga havas bilan boqgani, payti kelib o'zi ham shunday bog'larni yaratishni orzu qilgan bo'lishi mumkin: " Amir Temur Samarqand shahrida ikki bog' solibtur, birikim yiroqroqtur, Bog'i Bo'ldudur, yovuqrog'i Bog'i Dilkushodur. Andin Feruza darvozasigacha xiyobon qilib, u ikki tarafida terak yig'ochlari ektirubdur. Dilkushoda ham ulug' ko'shk soldiribdur, ul ko'shkka Temurbekning Hinduston urushini tasvir qilibturlar. Yana Pushtayi Ko'xakning domanasida Konigilning Qora suyi ustidakim, bu suvni Obi Raxmat ham derlar, bir bog' solibtur Naqshi Jahonga mavsum. Men ko'rgan mahalda bu bog' buzulub edi. Oti besh qolmaydur edi. Yana Samarqandning janubida Bog'i Chanordur, qal'aga yovuqtur. Yana Samarqandning kuyi yonida Bog'i Shamol va Bog'i Bihishttur"

XULOSA

Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqandga o'zgacha mehr bilan qaragan, bir umr unga intilgan. Samarqandni qo'lga kiritib, Sohibqiron Amir Temur Saltanatini tiklash uning eng buyuk orzusi edi. Ana shu maqsad yo'lida Bobur uzoq vaqt davomida jangu jadallar olib borgan. Va uch marta mazkur shaharni egallashga muvaffaq bo'lgan (1497-1500-1511).

REFERENCES

1. I.M.Mo'minov "Samarqand Tarixi 1-qism"-T.:"FAN" nashriyoti,1971

2. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi-T.: "SHARQ" n,2017

3. Boburnoma-T.: "0'qituvchi"n,2017

4. A.Qayumov "Zahiriddin Muhammad Bobur"-T.: "FAN" nashriyoti,2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.