Научная статья на тему 'MIRZO BOBURNING TO`NG`ICH VORISI'

MIRZO BOBURNING TO`NG`ICH VORISI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2770
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Bobur / Humoyun Mirzo / Ahli davlat / Ahli saodat / Ahli murod / Shershoh / Javaharla’l Neru / Mutribiy Samarqandiy / Zahiruddin Muhammad Babur / Humayun Mirza / Ahli davlat / Ahli Saodat / Ahli murad / Shershah / Jawaharlaʼl Nehru / Mutribi Samarkandi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sobirov Jamshidbek Zokirjon Ogli

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning toʻngʻich farzandi, Boburiylar sulolasi vakili Humoyun Mirzo haqida, bu buyuk shahzodaning tavallud topishi haqida, onasi haqida, Humoyun Mirzoning Hindistondagi hukmrolik davri hamda Hindistonda amalga oshirgan ishlari haqida va Hindistonning yetuk farzandi Javaharlaʼl Neruning Humoyun Mirzo haqida aytgan soʻzlari borasida, Mutribiy Samarqandiyning oʻz asarida Humoyun Mirzo haqida keltirgan qimmatli maʼlumotlari borasida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MIRZO BOBUR'S FIRST HEIR

In this article, Zahiruddin Muhammad Babur's eldest son, Humayun Mirza, a member of the Baburi dynasty, talks about the birth if this great prince, his mother, Humayun Mirza's reign in India and what he did in India, and about Jawaharlaʼl Nehru, Mutribiy Samarkandi's valuable information about Humayun Mirza is mentioned in his work.

Текст научной работы на тему «MIRZO BOBURNING TO`NG`ICH VORISI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

mirzo boburning to'ng'ich vorisi

Sobirov JamshidbekZokirjon o^gli Andijon Davlat Universtiteti tarix fakulteti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning to'ng'ich farzandi, Boburiylar sulolasi vakili Humoyun Mirzo haqida, bu buyuk shahzodaning tavallud topishi haqida, onasi haqida, Humoyun Mirzoning Hindistondagi hukmrolik davri hamda Hindistonda amalga oshirgan ishlari haqida va Hindistonning yetuk farzandi Javaharla'l Neruning Humoyun Mirzo haqida aytgan so'zlari bora sida, Mutribiy Samarqandiyning o'z asarida Humoyun Mirzo haqida keltirgan qimmatli ma 'lumotlari borasida so 'z yuritiladi.

Kalit so zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun Mirzo, Ahli davlat, Ahli saodat, Ahli murod, Shershoh, Javaharla 'l Neru, Mutribiy Samarqandiy.

Abstract: In this article, Zahiruddin Muhammad Babur's eldest son, Humayun Mirza, a member of the Baburi dynasty, talks about the birth if this great prince, his mother, Humayun Mirza's reign in India and what he did in India, and about Jawaharla'l Nehru, Mutribiy Samarkandi's valuable information about Humayun Mirza is mentioned in his work.

Keywords: Zahiruddin Muhammad Babur, Humayun Mirza, Ahli davlat, Ahli Saodat, Ahli murad, Shershah, Jawaharla 'l Nehru, Mutribi Samarkandi.

Андижанский государственний университет исторический факультет

Аннотация: В этой статье старший сын Захириддин Мухаммад Бабур, Хумаюн Мирза, член династии Бабури, рассказывает о рождении этого великого принца, эго матери, правлении Хумаюна Мирза и Индии и о том, что он делал в Индии, а также Джавахарлале Неру, старший сын Джавахарлал Неру, Ценные сведения Мутриби Самарканди о Хумаюне Мирза упоминаются в эго работе.

mirzo bobur's first heir

Sobirov Jamshidbek Zokirjon ugli Andijan State University, Faculty of History, 2nd year student

первый наследник мирза бабура

Собиров Жамшидбек Зокриржон угли

студент 2 курса

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Ключевые слова: Захириддин Мухаммад Бабур, Хумаюн Мирза, Ахли Давлат, Ахли саодат, Ахли мурад, Шершах, Джавахарлал Неру, Мутриби Самарканди.

kirish

Boburning eng katta ogli Humoyun Mirzo 1508-yilning 6-martida Kobulda tug'ildi. U onasi malika Mohimbegimning yolg'iz o'g'li bo'lib, uning ukalari Komron Mirzo va Askariy Mirzo Boburning boshqa xotini - Gulruxbegimdan tug'ilgan edi. Hindol Mirzo esa yana boshqa xotini - Dildor Og'abegimdan tug'ilgan. Humoyun Mirzo yoshligida yaxshi ma'lumotga ega bo'lgan va taxtga chiqishdan avval jang va davlatni idora qilish ishlaridan yaxshi habardor edi.

Otasi Hindistondga yurish boshlaganda uning o'ng qo'li bo4di. Humoyun ukalariga nisbatan juda mehribon, xushmuomala bo'lgan, ammo ularning bunga javoblari boshqacha bo'ladi, yani akalariga nisbatan adovat izhor etishgan.

adabiyotlar tahlili va metodlar

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanildi. Maqolada Boburiylar sulolasining davlat boshqaruvi siyosati obyektiv yoritib berildi.

Mazkur maqolada Mahmudjon Nuritdinovning "Boburiylar sulolasi" nomli asari metodologik manba sifatida olindi.

muhokama va natijalar

Humoyun taxtga 1530-yilning 30-dekabrida, otasining vafotidan to'rt kun keyin chiqadi. Humoyun taxtga chiqishi bilanoq ko'pgina qiyinchiliklarga duchor bo'ldi. Ozining yumshoq fe'l-atvori tufayli, ukalari va qarindoshlari unga ko'p g'arazgo'yliklar qila boshladi. Otasidan qolgan saltanat merosi ham unga ko'p mushkulot tugMira boshladi. Uning eng asosiy raqibi bo'lmish sobiq afg'on xonlari boburiylardan Dehli taxtini qayta tortib olish payida yurgan edilar.

Shu sharoitda Humoyun dastlab markazini Agradan Dehliga ko'chirib, davlatni ma'muriy boshqarish tizimiga ba'zi bir o'zgarishlar kiritdi. U saroy mulozimlarini tutgan maqomi va vazifalariga qarab "Ahli davlat", "Ahli saodat" va "Ahli murod" nomlari bilan uch guruhga bo'lib, ularning har biriga alohida mutasaddilar tayinladi. Qolaversa, davlatni idora etishni yanada mukammallashtirish maqsadida harbiylar uchun "Olov mahmasasi", saroy xo'jaligi uchun "Havo

120

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

mahkamasi", yer-suv ishlari, qurol-yarog' va shirinlik zahiralari ustidan nazorat qiluvchi "Suv mahkamasi" hamda xolisa yerlarini boshqarish va qurilish masalalartini oz ichiga olgan "Yer mahkamasi"ni joriy qildi.

Lekin o'sib borayotgan ichki nizolar va ukalari Mirzo Komron, Mirzo Feruz, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarning mutaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan. Hindistonda boshlangan nizolar mamlakatni siyosiy jihatdan parchalab tashlagan. Sharoitdan foydalanib Humoyun Hindistonga yurish boshlagan va 1555-yil 27-may kuni Sirhindda bo'lib o'tgan shiddatli jangda Afg'onlar yengilganlar. Bu g'alaba Shimoliy Hindistonda 2-marta boburiylar sulolasi hukmronligining o'rnatilishini ta'minlagan.

Humoyunning hukmronligida ham otasi boshlab bergan an'analar keng tarmoq yozdi. Hindistonga kelib ijod qilishga ilhaq adib va san'atkorlar safi brogan sari ko'payib bordi. Misol uchun, Humoyun Tabriz safarida tanishgan hattot va musavvir Mirzo Sayid Ali hamda Xo'ja Abdusamatlar hind yerida qo'nim topdilar. Shuningdek, Sulton Husayn Boyqaro zamonida Behzod ustaxonasida ishlagan naqqosh Darvesh Muhammad, xushnavis Mir Muhammad Asg'ar - "Mir Munshi", shikasta uslubining mohiri Xo'ja Aminiddin Muhammad singari san'atkorlar oz iqtidorlariga yarasha podshoh iltifotiga sazovor bo'ldilar.

Humoyun inson sifatida sodiq do'st, dono rahbar, maftunkor hamsuhbat, sahiy qalbli va yuqori madaniyatli boTsa-da bu fazilatlar shoh sifatidagi Humoyunning fazilatlarini qoniqarli tarzda toTdira olmadi. Uning ana shu fazilatlaridan g'arazli maqsadlarda foydalangan ukalari va ularga hamfikr saroy fitnachilari va qolaversa, Bobur saroyida xizmat qilib, uning ichki sir-asrorlaridan habardor bo'lgan makkor Shershoh sur ustalik biulan foydalanib, 1540-yilda uni Hindistondan quvib chiqaradi. Biroq, Eron shohi Taxmasi yordamida 1555-yilning iyun oyida Humoyun yana Dehlini egalladi. Toj-u taxt yana qo'lga kirgach, u oz faoliyatini saltanat ishlarini butunlay qayta qurishga va harbiy tizimni yanada takomillashtirishga bag'ishladi. Uning fe'l-atvori haqida ingliz tarixchisi G.Magelleson shunday yozadi:"Ozi jasur, saxiy qalbli, o'tkir zehnli, shirin so'zli, chuqur bilimli, yuqori madaniyatli, oliyjanob va shvkatli boTsa ham, davlatning mustahkam poydevorini yaratishga Humoyunning qat'iyati yetishmas edi".

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Javoharla'l Neru Humoyun haqida "Madaniyatli va o'qimishli kishi", deb yozgan edi. U riyoziyot va nujum ilmiga g oyat qiziqar, musiqiy ilmni juda qadrlardi. Humoyun haftada ikki marta she'riyat va musiqaga oid anjumanlar otkazib turar, uning she'riyatdagi iqtidorini ota meros deyish mumkin. Turkiy va Forsiyda "Humoyun" tahallusida go'zal she'rlari mashhur. Abulfazlning "Akbarnoma" asarida Humoyunning ruboiylaridan namunalar berilgan.

Mutribiy Samarqandiy "Nusxai zeboyi Jahongir" nomli tazkirasida goyat qimmatli ma'lumot keltiradi. Iroq podsholaridan biri Abdullaxon kutubxonasidagi "Nusxai Humoyuniy" nomli qolyozmadan kochirma yuborishlarini iltimos qilib maktub yo'llaydi. Mazkur qolyozmada Humoyunning to'rt risolasi bor ekan: birinchisi, islom aqidalari, iymon shartlari, ularni barcha momin-musulmonlar bilmog'i kerakligi haqida; ikkinchisi, ilmi nujum- yulduzlar va falakiyot sayri, oy va quyoshning manzillari, yeti iqlimdagi holatlar, to'rt fasl taassurotlari, yer kurrasiga oid jihatlarga ko'ra rasad tuzish haqida; uchinchisi, musiqiy ilm, uning ma'hazlari, 12 maqom, 24shoba ovozasi, 17 bahr va usullarini bilish haqida; to'rtinchisi, she'r ilmi, aruz fani, she'rdagi mat'bu va mas'ud, ularni bilish, qoidalarini anglab, izohlar berish haqida.

xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Boburiylar sulolasi Hindiston tarixida o'chmas iz qoldirdi. Humoyun otasi Boburning Kobuldagi saroyida tarbiyalandi. Oz asridagi podsho bolalari singari harbiy bilimlarni, siyosat ilmini o'rgandi.

Shu bilan bir qatorda turk, forsiy tillarni chuqur o'zlashtirdi. Ilmul-handasa, ilmun-nujumlarni egalladi. Shoir va Olim bo'lib yetishdi. Riyoziyotda mohir bo'ldi. Bo'sh paytlarining ko'pchiligini kitob o'qishga, olimlar suhbatiga bag'ishladi. Lekin otasi Bobur singari u shijoatli, sabrli emas edi, shuning uchun u otasining vafotidan so'ng ancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, chunki Humoyun dushmanlarini oxirigacha yo'q qilmas edi. Shu bilan birga Humoyunchalik ko'p tarafdor orttirgan odam ham yo'q bo'lsa kerak.

foydalanilgan adabiyotlar: (references) 1) Mahmudjon Nuritdinov:"Boburiylar sulolasi"-T.:"Fan"n-1994y, 4-10 betlar

Javaharla'l Neru

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

2) G'ofurjon Sotimov:"Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida boburiylar davri"-T.^'G'ofur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi"-2008y, 77-78-90-91 betlar

3) N.G\Nizomiddmov:"Buyuk boburiylar tarixi"-T.:"Fan va texnologiya"n-2012y, 114-123 betlar

4) "Ozbekiston milliy ensiklopediyasi"-T.:"O,zbekiston milliy ensiklopediyasi"n-2000-2005y, 226-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.