Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O’RGANISH'

TARIX FANINI O’QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
892
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
hind rojalari / bengaliya / bixar / milliy podshoh / xalq hukmdori / devona avom / devoni xos. / Indian Rajas / Bengalis / Bihar / National King / Ruler of the People / Devona Avom / Devoni Khos.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shoxrux Do’stmurodov, Sulaymon Haydarov

Ushbu maqolada Hindistonda Boburiylar imperiyasi, Akbarshoh davrida imperiya hamda Hindistonda madaniyat haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF INDIA IN THE TEACHING OF HISTORY IN THE XVI-XVIII CENTURIES

This article discusses the Baburi Empire in India, the Empire during the reign of Akbar Shah, and culture in India.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O’RGANISH»

TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI

O'RGANISH

Shoxrux Do'stmurodov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy maslahatchi: Sulaymon Haydarov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Hindistonda Boburiylar imperiyasi, Akbarshoh davrida imperiya hamda Hindistonda madaniyat haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: hind rojalari, bengaliya, bixar, milliy podshoh, xalq hukmdori, devona avom, devoni xos.

STUDY OF INDIA IN THE TEACHING OF HISTORY IN THE XVI-XVIII

CENTURIES

Shokhrukh Dustmurodov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

Scientific adviser: Sulaymon Haydarov

ABSTRACT

This article discusses the Baburi Empire in India, the Empire during the reign of Akbar Shah, and culture in India.

Keywords: Indian Rajas, Bengalis, Bihar, National King, Ruler of the People, Devona Avom, Devoni Khos.

KIRISH

1526-yil Boburning janglarda toblangan 20 ming qo'shini Afg'onistonning tog'li yo'llari orqali Hindistonga yurish qildi. Hind rojalari birlasha olmadilar va Bobur qo'shiniga qarshilik qilishga ojizlik qildilar. Uning qo'shini artelleriyada kata ustunlikka ega edi. Shu ustunlik, ajoyib sarkardalik mahorati va jangdagi uddaburonlik tufayli Bobur qisqa vaqt ichida Shimoliy Hindistonning katta qismini o'ziga buysundirdi. 1526-yil 21-aprelda Panipat yaqinidagi jangda sulton Ibrohim qo'shinlarini tor-mor qildi va Dehlini egalladi. Boburni taxtga taklif qilgan saroy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar xalos. Bobur Dehli taxtida uzoq o'tirmaydi, olgan o'ljalari ko'rsatgan yordami uchun yetarli, deb hisoblashgandi. Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 1527-yil 13- martda bo'lgan jangda Bobur ular ustidan g'alaba qozondi.

Bobur yana bir qator hind yerlarini bosib oldi va o'zini bu yerlarning hukmdori deb e'ion qildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bobur qobiliyatli va uzoqni ko'ruvchi siyosatchi, lashkarboshi va davlat arbobi, shoir va tarixchi edi. U hammadan ko'proq hind xalqi zarar ko'rayotgan feodal urushlarni tugatdi, savdo-sotiq, qurilish, fan va adabiyotga homiylik qildi. Bobur 1530-yilda vafot etdi. U yer-mulklarni farzandlariga bo'lib, Dehli taxtiga sevimli farzandi Humoyunni qoldirdi va qolgan farzandlariga unga buysunishni vasiyat qildi. Biroq aka-ukalar Bengaliya va Bixar feodallari bilan birga Humoyunga qarshi birlashdilar. Bir necha janglarda mag'lub bo'lgan qobiliyatsiz Humoyun Sind orqali Eronga qochib ketdi. Natijada hokimiyat 15 yilga (1540-1555) Sur urug'idan bo'lgan afg'on feodallari qo'lida qoldi. Humoyun Dehli taxtiga qaytishga muvoffaq bo'ldi, ammo tez orada, 1556-yilda vafot etdi. Taxtga Humoyunning 13 yoshli o'g'li Akbar (1542-1605) keldi.[1]

MUHOKAMA

Boburiylar sulolasi humronligi ichida "Buyuk Akbar" degan unvonga sazovor bo'lgan Humoyunning o'g'li Akbarshoh 1556-yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ko'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda o'z hukmro nligini to'la va uzil-kesil o'rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug'i "Buyuk Akbar" deb atashgan. Akbarshoh bunday buyuklikka osongina erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg'on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo'shini 1556-yilda afg'on qabilalari qo'shinini tor-mor qildi. 1559-yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari afg'onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo'lishi bilan bir qatorda itoatkor o'g'il g'amxo'r ota ham edi. Qo'l ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e'tiborida turgan. Kambag'al, beva-bechoralarga muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan bir so'z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga "Milliy podshoh", "Xalq hukmdori'' unvoniga sazovor bo'lgan. [2]

NATIJA

Hindiston madaniyati mo'g'ullar davlati davrida rivojlanishda davom etib o'zining turli sohalarida ancha yuksak ko'rsatkichlarga erishdi. G'oyat rivojlangan adabiyot va arxitekturaning ravnaq topishi XVI-XVII asrlardagi Hindiston madaniyati

uchun ayniqsa harakterlidir. Akbarshoh va Shohjahon singari Buyuk Mo'g'ullar tomonidan yozuvchilik va san'at vakillariga homilylik qilish siyosati bunda kattagina rol o'ynadi. Akbarshoh davridagi eng atoqli yozuvchi Abulfazl hisoblanadi. U fors tilida yozar edi. Abulfazl Akbarshohninig saroyidagi o'ziga xos tarixnavisi bo'lgan edi. Akbarshoh va uning vorislari davrida Hindistonda muhtasham va juda katta monumental inshoatlar, masjidlar, saroylar va maqbaralar, shahar darvozalari va shu singarilar qurildi.

XULOSA

Dehlidagi Akbarqal'a saroyi o'ziga xos juda katta muhtasham inshoat edi. Shohjahonning buyrug'iga binoan, uning marhuma rafiqasi xotirasiga qurilgan Agradagi Tojmahal deb ataladigan mashhur masjid-maqbara musulmon-mo'g'ul arxitektura uslubining durdonasidir. Masjid ajoyib oq marmardan qurilgan bo'lib uning oq gumbazlari va minoralari shu yerdagi marmar hovuzda aks etib turadi. Shohjahon podsholik qilgan davrda shuningdek maxsus hukumat binolari, ma'muriy sud, moliyaviy va harbiy binolar ham ko'plab qurilgan bo'lib ular o'z hajmi bilan va ayni vaqtda nafisligi va bezaklari bilan hamda qimmatbaho binokorlik materiallari bilan ajralib turadi. Agra shahridagi qisman hozirgacha saqlanib qolgan Devona avom, Devoni xos va boshqa inshoatlar shular jumlasidandir.

REFERENCES

1. Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi-T-"O'zbekiston" nashriyoti 2013-yil 366-367 betlar

2. Semyonov-O'rta asrlar tarixi-T."O'qituvchi" nashriyoti-1973-yil 608-609 betlar

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TÄPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCTHrH. Scientific progress, 7(3).

10. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANANI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.