Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O’RNI'

TARIX FANINI O’QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
673
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Aramu / Sardur 1 / Tushpa shahri / Menua Rusa 1 / Rusa 2 / Sargon 2 / Midiya. / Aramu / Sardur 1 / Tushpa city / Menua Rusa 1 / Rusa 2 / Sargon 2 / Media.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sardor Nuriddinovich Mengboyev, Sulaymon Haydarov

Ushbu maqolada Urartu davlatining tabiati qishloq xo’jaligi axolishi kelib chiqishi davlat tashkil topishi rivojlangan davri inqirozi va tarix shahnashidan ketishi haqida malumotga ega bulishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE URARTU KINGDOM IN THE TEACHING OF HISTORY

In this article you can learn about the nature of the state of Urartu, the origin of the agricultural population, the crisis of the period of development of the state and the disappearance of history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O’RNI»

TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI

Sardor Nuriddinovich Mengboyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute talabasi

Ilmiy maslahatchi: Sulaymon Haydarov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Urartu davlatining tabiati qishloq xo'jaligi axolishi kelib chiqishi davlat tashkil topishi rivojlangan davri inqirozi va tarix shahnashidan ketishi haqida malumotga ega bulishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: Aramu, Sardur 1, Tushpa shahri, Menua Rusa 1, Rusa 2, Sargon 2, Midiya.

THE ROLE OF THE URARTU KINGDOM IN THE TEACHING OF HISTORY

Sardor Nuriddinovich Mengboev

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

Scientific adviser: Sulaymon Haydarov

ABSTRACT

In this article you can learn about the nature of the state of Urartu, the origin of the agricultural population, the crisis of the period of development of the state and the disappearance of history.

Keywords: Aramu, Sardur 1, Tushpa city, Menua Rusa 1, Rusa 2, Sargon 2, Media.

KIRISH

Urartu Osiyoning janubi-g'arbidagi qadimgi quldorlik davlatlaridan biri edi. Bu davlat kuchaygan payitda Kavkazorti Frot va Dajla daryolari boshlanishi hozirgi Turkiyani Sharqiy hududlarini egallagan. Bu davlat hududida Kura Arakish Frot va Dajla daryolari o'tgan Tog'larida Van Urmiya Svan ko'llari bor o'lka iqlimi har xil bo'lib yozi issiq emas Qish va Bahorda yog'ingarchilik ko'p bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yer ostida Temir Qurg'osin Misga boy bo'lgan . Malumotlarga ko'ra Urartuda qadimdan aholi yashab kelgan ular dashtlab ovchilik va termachilik bilan shug'ullangan Mill avv 5-4 mingyillikda kura va arakis daryo vohalarida

Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'illangan. Urartuda qadimdan Xett Xurrit va Ossur xalqlari yashagan bular hozirgi Arman va Gruzinlarni Ota-bobolari hishoblanadi. 15-14 asrlarda Kavkaz tog'larida bir nechta xalqlar yashagan bo'lib ular uzlarini tashqi hujumlardan himoya etish uchun qabilalar ittifoqiga birlashganlar 15-10 asrlarga kelib Van ko'li atrofida davlat barpo etganlar.Bu davlatni 1 hukimdori Aramu edi. U mill avv 864-845 yillarda hukimronlik qilgan Aramu Osurr podshosi Salamansar 3 bilan janglar olib borganlar Mill avv 9 asrda Urartu kuchli davlatga aylangan Podsho Sardur1 mill avv 835-825 yy davrida Urartu Ossuriya ushtidan g'alabaga erishadi. Sardurl o'zini "ulug' qudratli jahon va nairi shahanshohi"deb elon qiladi. U davrida davlat hududi ancha kengayadi. Poytaxt Tushpa shahrini barpo etadi. Ishpuini mill avv 825-810 yy davrida Urartu davlati mushtahkamlanadi. U Van ko'li shimoli Urmiya ko'li janubi va janubi-g'arbda Messusir Urartuga tobe bo'ladi. Menua mill avv 810-786 yy davrida davlat har taraflama mushtahkamlandi.Uqushinni qayta tuzdi.Shahar ibodatxona harbiy ishtehkomlar qurdirdi.Obodonlashtirish va suv inshoatlariga ham etibor berdi.Tushpa shahrida 70 km uzunlikda 'menua' kanalini qurdiradi. U shimolda Arakisl daryosi va janubi-g'arbda Frot daryosi bo'ylarida zafarli janglar olib bordi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Argishti mill avv 786-764 yy davrida Urartu yanada kuchaydi. Argishti 1 Ossurlarni ham tormor etgan. Bu davirda Urartu Old Osiyoda eng kuchli davlat bulgan.Janubda dajla daryosi va bobilgacha janubi-g'arbda Frot daryosi yuqori oqimi va shimoliy suriyagacha brogan harbiy yurishlarda o'ljalar bilan bilan birga 280000 kishi asr olib kelingan. Bu davrda Urartu kuch qudratga erishgan. Sardur 2 Mill avv 764-735 yy davrida u Otasini siyosatini davom ettiradi. Harbiy ishlohot utgazib qushinni har tomonlama kuchaytirdi.Sardur 2 kavkazortiga yani Eriax davlatiga g'arbda esa shimoliy suriyaga qushin tortdi. Ossuriyaga qattiq zarba beradi. Sardur 2 hukimronligini dastlabki 10 yilida urartu kuch qudratini shaqlab qoldi. Keyingi yillarda esa Sardur 2 Ossuriyadan mag'lubiyatga ucharaydi.

XULOSA

Urartu inqirozi Sardur 2 davridan boshlanadi. Rusa 1 Mill avv 735-712 yy davri g'alayonlar va fitnalar oshtida o'tadi. Shunday vaziyatda ham Rusa 1 ichki nizolarni bartaraf etgan. Kavkaz va Sevanda 23 ta podsholar ushtidan g'alabaga erishgan. Ossuriya podshosi sargon 2 Mill avv 714- yilda Rusa 1 qushinlarini tormor etgan. Rusa 2 davrida Urartu uzining shon-shuhratini yuqotgan . Shu davirlardan Urartuga shimoldan Kimmeriylar va Sikiflar sharqdan esa Midiya qushinlarining hujumlari boshlangan . shimolda kimmeriylar va sikiflar janubdan

Ossur sharqdan Midiya hujumlari natijasida Urartu mushtaqilligini yuqotdi. Mill. avv. 590 yilda Urartu Midiya tomonidan boshib olinadi va barham topadi.

REFERENCES

1. V.I.Avdiyev. Qadimgi Sharq Tarixi. Toshkent—1964

2. A.Kabirov. Qadimgi Sharq Tarixi. Toshkent—2001

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCTHrH. Scientific progress, 1(3).

10. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANANI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.