ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ
TUTISHI
Nurali Sherzod o'g'li Asqarov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ilmiy maslahatchi: Sulaymon Haydarov
ANNOTATSIYA
Maqolada Islom tamadduning beshigi Arab xalifaligi Abbosiylar poytaxti, eng katta madaniyat va ma'rifat markazi, buyuk olim va fuzalolarni bergan Bog'dodning eng qora va dog'li kunlar, mo'g'ullarning hujumi, beshavqat qirg'inlar ho'nrezliklar, vayrongarchiliklari va Bog'dodni tanazzulga yuz tutishi sabablari xususda so'z boradi.
Kalit so'zlar: Bog'dod, Mustasim Billoh, Xulaku, Ibn Alqami.
THE CAPITAL OF THE ARAB KHALIFAH BAGHDAD IS FALLING
Nurali Sherzod ugli Askarov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Scientific adviser: Sulaymon Haydarov
ABSTRACT
The cradle of Islamic civilization, the capital of the Arab Caliphate, the capital of the Abbasids, the largest center of culture and enlightenment, the darkest and bloodiest days of Baghdad, the invasion of the Mongols, the brutal massacres, the devastation, and the devastation of Baghdad.
Keywords: Baghdad, Mustasim Billah, Hulaku, Ibn Alqami.
KIRISH
Bag'dod shahri Dajla daryosining ikkala sohilida joylashgan Abbosiy xalifa Mansur asos solingan va 5- asr davomida arab xalifaligi poytaxti bo'lgan. Bag'dot shahri o'rta asrning eng katta shahrlarodan biri bo'lib buyuk olimi mutafakkirlar ijodida qilgan, dunyoyning eng katta masjid va kutubxonalari joylashgan va eng buyuk xalifalar o'tgan shaharni vayron bo'lishini hech kim tasavvur ham qilmagan edi. 7 xijriy asr yani 1258- yilga kelib bu bu buyuk shahar va butun arab xalifaligi tanazzulga yuz tutish davri bo'ldi.
Bu davrga kelib butun dunyoni egallashga qast qilgan mo'g'ullar o'zlarining keng ko'lamli bosqichilik yurishlarini boshlab yubordi. Mo'g'ullar bosqinchilik yurishlari
keng ko'lamda olib borgan bo'lsalarda lekin ularning asosiy maqsadi arab xalifaligini tugatish va xalifaligi poytaxti Bog'dodni egallash edi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bu yurishga mo'g'ullar naxt 5 yil tayyorgarlik ko'rishdi. Mo'g'ul qo'shinlari o'sha davrning eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan qo'shin tarkibida mo'g'ullardan tashqari nasroniylar,yahudiylar, armanlar,antiohiyaliklar, fransuzlardan va olovli o'q otish bo'yicha mohir bo'lgan Xitoy samuraylardan iborat bo'lgan va bu qo'shinlariga mo'g'ul tarixidagi eng buyuk qo'mondonlar Xulaku, Bayjo va Kit Bug'alar rahbarlik qilgan. Bu tayyorgarlik dovomda Xitoydan Bog'dodgach bo'lgan o'tkazuvchi yo'llar shu darajaga yetkazilgandiki mug'ul qo'shinlari hech qanday qarshiliksiz yetib borardi, hamda Xitoydan Iroqqacha bo'lgan barcha hududlar mo'g'ullar tomonidan nazoratga olinadi.Bundan maqsadi asosiy qo'shini havfsiz yetib borishi edi.Mo'g'ullar xalifaligining qo'shini soni, mudofa inshootlar, iqtisodiyoti haqida to'liq ma'lumotga ega edilar, shuningdek shahar ichkarisidagi u yoki bu voqea hodisaga ta'sir etish imkoniyatiga ham ega edi.Bu ma'lumotlar mo'g'ul ayg'oqchilari tomonidan olingan bu ayg'oqchilarning bir qanchasi xalifaligning ulug' martabali davlat hizmatchilari ayrimlari xalifalig shahar va viloyat hukmdorlari edi va bir qancha viloyati hukimdorlar mug'ullarga hayrihohlik bildirgan lekin barchasi emas chunki ko'p hukimdorlar buyuk Salohiddin Ayubining avlodlari edi. Barcha ma'lumotlarni o'rganib chiqildi va xarbiy tayyorgarliklar tugatilib katta qo'shin yig'ildi va bu qo'shin Chingizxon davlatni tashkil etilgandan beri tengi bo'lmagan qo'shin edi. Xuluku bu qo'shinga rahbar qilib o'zining eng sodiq lashkarboshisi Kit Bug'ani tayinlaydi va Bag'dot tomon yurish boshladi.Mo'g'ullar islom ummatining poytaxti Bag'dotga yaqinlashib qolganida Xulaku Bag'dotga uch tomondan hujumga o'tish taktikasini qo'laydi. Unga ko'ra sharq tomondan hujumga uning o'zi rahbarlik qiladi, Kit Bug'a boshliq qo'shin Bag'dotga janubdan Turkiyaning shimoldan yetib kelgan Bayjo boshchiligidagi qo'shin esa shimoldan kirib borishi shart edi. Abbosiylar xalifaligi ayg'oqchilari mo'g'ul qo'shinlari Bag'dotga yetib kelishga bir necha kilometr qolgan gina sezib qoldi. Abbosiy xalifaning mo'g'ul qo'shinini Bog'doga yetib kelganidan kech habar topishi Anadolo hukimdori Kaykovus 2, Qilich arslon 4 va Badriddin Lo'lo'larning sotqinligi tufayli bo'lgan.
MUHOKAMA
Bu paytda Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bog'dodni xalifa Mustasim Billoh boshqarar un " Al bidaya ana nihaya " kitobida maqtovga arzigulik shaxs va adolatli podisho sifatida tilga olinadi, lekin uning bir gina hatosi bu xalifaligi boshqaruvni bo'sh qo'yib yuborgan shuning uchun ham eng kerakli paytda eng havfli dushmanga qarshi
ummatni birlashtira olmadi, bunga xalifaligi ichidagi xoyinlar ham sabab bo'ldi.Bu xoyinlarni ichda xalifa bosh vaziri Muadadadin ibn Alqami ham bor edi. Ibn Alqami shiyalardan bo'lgan buni hammadan sir tutar hatto xalifa ham bilmas edi.Ibn Alqami musulmon suniylarni nihoyatta yomon ko'rar va hokimiyatni egallash uchun Xulakuga barcha ma'lumotlarni yetkazar edi. Ko'p manbalarda Ibn Alqami Xulaku bilan oldindan til biriktirgan va Xulakuni yaqin sharqa yurishga ham u ko'ndirgan ekan. Xulaku Bag'dot himoyasda 100000 kishilik qo'shin borligini bilar va bu vaziyatda sotqin Ibn Alqamidan foydalanadi. Ibn Alqami mo'g'ullar hujumi hafi borligini shu sababdan davlat xazinasini shahar tashqarisiga xavfsiz joyga ko'mib qo'yish kerak ekanligini aytib xalifani ko'ndiradi, hech narsadan shubha qilmagan xalifa bu qaltis ishga rozi bo'ladi va Ibn Alqami 15000 qo'shini o'zi aytmaguncha shaharga kelmasliklarini aytib shahardan chiqarib yuboradi va bu ishni bir necha bor qiladi, buning oqibatida shahar mudofasidagi 100000 askardan 10000 askar qiladi holos. Ibn Alqami bu rejasini amalga oshirgach Xulakuga habar beradi. Bu habardan so'ng Xulaku Bag'dotga hujum qildi. 1256- yili Xulaku Bag'dotni qamal qilishni boshlaydi.Xalifa Mustasim Billoh bundan dahshatga tushadi va zudlik bilan kengash chaqiradi. Kengashda bu yovni qanday qilib to'xtatish masalasi qo'yiladi.
NATIJA
Ko'p vazirlar shu jumladan ibn Alqami ham mo'g'ullar bilan sulh tuzishni taklif etadi boshqa maslahatchilar esa mo'g'ulga qarshi kurashishni taklif etadi, boshi qotgan xalifa sulhdan ko'ra qarshilik ko'rsatishni avzal ko'radi va uzoq o'ylab o'tirmay harbiy safarbarlik e'lon qildi va harbiy qo'shinini uncha katta bo'lmagan qismi shahar tashqarisida mo'g'ullarning asosiy qoshiniga qarshi ko'rsatish uchun jo'natildi. Bu qo'shinga rahbar etib Mujohiddin Oybek tayinlandi, u mo'g'il qo'mondoni Bayjo tomonidan pistirmaga uchrab o'zidan tashqari barch qo'shinlari halok bo'ladi va Bag'dot butunlay o'rab olindi.Xalifa Mustasim Billoh Bog'doddak shahar qamalda qolishni tasavvur ham qilmagan edi. Boshi gangib qolgan xalifaga bash vazir Ibn Alqami mo'g'ullar bilan muzokara boshlashni taklif etadi, xalifa bunga rozi bo'ladi. Xalifa vaziri Alqami va Bag'dot cherkovining patrarxini Xulaku huzuriga elchi qilib jo'natadi. Qaranga muzokaralarda musulmon davlati vakili bo'lib kimlar qatnashmoqda biri Abbosiylar xalifaligi yomon ko'ruvchi shiya bo'lsa ikkinchisi nasroniy ruhoniy Ibn Alqami go'yo tinchlik muzokaralari olib borish uchun ketyotganga o'xshasada aslida o'zi va Bag'dotdagi shiyalarning havfsizligiga kafolat olish uchun ketyotganga edi.Sirliy muzokaralar davomida go'yoki Xulaku va xalifalig o'rtasda muayyan natijalarga erishilgandi. Elchilar Xulakuga Bogdotni egallashda bajonidil yordam berishlarini aytib, xalifa oldiga Xulakuning g'alati talabi bilan qaytib kelishadi. Xulaku Talabga ko'ra mo'g'ullarga qarshi kurashishga chaqiruvchi hukimdorni topshirishni
jumladan Mujohiddin Oybek va Sulaymonshohlarni ham, ularning taqdiri haqida aniq ma'lumotlar yo'q.
XULOSA
Shundoq ham bu talablar zamirida Xulakuning asli maqsadi nima ekanligi ma'lum edi. Bag'dot kundan kunga og'ir vaziyatga tushardi, elchilar xalifa saroyi va Xulaku chodri o'rtasida muayyan natijaga erishilmaguncha borib kelishda davom etishdi.Natijalar esa Ibn Alqami tariflaganidak kutilganidan ham yahshroq edi.
REFERENCES
1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANANI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).
5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).
7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).
8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).
9. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCTHrH. Scientific progress, 1(3).