Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TARIXDA TUTGAN O‘RNI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TARIXDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3916
275
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harbiy / sarkarda / panipat / jang usuli / shoh / elchilar / military / commander / panipat / fighting style / king / ambassadors.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshnazarova, Xolida Mansurovna

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning tarixda tutgan o‘rni. Bobur shaxsini o‘quvchilarga anglatishda “Boburnoma”ning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IN HISTORY

Zahiriddin Muhammad Babur's place in history in the article. The importance of the Boburnoma in explaining Bobur's identity to the students is discussed.

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TARIXDA TUTGAN O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TARIXDA TUTGAN O'RNI

Eshnazarova Xolida Mansurovna

205-IDUM ning tarix fani o'qituvchisi

Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning tarixda tutgan o 'rni. Bobur shaxsini o'quvchilarga anglatishda "Boburnoma"ning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Harbiy, sarkarda, panipat, jang usuli, shoh, elchilar.

Zahiriddin Muhammad Babur's place in history in the article. The importance of the Boburnoma in explaining Bobur's identity to the students is discussed.

Keywords: military, commander, panipat, fighting style, king, ambassadors.

Buyuk olim va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir. Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskinning quyidagi so'zlari uning nechog'lik mukammal inson bo'lganligini tasdiqlaydi: "Saxovati va mardligi, iste'dodi, ilm-fan, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi".1

Shunday ekan yosh avlod Zahiriddin Muhammad Bobur bosib o'tgan hayot yo'lini yanada chuqurroq bilmog'i uchun bobokalonimiz haqida quyida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanish foydadan holi bo'lmaydi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o'z navbatida harbiy jihatdan yuqori salohiyatga ega sarkarda edi. Bu haqda hindistonlik olim L.P.Sharma shunday deydi: "U jismonan baquvvat bo'lib, hatto qal'a devori ustidan ikki kishini qo'ltiqlab o'ta olardi. U shayboniylardan urushning "to'lg'oma" usulini, mo'g'ullardan esa pistirma qo'yishni o'rgandi. Afg'onlardan poroxli miltiq ishlatishni egallagan bo'lsa, eroniylardan to'pni ishlatishni va turklardan suvoriylar safidan unumli foydalanishni o'zlashtirdi".2 Shu o'rinda Zahiriddin Muhammad Boburning o'z dushmanlarining harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatib, ularning harbiy san'atlarini mohirona o'zlashtirib, jang maydonlarida qo'llay olgani e'tirofga loyiq.

1 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Shams porso tarjimasi. T.: 2015. B.123

2Nizomiddinov N.G' Buyuk boburiylar tarixi T:.2012 32d

332

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson va sarkarda sifatidagi Boburning fazilat va iqtidoriga yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, u "qor tepib yo'l ochish" vaqtida sovuq qotgan askarlarini o'zining shaxsiy jasorati bilan nafaqat ruhlantirishga balki, ularni so'zsiz qoyil qoldirishga ham muvaffaq bo'lgan edi.3 Ya'ni Dehli Universiteti proffesori Faruqiy o'z rasmiy ma'ruzasida qayd etgan voqeaga ko'ra, "Bobur atrofidagi sovuq qotgan sarbozlari ko'zi oldida yo'l ustidagi suvi muzlagan ko'lga tushib cho'milishga ahd qilgan va buni uddalagan"4 Shimoliy Hindistonda o'z hukmronligini o'rnatgan Bobur barcha viloyatlarga elchilar yuborib, quyidagilarni xabar qilgan. "Kimdakim agar bizga kelib mulozamat qilsa, har tomonlama ra'iyyat qilamiz, agar ular ichida ota-bobolarimizga xizmat qilgan kishilar bo'lsa katta mukofotga sazovor bo'ladilar. Sohibqiron avlodidan bo'lgan har bir kishi bizning dargohimizga qaytib kelsinlar" ma'nosida buyruq bergan va unda: "Xudo bizga Hindiston mamlakatini ato qildi, kelsinlar, to bu davlatni birga suraylik" deyilgan.5 Ko'rinib turibdiki, Zahiriddin Muhammad Bobur o'z ajdodlariga hamda ilm ahliga marhamatli va saxovatli hukmdor bo'lgan. Shuningdek, Boburning marhamatidan unga dushman nazari ila qarovchilar ham bebahra qolmagan. Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilib turgan lo'diylar hukmdori, Panipat jangidagi Boburning joniga qasd qilgan raqibi Ibrohim Lo'diyning ota-onasiga qilgan saxovati haqida "Boburnoma"da shunday deyiladi: "Ibrohimning otasiga yetti laklik pargana naqd inoyat bo'ldi. Beklariga har qaysisiga parganalar berildi. Ibrohimning otasini bayrilari bila chaqirib, Agradan bir kuro'h suv quyi yurt berildi"6 Zahiriddin Muhammad Bobur bobokaloni A.Temur singari davlat ishlarida vujudga kelgan murakkab vaziyatlardan aqlli tadbirlar ila chiqib ketganligiga o'sha davr manbalaridagi ayrim voqealar orqali guvoh bo'lamiz. Masalan, Panipat jangidan so'ng Hindistonning eng yirik, kuchli va tajribali rojalaridan Rano Sango bilan bo'lajak qonli urush oldidagi tahlikali vaziyat haqida Gulbadanbegimning "Xumoyunnoma"sida quyidagi voqea bayoni keltiriladi.

"Sulton Ibrohim fathidan so'ng bir yil o'tgach, Rano Hindiston tomondan hisobsiz askarlar bilan paydo bo'ldi. Hind rojalari amirlarining rojalardan podshoh hazratlariga mulozamat qilganlarning hammasi podshohdan bo'yin tovlab Ranoga qo'shildilar.. .Podshoh askarlari orasida hayronlik paydo bo'ldi, ko'p parokandalik va qo'rquv boshlanib, ular umidsizlikka tushib qoldilar. Podishoh askarlarining bu ahvolini ko'rib, chuqur fikr qildilar. Dushman yaqinlashganda, u kishining muborak

3 Nizomiddinov N.G.' Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 146

4 Nizomiddinov N.G.' Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 233

5 Nizomiddinov N.G.' Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 128

6 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Shams porso tarjimasi. T.: 2015. B.231

333

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

xotirlariga shu keldiki, hamma amirlar, xonlar va sultonlar, katta va kichik; baland va past qochib ketgan kishilar hamda bo'yin tovlagan kishilardan tashqari hamma kelganlar bir joyga to'plansinlar, deb buyurdilar.Hammalari yig'ilib keldilar. Podshoh ularga qarab:

"Shuni esingizdan chiqarmangki, vatanimiz va shahrimizdan bizni necha oylik yo'l ajratib turibdi. Xudo u kundan asrasin, agar askarlarimiz bu jangda yengilsa, Xudo bizni himoya qilsin, biz qayerlarga qolib ketamiz? Ish ajnabiylar va begonalar qo'liga qolib ketadi. Ahvol shunday ekan, ikki yo'ldan birini tanlab olishimiz kerak. Agar dushmanni o'ldirsak, g'ozi bo'lamiz, agar o'ldirilsak shahid bo'lamiz. Shu har ikkala taqdir biznikidir. Bizning ulug' darajamiz va martabamizdir" dedilar"

(Bu gaplarni) hamma bir ovozdan qabul qildi. Podishoh, "Xudo xoxlasa, to jonu tanimizda oxirgi nafasimiz qolguncha urishamiz, jon fidolikda va qon sochilishda o'zimizni ayamaymiz, dedilar"7

Xullas, Zahiriddin Muhammad Bobur bugungi yoshlarga barcha tomonlama o'rnak bo'la oladigan shoh, shoir va sarkardadir.

REFERENCES

1. Nizomiddinov N.G.' Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 146

2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Shams porso tarjimasi. T.: 2015. B.231

3. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

4. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

5. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

6. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

7 Nizomiddinov N.G.' Buyuk boburiylar tarixi T.: 2012. B. 123

334

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.