Научная статья на тему '“BOBURNOMA” JAHON TAN OLGAN ASAR'

“BOBURNOMA” JAHON TAN OLGAN ASAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9747
529
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boburnoma / Alisher Navoiy. Zahiriddin Muhammad Bobur / Farg`ona / Afg`oniston / Hindiston / Boburiylar / Boburnoma / Alisher Navoi. Zahiriddin Muhammad Babur / Fergana / Afghanistan / India / Baburis

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zumradxon Abdumo‘minovna Xidirova

Madaniyat va ma’naviyat tariximizda XV asr XVI asrning birinchi yarmi o`lmas asarlarga g`oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko`pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida e`tiborga loyiq. Xususan, Xuroson va Movaraunnahrda yuzlab shoir-u adib, muarrix va bastakor, san`at ahli barakali ijod qildi. Forsiy va turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlardan ham forsiyzabon, ham turkiyzabon kitobxonlar birdek ma’naviy oziq oldilar. Har ikki tilda yaratilgan badiiy, tarixiy asarlar mazmunan bir-birini boyitdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“BOBURNOMA” IS A WORLD RECOGNIZED WORK

In the history of culture and spirituality, the XV century the first half of the XVI century is rich in immortal works, during which our people have provided mankind with many geniuses of science and literature. In particular, in Khorasan and Movaraunnahr, hundreds of poets, writers, historians and composers, artists have been blessed. Both Persian-speaking and Turkic-speaking readers received spiritual nourishment from the masterpieces written in Persian and Turkish. The artistic and historical works created in both languages enriched each other in content.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA” JAHON TAN OLGAN ASAR»

"BOBURNOMA" JAHON TAN OLGAN ASAR

Zumradxon Abdumo'minovna Xidirova

Andijon davlat universtiteti qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Madaniyat va ma'naviyat tariximizda XV asr - XVI asrning birinchi yarmi oTmas asarlarga g oyat boyligi, bu davrda xalqimiz insoniyatga ko'pgina ilm va adabiyot daholarini yetkazib bergani bilan alohida e'tiborga loyiq. Xususan, Xuroson va Movaraunnahrda yuzlab shoir-u adib, muarrix va bastakor, sanat ahli barakali ijod qildi. Forsiy va turkiy tillarda yaratilgan durdona asarlardan ham forsiyzabon, ham turkiyzabon kitobxonlar birdek ma'naviy oziq oldilar. Har ikki tilda yaratilgan badiiy, tarixiy asarlar mazmunan bir-birini boyitdi.

Kalit so'zlar: Boburnoma, Alisher Navoiy. Zahiriddin Muhammad Bobur, Farg'ona, Afg'oniston, Hindiston, Boburiylar

"BOBURNOMA" IS A WORLD RECOGNIZED WORK

Zumradkhon Abdumuminovna Khidirova

Teacher of academic lyceum at Andijan State University

ABSTRACT

In the history of culture and spirituality, the XV century - the first half of the XVI century is rich in immortal works, during which our people have provided mankind with many geniuses of science and literature. In particular, in Khorasan and Movaraunnahr, hundreds of poets, writers, historians and composers, artists have been blessed. Both Persian-speaking and Turkic-speaking readers received spiritual nourishment from the masterpieces written in Persian and Turkish. The artistic and historical works created in both languages enriched each other in content.

Keywords: Boburnoma, Alisher Navoi. Zahiriddin Muhammad Babur, Fergana, Afghanistan, India, Baburis

KIRISH

Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr qimmati yuksak bo'lib kelayotgan asarlar bor.Aynan shunday buyuk asarlar orasida ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko'rgan-kechirganlarini ro'y-rost tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bobur ushbu asarida davlat arbobi va tarixchi, ajoyib shoir va harbiy sarkarda, geografik olim va ovchi sifatida gavdalanadi. Eski o'zbek tilida yozilgan ushbu asar mohiyati va mundarijasi jihatidan Gerodot asari kabi o'ziga xos bir insoniy xujjatdir. Bundan tashqari, "Boburnoma" muallifning o'zi ishtirok qilgan, yoki eshitgan tarixiy voqealarni o'ta halollik bilan aks ettiruvchi bebaho yilnoma hamdir. Boburni esa huddi mana shu sifati jihatidan jahonda»tarix otasi hisoblanmish Gerodotga qiyoslanadi.

Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" voqeiy-ilmiy-sarguzasht asari mumtoz adabiyotimizning eng nodir nasriy namunasi sifatida hayotni haqqoniy aks ettirgani, o'ziga xos uslubi bilan alohida qadrli. Navoiy nasriy asarlaridan so'ng "Boburnoma" turkiy tilda yaratilgan badiiy, ilmiy nasr javohiri sifatida bugungi kunda dunyodagi yuzlab yirik fan tadqiqotchilari diqqatini o'ziga tortib kelmoqda. "Boburnoma"ning XVI asrdayoq adabiyotchilar, tarixchilar, umuman, ilm ahli e'tiboriga sazovor bo'lgani malum.

Ushbu qomusiy asar hozirgacha dunyoning o'ttizga yaqin tiliga tarjima bo'lgan. Yaratilgan davrida forsiyga, XVII asrda golland tiliga, keyinchalik ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, yapon, turk, rus, qozoq va boshqa tillarga o'girilgan.

Boburnoma- jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik, o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Bu asar "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham malum. Boburning o'zi esa "Vaqoye"va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqlikdir.

"Boburnoma" o'zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko'ra 3 qismga: Boburning Movaraunnahr (1494-1504), Afg'oniston (1504-1526) va Hindiston (1526-1529)dagi hukmronlik davriga bo'linadi. Birinchi qismda Boburning otasi temuriylarning Farg'ona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo xususida hamda Boburning Farg'ona taxtiga o'tirishi, ammo temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida o'z ulusidan mahrum bo'lishi, Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jang-u jadallarining behuda ketishi va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay ajrab, Hisor tog'lari orqali tahminan 250 navkar bilan Afg'onistonga yuz tutishi haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, so'ng u yerda mustaqil davlat tuzgani, Eron shohi Ismoil Safaviyning yordami bilan Samarqandni yana ishg'ol qilgani, lekin Shayboniylardan yengilib, Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik ko'ra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo'diyni mag'lub etib, shimoliy Hindistonni bosib olgani va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi ma'lumotlardan iborat.

"Boburnoma"da keltirilgan barcha ma'lumotlar, xususan Farg'ona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chag'oniyon va shimoliy Afg'onistonning XV asr 80-90-yillari va XVI asr I choragidagi siyosiy ahvoliga doir xabarlar o'zining batafsilligi bilan boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifining muayyan tarixiy voqea haqida hamda o'zaro dushmanlik qilgan temuriylar- Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysung'ur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulq-atvori, tabiati xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan ham ahamiyatlidir.

MUHOKAMA

Asarda, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta'limoti, tilshunoslik, jug'rofiya, tabiatshunoslik, bog'dorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha o'z tarixiy va ilmiy ahamiyatini yo'qotmagan ma'lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning o'zi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha katta-kichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. O'sha davrdagi qo'shin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurol-yarog' turlari, qo'rg'onbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda ko'plab harbiy-ma'muriy istilohlar ham uchraydi. Shuningdek, "Boburnoma"da temuriylar qo'shining tuzilishi, harbiy san'ati va boshqa haqida ham noyob ma'lumotlar bor.

Bundan tashqari, Movaraunnahr, Afg'oniston, Xuroson va Hindiston o'tmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasb-hunari, urf-odatlari, rasm-rusumlari, an'anaviy tadbir marosimlari, shuningdek o'sha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli ma'lumotlar bayon etiladi. Ayniqsa, Farg'ona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shahar viloyatlarning jug'rofiy-ma'muriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xo'jaligi, daryo va suv havzalari, cho'l-adirlari, tog'-sahrolari, bog'-u rog'lari, tabiati, iqlimi, hayvonot va o'simliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal ma'lumotlar beriladi.

Xususan XV-XVI asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qo'yluk qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmo'g'ul qabilalarining urf-odatlari, harbiy mahoratlari haqidagi ma'lumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan g'oyatda qimmatli bo'lib, ular o'zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini o'rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir.

NATIJA

"Boburnoma"da Farg'ona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, O'ratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chag'oniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan g'oyatda qiziqarli tavsif qilingan bo'lib, muallif o'zi yurgan yo'llar, o'zi bo'lgan shahar va qishloqlarni g'oyat darajada aniq tasvirlagan. "Boburnoma"da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Muhammad Solih kabi o'nlab

ijodkorlar, Xo'ja Ubaydullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi ko'plab san'atkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yo'q kishi erdi. Turkiy bila to she'r aytibturlar,- hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas".

Ushbu asar, asosan, XV asrdan boshlab mufassal o'rganila boshladi. XVI asrdan esa yuqorida takidlanganidek dunyoning ko'p tillariga tarjima qilindi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach esa bu asarni o'rganish, unga bo'lgan qiziqishning ortishi yanada avj oldi.

Xususan, mustaqillikning 11 yilligi arafasida Toshkentdagi "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida "Bobumoma"ning yangi nashri chop etildi. Yangi "Boburnoma" o'zbek olimlari Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev va Yaponiyalik boburshunos olim Eyki Mano nashrlari asosida filologiya fanlari doktori Saidbek Xasanov tomonidan qayta nashrga tayyorlandi."Boburnoma"ning yangi nashri tahririyatida uch Andijonlik olim- Zokirjon Mashrabov, Sayfiddin Jalilov, Fathiddin Isxoqovlarning bo'lishi ham katta e'tiborga loyiq. Bu asarning chop etilishiga Andijondagi Bobur nomli xalqaro jamg'arma homiylik qildi.

Yevropalik olimlardan esa Leyn Puul, Monstyuart Elfinston, Eduard Davson, Vilyams Rashbruk, Henri Elliot, Eduard Holden, Lan Jui Bakye Grammon, Annetna Beverij xonim va uning turmush o'rtog'i Henri Beverij yaratgan asarlarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, hayoti va siyosiy mavqeyi turli ilmiy va badiiy darajada talqin etildi.

Bundan tashqari Angliya, Amerika, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg'oniston, Turkiya, Yaponiya kabi o'nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida "Boburnoma"ning insoniyat yaratgan o'lmas obidalar qatorida alohida o'rinda turishi ta'kidlanadi."Boburnoma"ning jahonga mashhur bo'lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati katta bo'ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda to'liq nashrini 1826-yilda J.Leyden va V.Erskin amalga oshirdi. F.Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A.Beverij ushbu asarni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o'zida "Boburnoma" tarjimalari 9 marta nashr etildi. Keyingi yillarda bu asarning V.Takston tomonidan AQSHda hamda ikki jild hajmda, mukammal so'zlik, ko'rsatkich va shahrizohlar bilan Yaponiyada ilmiytanqidiy matni nashr etildi.

Ma'lumki, "Boburnoma" qo'lyozmalari matnida ba'zi yillar ( 1504-1505, 15091518, 1520-1524) tafsiloti uchramaydi, 1508 va 1520 yil voqealari bayoni tugal emas. Mana shu uzilish bo'lgan o'rinlarni ingliz sharqshunoslari boshqa tarixiy manbalar asosida malum darajada tiklaganlar. "Boburnoma" forschaga (1586), undan keyin Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A.Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan to'la holda fransuz tiliga tarjima qilingan.

Ushbu asarni tarjima qilish va tadqiq etishda, shuningdek Afg'oniston ( Abdulhay Habibiy), Pokiston ( Rashid Axtar Nadviy, Shoh Olam Mavliyot), Hindiston ( Mirzo Nasriddin Haydar, Muhibbul Hasan Rizviy), Turkiya ( R.R.Arat va N.I.Bayur) kabi mamlakatlar olimlarining xizmati ham katta. Rus sharqshunoslari (N.I.Pantusov, S.I.Polyakov, V.Vyatkin) ham»Boburnoma»dan parchalarni tarjima qilganlar. N.I.Ilminskiy bu asarni Qozonda nashr ettirdi.

XULOSA

"Boburnoma"ning o'ziga xos jihatlarini ochib berishda yaqin yillar ichida o'zbek, hind, afg'on olimlari, yevropalik, yaponiyalik tadqiqotchilar teran tadqiqotlar olib bordilar. Chunonchi, XX asrning 90-yillari ikkinchi yarmida Yaponiyada "Boburnoma"ning ilmiy-tanqidiy matni, izohlar va yapon olimi Eyje Mano qarashlari ifodalangan ilmiy-tadqiqot nashr ettirilgani buning yaqqol dalilidir. Shunday nashrlar ingliz tilida ham amalgam oshirildiki, bu Bobur ijodiga katta qiziqish va ehtirom ramzidir. Xulosa qilib aytganda "Boburnoma" asari o'zbek xalqining faxridir.

REFERENCES

1) Hasan Qudratullayev: "Bobur Armoni"-T.: "SHARQ"n-2009y

2) Bobur Xalqaro Fondi:"Zahiriddin Muhammad Bobur"-T.:"SHARQ"n-2008y

3) Sayfiddin Jalilov: "Bobur Haqida Oylar" -T.: "SHARQ"n-2006y

4) Zahiriddin Muhiddinov: "Bobur Mirzo"-Andijon.: "ANDIJON NASHRIYOT-MATBAA"n-2005y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.