Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

2029
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zahiriddin Muhammad Bobur / shaxs / Bobur shaxsiyati / insonparvarlik / g„oya / temuriy / Hindiston / Sharq / sivilizatsiya / Zahiriddin Muhammad Babur / personality / Babur personality / humanity / idea / Timurid / India / East. / civilization.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulbaxar Nishanovna Tavaldiyeva

Maqolada buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo sivilizatsiyasidagi o„rni, shaxsiyatidagi o„ziga xos xislatlar, hayotiy prinsiplari, xalqparvarlik amallari haqida fikr yuritiladi. Boburning insonparvarlik g„oyalari uning Hindistondagi bunyodkorlik ishlari, mamlakatni gullab-yashnatishi, sharqona madaniyatni olib kirishidagi xizmatlari orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the role of the great poet and statesman Zahiriddin Muhammad Babur in world civilization, his personality, life principles and nationalist deeds. Babur‟s humanitarian ideas were revealed through his creative work in India, his contribution to the prosperity of the country, and his contribution to the introduction of oriental culture

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI»

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATIDA INSONPARVARLIK

G'OYALARI

Maqolada buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo sivilizatsiyasidagi o'rni, shaxsiyatidagi o'ziga xos xislatlar, hayotiy prinsiplari, xalqparvarlik amallari haqida fikr yuritiladi. Boburning insonparvarlik g'oyalari uning Hindistondagi bunyodkorlik ishlari, mamlakatni gullab-yashnatishi, sharqona madaniyatni olib kirishidagi xizmatlari orqali ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, shaxs, Bobur shaxsiyati, insonparvarlik, g'oya, temuriy, Hindiston, Sharq, sivilizatsiya.

The article discusses the role of the great poet and statesman Zahiriddin Muhammad Babur in world civilization, his personality, life principles and nationalist deeds. Babur's humanitarian ideas were revealed through his creative work in India, his contribution to the prosperity of the country, and his contribution to the introduction of oriental culture.

Keywords: Zahiriddin Muhammad Babur, personality, Babur personality, humanity, idea, Timurid, India, East., civilization.

Sharq dunyo tarixida ilk Uyg'onish davri - Musulmon Renessansi davrida bugungi O'zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo'shgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olingan. O'rta asrlarning ilk davrida ulug' ajdodlarimiz tomonidan tabiiy fanlar - matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va san'at, arxitektura sohalarida yaratilgan buyuk ilmiy g'oya va kashfiyotlar jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida keskin burilish yasadi. Hozirda butun ma'rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan bu ilmiy meros butun

Gulbaxar Nishanovna Tavaldiyeva

Toshkent kimyo-texnologiya institute dotsenti gulbahor lavaldiyeva@mail.ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

insoniyatning ma'naviy mulkiga aylangani shubhasizdir.

June, 2022

Ma'lumki, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po'rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalish jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan va Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.

Dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan, Sharq olimlari orasida "algoritm", "algebra" kabi ilmiy atamalarda nomi abadiylashtirilgan Al -Xorazmiy; olamning tuzilishi, yerning o'lchovi haqidagi dastlabki ma'lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko'rinishga ega ekani xususidagi dastlabki dalillarni bergan Ahmad Farg'oniy; dunyo ilm-fanida birinchilardan bo'lib dengizlar nazariyasi va yerning sharsimon globusini yaratish bo'yicha g'oyalar muallifi, yer radiusini hisobini bergan, vakuum holatini izohlab bergan, okean ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surgan, minerallar paydo bo'lish nazariyasini ishlab chiqqan, geodeziya faniga asos solgan Beruniy; o'zining "Tib qonunlari" deb atalgan bebaho fundamental asari bilan jahon tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini keyingi bir necha yuz yillar uchun oldindan belgilab bergan, dunyoda "Avitsenna" nomi bilan shuhrat qozongan Ibn Sino; universal bilimlar sohibi, X asrning qomusiy allomasi, "Sharq Aristoteli" nomi bilan mashhur bo'lgan Abu Nasr Forobiy; XV asrda astronomiya sohasida buyuk alloma sifatida shuhrat qozongan, birinchi yangi astronomik katalogni yaratgan va nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano Bruno, Galiley kabi ulug' ilm-fan daholari qatorida turadigan Mirzo Ulug'bek; o'zining jahon ahamiyatiga molik gumanistik qarashlari bilan tanilgan A.Navoiy; Movarounnahr tamaddunini Sharqda tarqatgan buyuk shaxs, mashhur "Boburnoma" asari muallifi Zahiriddin Bobur; dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug'ati -"Devoni lug'atit-turk" kitobi muallifi Mahmud Koshg'ariy kabi allomalar hozirgi O'zbekiston zaminidan chiqqanligi bilan, ajdodimiz sifatida bizda faxr tuyg'usini uyg'otadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamiz Prezidentining O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ- 3080-sonli Qarorida "Jahon ilm-fani tarixida o'chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug'bek kabi mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san'at namoyandalari ijodining

June, 2022

76

insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish", ajdodlarimizning boy ijodiy merosining asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, jahon ahlini bir maqsad yo'lida - jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish yo'lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish kabi maqsadlar qo'yilgan.

2021-yilda Smitson Osiyo milliy san'ati muzeyida tashkil etilgan «Boburiylar avlodlarining dunyo sivilizatsiyasi rivojidagi o'rni» mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiya ham o'z davridagi barcha qiyinchilik va og'ir sinovlarga qaramasdan, jahon ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan, o'z burchiga, gumanizm va ma'rifat g'oyalariga hamisha sodiq qolib, haqiqiy ma'naviy jasorat namunasini ko'rsatgan ulug' bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarining jahon tamaddunidagi o'rni haqidagi AQSH va O'zbekistonlik olimlarning ilmiy izlanishlariga bag'ishlangan.

Zahiriddin Muhammad Bobur - butun Osiyo tamadduniga ulkan ta'sir ko'rsatgan buyuk shaxslardan biridir. U taqdir taqozosi bilan oldin Afg'onistonni, keyinroq Hindistonni egallab, bu mamlakatlar tarixiy taraqqiyotida burilishlar yasadi.

Dunyo olim va adiblarining Boburshoh ijodiga munosabati, asosan, to'rt yo'nalishda kuzatiladi: Boburning podshoh sifatidagi siyosiy faoliyati (1), uning ijodi (2), "Boburnoma" asari va uni tarjima qilish (3) hamda Boburshohning shaxsi va jasorati xususida badiiy asarlar (4) yozish. Bobur ijodiga, xususan "Boburnoma"ga Rossiya va G'arbiy yevropa olimlari - Veselovskiy, Ilminskiy, Erskin, Eduard Xolden, Elfiniston kabilar yuqori baho berishgan. Javoharla'l Neru "Hindistonning kashf etilishi" kitobida Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqyeini haqqoniy e'tirof etdi.

XVI asrdan boshlab turli tillarga - fors, golland, ingliz, fransuz, rus, turk, ispan, nemis tillariga bir necha marta tarjima qilingan "Boburnoma"ni butun dunyo o'qidi, tanishdi. Bobur shaxsi, uning hayotdagi maqsadi, shoh va shoir sifatidagi faoliyati haqida jahon adabiyotida "Boburnoma" asosida o'nlab badiiy asarlar yaratilgan. Bobur Mirzoning shaxsiyati va oliyjanob xislatlaridan kelib chiqib, Amerikada va yevropada bundan bir necha asrlar oldin Rashbruk Uilyamsning "O'n oltinchi asr bunyodkori", Haroyat Lambning "Bobur-yo'lbars", Anna Flora Stilning "Toj kiygan darvish" va u haqdagi yaratilgan boshqa asarlar butun dunyoda tan olingan. O'zbek adabiyotida P.Qodirov, X.Sultonov, B.Boyqobilov Boburga bag'ishlab roman, qissa va doston yaratdilar.

Maqolani yoritishda tasniflash, tahlil etish, qiyoslash,

xulosalash usullaridan foydalanildi.

June, 2022

TAHLIL VA NATIJALAR

O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning Bobur va uning avlodlari hayot yo'liga bag'ishlangan "Yulduzli tunlar" va "Avlodlar dovoni" romanlari bir necha dunyo tillarida chop etilgan. Yozuvchining tarixiy roman yaratish uchun aynan Bobur va boburiylar sulolasini tanlashining sababi haqidagi angliyalik kitobxonning savoliga yozuvchi shunday javob beradi: "Bobur Mirozodek va uning avlodlari, ayniqsa, Akbardek ulug' siymolar tarixda o'zi juda kam, dunyo tarixida. Fransuz adibi Erenst Renan aytadiki, "mana shu uch kishi - Bobur Mirzo, Humoyun, Akbar tarixda hyech betakror shaklda birining ishini biri juda yaxshi davom etkazib ketdilar", deydi. Haqiqatdan ham, ular Hindistondek katta mamlakatni obod qilib, yuksaltirib o'tdilar. Shuning uchun, men ular haqida asar yozishga nafaqat O'zbekiston, balki Sharq xalqlari uchun ham ibratli hodisa deb qaragan edim."

XV-XVI asr o'zbek adabiyoti, ma'naviyati tarixida yorqin iz qoldirgan Zahiriddin Bobur umr yo'lining o'zi avlodlar uchun ibrat namunasidir. Buyuk Amir Temurning avlodi - Bobur Mirzo bizning Turkiston, Turonning farzandidir. Hali o'zbek xalqi shakllanib ulgurmagan paytda Bobur o'zini turkiy xalqlar vakili hisoblagan. Temuriylar avlodi 150 yil Turkiston va Afg'oniston atroflarida, 330 yil Hindistonda umr ko'rdi. Bu davrning asosiy qismi Boburiylar nomi bilan bog'liq.

Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa umr ko'rgan bo'lsa-da, dunyo xaritasida o'zining Andijondan to Hindistongacha bo'lgan mashaqqatli hayot yo'lining o'chmas izini qoldirdi. Bobur yurgan yo'llar juda ko'p tarixiy voqyealar, fojealar, urushlarga shohid bo'lgan yo'llardir. Shu bilan birga, Bobur mehrini, muruvvatini, chin insoniy sifatini oxiri qo'nim topgan Hindistonda namoyon qildi. Hindiston tarixida yangi davrga asos soldi, bu davr mamlakat tarixida porloq hayot, farovonlik va yuksalishga asoslangan davr bo'lib qoldi. Boburshunos Xamid Sulaymon ta'kidlaganidek, Boburning Hindiston uchun keltirgan foydasi - bu zabt etilgan yerni talon-taroj qilmadi, balki bu yerdagi tarqoq, mayda feodal davlatlarni asta-sekin yagona, kuchli davlatga birlashtira borib, ichki feodal urushlar va diniy nizolarga chek qo'yib, turli din va mazhabdagi kishilarni o'zaro murosaga keltirgan.

"Bobur o'z saltanatini mustahkamlash uchun keng miqyosda bunyodkorlik ishlarini ham olib bordi, saltanat iqtisodiy va madaniy hayotini jonlantirdi. Atrofiga olimu fozillar, shoiru musavvirlar, me'moru san'atkorlarni to'plab, ularni maosh va uy-joy bilan ta'minladi. Bobur obodonchilikka alohida e'tibor berdi, savdo-sotiqni rivojlantirdi, shahar va qishloqlarga oqar suvlar keltirib, bog'-rog'lar yaratdi. Bobur hukmronligi davrida yaratilgan Agradagi Bog'i Hasht Behisht, Xilvatxona, Zarafshon bog'i, Orombog' (hindlar inglizlar kelgach bog'ni saqlab qolish ma'nosida uni Rambog' deb o'zgartirishgan),

June, 2022

?8

Sekridagi Bog'i Fath, Dibalpurdagi Nilufar bog'i, Bog'i Nazargohlar hozirda ham Hindistonning eng xushmanzara va obod maskanlaridan hisoblanadi". [7; 11].

Bu haqda hind xalqining buyuk farzandi Javoharla'l Neru shunday deydi: "Bobur kelishi bilan Hindiston yangi sulola hukmronligida qudratli salatanatga aylandi. Shu bois, Ovruponing hujum qilish xavfi yoki ehtimoli yo'q darajaga tushib qoldi" [3; 61].

Bobur Hindistonda katta obodonchilik va qurilish ishlarini amalga oshirdi. Hovuzlar, bog'lar, hammomlar, hashamatli imoratlar barpo etdi. Hindistonni bog'u bo'stonga aylantirishda, muhtasham shaharlar bunyod etishda Hind xalqining hunarmandlarini ishga soldi.

Bobur Hindistonda davlat ishlarini adolat bilan boshqardi. Bunda u yerdagi tarqoq viloyatlarni markazlashtirdi, g'ayridinlik solig'ini bekor qildi., vafot etgan erni tirik xotin bilan kuydirishni man' etdi, kiyinish madaniyatini takomillashtirdi, ijodkorlarni qo'llab-quvvatladi, xalqning urf-odatlariga, qadriyatlariga hurmat bilan qaradi. Yutuqlarini keng tatbiq qildi, kamchiliklarni bartaraf etdi. Hind diyorini madaniy va so'lim go'shaga aylantirdi.

Bobur adolatsizlik va zulmni taqiqlagan, munofiqlik, ko'zbo'yamachilik va xiyonatni sezganda, uni keskin yo'qotish tadbirini ko'rgan. Bobur "yaxshilig'" radifli g'azalida o'zining yashash prinsipini bayon etgan. Uning shaxsiyatidagi insoniylik g'oyalari "Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo'q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig"' kabi she'riy misralaridan hamda "Boburnoma" voqyealaridan ko'rinadi. Uning hayot yo'li, eng murakkab vaziyatlarda ham shu tamoyilga sodiqligini ko'rsatadi.

Bobur xarakteridagi olihimmatlik, adolat va kamtarlik kabi insoniy fazilatlarni Kobul yo'lidagi mashaqqatli yurishlarida ko'ramiz. U navkarlar bilan barobar qor tepib yo'l ochadi, ular bilan birga kechani qor ostida o'tkazadi. El chekkan mashaqqatni birga chekishni afzal biladi. Navkarlari sovuqda, qorda bo'lib, u issiqda, istirohat va farog'atda bo'lishni o'ziga or deb biladi.

"Boburnoma"ni qog'ozga ko'chirgan kotib Boburga haqida uning sakkiz fazilatini ko'rsatib o'tadi: "...Sekkiz sifati asil aning zotig'a muttasil erdi: birisi bukim, najhati baland erdi; ikkimchisi, himmati arjumand erdi; uchumchisi, viloyat olmog'; to'rtumchisi, viloyat saxlamog'; beshimchisi, ma'murlug'; oltimchisi, rafohiyat niyati Tengri taolo bandalariga; yettimchisi, cherikni ko'ngli(ni) qo'lg'a olmoq; sekkizimchisi, adolat qilmoq". Yani Boburda balandnasablik, himmat, jahongirlik, obodonchilik va farovonlikka e'tibor, adolatlilik va

sipohigarlik fazilatlar xos edi.

June, 2022

Boburning insoniy fazilatlari uning ayollarga hurmati va mehribonligida ham ko'rinadi. Bu xislat uning onasi Eson Davlatbegimga bo'lgan hurmati, opasi Xonzoda Begimga favqulodda g'amxo'rligi, uning taqdiriga achinishlarida ko'rinadi.

Bobur ko'p xiyonatlar ko'rdi. Fitnapardan ko'ngliga ko'p ozorlar yetdi. Ammo, bular uning tabiatidagi ezgu fazilatlarni yo'qotolmadi. Aksincha, o'zining ta'kidlashicha, ota - bobolarining an'analariga amal qildi. Xalqning "yaxshilik qil suvga sol, baliq bilar, baliq bilmasa xoliq bilar" degan donolik bilan aytgan so'zini umr yo'lida dasturulamal deb bildi. Hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, o'zi ham shunga yaqin donishmandona xulosalarga keldi: "Har kimdin yaxshi qoida qolg'on bo'lsa, aning bila amal qilmoq kerak. Agar ota yamon ish qilg'on bo'lsa, yaxshi ish bila badal qilmoq kerak". [2; 169]. "Boburnoma"da buni isbotlovchi dalillar ko'p. Xatto, uzi bilan taxt talashgan ukasi Jaxongir Mirzoga ham xiyonat va jabr qilmagan.

Ba'zan Bobur o'zining xatosini ochiq tan olib yozgan, xatolardan saboq chiqara olgan va ularlarni takrorlamaslikka harakat qilgan. Masalan, Andijonning ikkinchi marta qo'lidan chiqishiga "bemulohaza hukm" chiqarganligini sabab qilib ko'rsatadi. Bobur xarakteridagi bunday xatoni ochiq tan olish va undan to'g'ri xulosa chiqara olish kabi insoniylik sifatlari bugungi yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega.

XULOSA

Bobur Vatan tuyg'usi inson ko'ngliga ravshanlik berib turuvchi noyob mo'jizaigini, undan ayri tushgan inson taqdiri "xazon yaprogi yanglig'" fojia ekanligini kechmish voqyealarini bayon qilish orqali ifodalashga erishgan. U hayot mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan hikmatomuz xulosalarni bayon etadi. Donishmandlar kabi u ham "shuhrat bilan yodlanishni ikkinchi umr" deb hisoblaydi: "G'arazkim, bu dunyoda kishidin ushmundog' nimalar qolur, har kim aqldin bahravar bo'lsa, nega andog' harakatga iqtom qilg'aykim, andin so'ng yomon degaylar va har kishiga hushdin asar bo'lsa, nega andog' amrga ehtimom qilmag'aykim, qilg'ondin so'ng mustahsan degaylar. "Zikri nomero, hakimon umri soniy guftaand". [2; 168].

Bobur shoh sifatida ham ijodkor sifatida ham takrorlanmas shaxsdir. U o'z faoliyati, hayot yo'li bilan odamzodning sabr-toqatiga haykal qo'ygan jasoratli insondir. Bobur yuksak insoniy g'oyalari, amallari sabab vatandan yiroqda kechgan mashaqqatli qismatdan g'olib keldi. Shoh sifatida buyuk imperiya tuzdi, ijodkor sifatida o'zining nodir salohiyatini namoyish eta oldi va haqli ravishda dunyo sivilizatsiyasiga o'z hissasini qo'shdi.

June, 2022

REFERENCES

1. Azimjanova S. Zahiriddin Muhammad Bobur http://e-tarix.uz/shaxslar/726-maqola.html

2. Bobur. Boburnoma. Toshkent: 1989.

3. Джавахарлал Неру. Взгляд на мирную историю. Т.2. - М., 1975.

4. История стран Азии и Африки в средние века. - Челябинск, 2004

5. Uilyam Erskin. Bobur Hindistonda. - T.: "Cho'lpon" nashriyoti, 1995. - B. 112.

6. Qudratullaev X. Bobur buyukligining qirralari. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati", 2010-yil 7-son

7. R.Shamsuddinov. Buyuk boburiylar saltanati va uning jahon tamaddunidagi o'rni. "Vodiynoma", 3/2017/ 11

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.