Научная статья на тему 'ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “XATTI BOBURIY” HAMDA “BOBURNOMA” ASARLARINING TAʼLIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI'

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “XATTI BOBURIY” HAMDA “BOBURNOMA” ASARLARINING TAʼLIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‘lim / tarbiya / ijtimoiy ong / nafs / fotihlik / hukmdorlik / olijanoblik / fidoyilik / mehnatsevarlik / hikmat / bilim / ma’naviy yuksalish. / education / upbringing / social consciousness / ego / victory / rulership / nobility / dedication / hard work / wisdom / knowledge / spiritual growth.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Begmatova, Dilorom Ne’Matovna

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Hatti Boburiy” hamda “Boburnoma” asarlarining taʼlimiy-tarbiyaviy axamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR'S "LETTER BABURI" AND "BABURNAMA" WORKS

This article discusses the educational significance of Zahriddin Muhammad Babur's works "Hatti Baburi" and "Boburnoma".

Текст научной работы на тему «ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “XATTI BOBURIY” HAMDA “BOBURNOMA” ASARLARINING TAʼLIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING "XATTI BOBURIY" HAMDA "BOBURNOMA" ASARLARINING TA'LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI

Begmatova Dilorom Ne'matovna

Andijon viloyati Shahrixon tumani 10-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning "Haiti Boburiy" hamda "Boburnoma" asarlarining ta 'limiy-tarbiyaviy axamiyati haqida fikryuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, ijtimoiy ong, nafs, fotihlik, hukmdorlik, olijanoblik, fidoyilik, mehnatsevarlik, hikmat, bilim, ma'naviy yuksalish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается воспитательное значение произведений Захриддина Мухаммада Бабура «Хатти Бабури» и «Бобурнома».

Ключевые слова: образование, воспитание, общественное сознание, эго, победа, правление, благородство, самоотверженность, трудолюбие, мудрость, знания, духовный рост.

ABSTRACT

This article discusses the educational significance of Zahriddin Muhammad Babur's works "Hatti Baburi" and "Boburnoma".

Key words: education, upbringing, social consciousness, ego, victory, rulership, nobility, dedication, hard work, wisdom, knowledge, spiritual growth.

KIRISH

Qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan xalqimiz jahon tamadduni xazinasini bunyod etish hamda boyitishga ham o'z munosib hissasini qo'shgan. Ajdodlarimiz yaratgan boy madaniy va ma'rifiy xazina nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat taraqqiyoti uchun ulkan mayoq bo'lib xizmat qildi. Ayniqsa, ulug' vatandoshlarimizning shaxs kamoloti uchun muhim sanalgan ta'lim va tarbiya sohasida yaratgan boy ilmiy va badiiy merosi hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ana shunday siymolardan biri, insoniyat tarixining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy sohalarida salmoqli o'rin tutgan allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Zahriddin Muhammad Boburdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zahiriddin Muhammad Bobur ulug' shoir va nosir, qomusiy bilimlar egasi bo'lishi bilan birga, yirik davlat arbobi va mohir sarkarda ham edi. Uning ijodiy me'rosi orasida o'zbek nasri rivojida muhim bosqichni tashkil etgan "Boburnoma"

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

asari katta o'rinni egallaydi. Ushbu asar adabiy-badiiy fikr taraqqiyotiga qo'shilgan katta hissa bo'lib, XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonning tarixi, jug'rofiyasi, etnografiyasi, o'simlik va hayvonot olami, xalqi, odamlarining kasb-kori, tili, hayot tarzi va boshqa xususiyatlari haqida bebaho ma'lumotlarni o'zida mujassam etgan manba bo'lib xizmat qilmoqda. Bu asar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, unda muallifning pedagogik qarashlari ham o'z ifodasini topgan.

Bobur shaxsiyatining o'zi ko'p qirrali bo'lib, hayoti davomida qilgan ishlarining o'zi biz uchun muhim darslik sifatida hizmat qiladi. Boburning bosh maqsadi bobosi Amir Temur saltanatini qayta tiklash va boshqarishediki, bu yo'lda u barcha kasri nafsi, o'zga niyat, intilishlari bahridan o'tib, astoydil harakat qildi va muhim natijalarga erishdi ham. Eng yaqin qarindoshlarining fitna-yu xiyonatlarini kechirdi, dushmanlari bilan sulh tuzishni ma'qul ko'rdi, suyukli egachisi Xonzodabegimni ashaddiy dushmani Shayboniyxon nikohiga kirishiga ham rozi bo'ldi, Hindiston sultoni Ibrohim Lo'diy jangda mahv etilgach, uning onasi Baydaga ko'p muruvvatlar ko'rsatib, saroyidan joy berdi. Shoh Bobur bu kabi tadbirlarini saltanat yaxlitligini asrashda muhim diplomatic yo'l, deb bildi. Zahiriddin Bobur o'zining davlatchilik boshqaruvida millat, qavm va qabilalar, Hindistonda esa turli-tuman kastalar orasidagi mazhabiy va diniy nizolarni imkon qadar ahillik, o'zaro tushunish va ayrim jihatlarga qisman yon berish orqali, bugungi til bilan aytganda, tolerantlik siyosatini yurgizgan. Amerikalik tadqiqotchi Berk Boburga bergan qisqa va lo'nda tavsiflarida ulug' siymoning hayot yo'li, davlatchilik tarixidagi xizmatlari va shaxsiyatidagi eng muhim jihatlarni muxtasar tarzda yoritishga erishgan. Muallif Boburning hukmronlik siyosati xususida shunday yozadi: "Boburshohning fikricha, fotihlik va hukmdorlik ishida yuz ming usul qollasa ham haq va zarur hisoblanadi. Biroq bosib olingan yerlarni, ayniqsa, bu olkalarni o'z saltanati tarkibiga kiritish rejalashtirilgan bo'lsa-da, u g'olib askarlar mag'lublar mulkini talon-taroj qilishiga mutlaqo yo'l qo'ymasdi" "Boburnoma" haqidagi fikrlar ham diqqatga sazovor: "Men bor haqiqatni yozdim", deydi muallif va haqiqatan ham u o'zining kamchiliklari, omadsizlikka olib kelgan noto'g'ri xatti-harakatlarini o'quvchidan yashirmaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini, xususan, "Boburnoma"sini o'rganganimizda, Prezidentimiz da'vatlariga e'tibor qaratmog'imiz lozim bo'ladi. Bizga ma'lumki, "Boburnoma" qomusiy asar bo'lib, undan juda ko'p ma'lumotlarni olishimiz, shuning barobarida o'sha davr haqida kerakligicha tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Bobur Mirzo adabiyotni teran tushungan, xalq maqollarini juda yaxshi bilgan, shu sababda bularni o'z o'rnida to'g'ri ishlata bilgan. "Boburnoma"da juda ko'p maqollar, hikmatli so'zlar ishlatilgan. Bu haqida adabiyotshunos olim

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

V.Zohidov shunday degan edi: "Bobur ularni muvaffaqiyatli ravishda tanlaydi, predmetning mohiyati va katta ijtimoiy masalalar bilan bog'laydi. Shunday qilib, ulardan ko'pincha, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muhim xulosalar chiqaradi"

Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida " Boburnoma " alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o'zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy -tarixiy, ilmiy - tabiiy va adabiy- lingvistik ma'lumotlar xazinasidir. Unda 1494-yildan 1530- yilgacha O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy - tarixiy ahamiyati bilaan emas, balki o'zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidur. Shoir o'z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O'nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she'riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko'rinishini, fe'l atvorini, odatlari, o'tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta'rif etiladi.Asardagi markaziy obraz Boburning o'zi, albatta. Uning his tuyg'ulariga boy qalbi ko'z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston " Boburnoma" va uning muallifi haqida: "Uning shaxsiy his - tuyg'ulari har qanday mubolag'adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O'z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko'zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan " Boburnoma " O'rta O'siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir " deb yozadi. Bobur O'rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to'g'risida boy ma'lumot bergan. Xususan, "Boburnoma"da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san'at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida ( 1958-yil ) qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so'zlagan nutqida: " Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O'zbekistondagi singari bizda ham "Boburnoma" g'oyat qadrlanadi." Degani bejis emas edi. Davrning juda ko'p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o'zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan " Boburnoma " Alisher Navoiyning " Xamsa" siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi. Asarning tez orada shuhrat qozonib, XVI asrning o'zidayoq bir necha marta fors tiliga tarjima etilishi ham fikrimizning isbotidir. " Boburnoma " fors tiliga birinchi marta 1589-yili shoirning nevarasi Shoh Akbar saroyida xizmatda bo'lgan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Abdurahimxon ibn Bayramxon Xoni Xonon tomonidan tarjima qilindi. Tarjima ko'p nusxada ko'chirilib, "Voqeati Boburiy", "Tarixi Boburshohiy" nomlari ostida Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Abdurahimxon tarjimada Boburning o'ziga xos bayon tarzini bera olgan, asar fors adabiyoti va tarixchiligida ulkan yangilik sifatida qabul qilingan. Qamrab olingan tarixiy voqealarning ro'yi-rost ko'rsatilishi, ilmiy faktlarga boyligi bilangina emas, balki ravon uslubi, sodda va jozibadorligi bilan ham Bobur asari o'zidan keyin yaratilgan tarixiy memuarlarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Chunonchi, Gulbadanbegimning " Humoyunnoma " va Nizomiddin Hiraviyning " Tabaqoti Akbarshoxiy " kabi kitoblarida buni yaqqol his etish mumkin. Shuni yatish kerakki, XVI asrdan boshlab o'zbek adabiyotining yana boshqa namunalari ham fors tiliga tarjima qilindi.

Insoniyatning adabiyotga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o'z o'rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san'atshunos, etnograf hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko'pqirrali faoliyat va ij od sohibi edi. Birgina " Boburnoma " uning yigirmadan ortiq sohalariga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Shoh Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar (332 ) hukmronlik qilgan sulola bo'lib chiqar...U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag'lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug'vor nashidalarini surishni ko'p marotaba o'z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug' himmatli va oily maqsadli shaxs bo'lganligidan Farg'ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug' bunyodkorlik an'analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog'- rog'lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla'l Neru o'zining " Hindistonning ochilishi " va " Jahon tarixiga bir nazar " asarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to'liq ushbu fikrlarni izhor etgan: " Bobur - dilbar shaxs. Uyg'onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo'lgan. Bobur o'ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi. Bobur san'at va ayniqsa, adabiyotni sevardi."Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo'yilgan" Zahiriddin Muhammad Boburning " Boburnoma "asari tarixiy adabiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

manba sifatida yana shunisi bilan e'tiborliki, asarda ko'plab tarixiy shaxslar, adabiyot va san'at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, amiru umarolar haqida ma'lumotlar uchraydi. "Boburnoma" da bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, askarlar, ilm-fan, san'at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir.Bobur bularning tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so'zlaydi , ikkinchi birlaari haqida qisqa ma'lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o'tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o'rin tutgan Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma'naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi.

Xulosa qilib aytganda, tom ma'nodagi qomusiy asar sanalgan "Boburnoma"da muallifning pedagogika sohasidagi qarashlari o'z ifodasini topgan bo'lib, bu boradagi izlanishlar o'z tadqiqotchilarini kutmoqda. Zero, Muhammad Bobur kabi jur'atli hamda tafakkuri global muammolarni hal etishga qodir "Mamlakat taqdirini, Vatan kelajagini xalqaro talablarga javob beradigan yosh kadrlar hal etadi"

"Boburnoma"dagi maqollarni o'rganish jarayonida biz xalqimiz ma'naviyati sarchashmasidan yana bir bora bahramand bo'lamiz. Shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki, Bobur ijodini o'rganish o'quvchilar tarbiyasida muhim ahamiyatga molikdir.

"Boburnoma"da xalq maqollaridan juda unumli foydalanganini asar mutolaasida ko'rib guvohi bo'lamiz. Jumladan, "Inonmag'il do'stingga, somon tiqar po'stingga", "Dushman ne demas , tushga ne kirmas", "Teng bo'lmaguncha to'sh", "On guzarro ob burd", ( "U kechuvni suv olib ketgan" ) , "Uzrash badtar az gunoh" ("Tavbasi gunohidan yomonroq" ), "Qochg'on yog'i ko'p bo'lsa ham oz qovg'unchi bila chehra bo'la olmas nechukkim deb turlar: "Safi mag'lubro xusbasan dast" ("Yengilgan safga bir joy kifoyadir") , "Xotirg'a kechtikim, ul masal borkim, "gah yozdah beh, gah nuh" (Goh o'n bir yaxshi, goh to'qquz).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasining —Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risidagi qonuni". Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent;Sharq, 2020y.

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2016.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017.

4. Ahmedov Bo'riboy. O'zbekiston tarixi manbalari. T.:"O'qituvchi".1991.

5. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent."O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005.

6. Avloniy A.Toshkent tongi . T.. 1979. 373-bet

7. Hoshimov K.va b. Pedagogika tarixi.Toshkent, "O'zbekiston", 2006.

8. 3axupHggHH My^aMMag Eoöyp. EoöypHOMa. - TomKeHT, "fflapK" HMAK,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.