Научная статья на тему 'BUXORO XONLIGIDA SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XORAZM XONLIGI BILAN SAVDO VA IQTISODIY'

BUXORO XONLIGIDA SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XORAZM XONLIGI BILAN SAVDO VA IQTISODIY Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3610
192
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Buxoro xonligi / Xorazm xonligi / bozorlar / karvon qatnovi / savdo yo’llari / shayboniylar / arabshoxiylar / Jo’ybor ho’jalari / rabotlar / sardobalar / qul bozori / tarxon yorlig’i. / Бухарское ханство / Хорезмское ханство / базары / караванные пути / торговые пути / шайбаниды / арабшахиды / Жойборские ходжи / работы / цистерны / невольничий рынок / тарханская вкладка.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Avezov Hikmatjon Kenjayevich

maqolada Buxoro xonligi va Xorazm xonliklari o’rtasidagi savdo va iqtisodiy a’loqalarning Buyuk ipak yo’li jahon savdosi uchun o’z ahamiyatini yo’qotgan bir davrda va xonliklar o’rtasida sulolaviy nizolar avj olgan bo’lishiga qaramasdan savdo-sotiq aloqalarining olib borilishi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТОРГОВЛЯ И ЭКОНОМИКА С ХОРАЗМСКИМ ХАНТАЕМ В ГОДЫ ПРАВЛЕНИЯ ШАЙБАНИЙ В БУХАРСКИХ ХАНТАХ СВЯЗИ

В статье будут проанализированы торгово-экономические отношения между Бухарским ханством и Хорезмским ханством в период, когда Великий шелковый путь утратил свое значение для мировой торговли и несмотря на нарастание династических конфликтов между ханствами.

Текст научной работы на тему «BUXORO XONLIGIDA SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XORAZM XONLIGI BILAN SAVDO VA IQTISODIY»

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

BUXORO XONLIGIDA SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XORAZM XONLIGI BILAN SAVDO VA IQTISODIY ALOQALARI Avezov Hikmatjon Kenjayevich

O'zbekiston milliy universiteti, Tarix fakulteti, tarix ta'lim yo'nalishi, 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7808399

Annotatsiya: maqoladaBuxoro xonligi vaXorazm xonliklari o'rtasidagi savdo va iqtisodiy a'loqalarning Buyuk ipak yo'li jahon savdosi uchun o'z ahamiyatini yo'qotgan bir davrda va xonliklar o'rtasida sulolaviy nizolar avj olgan bo 'lishiga qaramasdan savdo-sotiq aloqalarining olib borilishi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Buxoro xonligi, Xorazm xonligi, bozorlar, karvon qatnovi, savdo yo'llari, shayboniylar, arabshoxiylar, Jo'ybor ho'jalari, rabotlar, sardobalar, qul bozori, tarxon yorlig'i. ТОРГОВЛЯ И ЭКОНОМИКА С ХОРАЗМСКИМ ХАНТАЕМ В ГОДЫ ПРАВЛЕНИЯ

ШАЙБАНИЙ В БУХАРСКИХ ХАНТАХ СВЯЗИ

Аннатация: В статье будут проанализированы торгово-экономические отношения между Бухарским ханством и Хорезмским ханством в период, когда Великий шелковый путь утратил свое значение для мировой торговли и несмотря на нарастание династических конфликтов между ханствами.

Ключевые слова: Бухарское ханство, Хорезмское ханство, базары, караванные пути, торговые пути, шайбаниды, арабшахиды, Жойборские ходжи, работы, цистерны, невольничий рынок, тарханская вкладка.

TRADE AND ECONOMY WITH THE KHORAZM KHANTY DURING THE RULE OF

THE SHAIBANIYS IN BUKHARA KHANTY COMMUNICATIONS

Abstract: the article examines trade and economic relations between the Khanate of Bukhara and the Khanate of Khorezm at a time when the Great Silk Road has lost its importance for world trade and despite the rise of dynastic disputes between the Khanates. communication is analyzed.

Keywords: Khanate of Bukhara, Khanate of Khorezm, bazaars, caravan traffic, trade routes, Shaibanis, Arabshakhis, Khojabor Khojas, rabots, cisterns, slave market, tarkhan label.

KIRISH

Tarixning har bir davrida mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi omillar qatorida eng muhimlari bu tashqi va ichki savdo aloqalari hisoblanadi. Ayniqsa tashqi savdo aloqalari davlat hazinasini to'ldirishda alohida ahamiyatga ega. So'nggi o'rta asrlarda tez-tez o'zgarib turgan xalqaro vaziyat hamda yangi suv yo'llari mavqeyining ortib borishi Sharq mamlakatlarining savdo aloqalarida katta kiyinchiliklarni tug'dirsada, O'rta Osiyo xonliklarining qo'shni davlatlar bilan va o'zaro olib borgan an'anaviy savdo aloqalari to'xtab qolmagan. Buxoro, Xiva va Balxning savdo karvonlari Hindiston, Eron, Qozoq xonliklari, No'g'ay dashti, Sibir va Qoshg'arga borishda davom etib, o'z navbatida, ko'rsatib o'tilgan davlatlarning karvonlari O'rta Osiyoga kelib turgan.

Umuman olganda, Amir Temur va temuriylar davri O'rta Osiyoning karvonyo'llari tizimi va keng ko'lamdagi xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalari rivoji tarixida muhim bosqich bo'lib, Movarounnaxr va Xuroson shaharlari bu jarayonda yetakchi ro'l o'ynagan.

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

XVI-XVIII asrlarda Markaziy Osiyoning karvon yo'llari va iqtisodiy-savdo aloqalari yo'nalishlarida bir qator o'zgarishlar yuz berdi. So'nggi o'rta asrlarda O'rta Osiyo karvon savdosi tarixida inqiroz holatlari ko'zga tashlanadi. Yevropani Hindiston va Xitoy bilan bog'lovchi suv yo'llarining ochilishi, Buyuk ipak yo'li bo'ylab savdo aloqalarining zaiflashishi mintaqadagi ijtimoiy iqtisodiy aloqalar rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shunga qaramasdan, ichki ahamiyatga ega karvon yo'llaridan foydalanish davom etdi.

Bu davrda Buxoro va Samarqanddan Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryo kechuvlari -Kelif, Kerki Burdalik va Narazmga, Oqrabot orqali Surxon vohasiga va Balxga olib boruvchi yo'nalishlar izchil faoliyat ko'rsatdi.

Buxorodan Qorako'l va Chotjo'y orqali Marvga, Xorazmga karvon yo'li, shuningdek, Buxoro xonligining sharqiy hududlaridagi yo'llar mintaqaning karvon yo'llari tizimida o'z ahamiyatini saqlab qoldi.

XVI-XVIII asrlarda savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishi o'tgan davrlarga nisbatan ham ko'proq O'rta Osiyodagi ichki va tashqi siyosiy vaziyat bilan belgilanar edi. Bu aloqalarning doimiyligi va barqarorligiga sulolaviy urushlar, tarqoqlik uchta xonlik mavjudligi va markaziy davlat boshqaruvining izdan chiqqanligi, xonliklar o'rtasidagi o'zaro nizolar kabi O'rta Osiyodagi siyosiy jarayonlarning harakterli belgilari va hususiyatlari tasir etardi.

TADQIQOT NATIJALARI

Shunday qilib, iqtisodiy aloqalarning o'rta asrlardagi rivojiga hos hususiyatlar hamda harakterli belgilarini o'rganishga yakun yasab, ko'rib chiqilayotgan masalalarning bazi umumiy qonuniyatlarini ochib beradigan aniq xulosalar chiqarish mumkin.

Turli viloyatlar, mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi aloqalar hamda o'zaro tasirini o'rganish hamkorlik evolutsiyasi hususiyatlarini aniqlashtirishda muhim o'rin tutadi. Bu masalani o'rganishda uning qator o'ziga hos jihatlarini hisobga olish, uning yechimini topishda holis yondashuvga amal qilish muhimdir.

Yo'llardagi havfsizlikni taminlash masalasi ham Buxoroda ham unga qo'shni Xorazmda ham savdo aloqalarining davlat uchun nechog'lik muhim ekanligidan dalolat beradi. Yo'llardagi havfsizlikni taminlashga intilish, yirtqich hayvonlar va zaharli hashorotlardan himoyalashga bo'lgan ehtiyoj hamda har ikkala davlat o'rtasida mavjud tabiiy muhit tasiri (sovuq, jazirama issiq, shamollar va boshqalar) yo'l bo'yi inshootlarning paydo bo'lishi va davrlar o'tishi bilan takomillashib borishiga olib kelgan muhim sabab bo'ldi. O'rta asrlar so'nggida ham mintaqaning dasht hududlari orqali o'tgan karvon yo'llari bo'yida bir qancha shunday inshootlar qurilgan.

Masalan Jo'ybor ho'jalari tomonidan Buxoro-Qarshi va Amudaryoga ketuvchi yo'llar bo'yida qurilgan o'nlab rabotlar va sardobalar, XVII asrda Buxoro xoni saroyida dasturxonchi lavozimida ishlagan Zokirbiy ismli kishi mablag'iga Qarshi cho'lidagi Qaqir deb atalgan joyda barpo etilgan rabot, Jizzaxdan Sirdaryo kechuvlariga, Buxorodan Qarshi orqali Amudaryoning o'rta oqimidagi Kerki va Kelif kechuvlariga olib boruvchi yo'llarda qurilgan sardobalar bundan dalolat beradi. Ayniqsa, XVI asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon II tomonidan ko'plab sardobalar qurilgan edi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar karvonsaroylar va rabotlar barpo etishda davlat xazinasidan tashqari yirik savdogarlar va amaldorlar, mahalliy boylar, ya'ni savdo-sotiqdan kata amaliy foydako'rgan ijtimoiy qatlam o'rin tutib, o'rta asrlarda karvonsaroy va rabotlar barpo etish ko'lami ancha yuqori bo'lganligini ko'rsatadi.

i VOLUME 2 I ISSUE Э I 202Э ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S-Э)

Rivojlangan o'rta asrlarda Xorazm poytahti Urganchdan (Ko'hna Urganchdan) Ustyurt orqali Quyi Vo'lgabo'yiga ketuvchi karvon yo'lida ham bir kunlik masofasida karvonsaroylar va sardobalar bo'lgan. Bu sardobalar mintaqamizning barcha dasht va cho'l hududlarida barpo etilganini yana bir bor tasdiqlaydi.

XVI asr boshlarida mayda feodal hokimlarning birlashuvi va markaziy hokimiyatning birmuncha mustahkamlanishi xo'jalik hayotini sezilarli ravishda jonlantirishga, savdo va hunarmandchilikni kengaytirish va o'stirishga yordam berdi. Shayboniylar davlatining poytaxti -Samarqandda ishlab chiqariladigan hunarmandchilik mahsulotiga bo'lgan talabning ortishiga olib keldi. Shayboniyxon Samarqandni bosib olgandan keyin (1501 va 1507 yillarda) pul muomalasini tartibga solishga harakat qildi. Xonning bu chorasi ham uning boshqa tadbirlari kabi hayotni izga solishga, savdoni rivojlantirishga yordam berdi.

Hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliqlar butun davlat daromadining muhim manbai hisoblanardi. Chunonchi, XVI asrning ikkinchi yarmida Samarqand daromadining bir yillik umumiy miqdori 1600 ming kumush tangani tashkil qilgan. Ba'zi hokimlarning savdogarlarga nisbatan homiylik qilganliklari ana shu bilan izohlanadi. Ularning bu homiyligi savdogarlarga soqchilik yorliqlarini berishda, mabodo ularning mollari o'g'irlangan taqdirda, shu mollarning qiymatini talovchilardan undirib olishda namoyon bo'lar edi.

Xonlar va sultonlar savdo-sotiqdan soliq tarzida olinadigan daromadlar bilan cheklanib qolmagan. Ularning o'zlari ham bu ishga faol qatnashgan. Chunki xon odamlari sotadigan mollardan soliq olinmasdi, uning mollari tarkibiga monopol bo'lgan mollar ham kirar edi. Savdo-sotiq ishlarida oqsuyak feodallargina emas, balki ruhoniylar namoyandalari ham aktiv ishtirok etishardi.

MUHOKAMA

Alohida imtiyoz kasb etgan maxsus soqchilik yorliqlari olgan yirik savdogarlar to'g'risidagi qiziqarli ma'lumotlar yuqoridagi eslatib o'tilgan yorliq-nishonlar to'plamida keltirilgan. Masalan, savdogarga berilgan tarxon yorliqda aytilishicha, davlatning gullab-yashnashi va viloyatlarning rivojlanishi savdogarlarga bog'liq ekan, ushbu farmonga asosan uning xo'jasi hisoblangan savdogar tarxon yorlig'i bilan mukofotlanadi va u boj, zakot, xarj, tamg'a va boshqa soliqlarni to'lashdan ozod qilinadi. Undan sovg'ati, peshkash va salomi kabi tortiqlar ham talab qilinmas edi. Hokimning farmoniga ko'ra, yo'l solig'i, daryodan kechib o'tganlik uchun soliq oluvchi shaxslar bunday kishidan kishti- bon va rohdori olmasliklari va uning yo'lda xavf-xatarsiz bo'lishi uchun haq talab qilmasliklari, elchilar, ovchilar va qushchilar esa uning ot-ulovlarini olmasliklari kerak edi.

Shayboniylar sulolasi xonlaridan ba'zilari yo'llarni yaxshilash, savdo muassasalari, ko'priklar, karvonsaroylar va shu kabilarni qurish orqali davlatning boshqa shaharlaridagi singari Samarqandda ham ichki va tashqi savdo uchun qulay sharoitlarni yaratib berdi. Feodal jamiyati savdo-sotiq ishlarida faol qatnashgan guruhlarining xonlar (Shayboniyxon, Ubaydulla Sulton, Abdullaxon II) ning davlatni markazlashtirish siyosatini qo'llab-quvvatlaganliklarini qisman ana shu bilan izohlash mumkin.

Savdo munosabatlarining ancha kengayishi va hunarmandchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi (ayniqsa XVI asrning dastlabki o'n yilliklarida) hunarmandlar tabaqasining madaniy jihatdan birmuncha o'sishiga yordam berdi. Bu tabaqaning muayyan qismi (asosan badavlat qismi) hunarmandchilik bilan bir qatorda, adabiyot va musiqa bilan ham shug'ullanar edi. Vosifiy o'z asarlarida Samarqand hunarmandlarining faoliyatidagi ana shu jihatlarni yaxshi tasvirlagan. Ular feodallarning ma'rifatli namoyandalari bilan birga savdo do'konlari va hunarmandchilik

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

ustaxonalarida yig'ilishib, adabiy munozaralar o'tkazishar, she'rlar yozishar, musiqa asarlari yaratar edilar.

Shayboniylar davrida xonlikda hunarmandchilikning rivojlanishi bilan hamohang ichki va tashqi savdo taraqqiy etib bordi. Ichki savdoning rivojlanishi natijasida Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz, Qarshi, Balx kabi shaharlarning iqtisodiy qudrati o'sib bordi. 1558-yilda Buxoroda bo'lgan Antoniy Jenkinson "Buxoro shahrida har yili xonlikka qo'shni bo'lgan Hindiston, Fors, Balx, Rossiya va boshqa turli mamlakatlardan, shuningdek, ilgarilari, xavf-xatarsiz o'tib ketish mumkin bo'lgan davrlarda esa, Xitoydan ham yirik karvonlar bilan keluvchi savdogarlarning quriltoyi bo'lib o'tganligi"ni yozadi. Lekin muallif bu savdogarlarning kam mol olib kelishi hamda keltirilgan mahsulotlari uzoq vaqt sotilmay qolishiga ham urg'u beradi. Bu ma'lumotda asos bor, albatta. Chunki, Antoniy Jenkinson Buxoroga kelgan 1558-1559-yillarda xonlikda siyosiy parokandalik hukm surayotgan bo'lib, bu savdoning rivojiga to'siq bo'lar edi.

Yuqorida keltirilgan Antoniy Jenkinsonning ma'lumotlaridan bilishimiz mumkinki bu omillar o'z navbatida qo'shni Xorazm xonligi bilan Buxoro o'rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo'lgan. Chunki bunday fikrlashimizga to'lib asos bor. Birinchidan yuqorida sanab o'tilgan davlatlardan farqli ravishda Xorazm Buxoroga eng yaqin hudud bo'lgan. Ikkinchidan har ikkala xonlik aholisida til yaqinligining mavjud ekanligi ham savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojidagi omillardan biri bo'lgan.

Savdo birinchi galda hunarmandchilik bilan uzviy bog'langan edi. Hunarmandlar ishlab chiqargan turli-tuman mahsulotlar bilan savdo ko'pincha muayyan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Odatda, bunday shahslar ismlariga ular sotadigan mahsulot nomiga "furush" (forscha - sotuvchi) so'zini qo'shib ishlatganlar. Xususan, Jo'ybor shayxlari arxiviga oid hujjatlarda ipak sotuvchi "Xo'ja Piri Abrishimfurush", "Ali Darvish Ranginfurush", "Mavlono Qurbon Kafshfurush", "Mavlono Sulton Ali Qog'ozfurush" kabi nomlami uchratish mumkin.

Shunday qilib, shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Buxoro xonligida ichki va tashqi savdo taraqqiy etdi. Savdoning rivojlanishidan hukmdorlarning o'zlari manfaatdor bo'lishgan. Chunki, mamlakat iqtisodining rivojlanishida bevosita savdo-sotiqning o'rni alohida ahamiyatga ega edi. Shu bois, shayboniy sultonlar savdoni rag'batlantirishga xizmat qiladigan savdo obyektlari qurilishi, karvonsaroylar va rabotlar xizmatlarini rag'batlantirish hamda yo'llarning xavfsizligini ta'minlash borasida amaliy harakatlar qilganlar.

Buxoro va Xiva xonliklaridagi savdo-sotiq ishlari bilan bog'liq ma'lumotlar bizga asosan turli davrlarda xonliklarga tashrif buyurgan chet el mualliflari asarlarida ham yetib kelgan. Xiva xonligining iqtisodiy hayotida ipakchilik yuqori o'rin tutgan. Ingliz savdogari Roman Gok Xivada tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari va ustaxonalar haqida atroflicha ma'lumot berishga harakat qilgan. Iqtisodiy yuksalish davrida ipak uchun buxorolik savdogarlar ham Xivaga kelishgan. Xivalik hunarmandlar mahalliy va Buxorodan keltirilgan ipakdan "uncha chiroyli bo'lmasada", lekin "o'zining pishiqligi bilan ajralib turadigan" ipak matolar to'qiganlar.

Xivada yaxshi ipak yetishtirilishini ta'kidlagan Mak Gaxan butun vohada oq tut daraxtlari ekilishi hamda har bir xonadonda 2-3 xona ipak qurti boqish uchun ajratilganiga guvoh bo'lgan. Bu borada "ipak tayyorlash, ishlov berish jarayoni primitiv shaklda, [lekin] sifati ancha yaxshi. Shakl va rang berishda, Buxoro va Qo'qonnikidan farqli o'laroq, quyosh nurlarida yarqirab, tovlanib turuvchi ranglar berish usullari bu yerda ma'lum emas» deb o'z mulohazalarini bildirgan.

Xiva xonligining Rossiya bilan savdo qiluvchi savdogarlari "kolochi", Buxoro, Eron, Afg'oniston bilan savdo qiluvchilari esa "buxorchi" deb atalgan.

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Xonliklar davri savdo aloqalarini o'rganar ekanmiz ular nafaqat o'zaro balki tranzit savdo aloqalarini ham olib borganliklarini bilib olamiz.

Xivalik savdogarlar turli xorij tijoratchilari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lgan ana shunday savdo markazlaridan yana biri Buxoro shahri edi. A. Jenkinsonning ma'lumotlari orqali Buxoroda har yili o'tkazilgan Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakat savdogarlarining anjumani va unda Buxoro savdogarlari va Xorazm savdogarlarining faol qatnashganliklari haqida bilib olamiz.

Yuqoridagi ma'lumotlar Xorazm xonligining tashqi savdo aloqalarida muhim ro'l o'ynagan savdo markazlari, ularning ko'lami va ahamiyati haqida ma'lum bir tasavvurni beradi. Shu bilan birga, Xorazm xonligiga boshqa davlatlardan kelti- rilgan mollar hamda chetga chiqarilgan qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari haqidagi ma'lumotlar Xorazm o'lkasining iqtisodiy ahvoli va tashqi savdo-tijorat imkoniyatlari borasida kengroq xulosa chiqarishga yordam beradi.

Tarixiy asarlar orqali, afsuski, Xiva xonligining iqtisodiy imkoniyatlari haqida to'liq statistik ma'lumotlarga ega bo'lish qiyin. Bu borada xorijiy shaxslarning esdalik va xotiralari ma'lum darajada tasavvur hosil qilishga yor- dam beradi. XIX asr o'rtalariga tegishli ana shunday ma'lumotlardan birida ko'rsatilishicha, "yo'llar ochiq va tinch bo'lib, karvonlar bordi-keldi qilib tursa, [savdodan] yiliga 25 000 tillo daromad olingan, hammasi bo'lib jami viloyatlar davlatga 250 000 tillo foyda keltirgan".

Buxoroda qizg'in savdo olib borgan xorazmlik savdogarlarning u yerda maxsus karvonsaroylari bo'lib, ular "urganji karvonsaroylari" deb atalgan. 1694 yilda bu yerga 80 ga yaqin rus savdogarining kelganligini ma'lum qilgan O. Berton Jo'ybor shayxlari tomonidan barpo etilgan "urganji karvonsaroylari" Eron va Arab davlatlaridan kelgan savdogarlarga ham xizmat qilganligini ta'kidlagan. XULOSA

Shunday qilib, so'zimizni xulosalaydigan bo'lsak shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Buxoro xonligi va Xorazmda o'zaro ichki va tashqi savdo taraqqiy etdi. Savdoning rivojlanishidan har ikkala xonlik hukmdorlarning o'zlari ham manfaatdor bo'lishgan. Chunki, mamlakat iqtisodining rivojlanishida bevosita savdo-sotiqning o'rni alohida ahamiyatga ega edi. Shu bois, shayboniy va arabshohiy sultonlar savdoni rag'batlantirishga xizmat qiladigan savdo obyektlari har ikkala xonlik hududida ham qurilishiga, karvonsaroylar va rabotlar xizmatlarini rag'batlantirish hamda yo'llarning xavfsizligini ta'minlash borasida amaliy harakatlar qilganlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A. Sagdullaev, O'. Mavlonov, D. Mahkamova. O'rta Osiyoda O'rta asrlar savdo-sotiq tizimi. - T.: Akademiya. 2012.

2. Buxoro xonligi tarixi : metodik qo'llanma / A. Zamonov. - Toshkent: Bayoz, 2021. - 149 b.

3. Burton A. The Bukharans a Dinasti, Diplomatic and Commercial History. 1500 - 1702. -Great Britain, 1997.

4. Great power rivalry in Central Asia, 1842 - 1880. Vol. V. Campaigning on the Oxus and Fall the Khiva. J.A. Macgahan / Ed. by M. Ewans. London, 2006.

5. Дженкинсон А. Путешествие в Среднию Азию ...

6. Муминов И.М., Самарканд тарихи. - Тошкент: Fan, 1971.

7. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 гг., гвардейского Генерального Штаба капитана Николая Муравьева, посланного в сии странь» для переговоров. - М.: 1822. Часть 1.180 с. Часть II.

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

8. Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI - середина XIX в.). - М.: 1958.

9. Исмоил Мирпанжий. Асирликдаги хотиралар (Эрон генерали Исмоил Мирпанжийнинг Хуросон, Марв ва Хивада бошидан кечирган вокеалар баёни) / Форс тилидан Набибулло Х,асан таржимаси. - Урганч-Хоразм, 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.