Научная статья на тему 'XVIII ASR OXIRI VA XIX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI BILAN ROSSIYA IMPERIYASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI'

XVIII ASR OXIRI VA XIX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI BILAN ROSSIYA IMPERIYASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1839
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PAXTA / IP / MOVUT / TOʻQIMACHILIK / QAND / METALL / OLTIN / MANGʻISHLOQ / ASTRAXAN SAVDO YOʻLLARI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Lapasov M.X.

Ushbu maqolada XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi oʻrtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlanishi. Xiva xonligining tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bogʻliq ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC RELATIONS BETWEEN THE KHIVA KHANATE AND THE RUSSIAN EMPIRE IN THE LATE XVIII TH AND EARLY XIX TH CENTURIES

This article discusses the development of trade and diplomatic relations between the Khiva Khanate and the Russian Empire in the late XVIII th and early XIX th centuries. The active participation of the Khiva khanate in foreign trade relations is connected with its political, economic and cultural development.

Текст научной работы на тему «XVIII ASR OXIRI VA XIX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI BILAN ROSSIYA IMPERIYASI OʻRTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI»

Lapasov M.X.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi o (qituvchisi

XVIII ASR OXIRI VA XIX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGI BILAN ROSSIYA IMPERIYASI O'RTASIDAGI IQTISODIY MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI

Annotatsiya: Ushbu maqolada XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlanishi. Xiva xonligining tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bog'liq ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: paxta, ip, movut, to'qimachilik, qand, metall, oltin, Orenburg, Mang'ishloq, Astraxan savdoyo'llari.

Lapasov M.Kh. teacher

Presidential School in Jizzakh Uzbekistan, Jizzakh

THE DEVELOPMENT OF ECONOMIC RELATIONS BETWEEN THE KHIVA KHANATE AND THE RUSSIAN EMPIRE IN THE LATE XVIII TH AND EARLY XIX TH CENTURIES

Abstract: This article discusses the development of trade and diplomatic relations between the Khiva Khanate and the Russian Empire in the late XVIII th and early XIX th centuries. The active participation of the Khiva khanate in foreign trade relations is connected with its political, economic and cultural development.

Keywords: cotton, yarn, wool, textiles, sugar, metals, gold, Orenburg, Mangyshlak, Astrakhan trade routes.

KIRISH

Xiva o'zining geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo'li bilan ta'minlanganligi sababli O'rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo'lgan. Xiva xonligi karvon yo'llari ustida joylashganligi uchun Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida muhum o'rin egallagan. Xiva xonligi G'arb bilan Sharq o'rtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bog'liq. XVIII asrga kelib O'rta Osiyo bilan Rossiya orasidagi diplomatik jarayonlar yanada jonlandi. Bu esa O'rta Osiyo boyliklariga Rossiya ichki bozori talablarining ortib borishi natijasi edi[1].

XVIII asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasidagi savdo va diplomatik aloqalar avvalgiga nisbatan bir muncha rivojlandi. Bu davrda Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi savdo aloqalarining rivojlanishining asosiy sabablaridan biri Rossiyada to'qimachilik sanoati taraqqiy etib, xomashyoga bo'lgan talabining oshishi edi. Xiva xonligida esa mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirish va Rossiya bilan bo'lgan savdoni rivojlantirish uchun talabi kundan-kunga oshmoqda edi[2].

XIX asrning birinchi choragida Xiva xonligining Rossiya bilan savdosi rivojlandi. Xiva xonligi savdogarlari o'z qo'shnilari Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi, Eron, Afg'oniston va boshqa davlatlar bilan ham savdo-sotiq aloqalarini olib borgan bo'lsalar ham, ammo uning uchun eng qulay va eng foydali savdo Rossiya bilan bo'ladigan savdo edi. Shuningdek Xivalik savdogarlar Buxoro amirligidan olgan mollarining bir qismini o'zida sotib, qolgan mollarni Rossiya hududiga olib chiqib sotishgan[3]. Xivadan Rossiyaga paxta xomashyosi, charm buyumlar, dag'al kaliska, shoyi va yarim ipak gazlamalar, qo'zichoq terisi va boshqa tovarlar olib kelingan. Rossiyadan Xivaga metall, metall buyumlar, yevropa matolari, baxmal, qand, oynalar, yigirilgan oltin, kumush, yupqa kanvas olib kelingan[4]. Bu vaqtlarda Xiva xonligi Rossiya imperiyasi bilan savdoni, asosan, Orenburg va Astraxan orqali olib borib, savdogarlar imperiya bozorlariga qo'yilmaganligi uchun savdo muomalalari ko'pincha ayirboshlash xarakterida bo'lgan[5]. 1787 yildan 1796 yilgacha bo'lgan davrda Orenburg o'lkasi orqali Xiva va Buxoro bilan savdo faqat ayirboshlash xarakteriga ega edi. 1787-1797-yillarda Orenburg savdo yo'li orqali Rossiyadan Xiva xonligiga 4182 ming so'mlik mol chiqarilgan bo'lsa, Xiva xonligida Rossiya hududiga 4615 ming so'mlik savdo mollari kiritilgan. Rossiyalik savdogarlar bu qisqa muddat ichida

50 ming so'mga yaqin oydaga ega bo'lganlar[6" . Quyidagi jadvalda qarang:1

Savdo yo'nalishi 1787 1788 1789 1790 1791 1792 1793 1794 1795 1796

Xivadan 8.3 28.3 31.0 57.1 75.4 10.1 40.3 119.1 40.6 51.4

Rossiyaga eksport qilish

Rossiyadan 7.4 25.2 27.9 54.2 67.9 8.1 37.1 107.2 34.5 43.7

Xivaga eksport qilish

Astraxan shahri orqali o'zbek xonliklari bilan tovar ayirboshlash hajmi XVIII asr oxirida Xivadan Rossiyaga o'rtacha yillik import 200 ming rubldan 500 ming rublgacha, Xivaga esa 100 ming rubldan 300 ming rublgacha eksport qilingan. Bu yerda savdo ayirboshlash xarakteriga ega emas edi. Rossiyadan metall, metall buyumlar va g'allani olib chiqish taqiqlanganligini hisobga olib, Xivaga savdogarlari mahfiy ravishda bu mahsulotlarni oltin bilan yashirin olib kelingan. Rasmiy ravishda oltinni eksport qilish taqiqlangan. 1802-yil uchun yillik savdo aylanmasining hajmi Rossiya eksporti uchun 500 ming rubl miqdorida belgilandi. Shuni yodda tutish kerakki, Xiva bilan savdo-sotiq

Buxoroni ham o'z ichiga olgan bo'lsa kerak, chunki keyingi yillarda bizda Xivaning Buxoro bilan rus tovarlari bilan tranzit savdosi rivojlangan[7].

XIX asr boshlarida Rossiyaning Xiva bilan savdosining salmoqli qismi Mang'ishloq va Astraxan orqali, 1824-1827-yillarda Rossiyadan Xivaga tovarlar eksporti 1804-1807-yillarga nisbatan jami ikki yarim baravardan ortiq ko'paygan[8]. 1801-yildan beri Rossiya hukumati tomonidan xonliklarga temir, mis, po'lat va cho'yan olib kirishga ruxsat berilganligi alohida ahamiyatga ega edi. Xiva bu tovarlarni faqat Rossiyadan olishi mumkin edi. shulardan xivaliklar qurol-yarog', unumdor qishloq xo'jaligi asboblari, kemalar uchun mahkamlagichlar va eng zarur uy-ro'zg'or buyumlarini yasagan[9]. Bundan tashqari, Rossiyadan oltin va kumush tangalar olib kelingan. Xivalik savdogarlar boshqa davlatlardan, masalan, Hindistondan yoki Xitoydan tovarlar sotib olayotganda, Rossiya oltin tangalari bilan to'laganlar[10].

O'zbek xonliklari bilan Rossiya o'rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi bu xonliklar xo'jaligining ushbu savdoning normal faoliyat yuritishiga bog'liqligining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Masalan, 1836-yilda Rossiya bilan Xiva o'rtasida savdo aloqalari uzilganida, Xivada sanoat mahsulotlari narxi 15%, yuft narxi 100%, kinobar narxi 150%, paxta xom ashyosi narxi 50% ga kamaydi[11].

Shuningdek rus savdogarlari hukumatga O'rta Osiyoga Rossiya ta'sirini yoyish orqali umumiy yordam berishdan tashqari, bir qancha maxsus harbiy-siyosiy vazifalarni ham bajardilar. Ular orasida birinchi o'rinda xonliklarning ahvoli to'g'risida ma'lumot to'plash va Rossiya bilan yaqinlashish uchun tashviqotni qo'yish, bu masala bo'yicha Orenburg harbiy gubernatori Perovskiyning O'rta Osiyo bilan savdo qilgan G'arbiy Sibir va Orenburg o'lkasining savdogarlari uchun imtiyozlarni kengaytirish zarur deb hisobladi, chunki bu chora bir tomondan fabrikamiz va ishlab chiqarish mahsulotlarining ko'proq sotilishiga yordam beradi, ikkinchidan, bu joylarda sodir bo'lgan voqealar haqida eng aniq ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi, bu biz uchun juda muhim. E.N. Kushevaning yozishicha, harbiy topograf Zelenin Rossiyadan Xivaga borgan savdogar Pichugin karvonida qatnashgan[12]. Savdogar Deev kapitan Nikiforovning Xivadagi topshirig'iga ko'rsatgan bir qator xizmatlari haqida bu missiya boshlig'i Nikiforovning o'zi ham xabar beradi. Xususan, Deev orqali Nikiforovdan Orenburgga maktublar yetkazilgan, Rossiya kon missiyasi boshlig'i Butenevga ham Buxoroga pul jo'natilgan. O'rta Osiyo aholisi o'rtasida Rossiya bilan yaqinlashish va birinchi navbatda qozoqlar o'rtasidagi tashviqotga Orenburg harbiy gubernatori Perovskiyning rus savdogarlarining bu boradagi faol ishtirok etishgan.

Bu davrda Xiva xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi savdo va diplomatik aloqalarni o'rganishda O'rta Osiyoga 1803-yilda poruchik Gvardevskiy rahbarligida yuborilgan harbiy savdo karvoni garchi u muvaffaqiyat qozonmagan[13]. 1819-1820-yillarda Kavkaz armiyasining bosh qo'mondoni A.P.Ermolov[14] tomonidan mayor Ponomarov va kapitan N.N.Muravyov

Rossiyaning XIX asrning 20-yillarida Xiva xonligi va Kaspiy dengizining sharqiy qirg'ogida yashovchi turkman qabilalari bilan olib brogan diplomatik va savdo munosabatlarini yoritishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi[15]. N.N.Muravyov elchiligi turkmanlar bilan aloqa o'rnatish va ularning hududlaridan Xiva, Buxoro va shimoliy Hindistonga savdo yo'llarini ochish edi[16]. N.Muravyov Muhammadrahimxon I ga A.P.Ermolov nomidan Rossiya bilan yaqin aloqa bog'lashni hamda savdo aloqalarini Mang'ishloq orqali yurgizmasdan, balki Krasnovodsk orqali yurgizishni taklif qiladi bu yo'l 17 kunlik yo'l bo'lib, Xiva savdogarlari uchun o'zlariga kerak bo'lgan mollarni Astraxandan keladigan kemalardan olishlari yoki ayirboshlashi mumkin edi[17]. Muhammadrahimxon N.Muravyovning savdoni Krasnovodsk orqali yurgizish taklifini bu yerda yashovchi yovmutlarning ko'pchiligi Eron Qojarlar sulolasiga xizmat qiladi, shuning uchun Xiva savdogarlari xavf ostida bo'ladilar deb rad qiladi[18]. XULOSA

Xiva bilan Rossiya munosabatlarining muhum jihati o'zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor bo'lgan. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo'llari xavfsiz edi. Xiva xonligida Rossiyaning zavod va fabrikalarida ishlab chiqarilgan tayyor iste'mol tovarlariga ehtiyoj katta edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligiga o'z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlarining Yevropaning ilg'or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila omlayotgan davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi Rossiya sanoati uchun zarur xom ashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o'lka ham hisoblanar edi[19]. Shuning uchun ikki mamlakatning o'zaro iqtisodiy va diplomatik aloqalari yanada rivojlandi. Shu boisdan ham, Xiva xonligi bilan olib boriladigan munosabatlar Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Р.Р.Алимова. Урта Осиё хонликларининг кушни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иктисодий муносабатлари (XVI-XX аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 68-75-бет

2. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.139

3. Н.Муравьев. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 годах, гвардейского генерального штаба капитана Николая Муравьева, посланного с сии страны для переговоров. М, 1822, II, С. 92-93

4. Камолов С.К. Каракалпаки в XVI-XX веках. Т. Фан. 1968. С. 171-172

5. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140

6. Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 8-9

7. Уша асар. С. 11

8. А.М.Аминов. Экономическое развитие Средней Азии. Стр. 54

9. М.Иванин. Хиви и река Амударья. Стр. 73

10. Ю.А.Гагемейстр. О торговом значеннии Средней Азии в отношение к России, "Русский вестник", 1862, №10, стр.714

11. Е.В.Бунаков. К вопросу о сношениях России с среднеазиатскими ханствами в XIX в., Советское востоковедение. Т. II. М.,Л., 1941 С. 18

12. Е.Н.Кушева. Средиазиатский вопрос и русская буржуазия в 40-е годы XIX в.

13. Жуковский С. Сношение Росси с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Петроград. 1915. С. 103

14. Р.Р.Алимова. Урта Осиё хонликларининг кушни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иктисодий муносабатлари (ХУ1-ХХ аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 86-бет

15. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.140

16. Саидбоев З. Европада Урта Осиёга оид тарихий картографик маълумотлар (XVI- XIX асрлар). Т. "Фан". 2008. 80-бет.

17. Н.Веселовский. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве с древнейших времен до настоящего. СПб. 1877. С.186

18. А.Р.Мухаммаджонов, Т.Неъматов. Некоторые источники к истории взаимоотношений Бухары и Хивы с Россией. Т.1957.С.143-144

19. Р.Р.Алимова. Урта Осиё хонликларининг кушни давлатлар билан дипломатик ва савдо-иктисодий муносабатлари (ХУ1-ХХ аср бошлари рус тарихшунослиги ва манбалари асосида). Т. 2017. 71-бет

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.