Научная статья на тему 'XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGI BILAN ROSSIYA O‘RTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI TARIXIDAN'

XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGI BILAN ROSSIYA O‘RTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5198
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Buxoro / Moskva / Antoniy Jenkinson / Hofiz Tanish al-Buxoriy / “Abdullanoma” / S.V.Jukovskiy / Russov / Ya.V.Xanikov / German / Zavyalov / N.I.Veselovskiy / V.Ulyaniskiy / O‘tamish xoji. / Bukhara / Moscow / Anthony Jenkinson / Hafiz Tanish al-Bukhari / “Abdullanoma” / S.V. Zhukovsky / Russov / Ya.V. Khanikov / German / Zavyalov / N.I. Veselovsky / V. Ulyanisky / O’tamish Haji.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Alimova, Raxima Ruskulovna

Mazkur maqolada XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalari tarixi mahalliy va rus manbalari asosida yoritib beriladi. Unda 1558-1559 yillarda Buxoroda bo‘lgan Antoniy Jenkinson elchiligi, 1563-1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga borgan elchilarni kutib olish, va 1583 yilda Buxorodan Moskvaga elchi bo‘lib borib qaygan elchilik va boshqa aloqalar xususida ma’lumotlar beriladi. XVI asr mahalliy muallif, tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriyning Markaziy Osiyo va Xurosonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlarga boy bo‘lgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) asari va S.V.Jukovskiy, St.Russov, N.Veselovskiy kabi bir qator rus mualliflarining asarlarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi elchilik aloqalari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF EMBASSY RELATIONS BETWEEN THE BUKHARA KHANATE AND RUSSIA IN THE SECOND HALF OF THE 16TH CENTURY

This article covers the history of embassy relations between the Bukhara Khanate and Russia, which began to take shape in the second half of the 16th century, based on local and Russian sources. It contains information about the embassy of Anthony Jenkinson in Bukhara in 1558-1559, the meeting of ambassadors from Bukhara and Khiva to Moscow in 1563-1564, and the embassy and other contacts in Bukhara in 1583 as an ambassador to Moscow. The 16th century local author, historian Hafiz Tanish al-Bukhari's work ";Abdullanoma" ("King of Honor"), rich in information about the political, socio-economic and cultural life of Central Asia and Khorasan, and S.V.Jukovsky, St.Russov, The works of a number of Russian authors, such as N.Veselovsky, analyze the embassy relations between the Bukhara Khanate and Russia.

Текст научной работы на тему «XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGI BILAN ROSSIYA O‘RTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI TARIXIDAN»

Scientific Journal Impact Factor

XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGI BILAN

ROSSIYA O'RTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI TARIXIDAN

Raxima Ruskulovna Alimova

TDSHU, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi dotsenti, tarix

fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalari tarixi mahalliy va rus manbalari asosida yoritib beriladi. Unda 1558-1559 yillarda Buxoroda bo'lgan Antoniy Jenkinson elchiligi, 1563-1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga borgan elchilarni kutib olish, va 1583 yilda Buxorodan Moskvaga elchi bo'lib borib qaygan elchilik va boshqa aloqalar xususida ma 'lumotlar beriladi. XVI asr mahalliy muallif, tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriyning Markaziy Osiyo va Xurosonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma'lumotlarga boy bo'lgan "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shohiy") asari va S.V.Jukovskiy, St.Russov, N.Veselovskiy kabi bir qator rus mualliflarining asarlarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o 'rtasidagi elchilik aloqalari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Buxoro, Moskva, Antoniy Jenkinson, Hofiz Tanish al-Buxoriy, "Abdullanoma", S.V.Jukovskiy, Russov, Ya.VXanikov, German, Zavyalov, N.I. Veselovskiy, V.Ulyaniskiy, O 'tamish xoji.

ABSTRACT

This article covers the history of embassy relations between the Bukhara Khanate and Russia, which began to take shape in the second half of the 16th century, based on local and Russian sources. It contains information about the embassy of Anthony Jenkinson in Bukhara in 1558-1559, the meeting of ambassadors from Bukhara and Khiva to Moscow in 1563-1564, and the embassy and other contacts in Bukhara in 1583 as an ambassador to Moscow. The 16th century local author, historian Hafiz Tanish al-Bukhari's work "Abdullanoma" ("King of Honor"), rich in information about the political, socio-economic and cultural life of Central Asia and Khorasan, and S. V.Jukovsky, St.Russov, The works of a number of Russian authors, such as N. Veselovsky, analyze the embassy relations between the Bukhara Khanate and Russia.

Keywords: Bukhara, Moscow, Anthony Jenkinson, Hafiz Tanish al-Bukhari, "Abdullanoma", S.V. Zhukovsky, Russov, Ya.V. Khanikov, German, Zavyalov, N.I. Veselovsky, V. Ulyanisky, O 'tamish Haji.

Scientific Journal Impact Factor

АННОТАЦИЯ

В статье на основе местных и русских источников рассматривается история посольских отношений Бухарского ханства с Россией, которые начали складываться во второй половине XVI века. В нем содержится информация о посольстве Энтони Дженкинсона в Бухаре в 1558-1559 годах, встрече послов из Бухары и Хивы в Москву в 1563-1564 годах, а также о посольстве и других контактах в Бухаре в 1583 году в качестве посла в Москве. Богатый информацией о политической, социально-экономической и культурной жизни Средней Азии и Хорасана, местный автор XVI века, историк Хафиз Таниш аль-Бухари «Абдулланома» («Король чести») и С.В. Юковский, Святой Русов , В трудах ряда русских авторов, таких как Н. Веселовский, анализируются посольские отношения Бухарского ханства с Россией.

Ключевые слова: Бухара, Москва, Энтони Дженкинсон, Хафиз Таниш аль-Бухари, «Абдулланома», С.В. Жуковский, Руссов, Я.В. Хаников, Герман, Завьялов, Н. Веселовский, В. Ульянинский, Отамиш Хаджи.

KIRISH

O'rta Osiyo xalqlari qadimdan qo'shni davlatlar bilan yaqin iqtisodiy-savdo munosabatlariga kirishgan. Ayniqsa, asrlar osha mintaqaning Sharqni G'arb bilan bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li ustida qulay makonda joylashganligi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo'shni davlatlarda yetarlicha ehtiyojning mavjudligi, boshqa mamlakat aholisini bu hududga tortgan. Xorij davlatlari bilan savdo aloqalaridan O'rta Osiyo xalqlari ham manfaatdor bo'lgan. Shuning uchun ular o'rtasida doimiy ravishda savdo karvonlari qatnab turgan. O'rta Osiyo bilan savdo aloqalari o'rnatgan davlatlar soni keyinchalik oshib borgan. Xususan, O'rta Osiyo xonliklari Rossiyaning ham e'tiborini torta boshlagan. XVI asrdan O'rta Osiyoning xonliklarga bo'linib ketishi oqibatida har bir xonlik alohida Rossiya bilan munosabatlarga kirisha boshlagan. Bu munosabatlar dastlab an'anaviy tarzda boshlangan bo'lsa, XVI asrning ikkinchi yarmidan rasmiy tus ola boshlagan. Shuni ta'kidlash lozimki, bu aloqalardan har ikki mamlakat aholisi manfaatdor bo'lgan. O'rta Osiyo tovarlariga Rossiyada, rus tovarlariga O'rta Osiyoda ehtiyoj mavjud bo'lgan. Shuning uchun ular o'rtasidagi aloqalar asta-sekin jadallashib borgan. Bu aloqalar to'g'risida mahalliy mualliflarning va rus mualliflarining asarlarida yetarlicha ma'lumotlar berilgan. Eslatib o'tish lozimki, ayrim manbalar ko'rib o'tilayotgan davrda yozilgan bo'lsa, rus mualliflarining asarlari nisbatan keyingi davrlarda nashr qilingan. XIX asrda Rossiya sanoatining rivojlanishi, rus sanoatining O'rta Osiyoda yetishtirilgan mahsulotlarga ehtiyoji oqibatida rus sanoatchilari va

Scientific Journal Impact Factor

davlat rahbarlarining xonliklarni yaqindan bilishga intilishi kuchayishi natijasida so'nggi asrlarda rus tadqiqotchilari asarlari ko'payib borgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi elchilik aloqalari mahalliy va rus manbalarida o'zining aksini topgan. O'rta Osiyoda XVI asr oxirlarida yaratilgan muhim tarixiy geografik asarlardan biri Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shohiy") asaridir. Bu asar Buxoro xoni Abdullaxon II ning (1583-1598) tarixi bo'lganligidan "Abdullanoma" nomi bilan ham mashhurdir. Uni buxorolik shoir, tarixchi va o'lkashunos Hofiz Tanish Buxoriy 1584-1591 yillar oralig'ida yozgan1. Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomayi shohiy") asari O'rta Osiyo xalqlarining XVI asrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Asar daliliy ashyolarga boyligi, tarixiy voqea - hodisalarning atroflicha yoritilganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Hofiz Tanish Buxoriy asardagi ko'p voqealarning o'zi guvohi bo'lgan, ayrimlarini shohidi bo'lgan kishilardan eshitib yozganligi uchun ham bu asar juda qimmatli manba sanaladi.

Ko'rib o'tilayotgan davrdagi mazkur munosabatlar masalalari qator rus tadqiqotlarida ham o'zining aksini topgan. Masalan, Ya.V.Xanikov o'zining Orol dengizi xaritasiga bag'ishlangan asarida O'rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya davlati o'rtasida Amudaryo qirg'oqlari orqali o'tgan aloqalar VIII asrdan ma'lum bo'lib, bu ma'lumotlar haqida Rossiyadan topilgan tangalar guvohlik beradi, deb yozgan2.

Russov o'zining "1753 yilda Orenburgdan Xivaga samaralik savdogar Rukavkinning sayohati" kitobida3 XIV asr o'rtalarida Nijniy Novgorod ostonalarida ko'plab buxorolik va xivaliklar kelganligini qayd etgan4.

S.V.Jukovskiy o'zining "Uchyuz yil davomida Rossiyaning Buxoro va Xiva bilan aloqalari" nomli asarida o'zidan oldin Buxoro va Rossiya o'rtasidagi savdo aloqalari masalasidagi elchiliklar to'g'risida ma'lumot bergan, ayniqsa Oltin O'rdaning qulashi, Ruslar tomonidan 1552 yil Qozonni, 1554 yilda Astraxanni bosib olinishi natijasida juda ko'plab buxorolik va xivalik hukmdorlar Moskvaga savdo aloqalarini jonlantirish masalalarida o'zlarining elchilarini jo'nata boshlaganligi, Moskva hukmdorlari esa ularga e'tiborli bo'lganliklari, XVI-XIX asrlar davomida O'rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya o'rtasida davom etgan elchilik va savdo-

1H.Hasanov. Sayyoh olimlar. - Toshkent. "О^ЬеШоп". 1981. - B. 210-212.

2 Я.В.Ханыков. Пояснительная записка к карте Аральскаго моря и Хивинскаго ханства. Записки Имп. Рус. Географ. Общества. Кн. V. 1851. - С. 282.

3 Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10.

4 Руссов. - С. 357.

iqtisodiy aloqalarni e'tirof qilgan5. Bu asar O'rta Osiyo xonliklari va Rossiya aloqalarini ko'proq xronologik tartibdagi ma'lumotnomalaridan iborat bo'lgan.

V.V.Bartold 1911 yilda Sankt-Peterburgda nashr qilgan "Evropa va Rossiyada Sharqning o'rganilish tarixi" asarida Rossiya bilan Buxoro o'rtasidagi aloqalarning o'rnatilishida Rossiya ham emas, xonliklar ham emas, Jenkinson tashabbus ko'rsatgan, degan fikrni ilgari surgan6.

German, Zavyalov, N.I.Veselovskiy, V.Ulyaniskiy asarlarida O'rta Osiyo xonliklari tarixi bilan bog'liq ma'lumotlari orasida XVI asrning ikkinchi yarmida, xususan Antoniy Jenkinsonning Buxoroga kelishi va Moskvaga qaytib ketishi bilan bog'liq jarayonlar tahliliga alohida to'xtalib o'tishgan7.

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, XVI asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya o'rtasidagi elchilik aloqalari asosan iqtisodiy-savdo xarakteriga ega bo'lib, ular ikki davlat o'rtasida savdo aloqalarini davom ettirish, Rossiyaning boshqa viloyatlarida ham o'rtaosiyolik savdogarlarning erkin savdo qilishiga imkoniyat berish, o'rta osiyolik hukmdorlar uchun lochin va shunqorlarni sotib olishga ruxsat berish kabi kelishuvlarni ilgari surgan. Ikki mamlakat manfaatlari bir nuqtaga qaratilganligi uchun hatto Moskva hukmdorlari o'rtaosiyolik savdogarlarning tovarlaridan boj solig'ini olishni bekor qilishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlar o'rta asr mualliflari asarlarida o'z aksini topgan. Manbalar va tadqiqot asarlarida Shayboniylar davlatining Hindiston, Afg'oniston, Eron, Xitoy va Rossiya mamlakatlari bilan savdo munosabatlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Shulardan biri Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" asari hioblanadi. Muallif asarda Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy munosabatlariga oid, o'lkaning geografiyasi va topografiyasi hamda qo'shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalariga doir qimmatli ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Asarda Abdullaxon davlatining Hindiston va Rossiya bilan savdo aloqalari to'g'risida ma'lumot beriladi. "Abdullanoma" asarida esa tashqi savdo aloqalari aks etgan holatlarda ayrim manbalarda e'tibordan chetda qolgan ma'lumotlarni uchratish mumkin. Manbada faqatgina Hindiston va Rossiya bilan olib

5 Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. - Пг., 1915. - С. 1-2.

6 Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и в России. - СПб., 1911. - 154.

7 Герман. Исторический взгляд на сношения России с хивинское областью. Вестник Европы, 1822. - Кн. 22. - С. 150, 151; Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10. - С. 360-364; Завьялов. Исторический обзор путешествий в Бухару. Оренбургская губернския ведомости, 1854. № 20; Н.Веселовский. Очерк историко-географических сведений о хивинском ханстве от древнейших времен до настоящаго. СПб., 1877. - С. 111-112; В.Уляницкий. Сношения России с Среднею Азиею и Индиею в XVI-XVII вв. - Москва, 1889. - С. 6.

borilgan savdo munosabatlariga oid ma'lumotlar berilishi bilan cheklangan bo'lishidan qat'iy nazar, undagi savdo karvonlarining kutilmagan talonchiliklarga duch kelishi yoki tabiiy ofatlar oqibatida tovarlarning kuyib yonib ketishi haqidagi xabarlari bilan voqea va hidisalarga aniqlik kiritishi boshqa asarlardan bu manbaning farqli jihatini ko'rsatib, uning ahamiyatini oshiradi.

O'rta asrlarda O'rta Osiyo xalqlari qo'shni Sharq davlatlari qatorida shimoldagi Rossiya bilan ham o'zaro savdo-iqtisodiy munosabatlari o'rnatgan edi. Ammo bu kabi aloqalar dastlab rasmiy tus kasb etmagan. Faqat XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab O'rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya o'rtasida rasmiy diplomatik aloqalar yo'lga qo'yila boshlangan. Bu holatni Antoniy Jenkinson boshchiligidagi elchilikning 1558 yil 23 dekabrda Xiva va Buxoroga tashrif buyurishida ko'rishimiz mumkin. Rus olimi S.V.Jukovskiy A.Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: "Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham Ioann Grozniyni (birinchi rus podshosi - 15471584 - R.A.) o'z tomoniga og'dirib olgan, va go'yo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O'rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ioann Grozniy - R.A.) foydalangandir va uni, 1557 yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so'rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?»1. S.V.Jukovskiyning ma'lumotiga ko'ra, Moskvaga rus yerlarida erkin savdo qilishga ruxsat so'rab Xiva va Buxorodan elchilar kelgan va bu elchilikka javob tariqasida A.Jenkinson elchiligi jo'natilgan.

Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O'ylaymizki, S.V.Jukovskiyning ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo'lsa kerak, ya'ni podsho O'rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o'rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O'rta Osiyoga jo'natilishi Rossiyaning O'rta Osiyo savdosida ma'lum bir manfaati bo'lganligidan dalolat beradi va bu elchilik Rossiya bilan O'rta Osiyo o'rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo'l ochgan bo'lishi mumkin. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari ham birga kelishgan.

Tarixchi P.P.Ivanov missiyani baholab, Rossiya bilan O'rta Osiyo o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni Jenkinson kashf etmagan. Jenkinson bilan Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat bo'lgani azaldan Moskva -O'rta Osiyo savdo munosabatlari an'anaviy tarzda davom etganligidan dalolatdir, deb yozgan edi2. Haqiqatdan ham, 1556 yil Astraxan bosib olinganda, bu yerda

1 Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. - Пг., 1915. - С. 3.

2 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (ХУ1 — середина XIX вв.). - М.: ИВЛ. 1958. - С.76.

30

O'rta Osiyo savdogarlari bo'lgani ma'lum. Ular o'z tovarlari bilan Moskva davlati ichkarisigacha kirib borgan. Fikrimizcha, P.P.Ivanovning bu mulohazasida haqiqat bor.

1563 va 1564 yillarda Buxoro xonligidan Moskva hukmdori Ioannga elchilar kelib, buxorolik savdogarlarning Astraxan va Qozondan tashqari Rossiyaning boshqa shaharlarida ham savdo qilishlariga ruxsat berishni so'rab tortiqlar bilan kelganligini xabar qilgan8.

Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi elchilik aloqalari xususida mahalliy manbalar ham ma'lumot beradi. Hofiz Tanish Buxoriy Moskvaga jo'natilgan elchilarining mamlakatga qaytib kelishi chog'ida Urganchda elchilarning ushlab qolinganligi to'g'risidagi ma'lumotlari fikrimizni tasdiqlaydi.

Hofiz Tanish Buxoriyning Moskvaga jo'natilgan elchining mamlakatga qaytib kelishi va olib kelgan tortiqlari to'g'risidagi ma'lumotlari diqqatga sazavor. Masalan, kitobda Xorazm tomondan kishi kelib arz qilganligi, Abdullaxon shunqor va javshan olib kelish uchun Moskvaga yuborgan elchisining vataniga qaytib kelayotganligi, u Xorazmga yetib kelganda, uni Xorazm orqali Buxoroga kelishi uchun kishi jo'natishi kerakligi to'g'risidagi ma'lumotlar berilgan9. Demak, Abdullaxon hukmronligi davrida Rossiyaga Buxorodan elchilar qanday tovarlarni olib kelish uchun jo'natilganligi aniqlandi.

Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, manbada elchilik Moskvaga qachon jo'natilganligi ma'lum qilinmagan. Ammo, Abdullaxon Moskvadan qaytib kelayotgan elchini Urganchga borib kutib olish va Buxoroga kuzatib kelish vazifasini hojiyi haramayi, shariatshior O'tamish xojiga topshirgan10. O'tamish xoji manzilga yetib borib, tezda elchi keltirgan tuhfalarni birma-bir ko'zdan kechiradi. Hadyalar qatorida necha tuya, Darband sovutlari va o'n ikkita o'rgatilgan shunqor borligi ta'kidlangan11. Xullas, Rossiyada qattiq sovuq bo'lishiga qaramasdan, shunqorlar Buxoroga eson-omon keltirilgan.

Manbada Movarounnahr sultonlaridan (xonlaridan - R.A.) birortasiga shuncha shunqor birdaniga yuborilmaganligi qayd e'tiladi12. Bu ma'lumot shu davrgacha ham Rossiyaga elchilar shunqor olib kelish uchun borishganligidan darak beradi.

Elchining Moskvaga borib kelganligini S.V.Jukovskiy o'z asarida eslatib o'tgan. Unda S.V.Jukovskiy 1583 yilda Rossiya podshosi Ivan IV Moskvada xivalik va buxorolik elchilarni qabul qilganligini xabar qilgan13. Russov, N.Veselovskiy va

8 Руссов. - С. 16.

99 Hofiz Tanish al-Buxoriy. AbduUanoma ("Sharafшmayi shohiy"). ШИмЫ kitob. - Toshkent, '^Мщ", 2000. - B. 119.

10 Hofiz Tanish al-Buxoriy. AbduUanoma. Ikkinchi kitob. - B. 119.

11 Hofiz Tanish al-Buxoriy. AbduUanoma. Ikkinchi kitob. - B. 119.

12 Hofiz Tanish al-Buxoriy. AbduUanoma. Ikkinchi kitob. - B. 119.

13 С.В.Жуковский. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. - Петербург, 1915. - С. 10.

Scientific Journal Impact Factor

V.V.Bartoldlarning yozishiga ko'ra, Rossiyadan Buxoroga qaytayotgan elchini Urganchda ushlab qolgan, Abdullaxonning qattiq talabi bilan u asirlikdan ozod qilingan14.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, haqiqatda ham mazkur elchilik Rossiyaga shunqor va javshan olib kelish uchun borgan va ular Moskvada Rossiya podshosi tomonidan qabul qilingan.

Keltirilgan shunqorlardan 3 tasini Xoja Sa'duddin Abubakr Xoja Kalon ibn Xoja Muhammadga hadya tariqasida yuborgan. 2 ta shunqorni janob Nazarbiyga, 3 ta shunqorni ulug' amir, bosh no'yon Shohimbiy arg'unga bergan15.

S.V.Jukovskiy 1589 yilda Buxoro xoni Abdullaxon nomidan Muhammad Ali degan elchi Urganch elchisi Xoja Muhammad bilan birga Rossiya podshosi Fedor Ivanovich (1584-1598) nomiga bitilgan yorliq bilan elchi bo'lib Qozon dashtlari orqali kelganligini qayd etgan. Qabul vaqtida maktubda podshoning unvoni to'liq yozilmaganligi, Boris Godunovning nomi hech eslatilmaganligiga e'tiroz bildirilgan. Shuning uchun maktub munosib xushmuomalik bilan yozilmagan deb hisoblangan. Rus podshosining farmoni bilan elchilar orqali Buxoro xoniga jo'natiladigan maktub tayyorlanadi. Boyar va miroxo'r Boris Fedorovich Godunov (1598-1605) xonga bitilgan yorliqda "Bizning Oliy podsho, Rus yerining Buyuk Knyazi Fedor Ivanovichga Rim, Ispan va boshqa mamlakat hukmdorlari muloyimlik va hurmat hamda mehr bilan yozishadi", deb e'tirof qilgan. Podsho elchi Mahammad Alidan g'azablanmaydi va unga talab qilingan shunqorlarni berdirtiradi va rus mollaridan undiriladigan oddiy bojni to'lashdan ozod qilinadi. Buxoro xoni Abdullaxon nomiga yozilgan Fedor Ivanovichning yorlig'ini Boybo'ri Tanishev orqali jo'natadi. Afsuski, xon va shoxning yorliqlari bizning kunmizgacha saqlanib qolmagan. Viloyat hokimlariga podshoning bergan yorliqlarida elchining sotib olgan mollaridan boj solig'i olinmasligi qayd etilganligiga ko'ra, elchilikning maqsadi ikki davlat o'rtasida savdo adoqalarini o'rnatishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Aynan, Rossiya hududlarida o'rtaosiyolik savdogarlarga erkin savdo qilishlariga ruxsat berishlarini iltimos qilganligi shundan dalolat beradi. Osiyoliklar bilan savdo qilish ruslar uchun foydasiz edi, chunki Osiyoda ular tovarlarini sota olishmasdi, ularning mollarini kuch bilan tortib olishar edi, deb yozadi S.V.Jukovskiy. Buxoro va Xivadan kelgan elchiliklar ko'pincha ov uchun shunqor va lochinlar, qurollar, qo'rg'oshin, porox,

14 Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10. - С. 365; Н.Веселовский. Очерк историко-географических сведений о хивинском ханстве от древнейших времен до настоящаго. СПб., 1877. 123; Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и в России. - СПб., 1911. - 154.

15 Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. ШИгсЫ ИШЬ. - Toshkent, '^Мщ", 2000. - B. 119.

32

Scientific Journal Impact Factor

hatto aroq ham olib ketishga ruxsat so'rashgan. Bu tovarlarni Rossiyadan olib chiqish ta'qiqlangan edi16.

1596 yilda Rossiyaga Buxoro xoni Abdullaxondan navbatdagi Sulton Nazar elchiligi borgan. Mahkamada so'roq qilinganda elchilikning kelish maqsadi Rossiyada Qutlu Dashnaning ushlab turilishi ekanligi aniqlangan. S.V.Jukovskiy Tashqi ishlar davlat kollegiyasining Moskva arxivi hujjatlari orasida Buxoro ishlariga oid hujjatlarda Sulton Nazar elchiligining 1596 yilda kelganligi haqidagi ma'lumotlargina saqlanib qolganligini ma'lum qilgan17.

Shu davrdan boshlab 1613 yilgacha, ya'ni Rossiya taxtida 304 yil hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasi (1613 y. 22 iyul - 1917 yil 22 iyul) kelguniga qadar mamlakatning xorij davlatlari bilan munosabatlari to'xtab qolgan18.

XULOSA

Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi elchilik aloqalari uzoq tarixga ega bo'lib, dastlab an'anaviy xarakter kasb etgan, XVI asrning ikkinchi yarmidan esa rasmiy tus olgan. Buxoro xonligi ham Rossiya davlati ham bu aloqalardan manfaatdor bo'lgan. Shuning uchun Buxorodan Rossiyaga va aksincha, Rossiyadan Buxoroga maxsus elchilar yuborilganligini mahalliy manbalar va rus manbalari hamda tadqiqot asarlari ham tasdiqlaydi. Ko'rib chiqilgan manbalar va adabiyotlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Mahalliy manbalarda elchilar va ularning faoliyatlari bilan bog'liq ma'lumotlarda tarixiy jarayonlar to'g'risida nisbatan kamroq bo'lsa-da xabarlar majud.

2. Rus manbalaridagi ma'lumotlar ayrim elchiliklar to'g'risidagi umumiy axborotlardan iborat.

3. Buxoro xonligi bilan Rossiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlaridan Rossiya ko'proq manfaatdor bo'lganligi tufayli hatto ingliz savdogaridan ham foydalanib, uni O'rta Osiyo xonliklariga elchi qilib yuborgan.

4. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Rossiya bilan O'rta Osiyo xonliklarining diplomatik va savdo aloqalari rasmiy xarakter kasb etgan bo'lib, keyingi munosabatlarga zamin yaratgan.

Takliflar:

5. Ikki davlat o'rtasidagi elchilik va iqtisodiy aloqalarni chuqurroq o'rganish uchun Rossiya arxivlari hujjatlarini tadqiqot doirasiga olib kirilsa, ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin.

16 С.В.Жуковский. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. - Петербург, 1915. - С. 24.

17 С.В.Жуковский. - С. 25.

18 С.В.Жуковский. - С. 25.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Бартольд В.В. Абдулла б.Искандер // Сочинения. Том II. Часть 2. - М.: "Наука", 1964. - С. 487-488.

2. Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и в России. //Бартольд В.В.Сочинения. Т. IX. - М.: «Наука», 1977. - С. 199-484.

3. Веселовский Н. Очерк историко-географических сведений о хивинском ханстве от древнейших времен до настоящаго. - СПб., 1877.

4. Герман. Исторический взгляд на сношения России с хивинское областью. Вестник Европы, 1822. Кн. 22.

5. Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Пг., 1915.

6. Завьялов. Исторический обзор путешествий в Бухару. Оренбургския губернския ведомости, 1854. № 20.

7. Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (ХУ1 — середина XIX вв.).

- М.: ИВЛ. 1958.

8. Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отдаленных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10.

9. Руссов Ст. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. - СПб., 1840.

10. Уляницкий В. Сношения России с Среднею Азиею и Индиею в XVI-XVII вв. Москва, 1889.

11. Ханыков Я.В. Пояснительная записка к карте Аральскаго моря и Хивинскаго ханства. Записки Имп. Рус. Географ. Общества. Кн. V. 1851.

12. Hasanov H. Sayyoh olimlar. - Toshkent. O'zbekiston. 1981.

13. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma ("Sharafnomayi shohiy"). Birinchi kitob.

- Toshkent. "Sharq", 1999.

14. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma ("Sharafnomayi shohiy"). Ikkinchi kitob.

- Toshkent, "Sharq", 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.