Научная статья на тему 'XVII–XVIII ASRLAR O’RTA OSIYO XALQLARINING KUNDALIK TURMUSH TARZI VA MILLIY XUSUSIYATLARI YEVROPALIK DIPLOMATLAR NIGOHIDA'

XVII–XVIII ASRLAR O’RTA OSIYO XALQLARINING KUNDALIK TURMUSH TARZI VA MILLIY XUSUSIYATLARI YEVROPALIK DIPLOMATLAR NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1913
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’rta Osiyo xonliklari / O’rta Osiyo xalqlari / elchilik / diplomatiya / savdo aloqalari / kundalik turmush tarzi / milliy xususiyatlar / etnik belgilar / Buyuk Britaniya imperiyasi / Rossiya imperiyasi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Furqatjon Nabijonov

Ushbu maqolada XVII–XVIII asrlar O’rta Osiyo xalqlarining kundalik turmush tarzi va milliy xususiyatlarining yevropalik diplomat esdaliklarida yoritilish jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada mualllifning qayd etishicha, yuqoridagi davrda O’rta Osiyo xonliklarining yevropalik diplomatlar nigohidagi kundalik hayo ti ancha qiziqarli, o’z navbatida sirli bo’lganligi ayni haqiqat. Natijada, O’rta Osiyo xonliklarining hukmdorlari Rossiya, Yevropa va boshqa mintaqalar bilan savdo aloqalari jonlana boshlagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XVII–XVIII ASRLAR O’RTA OSIYO XALQLARINING KUNDALIK TURMUSH TARZI VA MILLIY XUSUSIYATLARI YEVROPALIK DIPLOMATLAR NIGOHIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-498-502

XVII-XVIII ASRLAR O'RTA OSIYO XALQLARINING KUNDALIK

TURMUSH TARZI VA MILLIY XUSUSIYATLARI YEVROPALIK

DIPLOMATLAR NIGOHIDA

Furqatjon Nabijonov

Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XVII-XVIII asrlar O'rta Osiyo xalqlarining kundalik turmush tarzi va milliy xususiyatlarining yevropalik diplomat esdaliklarida yoritilish jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada mualllifning qayd etishicha, yuqoridagi davrda O'rta Osiyo xonliklarining yevropalik diplomatlar nigohidagi kundalik hayoti ancha qiziqarli, o'z navbatida sirli bo'lganligi ayni haqiqat. Natijada, O'rta Osiyo xonliklarining hukmdorlari Rossiya, Yevropa va boshqa mintaqalar bilan savdo aloqalari jonlana boshlagan.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo xonliklari, O'rta Osiyo xalqlari, elchilik, diplomatiya, savdo aloqalari, kundalik turmush tarzi, milliy xususiyatlar, etnik belgilar, Buyuk Britaniya imperiyasi, Rossiya imperiyasi.

KIRISH

Mazkur davrda O'rta Osiyo aholisining an'anaviy turmush tarzi, milliy kiyim-kechaklari va an'anaviy taomlari ham elchilar hamda tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgan. Ushbu tadqiqotlarda asosiy e'tibor aholining etnik tarkibi, joylashuvchi, an'anaviy va mavsumiy xo'jaligi, diniy e'tiqodlari hamda milliy bayramlariga qaratilgan.

Jumladan, Rossiya imperiyasidan O'rta Osiyoga sayohat qilgan Filipp Nazarov o'z esdaliklarida mintaqa tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirgan. Jumladan, Filipp Nazarov va uning hamrohlari Xo'jand shahrini ham borib ko'rgan. Xo'jand shahri haqida uning esdaliklarida quyidagi ma'lumotlar qayd etilgan: "Xo'jand hajm jihatdan Qo'qondan kichik emas. U Buxoro tomondan ba'zi yerlari nurab qolgan devor bilan, boshqa tomondan Sirdaryo bilan himoyalangan. Shahardan ariq va kanallar o'tkazilgan. Qo'qondagiga o'xshash korxonalari va hordiq chiqaradigan yerlari ko'p..." [1].

Bundan tashqari, mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan turli esdaliklar va tarixiy asarlarda ham hudud xalqlari to'g'risida qiziq ma'lumotlar uchraydi. Ular

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-498-502

qatoriga Mulla Abdulg'afforning "Zafarnomai Xudoyorxon", Mullo Niyoz Muhammadning "Tarixi Shohruhiy", Imomali Qunduziyning "Tavorixi manzuma", Muxammad Solihning "Tarixi jadidai Toshkent", Ahmad Donishning asarlari va boshqalar kiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bundan tashqari, Yu. V. Gankovskiy, V. M. Masson, V. A. Romodin va boshqa rus olimlari ham o'z asarlarida O'rta Osiyoga qo'shni bo'lgan afg'on xalqi tarixiga murojaat qilgan. Rus olimlari A. S. Gerasimova va G. F. Girs hammuallifligida yaratilgan "Afg'oniston adabiyoti" [2] nomli ilmiy asarda afg'on xalqi tarixi keng va aniq yoritib berilgan. Ushbu asarda XVIII asrda yashab, ijod qilgan roshaniylar adabiyot maktabining yetuk shoiri va harbiy yo'lboshchisi Xushxolxon Xattak haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

Ingliz olimlari J. Leyden va X. G. Ravertilar ham afg'on xalqi tarixi va adabiyotini o'rganish bo'yicha turli asarlar va ilmiy maqolalar yozganlar. X. G. Ravertining "Gulshani roh" ("Tog' guli") nomli majmuasida roshaniylarning yirik namoyondasi Mirzaxon Ansoriyning noyob qo'lyozma devonidan 19 ta she'r nashr qilingan.

XIX asrda O'rta Osiyo mintaqasida Britaniya va Rossiya maqsadlari to'qnashuvi ro'y berdi. Ikkala mamlakat xam O'rta Osiyoda o'z ta'sir doiralarini kengaytirish maqsadida o'zlarining vakillari hamda ayg'oqchilarini yubora boshlashdi. Garchi Britaniya nomidan kelgan vakillar o'z maqsadlariga erisha olmagan bo'lsalarda, ular O'rta Osiyo xaqida o'z asarlarida va esdaliklarida juda muhim ma'lumotlarni yozib qoldirishgan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bu esdaliklarni o'rganish bugungi kun manbashunoslari oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Xususan, XIX asrda O'rta Osiyo xonliklarida bo'lgan ingliz vakillari asarlari va esdaliklarini o'rganish bu davr o'lka tarixini yangi dalillar hamda faktlar bilan boyitadi.

NATIJALAR

Shunday qilib, o'rganilayotgan davrda, inglizlar allaqachon Hindistonda o'z mavqyelarini mustahkamlab olgan hamda Afg'oniston va O'rta Osiyo uchun kurash boshlagan edilar. Inglizlarga O'rta Osiyoning siyosiy ahvoli, geografik mavqyeyi, aholisi, armiyasi haqida aniq ma'lumotlar suv bilan havodek zarur edi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-498-502

XIX asrning 20-yillarida O'rta Osiyoga yuborilgan ingliz missiyalari, asosan, Angliya burjuaziyasi tomonidan yuborilgan bo'lsa, 30-yillarga kelganda bu ishga Britaniya hukumatining o'zi bevosita rahbarlik qila boshlaydi. Bu voqyea inglizlarning pinxona rejalarini amalga oshirish uchun O'rta Osiyoga qat'iy suratda kirib kelishidan darak berar edi. Buning asosiy sabablaridan biri 1825-yilda Angliyada boshlangan inqiroz bo'lib, u butun Angliya sanoatining deyarlik ko'pgina qismini o'z ichiga olgan. Oqibatda mamlakatning butun iqtisodi katta zarar ko'radi. Bu og'ir ahvoldan qutilish uchun ingliz hukumati XIX asrning 30-yillarida butun O'rta Sharq hamda O'rta Osiyoni o'z ta'sir doirasiga olish uchun keng miqiyosda savdo niqobi ostida o'z diplomatik missiyalarini boshlaydi.

Bu borada 1819-1825-yillarda Hindistondan Buxoroga Britaniya hukumati tomonidan maxsus topshiriqlar bilan Villiam Murkroft va Georg Trebek ekspeditsiyasi yuboriladi. Ekspeditsiyaning rasmiy maqsadi Ost-Indiya kompaniyasining otliq askarlari uchun "zotli otlar axtarishdan" iborat edi. Haqiqatda esa, u Amurdaryo vodiysiga inglizlarning kirishi mumkinligini aniqlash uchun yuborilgan ekspeditsiya bo'lgan. Ingliz vakillarini O'rta Osiyoning hyech qanday "zotli otlar"i emas, balki balki uning bozorlarida mutloq Angliya hukmronligini o'rnatish masalasi qiziqtirardi. Masalan, bu haqida biz quyidagi asar orqali ma 'lumot olishimiz mumkin: Ushbu muhim manbaning ikkinchi jildi, beshinchi bo'limida O'rta Osiyoning asosiy aholisi, o'zbeklar, tojiklar, qozoqlar hamda eng yirik shaharlaridan Buxoro, Urganch, Qarshi haqida ma'lumotlar keltirilgan [3].

1831-1833-yillarda Hindistondan Aleksandr Byorns Kobul va Buxoroga yuboriladi. A. Byornsga harbiy va geografik ma'lumotlar to'plash va Kobul hamda Buxoro hokim doiralari bilan savdo va diplomatik aloqa bog'lash topshirilgadi. Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Byorns Hindistondan Afg'onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu sayohat natijasida yig'ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar "Travels into Bukhara" deb nomlangan uch jildlik kitobga asos bo'ldi. Kitobning ikkinchi jild birinchi bobida O'rta Osiyoga umumiy va geografik ta'riflar beriladi. Shaharlar ko'rinishi, tog'lar, daryolar, hayvonlar, o'simliklar, aholi haqida, ikkinchi bobda Oks daryosi va Orol ko'li haqida ma'lumotlar beriladi. Oltinchi bobda Xitoyning Buxoro va Qo'qon bilan munosabatlari yoritiladi. Sakkizinchi bobda Turkiston qabilalari, chig'atoy va o'zbeklar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bo'lim sakkizinchi bobda Buxoroning qisqacha tarixi, to'qqizinchi bobda Buxoroning harbiy va siyosiy qudrati haqida, o'ninchi bobda esa Xiva yoki Urganch shahri haqidagi ma'lumotlar beriladi. Bu kitob yana shunisi bilan qimmatliki, Qadimgi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-498-502

yunonlar, eron va hukmdorlar zarb ettirgan tangalar, ayniqsa Afg'oniston, Eron, Buxoro, Xiva, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya o'rtasidagi savdo aloqalari va mahsulotlar narxlari qiyosiy qilib tahlil qilingan.

MUHOKAMA

1838-1840-yillarda Britaniya imperiyasi Rossiya va Xiva xonligi o'rtasidagi diplomatik aloqalarning keskinlashganligidan foydalanib, O'rta Osiyo xonliklariga o'zlarining Abbot, Shekspir, Stoddart va Konolli kabi josuslarni yuboradi.

Kapitan Jeyms Abbot boshchiligida Xivaga yurish uchun yangi ekspeditsiya tashkil etiladi. Bu ekspeditsiya 1840-yilda Xivaga keladi va Abbot tez fursatda xon bilan uchrashgan. Abbotning Xiva xonligida Angliya ta'sirini joriy qilish uchun qilgan harakati muvaffaqiyasiz bo'ldi. Abbot o'z maqsadini amalga oshira olmagan va 1840-yil may oyida Novoaleksandrovskiy istehkomida Rossiya hukumati tomonidan qo'lga olingan. Jeyms Abbot o'zining tashrifi va faoliyatini "James Abbot Narrative of a Mission to Khiva, Moscow and St. Petersburg" nomli asarida yozib qoldirgan [4].

Ingliz harbylari ichida eng ko'zga ko'ringanlaridan biri polkovnik Stoddart Angliya Tashqi Ishlar ministri Palmersonning buyrug'i bilan Buxoro xonligiga 1838-yilda kelgan. Stoddartning asosiy vazifasi Buxoroning hokim amaldorlari bilan Rossiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish uchun shartnoma tuzishdan iborat edi. Jeyms Abbot kabi Stoddart ham muvoffaqiyasizlikka uchraydi. 1841-yili Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan tomonidan zindonga tashlangan. Britaniya vakili polkovnik Stoddartni qutqarish bahonasi bilan Artur Konolli Xiva xonligiga keladi. Konolli Xiva xonligida qushbegi va mehtar bilan uchrashgan bo'lsada, uning faoliyati ham muvaffaqiyasiz bo'ladi. Konolli ham amir tomonidan zindonga tashlanadi va 1842-yilda ular Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan qatl ettiriladi. Konolli quyidagi asari orqali bizga O'rta Osiyo xaqidagi ma'lumotlarni beradi, "Conoly A. Journet to the North of India overland from England through Russia, Persia and Afghanistan"

[5].

1843-yilda Stoddart va Konollini taqdirini aniqlash uchun O'rta Osiyoga inglizlar Jozef Volf ismli vakillarini jo'natadilar. Jozef Volf "Wolf J. Narrative of a mission to Bokhara in the years 1843-1845 to ascertain the fate of Colonel Stoddart and Captain Connolly" [Wolf J] deb nomlangan asarida o'z faoliyati va O'rta Osiyo xaqida ma'lumotlarni yozib qoldirgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-498-502

XVII-XIX asrlarda Yevropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan asarlarning mazmuni asosan, mustamlakachilik kayfiyatida yozilgan bo'lsa-da, ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va madaniyati kabi masalalar yoritilgan edi. XX-XXI asr boshlariga kelib, Yevropa va AQShda O'rta Osiyo bilan maxsus shug'ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari hamda jamiyatlari ochildi. Natijada, xonlik tarixi, madaniyati, me'moriy yodgorliklari, aholisi, xonlikda yuritilgan davlat hujjatlari, jumladan, xon yorliqlari va qozilik hujjatlari kabi masalalarni yorituvchi ko'plab yangi nashrlar vujudga keldi. Ammo, ularda asosan, O'rta Osiyoning umumiy tarixi berilib, xonliklarga alohida yondashuv kam uchraydi.

XULOSA

Shunday qilib, O'rta Osiyo aholisining etnik tarkibini o'rganishda elchilik hujjatlari muhim ahamiyatga ega ekanligi asl haqiqatdir. Dastlab turli xalqlar, so 'ngra davlatlar miqyosida elchi shaxsiga ehtiyoj kuchayib borgan. Ayni vaqtda qadimdan elchi va uning shaxsiga bo'lgan talablar ham amaliy, hamnazariy jihatdan shakllanib borgan. Elchi va u ega bo'lishi lozim bo'lgan xislatlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu jarayon so'nggi o'rta asrlar davomida ham Buxoro va Xiva, jumladan Qo'qon xonligida ham davom etib borgan.

REFERENCES

1. Bu haqda qarang: Урта Осиё хонликларида элчиларни тайёрлаш тарихидан / Узбекистан тарихининг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. - Тошкент, 2010. - Б. 149-156.

2. Герасимова А. Г., Гирс Г. Ф. Литература Афганистана. Краткий очерк. - М., 1963. - 194 с.

3. Moorcrroft and G. Trebeak. Travels is Himalayan provinces of Hindustan and the Panjab; in Ladakh and Kashmir; in Peshawar, Kabul, Kunduz and Bokhara from 1819 to 1825. Volume I. - London, 1841. - Р. 52.

4. James Abbot Narrative of a Mission to Khiva, Moscow and St. Petersburg. -London,.1867. Volume 1. - Р. 89.

5. Conoly. A. Journet to the North of India overland from England through Russia, Persia and Afghanistan. London, 1838. - Р. 103.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.