Научная статья на тему 'ASALARI ZARARKUNANDALARINING EKOTIZMDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARI'

ASALARI ZARARKUNANDALARINING EKOTIZMDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zararkunanda / tirik organism / uyushma / simbioz / parazit / yirtqich.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Raximov Madaminjon Alijonovich, Xoldarov Xatamjon Mo‘ydinovich

Maqolada asalari uyasi va uning tevarak atrofida bir-biriga bog‘liq ravishda rivojlanadigan zararkunandalar, asosan bo‘g‘imoyoqlilarning o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfiga mansub organizmlar hayoti, shuningdek bu zararkunandalarning bir-biri bilan o‘zaro munosabatlari va asalarilarga yetkazadigan zarari, ekotizim–tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan, ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi haqidagi ma’lumorlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI ZARARKUNANDALARINING EKOTIZMDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARI»

ASALARI ZARARKUNANDALARINING EKOTIZMDAGI O'ZARO

MUNOSABATLARI 1Raximov Madaminjon Alijonovich, 2Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich

1Farg'ona davlat universiteti dotsenti q.x.f.n.

2TDTU Qo'qon filiali katta o'qituvchisi, q.x.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.11208234

Annotatsiya. Maqolada asalari uyasi va uning tevarak atrofida bir-biriga bog'liq ravishda rivojlanadigan zararkunandalar, asosan bo'g'imoyoqlilarning o'rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfiga mansub organizmlar hayoti, shuningdek bu zararkunandalarning bir-biri bilan o'zaro munosabatlari va asalarilarga yetkazadigan zarari, ekotizim-tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan, ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi haqidagi ma'lumorlar yoritilgan.

Kalit so'zlar. Zararkunanda, tirik organism, uyushma, simbioz, parazit, yirtqich.

Kirish. Asalari uyasi va uning tevarak atrofida ko'pgina bo'g'imoyoqlilar borki, ular har doim bir-biriga bog'liq ravishda rivojlanadi. Bu zararkunandalar asosan bo'g'imoyoqlilarning o'rgimchaksimonlar va hasharotlar sinfiga mansub organizmlardir. Shuning uchun ham bu zararkunandalarning bir-biri bilan o'zaro munosabatlari va asalarilarga yetkazadigan zarari ham har xil bo'ladi.

Tadqiqot ob'ekti. Aholi, tadbirkor va fermer xo'jaliklaridagi asalari oilalari, asal beruvchi manbalar, asalari mahsulotlari.

Tadqiqot natijalari. Ekotizim-bu ekologik tizim bo'lib, tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan, ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuidir. Har xil organizmlarning bir-biriga o'zaro munosabatlarini Ch.Suitman aniq tasnif qilib, ko'pdan-ko'p tirik organizmlarni ma'lum bir tartibga soldi. Ana shu tasnifga binoan, tabiatda tarqalgan har xil organizmlarning o'zaro munosabatlarini 4 guruhga, ya'ni simbioz, parazitlik, yirtqichlik va antibioz guruhlarga bo'ldi.

I. Simbioz - ikki va undan ortiq turlarning hamxona, hamkorlikda, birgalikda va o'zaro manfaatdorlikda bir-birini himoya qilib yashashidir. Masalan, chumolilar (Formisidae), asalari bitlari (Braulidae) va boshqalar. Simbioz holatida yashovchi har bir organizm simbiont deb ataladi. Simbiontlarning o'zaro bir necha xil munosabatlari farqlanadi, ya'ni bu munosabatlar foreziyalar, mutualizmlar va kommensalizmlarga bo'linadi.

1.Foreziya-simbiozning bir shakli bo'lib, bunda bir simbiont ikkinchi simbiontga aniq bir joyga ko'chish uchun o'rnashib oladi. Lekin bu yerda xo'jayin hisoblangan simbiont bundan hech qanday zarar ko'rmaydi. Masalan, guldor qo'ng'izlar (Cleridae) oilasiga mansub qo'ng'izlar lichinkasi asalari tanasiga o'rnashib, asalari uyasiga kirib oladi va asalari lichinkasi bilan oziqlanib, uning ektoparaziti bo'lib hisoblanadi. Yoki xuddi shunday vizillovchi chivinsimonlar (Bambulidae) oilasiga mansub qora traunins (Anthran mario) ham asalari tanasiga o'rnashib, uyaga kirib oladi, tuxumini asalari uyasiga qo'yadi va asalari lichinkalarini ektoparaziti hisoblanadi.

2.Mutualizm-simbiozning bir shakli bo'lib, bunda birgalikda yashovchi har ikki organizm bir-biridan manfaatdor bo'ladi. Birgalikda yashovchi har bir organizm mutualist deb ataladi. Bunday hayot kechirishga misol tariqasida chumolilarning (Formisidae) o'simlik bitlari bilan birgalikda hayot kechirishini aytib o'tishimiz mumkin.. Chumolilar o'simlik bitlari ajratgan shirin suyuqlikni iste'mol qilishi bilan birga, bitlarni dushmandan himoya ham qiladi.

3.Kommensalizm yoki tekinxo'rlik-simbiozning bir turi bo'lib, bir hasharotning o'z navbatida foyda keltirmagan holda, boshqalarning ozuqa zahirasi hisobiga birga yashashidir. Masalan, ko'poyoqlilar (Murvapode) va sovutli kanalar (Oribitae) oilasi vakillari, quloqkovlagichlar (Darmoptera) asalari uyasiga kirib, asalarilarga va lichinkalariga zarar yetkazmasdan, uyadagi asal zahirasidan iste'mol qilib, kun kechiradi.

II.Parazitlik ekotizmdagi o'zaro munosabatlarining o'ziga xos bir shakli bo'lib, bu simbiontlarning biri boshqasiga tashlanishi bilan xarakterlanadi va u shu xo'jayin organizmidan oziqlanib hayot kechiradi, bunda xo'jayin deb ataladigan o'lja darhol halok bo'lmaydi, balki asta-sekinlik bilan nobud bo'ladi. Parazit organizm ikkinchi bir organizm hisobiga yashab hayot kechiradi, xo'jayin organizmi to'qimalarining suyuq moddalari, unga butun umri davomida ozuqa manbai bo'lib xizmat qiladi. Natijada xo'jayin hisoblangan organizm o'ladi. Parazitlik xususan hasharotlar sinfida ko'p uchraydi. Hasharotlar orasida parazitlik hodisasi juda xilma-xil bo'ladi. Hasharotlar boshqa hayvonlarda qanday parazitlik kilsa, boshqa hayvonlar ham hasharotlarga shunday parazitlik qiladi. Ko'pincha hasharotlar hasharotlarga parazitlik qiladi. Xususan ikki qanotlilar turkumiga mansub senotain chivini asalari organizmiga o'z lichinkalarini qo'yadi, natijada senotain chivinlari (Senatainia albiframs, S.Rossica) lichinkalari ulg'ayib voyaga yetganidan keyin, xo'jayinini tashlab ketadi, asalari esa halok bo'ladi, katta boshli chivinlar (Physocephata vittata) ham xuddi shunday qiladi.

Hasharotlar sinfining 3 ta turkumi va o'rgimchaksimonlar sinfining 2 ta turkumi vakillari ichida, asalari uyasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ko'p. Xususan parazit kanalar turkumiga kiruvchi varroa (Warroa jacobsoni) kanasi tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, ular respublikamiz asalarichiligiga ko'plab iqtisodiy zarar yetkazib kelmoqda.

Asalarilarning bo'g'imoyoqli zararkunandalari ichida o'z xo'jayini hisobiga yashaydigan, uning tanasini teshib, tashqi tomondan turib oziqlanuvchi parazitlar ektoparazitlar yoki tashqi-sirtqi parazitlar deyiladi. Masalan, qo'ng'izlar Coleoptera turkumining yiringli qo'ng'izlar (Meloidae) oilasiga mansub qo'ng'ir mayka qo'ng'izi (Meloe Veriegatus), oddiy mayka qo'ng'izi (M. Prosearabaeus) va boshqa ko'plab hasharotlarni misol qilib keltirish mumkin.

Asalarilar traxeyasida yashovchi parazitlarni endoparazitlar yoki ichki parazitlar deb aytiladi. Masalan, asalarilarning traxeyalarida parazitlik qilib yashovchi akaratsid kanalar turkumi (Acarifarmes) vakillaridan asalari kanasi (Acarapis Waedi R.) asalarilarning nafas olish a'zolarida parazitlik qilib hayot kechiradi yoki asalarilar tanasi ichida tekinxo'rlik qilib yashaydigan zararkunanda hasharotlarning ko'p vakillari ichki parazitlarga misol bo'ladi.

Asalari bilan parazitlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xilma-xil va murakkabdir. Agar biror hasharot asalarilarning zararkunandalarida parazitlik qilsa, bu hasharot foydali bo'ladi, ammo ikkinchi tartibdagi parazit zararkunanda hisoblanadi, uchinchi tartibdagi parazit esa foydali hisoblanadi. Tabiatda shunday hodisalar ham uchraydiki, ayrim turdagi parazitlar ham birlamchi, ham ikkilamchi parazit bo'lishi mumkin.

Asalari parazitlarining ham o'z paraziti bo'lishi mumkin, bu parazitlar ikkilamchi tartibdagi parazitlar deb ataladi. Ikkilamchi parazitlarning ham o'z paraziti bo'lishi mumkin, ular uchinchi tartibdagi parazitlar deb ataladi. Asalari zararkunandalarining ham o'z parazitlari bo'lishi mumkin, bunday parazitlar ustama parazitlar deyiladi. Masalan, yirtqich kanalar (Cheuletidae) oilasiga mansub Myobia muris-muschli kanasi asalari oilasidagi zararkunanda qo'ng'izlar (Cleridae) lichinkalarini yeb, nobud qiladi va asalarichilikka ancha foyda keltiradi.

Asalarilarning parazit zararkunandalari o'z o'ljasiga, uni rivojlanishining barcha davrlariga: tuxumiga (Warroa jacobsoni), lichinkasiga katta boshli chivinlar (Bambyrens majer,

B. disebens), bukri chivinlar (Phora Enerassela) va imagolik davriga tolkunchik (Empis linolneri) kabi hasharotlar zarar yetkazadi.

Asalari parazitlari bir xil ozuqa iste'mol qiladigan, ya'ni ma'lum bir xo'jayin hisobiga yashaydigan yakkaxo'r (monofag) - (asalari bitlari (Braula coeca N; B. Schmitei) va har xil xo'jayinlar hisobiga yashaydigan hammaxo'r (polifag) - (drozoffil pashshalari (Drosophila finebris), qo'ng'izlar (Coleoptera) turkumiga mansub barcha qo'ng'izlar) bo'ladi. Tabiatda keng tarqalgan ikki qanotlilar turkumi vakillaridan katta boshli chivinlar (Physocophata vittata) kabi parazitlar, o'z xo'jayinlarining tanasiga ilashib, terisini teshib, ichiga tuxum qo'yadi.

III. Yirtqichlik. Asalari zararkunandalarining yirtqichlik xususiyatlari parazitlardan shu jihati bilan farq qiladiki, bunda yirtqich hasharot asalariga hamla qilib tashlanishi bilan, o'lja-asalari tez orada halok bo'ladi. Asalarining yirtqich zararkunandalariga o'rgimchaksimonlar sinfidan chayonlar, solpugalar, hasharotlar sinfidan ninachilar, beshiktervatarlar; parda qanotlilar va ikki qanotlilar turkumlarining ko'pgina vakillari kiradi. Bu yirtqichlar asalarilar gulga qo'nganda, suv ichayotganda yoki uchib yurgan paytlarida tezlik bilan tashlanib, ularni ushlab oladi va asalari tanasidagi to'qima suyuqliklari bilan oziqlanadi. Bunday yirtqichlar bir necha bor xuddi shunday hujumlar qilishi mumkin.

Asalarilarning yirtqich zararkunandalari o'z turi vakillariga hujum qilmaydi, ammo ba'zilari boshqa zararkunandalarga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, o'rgimchaklar (Aranei) turkumiga kiruvchi uy o'rgimchagi (Tegenaria demestica), butli o'rgimchaklar (Aramens diademafus), asalari zararkunandalaridan mum kuyasiga (Zalleria mellanella, Achraea grosella F.) kapalaklariga qiron keltiradi. O'rgimchaklar o'zining yirtqichligi bilan tabiatda har xil kasallik qo'zg'atuvchi ikki qanotlilarni ham qirib, tabiatni muvofiqlashtirib tursada, o'zi ham boshqa ko'plab hasharotlarga, masalan, solpugalar, chayonlar, beshiktervatarlar, arisimonlar (Pampilidae va Sphocidae) oilalari vakillariga yem bo'ladi.

Xulosa. Asalari bo'risi (filantlar) asalarilarga ko'plab qiron keltirsada, tabiatda uning ham kushandalari uchrab turadi. Masalan, nemkalar (Mutillidae) turkumi vakillari filantlar uyasida yashab, ularga qiron keltiradi. Xuddi shunday, qovog'arilar (Vespula rufa, V. vulgaris) ikki qanotlilar turkumidagi ko'pgina zararli hasharotlar (Asilidae) va pashshalarni (Drosophila) qirib tashlaydi. Shuningdek to'rqanotlilar (Nenroptera) turkumidagi oddiy oltinko'z (Chrysopa perla) ko'pgina o'rgimchaklarni nobud qiladi.

REFERENCES

1. Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO 'JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 315-317.

2. Рахимов М. А., Азизов Р. О. У. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО CKOTA //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 600-603.

3. Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. D8. - С. 12-16.

4. Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. - 2023. - №. 1. - С. 158-161.

5. Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 259-263.

6. Raximov M., Saminov A. Aholi tomorqa xo 'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 231-236.

7. Комилов, Р., Рахимов, М., & ^айдарова, М. (2023). ФАРЕОНА ВОДИЙСИ ШИМОЛИЙ БУЗ ТУПРО^ЛАРНИНГ АГРОКИМЁВИЙ ВА АГРОФИЗИКАВИЙ ХОССАЛАРИ. Journal of new century innovations, 38(2), 118-122.

8. Хайдаров, М., Комилов, Р., Рахимов, М., & Хайдарова, М. (2023). АГРОФИЗИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СЕРОЗЕМОВ СЕВЕРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Journal of new century innovations, 38(2), 128-130.

9. Хайдаров, М., Комилов, Р., Рахимов, М., & Хайдарова, М. (2023). АМИНОКИСЛОТНЫЙ СОСТАВ ЦЕЛИННЫХ И ОРОШАЕМЫХ СЕРОЗЕМОВ СЕВЕРА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Journal of new century innovations, 38(2), 123-127.

10. Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2018. - №. 6. - С. 42-42.

11. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka iInnowacje. 24 (2022): 840-843.

12. Рахимов М. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. - С. 66-68.

13. Raximov M. мясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation.

- 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 189-192.

14. Рахимов М. А. Мясная продуктивность и качество мяса бычков черно-пестрой, швицкой пород и помесей черно-пестрой х красной эстон-ской при интенсивной технологии производства говядины//Авто-реф. дисс. на соиск. учен. степ. канд. с.-х. наук.-Новосибирск, 1989.-20 с. - 1989.

15. Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции.

16. Рахимов М. А. Влияние технологии кормления на рост и развитие бычков, выращиваемых на мясо //Жур. Агро илм, Ташкент. - 2021. - Т. 5. - С. 65.

17. Рахимов М., Муйдинов Х., Комилжонов А. Интенсивная технология выращивания телок привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2021. - №. 2.

- С. 26-26.

18. Mo'ydinovich, Xoldarov Xatamjon. "ZILZILA SABABLARI VA UNING OQIBATLARI." QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI (2023): 349-353.

19. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich.OQAVA SUVLARNI TOZALASH USULLARI International Multidisciplinary Journal of Universal Scientific Prospectives ... 2023/12/18 т.1 /2.с.70-77

20. XX Mo'ydinovich RESPUBLIKADAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH Science Promotion 1 (1), 18-22

21. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich. OZBEKISTONDA ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHINING IJTIMOIY-EKOLOGIK OQIBATLARI. Science Promotion. 2023/10/23 1(1),14-17.

22. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich THE IMPORTANCE OF STUDY EXCURSIONS FOR SCHOOL STUDENTS. Intent Research Scientific Journal. 2023/10/11. 2(10).75-82.

23. Xoldarov Xatamjon Mo'ydinovich. Ecological Problems In Uzbekistan And Their Elimination 2023/9/28.T.54. 52-54

24. Xatamjon Xoldarov. TALABALARNING INNOVATSION KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIK LOYIHALARDAN FOYDALANISH Журнал: Союз Hауки и O6pa3OBaHra,2023/5/26 5(2).22-23.

25. Xatamjon Mo'Ydinovich Xoldarov. O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.2023. 3(2). 603-606.

26. Maqsadjon Murodjon O'G'Li Tuxtasinov, Abdumannon Kodirjonovich Jumakulov, Xatamjon Mo'Ydinovich Xoldarov. TALABALARNINGMUSIQA VA SAN'ATGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VA ELEKTRON VOSITALARDAN FOYDALANISH. Oriental Art and Culture. 2022. 3(2).354-359

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.