INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
SHOLG'OM VA TURP EKINLARI ZARARKUNANDALARI VA ENTOMOFAG
TURLARI Maripova Rukiyaxon Zokirjon qizi
Andijon qishloq ho'jaligi va agrotexnologiyalar institutitayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8000998
Annotasiya. Sabzavotchilik bu qishloq xo'jaligining katta tarmog'idir. Sabzotlarning ko'p qismi aholi ehtiyojidan tashqari eksport uchun etishtiriladi. Shu jumladan sholg'om va turp ham so'nggi yillarda yil sayin tobora katta maydonlarga ekilib kelinmoqda. ularni etishtirishda esa bir qancha muammolar yuzaga keladi shulardan asosiysi zararkunandalar bilan zararlanishidir. Albatta tabiatda tabiiy ravishda ushbu zararkunandalarni sonini kamaytirib turuvchi foydali hasharotlar ham bor. Ushbu maqola ushbu sholg'om va turp ekinlarini zararlab kelyotgan zararakunandalar va ularning tabiatda tarqalgan entomofag turlari haqida yozilgan.
Kalitso'zlar: entomofag, turkum, urg'ochi, g'umbak, qurt, avlod.
Karam kuyasi Plutella maculipenins Curt. Tangachaqanotlilar - Lepidoptera turkumi, Plutellida kuyalar oilasi. O'zbeksitonning butguldosh ekinlar o'sadigan barcha hududlarida uchraydi.
Karam kuyasi sholg'om, turp, karam va boshqa butgulli o'simliklarning bargini eb, ekskrimenti bilan ularni ifloslantiradi. Bu zararkunanda mamlakatimizning barcha viloyatlarida, Rossiyaning uzoq Sibiridan to janubiy chegaralarigacha tarqalgan. Kapalagi qanotlarini ezganda kattaligi 14 - 17 mm, oldingi qanotlari kulrang-qo'ng'ir eki qora-qo'ng'ir bo'lib, orqa chekkasining ikki joyidan oq eki sarg'ish hoshiya o'tadi. Qanotining popuklari kalta. Orqa qanotlari yaltiroq kulrang. Qanot popuklari uzun. Boshi va ko'kragining ust tomoni oq eki sarg'ish. Tinch turgan kapalakning mo'ylovlari oldinga qaragan. Tuxumi 0,4 — 0,5 mm uzunlikda, oval shaklda, yassi, yaltiroq tomoni bargga qaragan. Yangi qo'yilgan tuxumi och sariq bo'lib, keyin qorayadi. Qurtining kattaligi 10 — 12 mm. Karam bargi kabi yashil, tanasida siyrak qilchalar bilan qoplangan so'gallari bor.
Sholg'om va turp ekinlari bargida karam kuyasi
G'umbagining kattaligi 6 — 8 mm, yashil rangda, rivojlangan sari qorayadi. U 7—10 mm uzunlikdagi eysimon oqish, siyrak pilla ichida bo'ladi. Karam kuyasi karam o'zagida, o'simliklar qoldig'ida g'umbak fazasida qishlaydi. Aprel oyida g'umbakdan kapalaklar uchib chiqa boshlaydi. Kapalaklar oziqlanib bo'lgandan keyin karam bargining orqa tomoniga bittadan eki bir nechtadan to'p qilib tuxum qo'yadi. Urg'ochi kuya haeti davomida 70 tadan 300 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar barg etini eya boshlaydi. Birinchi eshdagi qurtlar barg po'stlog'i tagida oziqlanib, minalar hosil qiladi. Keyinchalik tashqariga chiqib, ochiq oziqlana
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
boshlaydi. Bargni eb, ilma-teshik qilib yuboradi. Qurt juda ham harakatchan bo'lib, unga tegilsa, tez ta'sirlanib, halqa shakliga kiradi. 146 Tuxumi 3 — 7 kunda, qurti 6 — 17 kunda, g'umbagi 3 — 17 kunda rivojlanadi. Qurtlari uch marta po'st tashlaydi va oziqlangan joyida g'umbakka aylanadi. O'zbekiston sharoitida 9 — 10 marta nasl berib rivojlanadi.
Entomofaglari. Tabiatda har xil entomofaglar va kasalliklar karam kuyasining sonini kamaytiradi. Shulardan eng ahamiyatlisi apantels (Apanteles filiginosus Wews) dir. Bu parazit kuyaning qurti bittadan tuxum qo'yib, rivojlanib g'umbakka aylanadi. Ma'lumotlarga ko'ra, dunèda karam kuyasining 100 dan ortiq parazit va yirtqichlari bor. Diadegma (Diadegma (Nitobia) armillata Grav.) - Ichneumonoidae - asl yaydoqchilar oilasi, Humenoptera -pardaqanotlilar turkumi - voyaga etgan tekinxo'ri qora rangda, tanasi siyrak tuklar bilan qoplangan, qorni poyasimon, tana uzunligi 5 - 6 mm(87-rasm). Tuxum qo'ygichi qorin qismidan 2 marta qisqa. Har xil mevali bog'larda barg o'rovchilar va karam kuyasi qurtlarining esosiy tekinxo'ri hisoblanadi. Xo'jayin tanasida pilla ichida g'umbak fazasida qishlab chiqadi. 87-rasm. Diadegma (Diadegma (Nitobia) armillata Grav.) imagosi karam qurtlarini zararlashi Bahorda, (may) havo harorati 12-16°S da imagolar uchib chiqa boshlaydi va qo'shimcha o'simlik guli nektarlari bilan oziqlanadi. Urg'ochilari poligam 147 bo'lgani uchun bir nechta erkak individlar bilan juftlashadi. Tuxumi oq, uzunligi 0,5 mm, bir oz qayrilgan. ikki kundan keyin uzunligi 1mm, oq rangdagi lichinkalar chiqa boshlaydi. Sharoitga bog'liq holda 5-6 kunda tullaydi, 5 èshga etganda, kuyaning qurtidan tashqariga chiqadi. Urg'ochisi tirik qurtlarini darxol sezadi va tuxumni qurtning hamma èshlariga qo'yadi. Lichinkalari qurtning ichki borlig'i bilan oziqlangandan so'ng, uning atrofida pilla o'raydi. Tuxumdan to etuk zotlar chiqqungacha davr 28-30 kun. Yaydoqchining g'umbagi oq èki kulrang, g'umbagi 4-6 kun yashaydi. Urg'ochilar uchib chiqqandan so'ng, bir kun ichida juftlashadi ve tuxum qo'yishga kirishadi. Barg o'rovchilarning turiga bog'liq holda pillaning rangi tiniq kulrangdan, to'q - jigarranggacha o'zgarib boradi. Ularning samaradorligi xo'jayinlarning tarqalishi va zichligiga bog'liq. Laboratoriya sharoitida 20% li shakarli suv bilan oziqlantirilganda, urg'ochilari 20 kunda, erkaklari 7-12 kun rivojlanadi. Bitta urg'ochi tekinxo'r o'rtacha 150 tacha tuxum qo'yadi. Bir yilda 3-4 avlod beradi
Apanteles filiginosus Wews Diadegma armillata Grav.
Karam oq kapalagi - Pieris brassicae L. Turkumi- Lepidoptera, oilasi Pieridae oq kapalaklar oilasiga mansub. Karam oq kapalagi yirik hasharot - kapalaklari qanot yozganda 5560 mm keladi. Kapalaklari umuman Oq-och sariq tusga zga, qanotlarining sathi keng, old qanotlarining oldingi uchida keng qora dog'i mavjud, opqa qanotlarining oldingi chetida esa
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
bittadan qora tomchi dog'i bor. Urg'ochi kapalakning old qanotlarida ikkitadan q0pa tomchi dog'i bor. Mo'ylovi to'qmoqsimon. Tuxumlari butilkasimon, rangi sariq, kattaligi 1,25 mm ga teng bo'lib, uzunasiga joylashgan qovurg'alari bor. Etuk qurtlarining kattaligi 40 mm ga etadi, rangi sarg'ish-yashil, tanasida juda ko'p so'galchalar va qopa dog'lari bo'lib, ular tukchalar bilan qonlangan. Fumbagi yopik, tinda, sarik,-och yashil tusda, burchakli, tanasida kop dog'lari va qisqa o'simtalari bor.
Karam ok, kapalagi xamma butguldosh ekinlar shu bilan birga bizning tajribalarimizda ya'ni sholg'om va turpda va begona o'tlarga shikast etkazishi mumkin. O'zbekiston sharoitida bu 186 zararkunanda ertagi va kechki ekinlarni kuchli zararlaydi. O'zbekiston sharoitida himoya qilinmagan maydonlarda hosildorlik 60-70% ga kamayishi mumkin.
Amaliyotda karam oq kapalagini juda ko'p yirtqich va parazit entomofaglar hamda kasalliklar kamaytirib turadi. Bunga eararkunandaning nisbatan ochiq hayot kechirishi sababchi bo'ladi. Tuxumini trixogramma yaydoqchilari zararlaydi qurtlarini turli brakonidlar, jumladan apanteles avlodiga kiruvchi yaydoqchilar g'umbagini ixneumonidlar zararlaydi, kapalaklariga esa turli yirtqichlar, jumladan ninachilar, kushlar hujum qiladi.
Sholg'om oq kapalagi Pieris rapae L. Pieridae — oq kapalaklar oilasi, Lepidoptera — tangaqanotlilar turkumi. Sholg'om oq kapalagi butgulli o'simliklarning bargini eydi. Qurtlari ekinlarni ekskrimenti bilan ifloslantirib, uni saqlangan joyida chiritib, zarar etkazadi. Sholg'om oq kapalagi Evropa, Kavkaz, O'rta Osiè va Uzoq Sharqda, Sibirda tarqalgan. Kapalagi tashqi ko'rinishidan karam oq kapalagiga juda o'xshash bo'lib, maydaligi bilan undan farq qiladi (qanotlarini yozgandagi kengligi 40 - 50 mm). Urg'ochisining old qanotlarida ikkita qora dog', erkaginikida esa bittadan yumaloq qora dog' bor. Orqa qanotlarining tepasi oq, chetlarida qora dog'lari bo'lib, pasti sariq. Tuxumi sarg'ish, qovurg'ali. Karam oq kapalagining tuxumiga o'xshab ketadi. Kattaligi 1 mm. Qurtining kattaligi 25 mm gacha bo'lib, rangi to'q yashil, tanasining o'rtasida uzunasiga ketgan sarg'ish chizig'i, nafas teshiklari yaqi- nida sarg'ish dog'chalari bor. G'umbagi yashil, dog'siz, kattaligi 20 mm, burchaksimon shaklda. Sholg'om oq kapalagi g'umbak fazasida o'simliklar qoldig'ida, daraxtlar poyasida va boshqa joylarda qishlaydi.
Sholg'om oq kapalagi imagosi va qurti.
Hayot kechirishi karam oq kapalaginikiga o'xshaydi. Sholg'om oq kapalagi karam oq kapalagidan farq qilib, bittadan tuxum qo'yadi. Qurtlari yakka-yakka haèt kechirib oziqlanadi. Bahorda va kuz oylarida bir avlodining rivojlanishi uchun f-40 kun kerak bo'ladi; shundan tuxumi 5 - 8, qurti -15, g'umbagi 15 - 18 kunda rivojlanadi. Yoz oyida bir avlod rivojlanishi 28 -30 kun davom etadi. Mavsum davomida O'zbekistonda 6 marta nasl berib rivojlanadi. Tabiatda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
sholg'om oq kapalagining sonini kamaytirib turadigan entomofaglar ham bor. Karam oq kapalagiga tavsiya etilgan kurash choralari sholg'om oq kapalagiga ham tegishlidir.
Entomofaglari. Yaydoqchilar orasida ayniqsa oq kapalak apantelesi va g'umbak pteromaluslari nihoyatda samarali parazitlar hisoblanadi. Oq kapalak apantelesi - Apanteles glomeratus (Hymenoptera turkumi, Braconidae oilasi) - ayniqsa karam oq kapalagi qurtlarini zararlaydi. Parazit g'umbak oldi fazasida o'z pillachasi ichida, xo'jayin tanasidan tashqarida qishlaydi. Bahorda apanteles xo'jayin qurtlari paydo bo'lishidan oldin uchib chiqadi. Krestguldoshlar va soyabonguldoshlar oilalari o'simliklarining gul nektarlari bilan qo'shimcha oziqlanishi hisobiga yaydoqchining tuxumlari soni 400 dan 2000 donagacha etadi.
O; Kana^aK anaffre.necH - Apanteles glomeratus
Urg'ochi yaydoqchi xo'jayin qurtida 100 donaga qadar parazit lichinkalari rivojlanishi mumkin. Xo'jayin qurtlari beshinchi eshga etganda apanteles lichinkalari rivojlanishini tugatib, qurt tanasidan tashqariga chiqadi va uning atrofida ipaksimon pillachalar ichida g'umbakka aylanadi. Pillachalarning tusi sarg'ish eki xo'jayin rangiga o'xshab ketadi, imagolarining rangi qora, mo'ylovlari tansidan uzun, oeq boldirlari qizg'ish(90-rasm). Bitta urg'ochi apanteles 60-70 donaga qadar qurtni zararlashi mumkin. Tabiatda yaydoqchining samaradorligi 15-20% dan 50% va undan ham yuqoriroq darajaga etadi. Apanteles ham karam oq kapalagi singari mavsumda 4-5 nasl berib, rivojlanadi.
Karam kuyasi - Plytella maculipennis tangacha qanotlilar turkumi (Lepidoptera), O'roqsimon kuyalar oilasiga (Plutellidae) mansub zararkunanda hasharotdir. Karam kuyasi kapalaginig kattaligi 14 -17 mm. Oldingi qanotlari sarg'ishqo'ng'ir rangda bo'lib, oqish to'lqinsimon chiziqlar mavjud. Orqa qanotlari kulrang -qo'ng'ir. Qurtlari 11 mm gacha uzunlikda bo'lib, rangi oqish -yashil rangda va kattaligi 8 mm gacha boradi. Bu zararkunanda shimoliy chekkadan tortib, Janubiy Osiyogacha tarqalgan. Karam kuyasi g'umbaklik davrida, janubiy hududlarda esa yetuk davrida ham qishlashi mumkin. Qishlovchi g'umbaklar pilla ichida bo'lib, yovvoyi o'simliklarda yoki o'simlik qoldiqlarida qishlab qoladi. Erta bahorda qishlab qolgan g'umbaklardan kapalaklar uchib chiqadi. Janubiy hududlarda kapalaklar aprelda, shimoliy hududlarda mayda ba'zan iyunda uchib chiqadi. Kapalaklar kechqurun, quyosh botganidan so'ng faol uchib yuradi va oziqlanadi. Urg'ochi kapalaklar karamgulli o'simliklar bargining orqa tomoniga 1-4 tadan tuxum qo'yadi. Bitta urg'ochi kapalakning serpushtligi 300 tagacha tuxumni tashkil etadi. Tuxumdan chiqqan 1-yosh lichinkalar barg eti to'qimalariga kanallar ochib, o'sha yerda yashay boshlaydi. Keyincalik ochiq holda yashashga o'tadi. Lichinkalar juda harakatchan bo'lib, ozgina bezovta qilinsa darrov bukulib oladi va yopishqoq ipchalariga osilib, bargdan qochib ketadi. Tuxumlari 3-7 kun davomida, qurtlari 6-17 kun, g'umbagi 3-17 kun davomida rivojlanadi. Birinchi avlodi kam sonli bo'lib, yovvoyi o'simliklarda rivjlanadi. O'zbekiston sharoitida karam kuyasi 9-10 avlod berib rivojlanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Entomofaglari. Diadegma avlodi vakillarining son jihatdan yarmidan ko'prog'ini bitta tur - Diategma Fenestralis tashkil qiladi. Shu sababli bu tur haqida batafsil to'xtalib o'tamiz. Diadegma fenestralis turli turli kuyalarning qutrlarida parazitlik qiladi. Karam kuyasi uning asosiy xo'jayini hisoblanadi. Yetuk parazit qora rangda , tanasi siyrak yaltiroq tukchalar bilan qoplangan. Tanasining kattaligi 5 - 6mm . Tuxumlari oq rangda , 0.5 mm uzunlikda, bir tomoni kengroq, ikkinchi tomoni torroq , lichinkalar 5 yoshni o'tib rivjlanadi. 1- yoshidagi lichinkalar 1 mm uzunlikda , oq rangda. 5—yoshdagi lichinkalar kuya qurtlari tanasidan chiqib g'umbakka aylanadi.
Shuningdek tajribalarimizda sholg'om va turpdagi so'ruvchi va kemiruvchi
zararkunandalar sonini tabiiy ravishda kamaytirib turgan entomofaglardan eng ko'p honqizi,
ninachi, oltinko'z, yirtqich qandalalar uchratildi.
REFERENCES
1. O'simliklarni biologik himoya qilish Toshkent 2014 R.A.Jumaev, A.A.Rustamov. A.R.Anorbaev, O.A.Sulaymonov 145-150 betlar.
2. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari.
3. Adashkevich B . P. Entomofagi kapustnoy moli ( Plutella maculipennis) i rol nektarnosov v povbishenii ix biologicheskoy aktivnosti: Trudbi MNIIOZiO , 1970 , s 121-140
4. Марипова Рукияхон, дочь Зокиржона, и Анорбаев Азимхон Рамкулович. (2021). ВРЕДИТЕЛИ И ВРЕД, НАНОСИМЫЙ СЕМЕЙСТВУ КРЕСТОЦВЕТНЫХ (РЕПА И РЕДИС). Международный журнал инноваций в инженерных исследованиях и технологиях, 5(04), 94-96. Извлечено из https://repo.iiiert.org/index.php/ijiert/article/view/2427
5. Азимжон Раимкулович Анорбаев, & Рукияхон Зокиржон ^изи Марипова (2022). БУТГУЛДОШ ЭКИНЛАР, ШОЛГОМ ВА ТУРП ЗАРАРКУНАНДАЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ЗАРАРИ. Science and innovation, 1 (D2), 11-14. doi: 10.5281/zenodo.6544033.
6. Rayimkulovich, Anarboev A., and Maripova R. Z. Qizi. "The Main Pests Of Garlic." JournalNX, vol. 6, no. 09, 2020, pp. 271-273.
7. дочь Зокирджон, М. Р., и Рамкулович, А. А. ВРЕДИТЕЛИ И СЕМЕЙСТВО
КРЕСТОЦВЕТНЫХ (РЕПА И РЕДЬКА). 8. дочь Зокирджон, М. Р. ВРЕДИТЕЛИ РАСТЕНИЙ СЕМЕЙСТВА КРЕСТОЦВЕТНЫХ.
Diadegma fenestralis
Diadromus subtilicornis