INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
OLMA MEVAXO'RIGA QARSHI OLTINKO'Z ENTOMOFAGINING AHAMIYATI
1Raximov Mansurbek Mavlonjonovich, 2Otaboev Shoxruxbek Xafizullayevich
1Andjon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti, dotsent 2Andjon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8002007
Annotatsiya. Maqolada olma mevaxo'ri bioekologiyasi, zarari va unga qarshi biologik ximoya qilishda zararkunanda tuxumlari va 1-2 yosh qurtlariga qarshi qo'llanilgan oltinko'z entomofagini biologik samaradorligi turli nisbatlarda o'rganilgan. Tajribalarimizda 1:10 nisbatda olma mevaxo 'rigaga qarshi oltinko'z entomafagi qo'llaniganimizda yuqori biologik samaradorlikka erishildi.
Kalit so'zlar: olma, zararkunanda, zarar,olma mevaxo'ri, zararlanish, meva, barg, kapalak,faza,oltinko'z.
Kirish Dunyo miqyosida mevachilik ko'plab mamlakatlar qishloq xo'jaligida yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Jahonda har yili 5 million gektardan ortiq maydonda olma yetishtiriladi. 2022 yilda uni yetishtirish hajmi 80 million tonnani tashkil etgan. 2021-2022 yilda yalpi olma yetishtirish hajmi 2,8 million tonnaga kamaygan. Jumladan, jami olma mahsulotining Germaniyada 46 %, Italiyada 23 %, Fransiyada 8 % hosil, zararli organizmlar ta'sirida nobud bo'lishi kuzatilmoqda. Shunga ko'ra, yetishtirilayotgan hosilni zararkunandalar zararidan himoya qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Jahonda meva mahsulotlarini yetishtirish davrida ularni bir nechta zararkunandalar zarar yetkazib, ulardan himoya qilishda qator muammolar yuzaga kelmoqda, yetishtirilayotgan maxsulotlarning o'rtacha 20-40 % zararkunandalar ta'sirida nobud bo'layotganligi
kuzatilmoqda Bundan tashqari zararkunanda va kasalliklar miqdorini boshqarishda qo'llanilayotgan ko'plab kimyoviy vositalar atrof muhit va inson salomatligiga ta'sir qilib, qarshi qo'llanilayotgan zararli organizmlarning ushbu pestitsidlarga chidamli avlodlari yuzaga kelmoqda. Yuzaga kelayotgan muammoning yanada ortishiga yer yuzida iqlim sharoitining global o'zgarishi ham o'z ta'sirini o'tkazib, biologik zanjirning buzilishi, ayrim zararkunandalar miqdorining keskin ortishi yuzaga kelib, ular miqdorini boshqarishda qator muammolar yuzaga kelmoqda.
Adabiyotlar sharhi Respublikamizda ko'plab mevali daraxtlar olma, nok, bexi, olcha, gilos, shaftoli yetishtiriladi. Biroq, ularning hosilini zararli organizmlardan himoya qilmay turib, yuqori sifatli hosil olib bo'lmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda mevali bog' agrobiotsenozida 300 dan ortiq bo'g'imoyoqli jonivorlar uchraydi. Ular shiralar, o'rgimkana, qalqondorlar, qandala, barg burgachalari, olma kuyasi va boshqa bir qancha zararkunandalar. Mevali bog'larning hosildorligi va meva sifatiga jiddiy ziyon keltirmoqda. Jumladan olma mevaxo'rining o'zigagina qarshi kurash olib borilmasa, hosilning 50 va hatto 70 % ini yo'qotish mumkin [1].
Olma mevaxo'ri - Laspeyresia (Carpocapsa) pomonella L. Kapalaklari qanot yozganda 17-22 mm keladi, oldingi juft qanotlari kulrang bo'lib, eng uchida yirik burchak dog'i bor, qanotlarini yig'ib o'tirganida ular o'ziga xos umumiy dog'ni xosil qilib, boshqa kapalaklardan keskin ajralib turadi. Orqa juft qanotlari och qo'ng'ir tusli. Qanotlarining tashqi chekkasida kalta qoramtir popugi bo'ladi. Tuxumi yumaloq (1,5) mm yassi oqish rangda, tuxumdan chiqqan qurti oqish tuzda. Keyinchalik qurtning boshi va ensa usti och qo'ng'ir yoki qizg'ish tusga kiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Voyaga yetgan qurtning kattaligi 19 mm keladi, usti pushti, ost tomoni oq yoki sarg'ish. G'umbagi oq yumshoq pilla ichida joylashadi, kattaligi 10-12 mm, tusi jigarrang, 8-9 -segmentlarida hamda qorin oxirida bir qator tikanlari mavjud [2].
Bitta kapalak 30 tadan 60 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumi diskasimon oq sut rangda, diametri 1mm. Tuxumlardan oqish-pushti rangli mayda qurtchalar chiqadi. Ular asta sekin o'sib, uzunligi 16-18 mm ga yetadi va yonlaridan och kulrang dog'lari bo'lgan pushti ranga kiradi, past tomonida esa sarg'ish dog'lari bor. Yetuk zotlar daraxt tanasi, butoqlari po'stlog'i ostida to'kilgan xazonlar orasida kesaklar oralig'ida va meva saqlanadigan omborxonalarda pillaga aylanadi va qishlaydi.
Bahorda olma g'unchalash davrida temperatura +100 S dan oshganda g'umbaklar rivojlana boshlaydi. Ularning rivojlanishi vodiy sharoitida 8-10 kun tog' va tog' enbag'irlaridagi meva bog'larida esa 15 kun va undan ko'proq vaqt davom etadi. G'umbak va kapalaklarning uchish davri bir oygacha davom etadi. Chunki qurtlar oftob bir xil isitilmagan turli-tuman joylarda qishlab chiqadi.
Kapalaklarning uchishi va juftlashishi g'ira-shira oqshom yarim kechasida davom etadi. Kunduz kuni esa kapalaklar shox-shabba orasida qimirlamay berkinib yotadi. Havo harorati +15 S bo'lib, mayin shabada esib turadigan iliq kechalarda kapalaklarning uchishi ayniqsa avj oladi. Kapalaklar paydo bo'lgandan keyin ikki- besh kun o'tgach, urg'ochi barglarning silliq yuzaga keyinchalik esa mevalar ustiga bittadan tuxum quya boshlaydi. Tuxum qo'yish davri 20-30 kun davom etadi. Urg'ochi kapalaklar tuxumlarini ko'pincha daraxt shox-shabbasining tepa qismiga, ayrim hollarda o'rta va pastki yaruslarga quyadi.Tuxumdan chiqqan qurtchalar olma gullab bo'lganidan 8-15 kun keyin ko'rina boshlaydi [3].
Qurtlar meva bo'ylab sayyohati davomida meva po'stining shikastlangan joyini topib, o'sha yerdan meva tanasiga meva etini o'yib urug' kamerasi tomon kirib boradi. Olma qurtlari shikastlanmagan mevalar yuzasi bo'ylab 1-2 marta aylanib chiqqach, sog'lom-butun mevalar yuzasini kemirib kirish yo'li ocha boshlaydi. Qurtlar sog'lom butun mevalarga o'yib kirish yo'li ochish uchun, siyrak to'r to'qib meva po'stiga birikib oladi. Kirish yo'lini ochish uchun meva po'stini kemira boshlaydi, kemirilgan meva eti qoldiqlarini o'zi to'qigan to'r ichida to'plab turib, meva etidan o'ziga yo'l ochib olgach, ortiga bosh tomoni bilan o'girilib, to'r ichidagi meva eti qoldiqlarini kirish yo'li boshiga tortib lahm og'zini yopib qopqoq hosil qiladi.
Bu qopqoq silliq meva yuzasidan bir oz chiqqani sezilib turadi. Ba'zi hollarda qurtlar mevaga yaqinroqda turgan barg yaproqchalarini o'zining to'ri bilan yopishtirib qo'ygan hollari ham uchrab turadi. Biroz muddat o'tgach meva eti qoldiqlaridan hosil qilingan qopqoq avvaliga qorayib qizg'ishroq tusga kiradi keyin qo'ng'ir rang oladi. Mana shu belgilar bilan yangi shikastlangan mevalarni eskisidan ajratib olish mumkin. Agar mevaxo'rga qarshi tizimli kurash choralari o'tkazilmasa zararlangan mevalar miqdori quyidagi darajalarga yetishi mumkin: ertagi
r
W
1- rasm zararlangan meva 2- rasm Olma mevaxo'ri yetuk zoti
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
olma navlarida 25-30 %, yozgilarda 40-50 %, kechkilarda - 70 % gacha va undan ham yuqori bo'ladi. Bunda bog'larning daromadliligi qariyib yarmiga va qisqaradi.
Tadqiqot usullari Tajribalar Andijon viloyati Andijon tumani Axborot maslahat markazi (DUK) olma bog'larida olib borildi. Tadqiqotlarni amalga oshirishda o'simliklarni himoya qilishda qabul qilingan barcha usul va uslublardan foydalanildi.Tajribalar goldon deleshest navida amalga oshirildi. Tadqiqotlar 4 variant 3 qaytariqdan iborat bo'lib, olma ko'chatlar 4x4 sxemada ekilgan. Tajribalarda olma mevaxo'ri tuxumlari va 1-va 2-yoshdagi qurtlariga qarshi oltinko'z entomofagini 2 kunlik tuxumini xavo harorati o'rtacha 25-260 C bo'lganda tarqatildi va quyidagi natijalar olindi. 1:10 nisbatda tarqatganimizda tajribaning 3-kunida nazorat variantiga nisbatan 57,2 %, 6-10 kunda 68,4-78,0 % biologik samaradorlikka erishildi (jadval).
1-jadval
Olma mevaxo'riga qarshi oltinko'zni entomofaginingbiologik samaradorligi Andijon viloyati Ahahtcoh tumani "Axborot maslahat markazi (DUK) sharoitida
2021-2022 y.
Variantlar Maxsulot chiqarishdan oldingi bir tup olma ko'chatidagi olma qurti tuxumi soni Maxsulot chiqarilgandan keyingi bir tup olma ko'chatidagi olma qurti tuxumi soni Biologik samaradorlik %
11.04. 16.04. 21.04. 3-kun 6-kun 10-kun 3-kun 6-kun 10-kun
Nazorat 32 37 39 38 43 48 - - -
1:10 35 38 41 15 12 9 57,2 68,4 78,0
1:15 32 39 40 16 14 11 56,2 66,7 72,2
1:20 37 35 37 17 13 12 54,0 63,0 67,5
Entomofagni 1:15 nisbatida qo'llanilganda tajribaning 3-kuni biologik samaradorlik 56,2 % ni, hamda 6-10 kunlarda 66,7-72,2 % tashkil qildi. Oltinko'zni 1:20 nisbatda qo'llanilgan variantlarda hisobning 3 - kunida nazorat variantiga nisbatan biologik samaradorlik 54,0 % ni, hamda 6-10 kunlarda 63,0-67,5 % ni tashkil etdi. Xulosa Intensiv olma bog'larda olma mevaxo'riga qarshi oltinko'z entomafagini 1:10 nisbatda qo'llash natijasida yuqori biologik samaradorlikka erishildi. Bog'dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaligi va klasterlarda oltinko'z entomafagini 1:10 nisbatda qo'llash tavsiya etamiz.
REFERNCES
1. Kimsanboev X.X., Bo'riev X.Ch., Boltaev B.S., Yusupov A.X., Nabiev O'.Ya., G'ulomov B. Esanboev Sh.E. //Bog'larimiz zararkunandalari. Toshkent. "O'qituvchi"- 2001 y. B 1116.
2. Xo'jaev Sh.T., Xamraev A.E. //Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va toksikologiya asoslari. Toshkent 2009.B 235-237
3. Hamroev A.Sh., J.A. Azimov va boshq. // Bog' tokzorlarning zararkunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash tizimi. Toshkent " fan"-1995 y B 73-75
4. Xo'jaev Sh.T. // O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish hamda toksikologiya asoslari. Navro'z nashriyoti Toshkent 2014 B. 307-310