Научная статья на тему 'BIOLABORATORIYADA ENTOMOFAGLAR UCHUN BIRLAMCHI BIOMAHSULOT YЕTISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

BIOLABORATORIYADA ENTOMOFAGLAR UCHUN BIRLAMCHI BIOMAHSULOT YЕTISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

1017
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biolaboratoriya / entomofag / biomahsulot / oltinko‘z / trixogramma / brakon / agrobiotsenoz / biolaboratory / entomophagus / bioproduct / golden eye / trichogramma / bracon / agrobiocenosis

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Alisher O‘lmasovich Maxmatmuradov, Inomjon Quvondiq O‘g‘li Murodov

Maqolada biolaboratoriyada entomofaglarni ko‘paytirishda birlamchi biomahsulot yеtishtirish texnologiyasini takomillashtirish usullari, oltinko‘z, trixogramma va brakon entomafaglarini ko‘paytirishning qishloq xo‘jalik ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishdagi ahamiyati bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes methods for improving the technology of growing a primary bioproduct in the selection of entomophages in a biolaboratory, the importance of breeding entomophages of goldeneye, trichogramma and brakon in the fight against pests of agricultural crops

Текст научной работы на тему «BIOLABORATORIYADA ENTOMOFAGLAR UCHUN BIRLAMCHI BIOMAHSULOT YЕTISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

BIOLABORATORIYADA ENTOMOFAGLAR UCHUN BIRLAMCHI BIOMAHSULOT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Alisher O'lmasovich Maxmatmuradov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali q.x.f.d. dotsent

Inomjon Quvondiq o'g'li Murodov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali magistranti

Maqolada biolaboratoriyada entomofaglarni ko'paytirishda birlamchi biomahsulot yеtishtirish texnologiyasini takomillashtirish usullari, oltinko'z, trixogramma va brakon entomafaglarini ko'paytirishning qishloq xo'jalik ekinlarining zararli organizmlariga qarshi kurashishdagi ahamiyati bayon qilingan.

Kalit so'zlar. biolaboratoriya, entomofag, biomahsulot, oltinko'z, trixogramma, brakon, agrobiotsenoz.

The article describes methods for improving the technology of growing a primary bioproduct in the selection of entomophages in a biolaboratory, the importance of breeding entomophages of goldeneye, trichogramma and brakon in the fight against pests of agricultural crops.

Keywords. biolaboratory, entomophagus, bioproduct, golden eye, trichogramma, bracon, agrobiocenosis.

Kirish. Qishloq xo'jalik agrobiotsenozida tirik organizmlar soni juda ko'p uchrab, o'zaro munosabatda yashaydi. Ushbu munosabatlarning shakllanishi va bir-biri bilan aloqasi muhim bo'lib, ular rivojlanishida muvozanatni saqlash agrobiotsenozdagi fitofaglar sonining o'zgarish dinamikasini belgilab beradi. Shu bilan birga agrobiotsenozdagi mikroorganizmlar entomofaunasini o'rganish ularning turlarini sistematik tahlil qilish, foydali turlarini aniqlash, ularni saqlash, ko'paytirish muhim hisoblanadi. Chunki biotsenozdagi ayrim fitofag turlarining soninini boshqarish, qishloq xo'jalik ekinlaridagi zararini kamaytirish kabi muommolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

October 5-6

Trixogrammaning O'zbekistonning ekstremal iqlim sharoitiga mos keladigan turlari ajratib olinib ko'paytirilmoqda: T. Evanescens W., T. Euproctidis, T. Pintoi

O'zbekiston sharoitlarida oltinko'zlarning tur tarkibi hamda eng ko'p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba'zi bioekologik hususiyatlarini (2). O'zbekistonda oltinko'zlarning 20 ta turi aniqlangan bo'lib, ularning orasida eng keng tarqalgan va ahamiyatlilari quyidagi to'rttasidir: Chrysopa carnea Steph., Ch. septempiinctata Wesm., Ch. albolineata Kill, va Ch. dubitans Mclach. (1,3).

Brakon entomofagini zararkunanda kapalaklar qurtlariga karshi qo'llash yo'llarini izlash va ishlab chiqarishga tadbiq etish olimlar tomonidan uzoq vaqtlardan beri o'rganib kelinmoqda. X.X.Kimsanboev va b. (2000) brakonni rivojlanish fenologiyasi va bioekologiyasini o'rganib laboratoriya sharoitida ko'paytirish, qo'llash va saqlash kabi ishlarni amalga oshirganlar. Brakon entomofagiga ilmiy va iqtisodiy ahamiyat berishlarining asosiy sabablaridan biri, uning tabiatda zararkunanda kapalaklarning qurtlariga qiron keltirishidir.

Tadqiqotning maqsadi. Biolaboratoriyada entomofaglarni bugungi kundagi eng zamonaviy usulllardan foydalangan holda takomillashtirilgan usulda ko'paytirish va birlamchi mahsulot olish, qishloq xo'jalik ekinlarining zararkundalariga qarshi qo'llashda eng maqbul muddat va me'yorlarini o'rganish hamda samaradorligini oshirish yo'llarini izlashdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi maqsadlar belgilandi.

- laboratoriya sharoitida ko'paytirilgan entomofag turlari va morfologik belgilarini o'rganish;

- laboratoriyada entomofaglarni ko'paytirishda birlamchi biomahsulot yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish;

- laboratoriya sharoitida entomofaglarni ko'paytirish va saqlashni o'rganish;

- laboratoriya sharoitida ko'paytirilgan entomofagning sifat ko'rsatgichlarini

- laboratoriya sharoitida ko'paytirilgan entomofagni qo'llash nisbatini o'rganish va samaradorligini oshirish yo'llarini o'rganish.

Tadqiqot ob 'yekti entomofaglarni biolaboratoriya sharoitida ko'paytirish va birlamchi mahsulot olish jarayoni.

(1,3).

o'rganish;

Kutilayotgan natijalar shundan iboratki, Respublikamizda entomofaglarni laboratoriya sharoitida

October 5-6

ko'paytirish usullari va birlamchi mahsulot yetishtirishni takomillashtirish usullarini o'rganish.

Respublikamizda biologik kurash choralarini qo'llashni takomillashtirish uning moddiy bazasi bo'lmish entomofaglarni ko'paytirish usullarini takomillashtirish, jumladan oltinko 'z entomofagini laboratoriya sharoitida ko'paytirishda takomillashgan usullarni hamda birlamchi mahsulot yetishtirishni takomillashgan usullarini ishlab chiqish.

Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida olib borilib, tadqiqot ishida entomologik, ekologik uslublardan foydalanildi.

Birlamchi mahsulotni yangilashdan maqsad trixogramma don kuyasi (sitotroga) tuxumlarida uzluksiz ko'paytirilganida, u o'zining tabiiy xususiyatlarini borgan sari yo'qota boradi. Jumladan, don kuyasida 3 avlod ketma-ket ko'paytirilgan trixogrammaning jinsiy mahsuldorligi 50-60 % ga, 5 avloddan keyin esa 70-80 % ga kamayadi. Shuning uchun ham, trixogrammaning birlamchi mahsulotini uning haqiqiy xo'jayinlari - tunlamlar tuxumida yangilash zarur. Bu maqsadda tuxumlar laboratoriya sharoitida yetishtirilgan tunlam kapalaklaridan olindi. Olingan tuxumlar mayda qog'oz bo'lakchalariga qand sharbati bilan yopishtirilib, dala o'simliklariga ilib qo'yildi. Oradan 3-4 kun o'tgach tuxumli kog'ozchalar daladan qayta yig'ib olinib, shisha bankalarga joylanib 25-28 °C haroratda saqlandi. Zararlangan tuxumlardan tabiiy trixogramma uchib chiqishi bilanoq ular alohida yig'ildi.

Birlamchi mahsulot yetkazish uchun tunlamlar tuxumini laboratoriya sharoitida ko'plab yetishtirishga extiyoj tug'ildi. Buning uchun, tunlamlarning qurti tabiatdan yig'ilib, laboratoriya sharoitida kapalak shakliga qadar o'stirildi, ya'ni imago bo'lguncha. Kapalaklardan tuxum olindi.

Buning uchun shisha bankalarga 8-10 donadan kapalaklarning erkak va urg'ochilari joylandi. Kapalak tuxum qo'yishi uchun bir tekis kilib qirqilgan qog'oz parchalari qat-qat buklanib (gormoshka) idishga solindi va idish og'zi mato bilan berkitildi. Kapalaklar qo'shimcha oziqlanishi uchun idish ichiga 20% li qand sharbati shimdirilgan paxta bo'lagi ham ilib qo'yildi. Kapalakli shisha bankalar 25-26 °C harorat va 65-70 % nisbiy havo namlik muhitida saqlandi. Idish har kuni bir marotaba qarab chiqilib, tuxumli gormoshka kog'oz ajratib olindi, o'lgan kapalaklar olib tashlanib, tiriklari bilan almashtirildi.

Ajratib olingan tunlamlarning tuxumlari birlamchi mahsulot yetishtirish uchun foydalanildi. Bir litrli shisha idishlarda saqlanayotgan trixogramma laboratoriyada olingan tunlam tuxumlarini zararlash

uchun qo'llanildi. Bu maqsadda jinsiy chatishgan trixogramma

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

1:20 (parazit: xo'jayin) nisbatda tunlam tuxumlariga ko'chirildi. Trixogrammani qo'shimcha oziqlantirish uchun idish qopqog'i ustiga 10% li qand sharbati shimdirilgan paxta bo'lagi qo'yilib, idishlar 24-25 °C harorat va 70- 75 % nisbiy havo namlikda yorug' xonalarda saqlandi. Oradan 5-7 kun o'tgach, parazit bilan zararlangan tuxumlar qoraydi. Bunday tuxumlar ajratib olinib, tunlamlar tuxumlari to'dasini zararlash uchun foydalanildi. Bu jarayon 3-4 marta qayta-qayta takrorlanib, kerakli miqdordagi trixogramma birlamchi mahsuloti yetishtirildi.

Oltinko'zni ko'paytirish uchun ish boshlashdan oldin boshqa liniyada don kuyasining (sitotroganing) tuxumi yetarli miqdorda tayyorlab qo'yildi. Shuningdek, oltinko'zning ham birlamchi tuxum zaxirasi bo'lishi kerak. Har 1 gekselni jixozlash uchun 25g sitotroganing tuxumi va 3500 ta (225mg) oltinko'zning tuxumi kerak bo'ladi. Bular idishda yaxshilab aralashtirilgach, dozator bunker idishiga solindi va uning yordamida geksel yacheykalariga taqsimlandi. Maqsad gekselning har bir uyma inida 1 dona oltinko'zning tuxumi va undan ochib chiqqan qurt 7-8 kun ichida oziqlanishi uchun etarli sitotroga tuxumi joylanishi kerak. Ammo, amalda biroz farqlanishi mumkin. Shuni nazarda tutib, gekselni to'ldirishda oltinko'z tuxumi 2 barobar ko'proq olindi. Geksellar stelajlarda maxsus xonalarda, havo harorati 25 - 26 °C, namligi 50-60 % sharoitida saqlandi. Birinchi hafta o'tishi bilan, gekseldagi qurtlar qo'shimcha, yana sitotroga tuxumlari bilan, dozator yordamida oziqlantirildi. Keyinchalik, 16-18 - kunlarga borib, dozator uyumlarida pillaga o'ralgan g'umbaklar paydo bo'lgach ularni yig'ib olindi. Terib olingan pillalarni bankalarga tarqatib solindi.

Keyinchalik ulardan uchib chiqqan etuk zotlarni ichiga mato bo'laklari solingan shisha bankalarga 80-100 tadan qilib joylashtirildi. Har bir banka ichiga asal surtilgan mato bo'lagini tushirib qo'yildi. Uch-to'rt kun o'tgach, oltinko'zning yetuk zotlari yoppasiga tuxum qo'yishni boshladi. Matodagi tuxumlarni turli maqsadlarda ishlatish mumkin: dalaga tarqatish uchun - matolarni qaychi yordamida bo'lib, himoya qilinadigan o'simlikka qo'yib chiqish va 2-takroriy liniyada ishlatish uchun, tuxumlarni kichik qaychi, yoki boshqa moslamalar yordamida kesib olib yig'ildi. Har kungi tuxumni o'sha kuni yig'ib olinishi bir tekis biomaterial bo'lishini ta'minlaydi. Yetuk zot solingan bankalar tez-tez tozalanib ozuqasi yangilanib turildi. Talablarga qarab, oltinko'z tuxumini vaqtincha uy sovutkichlarida (5-6 °C) saqlab turildi.

Xulosalar. Entomofaglarni biolabaratoriyada ko'paytirish qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunandalardan himoyalashda biologik va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi tadqiqotlarimizda isbotlandi.

October 5-6

610

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, tabiatda uchraydigan brakon zararli kapalaklar qurtlariga qarshi yuqori biologik samara berar ekan, lekin tabiatda ularning rivojlanishiga, qishlab qolishiga va rivojlanib ko'payishiga har xil omillar xalaqit beradi. Shu sababli, brakon entomofagini maxsus biolaboratoriyalarda ko'paytirib, dalalarga chiqarishni yo'lga qo'yilgan.

REFERENCES

1. Adashkevich B.P., Shiyko E. Razvedenie i xranenie entomofagov.-Toshkent: Uzbekiston, 1983.-S.47-62.

2. Alimuxamedov S.N, Ekin himoyasi sifatli biomahsulatga bog'liq// O'zbekiston qishloq xo'jaligi.-2011.-№4. -B.3.

3. Atamirzaeva M., Ochilov R., Zahidov M. Biolaboratoriyalarda ko'paytirilayotgan trixogrammaning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha uslubiy qo'llanma.-O'zO'HQÎTÎ, 2006.-16 b.

4. Boltaev B.. G'o'za zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda xasharotlarni ko'paytirish va qo'llash asoslari (O'quv qo'llanma).- Toshkent: «Talqin» nashriyoti,

2007.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.